Mualliflar

  • Shoxsanam Biloldinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74201

Kalit so‘zlar:

Intellekt tafakkur sun'iy intellekt kreativlik iroda

Annotasiya

Ushbu maqolada intellekt vca kreativlikning nazariy asoslari va yoshga xos
bo‘lgan jihatlarini namoyon bo‘lishi haqida ma'lumotlar ko‘zda tutilgan.Shuningdek tafakkur
tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda intellekt irodaga
bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in munosabatlar bildirilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

597

INTELLEKT VA KREATIVLIKNING YOSHGA XOS XUSUSITYATLARI VA

JIHATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti

1-bosqich talabasi Biloldinova Shoxsanam

Annotatsiya:

Ushbu maqolada intellekt vca kreativlikning nazariy asoslari va yoshga xos

bo‘lgan jihatlarini namoyon bo‘lishi haqida ma'lumotlar ko‘zda tutilgan.Shuningdek tafakkur
tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda intellekt irodaga
bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in munosabatlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

Intellekt, tafakkur, sun'iy intellekt, kreativlik, iroda, intellekt koeffitsienti,

intellekt testi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning 6-noyabr 2020-

yildagi '' Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar
to‘g‘rosida'gi PQ-4884-son qarorida ta'lim sifatini oshirish, ilm fanni rivojlantirish, bitiruvchilarning
bantligini ta'minlash, pedagog xodimlar va olimalarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar
yaratish ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo

ʻ

yicha olib borilayotgan

faoliyat ustidan ta'sircham parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish- deb kelyirilgan bandlari ham bevosita
kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizni aqliy rivojlanishiga qaratilgan.

Intellekt - (lotincha intelectus - aql, idrok, zehn) -keng ma

ʼ

noda: kishining voqea-hodisa

mohiyatini to‘laligicha bilishga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati; tor ma'noda:
insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyati. Intellekt kishilarning aql, idrok, zakovat, ma'naviy
jihatdan yetuklik darajasini ham bildiradi, tasavvur, idrok, sinchkovlik orqali jamlangan materialni
bilish usullari (taqqoslash, obstraksiya, tushuncha, hukm, va hokazo.) orqali asosli bilimga ega
bo‘lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etib chiqish qobiliyatini ham anglatad. Masalan: ba

ʼ

zi

insonlar o‘zga joyga tashrif buyurganda, o‘sha joyga va odamlariga ham ko‘nikishi qiyin bo‘ladi.
Aksincha ammo ba'zilari bo‘lsa makonga va zamonga tez moslashadi, tengdoshlar davrasida ham tez
kirishubchan, muloqot jarayoni ham qiyin kechmaydi.Intellekt - inson va hayvonlarni yangi muhitga
moslashtirish ham hisoblanadi. V. Shterni, J. Piaje va boshqa bir qancha olimlar ham intellektni
insonlarning

yangi

hayotiy

sharoitlarga

moslashtiruvchi

umumiy

qobiliyat

sifatida

qarashgan.Tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda
intellekt irodaga bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in mulohazalar
avjiga chiqqan. O‘sha davrlarda intellekt bilishning eng yuksak - ilohiy usuli sifatida inson
tafakkuriga qarshi qo‘yilgan. Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlaridan biri Duns Skot va Uilyam Okkam
bo‘lsa ikkinchi qarash tarafdorlaridan biri Foma Akviniskiy edi. Hozirgi zamon falsafasida intellekt
ham, iroda ham mavjud holatga asoslangan holda namoyon bo‘ladi, yoki Intellekt ma'naviyatga
taalluqli bo

ʻ

lgani uchun ruhiy holat mahsuli sifatida irodadan ustun turadi, degan tasavvurlar mavjud.

Intellektual resursinsonlarda bilim, hayotiy tajriba va idrok hamda zehn asosida avvalo o‘z aqliy
omilkorlik salohiyatini turmush tarzini turli yo‘nalish va shakllarda yanada boyitish, uning yangi
qirralarini ochish mustahkamlash imkoniyatidir. Inson bosh miyasi qobig‘oda o‘n to‘rt milliarddan
oshiq neyronlar mavjud. Ilarning vazifasi inson faoliyatini har tomonlama, to‘la boshqarishdan iborat.
Kishining qilayotgan har bir harakati neyronlar faoliyati mahsulodir. Bu jahon tibbiyotida chuqur
o‘rganilgan va to‘la tan olingan haqiqatdir. Shuning uchun ham, aytish mumkinki, insonning
intellektual o‘zligini namoyon qilishda uning imkoniyatlari - resurslarining o‘rni beqiyos. Lekin inson
ana shu intellektual imkoniyatlar, ya'ni resurslarning bor yo‘g‘i 4-4,5 foizidan foydalanadi. Shundan
4 foizini 8-11 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi va qolgan yarim foizini butun umri davomida qabul
qiladi. Tabiatan iqtidorli kishilar esa o‘sha qolgan yarim foiz ma'lumotni 11 yoshdan keyingi umriga
togri taqsimlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Inson bosh miyasining fiziologik tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, uning miyasidagi intellektual kuch atom yadrosidagi beaiyos kuchga teng bo‘lar
ekan. Bugungi kundagi ilm-fan xulosasiga ko‘ra insoniyat tarixida atigi 400 ga yaqin kishi daholik
maqomiga sazovor bo‘lgan, xolos. Bu esa daho daho insonlarni tarbiyalash qanchalik qiyin ish
ekanini ko‘rsatadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

598

Intellekt testi - insondagi aqliy qobiliyatlarni boshqalarning aqliy qobiliyati bilan solishtirish

yo

ʻ

li orqali amalga oshadi.

Aqliy yosh - fanga Bine tomonidan kiritilib, test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh.
Stenford-Bine testi - Bine testining amerikacha versiyasi bo‘lib, Stenford universitetida Lyuis

Terman tomonidan ishlab chiqilgan.

IQ - koeffitsienti - aqliy yoshni xronologik yoshga bo‘lib uni 100 ga ko‘paytirishimizdan hosil

bo

ʻ

ladi. Asosan o‘rta yoshli odamning IQ koeffitsiyenti 100 ga teng bo‘lishi kerak.

Gap shundaki, daholarni tarbiyalash, voyaga yetkazishda nafaqat bir oila yoki bir xalqning,

balki butun insoniyatning ma'naviy yutuq va tajribalaridan foydalanish kerak bo

ʻ

ladi. Sun'iy intellekt

- olingan ma'lumoylarni umumlashtirib oldindan taxmin qila olish qobiliyati va shunga mos keladigan
dastur yozish.Hozirgi zamonda sun'iy intellekt ham ancha rivojlangan. Sun'iy intellekt natijasida bir
qancha yoshlar o‘z qobiliyatlaridan foydalangan holda mashinalar va turli-tuman texnologiyalarini
kashf qilishmoqda. Sun'iy intellektning ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. U kimning qõlida, nima
maqsadda foydalanishiga bog‘liqdir. Sun'iy intellektning bir qator ijobiy tomonlari shindaki, uning
yordamida odamlar kosmos va okeanlarni tadqiq qilish, firibgarlikni aniqlash va bilimlarni
tekshirishlari ham mumkin.

Pisixologiyada Intellekt va kreativlik aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.

Veksler, G. Ayzenk, L. Termen va boshqalar bir qancha olimlar intellekt va kreativlikni oliy
darajasidagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kreativlikning oliy darajasi.
Bundan kelib chiqib kreativlikni intellekt hosilasi desak mubolag

ʻ

a bo

ʻ

lmaydi. Yuqori darajadagi

intellekt - yuqori intellektni, quyi darajadagi intellekt - quyi intellektni yuzaga keltiradi. Insonda
intellekt qanchalik yuqori bo

ʻ

lsa, unda kreativlik ham shuncha yuqori boladi. Zero, bu tushunchalar

bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Bir qancha olimlar intellekt koeffitsientini aniqlash maqsadida bir
qancha tadqiqot olib borishgan. Ulardan biri amerikada minglab maktab o‘quvchilaridan IQ (intellekt
koeffitsienti) ni aniqlab olishgan. Ularning IQ siga qarab guruhlarga ajratishgan va 30, 40 yil
davomida kuzatishgan. Ulardan IQ si yuqori bo

ʻ

lgan o‘quvchilar yuqori natijalarga, ko‘plab

yutuqlarga erishgan. IQ si past bo

ʻ

lgan o‘quvchilar kam yutuqqa erishgan. Yuqorida ta'kidlanganidek

intellekt va kreativlik bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. O‘zbekistonda ham IQ darajasini aniqlarda bir-
qancha sa'y-harakatlar olib borildi. Maktablarda õqituvchilar bu testni o‘quvchilar orasida ko‘p
o‘tkazadi. Shuning natijasida qaysi o‘quvchi faol qaysilari sust va yana qaysilar zukko, bilimdonligini
aniqlab, bilib oladi. Bu test o‘quvchilarga ham ma'qul bo‘ladi, o‘qituvchisidan qayta-qayta shu
metodni o‘tkazishlariga istak bildirishdi. Ammo intellekt va kreativlikni qarama-qarshi qo‘ygan
olimlar ham bor. Bulardan biri, J. Gilvord bo

ʻ

lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida

qiyoslaydi. Bular: konvergent va divergent tafakkurlar.Konvergent tafakkur masalalarni yechishda
barcha mavjud usullardan eng maqbulini olish. Konvergent intellekt asosida quriladi.

Divergent tafakkur - turli masalalarni yechishda turlik yechimlarni qidirish. Divergent

kreativlik asosida quriladi. Demak, intellekt va kreativlik umuman ko‘rinishda ikki xil qobiliyatlar
bo

ʻ

lib, ularni ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insondagi bor

ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni cheksiz modelini yaratishdan, Intellekt esa bu qayta ishlangan
ma'lumotlarni amaliyotda qo‘llay olish, atrof-muhitga moslashtirishdan iborat. Biz yuqorida
kreativlik haqida so‘z yuritdik. Tabiiyki, kreativlik o‘zi nima degan savol tug‘iladi.Kreativlik - bu
insonning biror yangilik yaratishi, an'anaviylikdan chetga chiqishi, bir so‘z bilan aytganda ijodkorlik
degani. Malasan: bir stulni oladigan bo

ʻ

lsak, uning qanda ko‘rinishda ekanligini bilamiz. Ammo

kreativlik bilan yondashadigan bo‘lsak, u boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Oyoqlari to‘rtta emas
balki uchta bo‘lishi. Bu insonning kreativlik darajasiga qarab bo‘ladi. Insonda intellekt qanchalik
yuqori bo

ʻ

lsa kreativlik ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Har bir insonning qobiliyatlari turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. Kimdir aniq fanlardan, kimdir

gumanitar fanlardan qobiliyati bo

ʻ

ladi. Spirmenning fikricha, har bir insonning bir-biridan ajratuvchi

qobiliyatlari bo‘ladi. Masalan: usta rassomnimatematik masalalarni yechishda esankirab qolishi,
matematiklarni esa boshqa bir soha oldida ojiz qolishi. Insonlarning umumiy qobiliyatlari ham
bo‘ladi, ammo shular ichida qaysi yuqori ekanligini aniqlab o‘sha sohaga yo‘naltirish bugungi
kunning ta'lim tarbiya jarayonida ko‘zga tashlanadigan muammolar sirasiga kiradi. Agar bolaning
qobiliyatini to

ʻ

g

ʻ

ri yo‘naltirilsa, ulardan kelajakda intelektual kreativ mutaxassis chiqadi. Endi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

599

emotsional Intellekt haqida gapirsak. Ba'zi olimlarning fikricha emotsional intellekt - intellektdan
yuqoriroq tushuncha. Lekin shuni aytish lozimki, emotsional intellekt bizni bor xohish va
qiziqishlarimizni aktivlashtiradi. Muammolarni kamroq o‘ylashga majbur qiladi. Shu o‘rinda yana
bir savol tug‘uladi. Intellekt irsiyatga bog‘liqmi? Intellekt irsiyatga bog‘liq. Bunday deyishga sabab,
bir onafan tug‘ilgan egizaklarning IQ - darajasi tekshirilganda, natija deyarli bir xil. Xuddi shu
egizaklarni boshqa-boshqa oilalarda tarbiyalashganda baribir bir xil.

Xulosa qilib aytganda, kreativlik bu ijodkorlik degani. Har bir insonda kreativlik yuqori

bo‘lishi uchun juda ko

ʻ

p o

ʻ

z ustida ishlashi kerak. Insonlarning kasbiy mahorati ham uning kreativ

fikrlashi, kreativ yondashishiga bog

ʻ

liq desa mubolag

ʻ

a bo

ʻ

lmaydi. Agar biz har bir bolada intellekt

va kreativlikni yaxshi rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shsak, muhtaram prezidentimiz Shavkat
Miramonovich Mirziyoyev aytganlaridek, uchinchi renesans vakillari yetishib chiqadi. Buning uchun
bolalarning qobiliyatini to

ʻ

g

ʻ

ri yo‘naltirilsa, ular kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo

ʻ

lib

yetishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.X.

Югай

"

Обшая

писихология

" ---

Ташкент

..2014

2. Davletshin M.G va boshqalar. Yosh davrlar va pedagogik psixologiya. T..2004
3. https://oyina.uz
4.

Сирожиддинова

,

Ф

.

Х

. (2022, August).

Раҳбар

бошқарувида

мулоқот

маданияти

ва

таъсир

кўрсатиш

омиллари

:

Сирожиддинова

Фируза

Хосилбековна

,

АндМИ

Гуманитар

фанлар

доктаранти

. In

Научно

-

практическая

конференция

.

Bibliografik manbalar

A.X. Югай "Обшая писихология" --- Ташкент..2014

Davletshin M.G va boshqalar. Yosh davrlar va pedagogik psixologiya. T..2004

Сирожиддинова, Ф. Х. (2022, August). Раҳбар бошқарувида мулоқот маданияти ва

таъсир кўрсатиш омиллари: Сирожиддинова Фируза Хосилбековна, АндМИ “Гуманитар

фанлар” доктаранти. In Научно-практическая конференция.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари