“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
600
OILADA AYOLLARNING IJTIMOIY VA ETNOPSIXOLOGIK MOSLASHISH
JARAYONLARI.
Soyibjonova Muhlisaxon Azizbek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib
borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida
erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish,
intellektual, ishbilarmonlik salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda tashabbuslarini
rag`batlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlar opa-singillarimizning oila va jamiyatdagi mavqei
yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Har bir qiz turmushga chiqar ekan yangi oila ostonasiga ulkan
orzu-umidlar bilan qadam qo‘yadi. U misoli bir navnihol. Kelinchakni oilada nafaqat turmush
o‘rtog`i, balki qaynona va shu oilaning boshqa a`zolari ham do‘stona qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Kalit so‘zlar:
Xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi, ayollar faolligi, oilaga moslashuv,
temprament, yosh oila.
Barkamol avlod tarbiyasida xotin-qizlarning ijtimoiylashuv muammolari ijobiy hal etilishi
nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimini topishda, balki yangi jamiyat quruvchilarni
tarbiyalash ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va amalga oshirish borasida ham ulkan ahamiyat kasb
etmoqda. Shu sababli bugungi kunda inson, shaxs muammosi jamiyat miqyosida ham, ijtimoiy-
gumanitar fanlar sohasida ham eng dolzarb masalalar darajasiga ko‘tarildi.Xotin-qizlarning ijtimoiy
faolligini oshirish ko‘p qirrali, murakkab hodisa bo‘lib, bu ularning ijtimoiylashuv jarayoni bilan
bog‘liq bo
ʻ
lgan muhim va o‘ziga xos jihatlardan biridir. Tabiiyki, muammoning nafaqat
mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini
rivojlantirish konsepsiyasi orqali o‘rganilishi, balki yangi ma’naviy-axloqiy tamoyillar, yangi
innovatsion texnologiyalar va jarayonlar orqali o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faoliyati haqidagi qarashlar va ta’limotlar
G‘arb hamda Sharq falsafiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan
biri ular faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasidagi boshqaruvning qanday xarakterga egaligi bo‘lib
bu, asosan, rahbarlarning boshqaruv madaniyati, usul va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar mehnat
jamoasidagi muhitni qanchalik erkinlashtirsa, ayollarimizning nozik jins vakillari ekanligini his qilib
tursa va ular faoliyatini modernizatsiyalashga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlasa, ularni amalga
oshirishda o‘rnak ko‘rsata olsa, ayollarning jamoadagi faolligiga ta’sir qila oladi va bu o‘z-o‘zidan
ularning siyosiy faolligini yanada oshishiga turtki bo‘ladi.
Ayollar faolligini oshirishda ruhiy holat muhim rol o‘ynaydi. Agar ayollar ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy sohalarda faoliyatni amalga oshirish uchun ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmasa ular
o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlar o‘zining kutilgan natijasini bermaydi. Shunga ko‘ra, ayollar
faolligi quyidagi mezonlar bilan belgilanadi:
-dunyoqarashni boyituvchi va mutaxassislik bilimlariga ega bo‘lish;
-ma’naviy-ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish;
-ma’naviy faoliyatning ko‘lami va mazmuni:
-ma’naviy-ijtimoiy vaziyatlarni baholay olish;
-ma’naviy-ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda onglilik, g‘oyaviylik, vatanparvarlik, mustaqillik,
tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, insonparvarlik, baynalminallik, ishchanlik, tezkorlik,
erkin fikr yuritish, ijodkorlik, ma’suliyatni his etish kabi xislatlarni namoyon etish va boshqalar.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “har qaysi oilada go‘zallik va nafosat, mehr-muhabbat
timsoli, xonadonlarimiz osoyishtaligining posboni bo‘lmish, bir so‘z bilan aytganda, oilani oilaga,
jamiyatimizni jamiyatga aylantiradigan ayol zotiga qancha tasannolar aytsak, qancha ta’zim etsak,
baribir, barchamiz o‘zimizni ular oldida doimo qarzdor deb his qilamiz. Inson oila qurar ekan ahil-
inoq yashab, murod-maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida barcha yaqin birodarla r,
qarindosh - urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
601
Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush o
ʻ
rtog
ʻ
ining
timsolida, o ‘zining shu orzu-istaklariga, murod -maqsadlariga yetishishda yordam beruvchi, uni
qo‘lab - quvvatlovchi, uni har soniya, har onda tushunuvchi o ‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur
qiladi va unga imkon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi.
Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham odam kutganidayin bo‘lavermaydi.
Oilaviy hayotning o ‘ziga yarasha notekisliklari, past –balandliklari, murakkabliklari, muammolari
bo‘ladi. Shunday murakkabliklardan biri yosh er - xotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega : er,
kuyov uylangan oilali yigit, xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga, o‘zlari uchun yangi
bo‘lgan ijtimoiy muhitga, yangi oilaga moslashish jarayoni bilan bog‘liqi. Xo‘sh bu yangi
sharoitlarga moslashish jarayoni kimda qanday kechadi?Albatta, bu jarayon erkaklarda ayollarga
nisbatan yengilroq kechadi. Chunki ular, o ‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda aksariyat hollarda erning uyida, uning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan yashaydi.
Yan’ni yigit uylanganidan keyin ham o ‘z oilasida, o ‘z yaqinlari va o ‘zi uchun oldindan odat b o ‘lib
qolgan oilaviy, shaxslararo munosabatlar tizimida qoladi. Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati,
oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, u o ‘zi uchun deyarli yangi bo
ʻ
lgan, oldingisidan tubdan
farq qiladigan muhitga tushadi. U o ‘ziga xos shaxslararo munosabatlar tizimi, rollar taqsimoti, o
‘ziga xos «xulqqa» ega bo
ʻ
lgan o‘zining qizlik oilasidan, boshqa bir oilaga, boshqacha bir
shaxslararo munosabatlar tizimiga ega bo
ʻ
lgan yangi oilaviy muhitga tushadi. Undagi mavjud
turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi, bundagi oilaviy ro llar taqsimoti ham oldingisiga o
‘xshamaydi, u yerdagi ma’lumb ir ishni bajarish tartibi, u yoki bu ishga qo ‘yiladigan talablar ham
oldingisiga o ‘xshamaydi. Buning ustiga yosh oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar
ham uni qizlik vaqtida bajaradigan ishlaridan ham miqdor, ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi.
Yangi ijtimoiy sharoitga moslashish jarayonining o ‘zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin
kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o ‘tilgan vaziyatlarga
tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o ‘zini «begona» deb his etishidir, ya’ni undagi
«begonalik effekti»ning mavjudligidir.
Yuqorida keltirib o ‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, yosh oila yuzaga kelganidan so‘ng unda
er-xotin munosabatlarining «kutilganidek» rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko‘plab ijtimoiy
psixologik, etnik , hududiy, jinsiy omillar borki, yoshlarimiz bularning barchasi haqida oldindan
xabardor bo ‘lishligi va ularning salbiy ta ’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlantirishga tayyor
bo ‘lishlari maqsadga muvofiqdir.Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oilá qurgan yoshlarda er-
xotinning shaxsiy munosabatlari baxtga qarshi yaxshidan ymonga qarab rivojlana boshlaydi. Chunki
nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin o ‘rtasidagi ko‘tarinki emotsional yaqinlik asta-sekinlik
bilan pasayib, ularda hissiyotlarining o‘tmaslashuvi ro ‘y beradi. Bu holatlar albatta har qanday oilada
shaxslararo munosabatlarni rivojlanishining o ‘ziga xos dinamikasini tashkil qiladi. Bu holatdan voqif
bo‘lish va uning o‘zgarishlariga tayyor turish yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo
ʻ
lgan ayrim
ko‘ngilsizliklarning oldini olishga asos bo‘ladi.
