“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
586
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedogogika instituti
“Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi “
1-bosqich talabasi
Ro‘zimboyeva Maftuna Jo‘rabek qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos
xuxusiyatlari va bola hayotida tarbiya va ta’limning mazmuni, shaxsiy qobilyatlari haqida ma`lumot
keltrilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim – tarbiya, rivojlanish, qobilyat, harakterlar, yosh davrlari, ilmiy
tadqiqotlar.
Maktabgacha yosh davri bolaning hayoti haqidagi ilk tasavvurlarini shakillantiradigan davri
hisoblanadi. Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning boshqa fanlarni o‘zlashtirishida katta
ahamyat kasb etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga katta
e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi
takidlanmoqda. Shuni ham aytish joizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,
ona qornidan boshlash lozim. Barkamol avlodni tarbiyalash uchun avallambor ota- onalarning o‘zlari
ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim. Bolalarni yosh davrlariga bo‘lishda bir qancha olimlar ilmiy
tadqiqotlar olib borgan. L. S. Vigotskiy, L. I. Bajovich, D. B. Elkonin, A. A. Lyublinskaya, A. V.
Petrovskiy, o‘zbek psixolog olimlaridan: M.Sh. Rasulova, R. I. Sunnatova, va boshqa yosh davrlarini
turli yosh bosqichlarida yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Endi Maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi o‘ziga xos xuxusiyatlariga to‘xtalb o‘tsak. Bolalarni rivojlanish
yosh xususiyatlarini o‘rganishga yosh davrlariga katta e’tibor qaratishimz lozim. Ular quyidagi
guruhlarga bo‘lingan:
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari: Bu davrda bola o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘ladi.1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonida aytilgan
so‘zlarni tushunish qobilyati jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib o‘zgalar nutqini farqlash
jarayoni boshlanadi, bola musiqaga, badiiy so‘z tasiriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi
shu davrdan boshlab she`rlar, aytish hamda raqsga tushushni o‘rgatish lozim. Bu yoshdagi bolalarni
bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqatga kirishish ko‘nikmalari shakillana boshlaydi.
Anashu ko‘nikmalarni shakillanishiga va ularni malakalarga aylanishiga yo‘naltirmoq lozim.
3-4 yoshli bolalarni rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi
bir qadar shakillanadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg bo‘yi 90- 95 smga yetadi. Bola jismonan
ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat o‘rganlari takomillashib boradi. 3 yoshli
bolalar qisqa muddat davomida o‘z xatti- harakatlarini idora qilish, hisiyot hamda sensor idrok
rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakillanadi. O‘yin asosida amalga
oshiriladigan mehnat faolyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Yana: Tasviriy faoliyat, qurish-
yasash faolyatlari ham shakillanadi. 3 yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi
mustahkamlkanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi. Faraz qilish imkoniyatlatri
vujudga keladi.
4-5 yoshli bolalarning rivojlanish xususuyatlari. Bola bu yoshga yetgach ,uning jismoniy
o‘sishi bir muncha jadallashadi. Bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 smga cha o‘sadi, og‘irligi esa18-
19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faolyati
takomillashib boradi. Bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakillanadi. Bu yoshda bolalarning nutqi
ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Bola juda
serharakat, o‘yinqaroq o‘ta qiziquvchan bo‘ladi.Shuning uchun ham ularni to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z
vaqtida uxlash, salomatligini muhofaza qilish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim
ahamyatga ega.
5-6 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda uning oyoqlari gavdasiga nisbatan
tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi
tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
587
alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan,
biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. 6 yoshga yetganda miya
po‘stlog‘ining asab kataklari rivojlanin og‘irligi va tashqi o‘rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi.
Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Dastlabgi
iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi.Bolaning faraz qilish qobilyatini rivojlanishiga alohida
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
6-7 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yillarida undagi
harakatlar ko‘lami kengayadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat
ko‘rsatish,tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakillanadi. Bu
davrda bolaning bo‘yi 120 smga yetadi, og‘irligi 22-24 kg teng bo‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi
qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida
ularda faolyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga ya`ni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni uygo‘tish lozim.
Demak bolalarda maktabgacha yoshda juda ko‘p rango-rang qobilyat va xususiyatlar
shakillanar ekan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xuxusiyatlaridan yana biri mahsus va
amaliy qobilyatlarning rivojlanishi. Qobilyatning rivojlanishi tashqi va ichki sharoitlarning o‘zaro
aloqalari orqali belgilanadi. Rubinshteyn aytganidek, qobilyat spiralsimon tarzda rivojlanadi, bir
ko‘rinishdagi qobilyatlar keyingi rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi, natijada yana ham yuqori
darajadagi qobilyatlar rivojlanadi. Masalan: musiqaga, matematikaga, rasm chizishga, qo‘shiq
kuylashga va shunga o‘xshash minglab qobilyatlar rivojlanadi. Demak bu davrda farzandlarimizga
juda e’tiborli bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlab yaxshi tarafga yo‘naltirishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ”Ilk qadam” davlat o‘quv
dasturi, T- 2022 y.
2.Yo‘ldoshev J. “Ta`lim yangilanish yo‘lida” T.: O‘qituvchi. 2000 yil
3. Qodirova F.R, Toshpo‘latova Sh.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha
pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
4. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni. 2013 y. Darslik.
5. Djurayeva.D.R. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning
zamonaviy tendensiyalari T.: 2015 y. O‘zPFITI. Uslubiy qo‘llanma.
6. Qodirova N.R. “Maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish
ˮ
.
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy
anjumani. Navoiy-2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.7342200
