“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
569
O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Norinova Dunyoxon,
Yigitaliyeva Nilufar,
Andijon davlat pedagogika institute
1-bosqich talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smir davrida bolaning psixik rovijlanish xususiyatlari,
o‘smirlik yoshining psixologik xususiyatlari, o‘smirlarning intelektual rivojlanishi, o‘smirlik davrida
shaxsning shakllanishi, o‘smirlik davrida yangi xislatlarning paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Yosh davrlari, psixologiya, xotira, o‘smirlik davri, psixologik o‘zgarish,
fiziologik o‘zgarish, «O‘tish davri», “Krizis davr”, «Qiyin davr».
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat
o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinlardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq
katga ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o‘smir
rivojlanishda keskin o‘zgarigalar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik
o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bog‘liq ravishda tanadagi
barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xo‘jayra va organizm tuzilmalarining qaytadan
shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasiniig
o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipoez bezining funktsiyasi
faollashadi. O‘smirning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muxim ichki sekretsiya
bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o‘sishi va jinsiy bezlar) ishlashini ko‘chaytaradi. Natijada bo‘y
o‘sishi tezlashadi, jinsiy balogatga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy
bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi.
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va
imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni
oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin, o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik
xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini
va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu
davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar taraqiyotida hali o‘z o‘rnini topa
olmagan holatda bo‘ladi. O‘smirlik davri «O‘tish davri», “Krizis davr”, «Qiyin davr» kabi nomlarni
olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-
harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham
kuzatiladi. O‘z davrida L.S, Vigotskky bunday holatni «Stenik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan.
O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning
boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil siatida
ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir o‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga
kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos.
O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik
davri muloqotining asosiy vaziasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va
egallashdir. O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga
bo‘ysunadi.
O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yo‘llarda
o‘smirlarga hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq
ko‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. Nutq
rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy
darajasida rivojlanadi. O‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin.
Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarga xos. Maktab dasturi va
boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning
intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi,
o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar.
O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar
bilan bo‘lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
570
O‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi.
O‘smirlar mo‘loqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O‘smirlik davriga kimningdir
xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning
xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlidchanlik qiladilar.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa,
ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini
anglashlari xisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir kattalar yordamida atrof-borliqni aks etgarilishi bilan
bir qatorda inson dunyoqarashini xam belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi, Aynan
o‘smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini
tushuna boshlaydi, o‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari - «Qanday qilib to‘g‘ri
yozish kerak» «Qanlay qilib yaxshiroq aytish mumkin? kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar
maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va
televidenie diktorlar xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqnni
nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini
bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi.
U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so‘zlarni tanlashga harakat qiladi.
Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, na’muna bo‘lishi shart. Aynan
maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy
omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham og‘zaki, ham yozma mavjud
bo‘lishi bilan xam kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi
va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni
o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga ehtiyoj va
intilish hisoblanadi.
O‘smirlik davrida o‘qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-
sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish
darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan,
mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni
asoslab berishgacha" o‘zgaradi. Yozma nutq xam yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan
erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan
bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinlardagi o‘quvchilar ogzaki va yozma matn uchun reja tuzib,
unga amal qila oladalar.
5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos.
Ayniqsa, 6-sindan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi
bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf
o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga. xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy
xislatlarni yuqori baholashadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga
asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish
mumkin,
Yuqoridagilarni inobatga olib xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli
o‘qituvchilar o‘qitish munosabati yuzaga keladi. Kattalar shaxsi va faoliyati baholashning yangi
mezonlari ham ularda shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv
materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘qituvchilarni ajratmaydigan,
o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga
ham katta e’tibor beradilar.
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadilar. Ilk o‘smirlik
davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari
o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi diferentsyal xarakterda (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda
o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlariga) namoyon bo‘la boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
4.
Sh.A.Do‘stmuhammedova, X.A.Tillashayxova, G.Baykunusova, G.Ziyavidinova,
Umumiy pedagogika, (2-kitob), (yosh davrlari va pedagogik psixologiya), T:- Toshkent – 2020;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
571
5.
P.I.Ivanov. , M.E.Zufarova, Umumiy psixologiya, T:- Toshkent – 2008;
6.
F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova, Umumiy psixologiya, T: - Toshkent- 2009.