Shuningdek, kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham bog‘liq. Masalan,
ko‘'proq xolerik mijozga mansub bo‘lanlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz
kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi. Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda
uni osongina o‘zlashtirishga tayyor bo‘llganlar sangvinik mijozdir. Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir
karvon bo
ʻ
lgani uchun yangi oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olganidan keyin
esa uni o ‘zgartirishni sira-sira istamaydi, un-cha-muncha gap-so‘zga parvo qilmaydi. Melanxolik
mijozlar ham shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruhi tushib ketadi, bo‘lar-bo‘lmamasga xafa
bo‘laveradi. Ruhiy jihatdan esa nihoyatda sezgir bo‘lishadi.Ayol, avalambor, ona. Farzandlariga
chiroyli tarbiya, go
ʻ
zal xulq berish – ularning kasbi. Maqomi, martabasi shu bilan o
ʻ
lchanadi.
Binobarin, mamlakat taqdiri shunga bog
ʻ
liq.
Shunga asoslanib aytish mumkinki, ayol ma
ʼ
naviyati va oila ma
ʼ
naviyati o
ʻ
xshash, uyg
ʻ
un,
mushtarak tushunchalardir. Demak, allani ona suti bilan birga hazm qilgan, tarbiyani oilada olgan,
mahallada chiniqqan bola vatan qadrini biladi, oila – nikoh muqaddasligini anglaydi. Tabiiyki, oilaviy
ajrimlar soni keskin kamayib, ongu tafakkurda benazir, tiyran nigohli insonlar salmog
ʻ
i
ortadi.Tarbiya – egasiga qaytuvchi jarayon. Kim nimani o
ʻ
zi uchun kutsa, shuni bolasiga bersin:
oqibat istagan oqibat, mehr sog
ʻ
ingan mehr… Bu fazilatlar ayollarga xos nazokat, hayo, samimiylik,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
602
kamtarlik, oqilalik, uddaburonlik, tadbirkorlik… bilan egasiga yetkazilar ekan u kamolotdek, vafodek
o
ʻ
ziga jinsdosh xislatlarni yetaklab keladi. Insoniyat yaralibdiki, shunga intiladi, orzu qiladi.Xullas,
ayol ma
ʼ
naviyati bugun millat ma
ʼ
naviyatiga aylandi. Unga befarq qarashga hech kimning haqqi
yo
ʻ
q.
Ayol nafaqat bugungi kundagi maqomi va jamiyatdagi obro
ʻ
yi eng avvalo uning oilasidagi
o
ʻ
rni, oila qadriyatiga munosabati hamda farzandlari tarbiyasidagi muvaffaqiyatlariga bog
ʻ
liq ekanini
chuqur anglashimiz zarur.Ayolning baxtli bo
ʻ
lishi nafaqat oilada, balki butun jamiyatga o
ʻ
z ta
ʼ
sirini
o
ʻ
tkazadi. Uni e
ʼ
zozlagan va hurmat qilgan millatning kelajagi bardavom bo
ʻ
ladi.
Alisher Navoiyning ushbu benihoya ma’noli so‘zlari asosida ayol kishining oiladagi o‘rni oila
shakllanishida katta ahamiyat kasb etishini bilsak bo‘ladi: «Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti.
Uyning ozodaligi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘Isa – ko‘ngil yozig‘i,
hushmuomala bo‘Isa – jon ozig‘idir. Tili achchiq bo‘lsa barchaning dilini yaralaydi. Pokiza bo‘lmasa,
erining yuziga qoralik keltiradi, mayxo‘r bo‘lsa uy odobi yo‘qoladi, axloqsiz bo‘lsa oila parokanda
bo
ʻ
ladi”.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Sayyora Djasanova. Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi. Toshkent:
“Tafakkur qanoti”, 2014.- 96 b.
2.Oila psixologiyasi: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o ‘quv q o
‘llanma / G. B. Shoumarov, I. O. Haydarov, N. A. Sog‘inov va boshq.; G ‘. B. Shoumarovning tahriri
ostida; 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o ‘rta-maxsus ta ’iim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta
’limi markazi. — T.: «Sharq», 2008. — 296 b.
3.D. A bdullaeva, R. Yorqulov, N. Atabaeva. Oila psixologiyasi [M atn]: o ‘quv qo‘llanma .
Toshkent:Tafakkur Bo‘stoni,2015. -256b
4.https://yuz.uz/uz/news/ayol-olamni-gozal-mehrli-va-adolatli-qilish-uchun-yaratilgan.
