Mualliflar

  • Muhаууо Turdiуеvа
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Muhammadali Ma’rufjonov
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74204

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizlik global aloqa boshqaruv kompyuter axborotlashgan jamiyat

Annotasiya

Maqola axborot texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik muammolarini tahlil
qiladi va ularning psixologik ta’sirini ko‘rsatadi. Axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy faoliyat
yo‘nalishlarini, ularning oziga xos xususiyatlarini, xavfsizlikni ta’minlashda muhim bolgan uslublar
va ulardan foydalanishning afzalliklarini ta`riflaydi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

565

AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING ASOSIY

FAOLIYAT YO‘NALISHLARI VA USLUBLARI

ADPI “P

е

dag

о

gika va psi

хо

l

о

gi

у

a” kaf

е

drasi

о

’qituvchisi

Turdi

уе

v

а

Muh

аууо

S

ох

ibj

о

n qizi,

ADPI talabasi Ma’rufjonov Muhammadali

Annotatsiya:

Maqola axborot texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik muammolarini tahlil

qiladi va ularning psixologik ta’sirini ko‘rsatadi. Axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy faoliyat
yo‘nalishlarini, ularning oziga xos xususiyatlarini, xavfsizlikni ta’minlashda muhim bolgan uslublar
va ulardan foydalanishning afzalliklarini ta`riflaydi.

Kalit so‘zlar:

Axborot, xavfsizlik, global, aloqa, boshqaruv, kompyuter, axborotlashgan

jamiyat.

«Axborot» tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda. U inson tafakkuriga turli

yo‘nalishlarda ta`sir o‘tkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib
yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi.

Aslini olganda axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida

qadimdan mavjud bo‘lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va
«boshqaruv» tushunchalari bilan birga keng qo‘llanilishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni
hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani - informatika
sohasini tashkil etadi. Bu lotinchada tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida esa xabar, axborot
ma`nosini bildiradi.

Axborot sohasining tez sur`atlar bilan o‘sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan

rivojlantirilishi

kompyuterlarning

yaratilishiga

va

kishilik

hayotining

turli

sohalarini

kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida bugungi kunda g`oyatda tezkorlik bilan o‘sib
borayotgan «Axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi.

Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi

millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga bog`lab qo‘ydi. Axborot olish, uni ishlash,
saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun
jiddiy tashvishlar tug`dirmoqda. Chunki hozirgi zamon komp’yuterlarining eng so‘nggi avlodi har
birining protsessorida 80-100 million tranzistor bo‘lib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara
oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo‘`jizasi tufayli xohlagan kishi Er yuzining xohlagan
nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o‘rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi mumkin. Ana
shu holatning o‘zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me`yorlarini, olamga munosabatlarini,
yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib
aytganda, XXI asr tsivilizatsiyasi axborot xuruji, informatsion-psixologik urush qiyofasida o‘zini
namoyon etmoqda.

Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o‘ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi

mohiyati, uning taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga ta`sir o‘tkazishi omillarini chuqur
o‘rganishni taqozo etadi. Bular quyidagilarda ko‘rinadi:

Birinchidan, inson faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo‘lga quyish, yo‘naltirish.

Umummanfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik tuyg`usini shakllantirish,
insoniyat hayotini saqlashda mas`ullik, uning taqdiriga taqdirdoshlik hissini shakllantirish.

Ikkinchidan, turli fe`l-atvorga, tabiatga ega bo‘lgan, o‘z manfaati ustuvorligiga intilayotgan

siyosiy sub`ektlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta`minlash. Urush madaniyatsizligidan tinchlik
madaniyatiga o‘tish, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir-
biriga intilish kayfiyatini yaratish, jahon muammolarini hal etishda sog`lom g`oyalarga tan berish
ruhiyatini shakllantirish.

Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda uning keng

imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo‘liga safarbar etish kayfiyatining ustuvorligini ta`minlash. Aks
xolda g`ayriaxloqiy va g`ayriinsoniy kayfiyatdagi fuqaro qudratli texnologiyalarni jamiyat
taraqqiyotiga zid bo‘lgan g`oyat xatarli maqsadni amalga oshirishga ishlatishi mumkin. Bu, ayniqsa,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

566

xalqaro terrorizm, narkobiznes, diniy eksterimizm singari global fojealarni boshqarishda, davlatlararo
iqtisodiy munosabatlarni chalkashtirishda, bank, moliya-irodit tizimini izdan chiqarishda qo‘l keladi.

To‘rtinchidan, axborot texnologiyasining beqiyos imkoniyatlarini, ulkan qudratini to‘la-tukis

inson hayotiga tadbiq etish, inson taqdiriga xizmat qildirishni ta`minlaydigan eng zamonaviy va
samarali boshqaruv mexanizmini iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak
madaniyat bilan unumli foydalanish asosida tashkil etish.

Tig`iz axborotlashgan jamiyatda «shaxs-jamiyat-davlat» aloqadorligi, ularning o‘zaro

uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash bir muncha qiyinlashadi. CHunki axborot oqimi tezlashgani va
axborotlar girdorbida yashash kabi murakkab, ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi bevosita shaxs
tafakkurining, inson dunyoqarashining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma`naviy-axloqiy mezonga aylanadi.

erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot-psixologik
xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog`i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unda xizmat
qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga
va eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg`usiga bog`liq. Zotan, axborot-
psixologik xavfsizlikni ta`minlashning bosh mezoni va asosiy tayanchi - millatparvarlik,
vatanparvarlik, fidokorlik tuyg`usi!

Demak, axborot xuruji tobora avj olib borayotgan, yakka tartibda har bir fuqaro, har bir inson

ongiga kuchli ta`sir o‘tkazayotgan, keng miqyosda olganda esa jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini
hal qilishga qodir bo‘lgan, global miqyosda esa butun insoniyat hayotini kafolatlaydigan, uning
taraqqiyoti yoki tanazulini belgilashga qodir bo‘lgan tig`iz axborot tizimini boshqarish, tartibga
solish, undan foydalanish me`yorlarini ishlab chiqish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan
biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar
1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli

“O‘zbekistonRespublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami.-2017.-6 (766)-son.

2)

Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborotpsixologik

xavfsizlik:darslik. T., 2012.-239. b.

3)

Safayev N.S., Ergashev P.S., Amirova N.A.,.Odilova N.G,.Rahimova Ziyavidtinova

G. Z. Psixologik yutuklik asosiy mezonlarva rivojlanish qonuniyatlari. Toshkent-2018. 166. b.

4)

Sharopova S. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishnining ijtimoiy-

psixologik asoslari. Monografiya. Guliston sh. 2020.144 b.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli

“O‘zbekistonRespublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi

Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami.-2017.-6 (766)-son.

Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborotpsixologik

xavfsizlik:darslik. T., 2012.-239. b.

Safayev N.S., Ergashev P.S., Amirova N.A.,.Odilova N.G,.Rahimova Ziyavidtinova

G. Z. Psixologik yutuklik asosiy mezonlarva rivojlanish qonuniyatlari. Toshkent-2018. 166. b.

Sharopova S. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishnining ijtimoiy-

psixologik asoslari. Monografiya. Guliston sh. 2020.144 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари