“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
557
O‘SMIRLIK DAVRI - SHAXSIY KAMOLOTNING SHAKLLANISHI SIFATIDA.
ADPI Abdulmadjidova M.D. ADPI talabalari
Axinjonova Madinaxon va Mamatisakova Zilolaxon.
Annotatsiya:
Bu mavzuda O‘smir yosh davridagi bolaning psixologik,fiziologik xususiyatlari,
muammolariva ularni bartaraf etishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
krizis davri,o‘tish davri,kattalik xissi, tanqidiy baxolash.
O‘smirlik davri Ayni paytda u bola emas katta ham emas deb ta'riflanadi. O‘smirlik davri
"o‘tish davri","krizis davri" deb nomlanadi.Bu davr 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi va o‘z ichida 2 bosqichga bo‘linadi;1-bosqichda o‘smir o‘zini bola deb emas
kattalardek korsatishga harat qiladi.2-bosqichda U o‘zini bola emasligiga to‘la qonli ishonib,"men"ini
oldinga qoyadi.O‘smir yosh davrida psixologik va fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi. Psixologik
o‘zgarishlarda bola ayni paytda o‘zi istayotgan xoxishlarini jismoniy jihatdan zaifligi sabab kelib
chiqadi.Fiziologik o‘zgarishlar jinsiy yetilish bilan bogliq holda tanadagi barcha a'zolarining
rivojlanishi va o‘sishi ,organizmning qayta shakllanishi muhim ro‘l o‘ynaydi. Jumladan; bo‘y o‘sishi
qiz bolalarda: 5-7 sm, o‘gil bolalarda: 5-10 sm o‘sadi. Ogiz bo‘shligi va halqumdagi o‘zgarishlar
oqibatida tovush tembiri o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘proq darajada sodir
bo‘ladi.
O‘smir yosh davridagi bola taqlidchan bo‘ladi,buning boisi ularda aniq bir fikrning
dunyoqarash shakllanmaganligi bilan bog‘liq. U o‘zini kattalar yoki dostlari orasida o‘zini ko‘rsatib
qo‘yishga intiladi. Bugun aktyor yoki qo‘shiqchiga taqlid qilsa, ertaga boshqa kasb vakillariga taqlid
qilishi mumkin.
O‘smir kattalarga nisbatan qo‘pol muomilada bo‘lishi mumkin. Yoqimsiz xulq-atvor paydo
bo‘lishi,o‘smirning tengdoshlari va jamoadagi mavqei,ota onasi va maktabdagi do‘stlari ,o‘qtuvchi
munosabatlari tufayli yuzaga keluvchi harakter belgisi hisoblanadi. Bu davrda o‘smir kattalar bilan
munasabatda o‘zaro chegara saqlaydi va o‘zini mustaqil shaxs sifatida o‘z fikrini bayon etishi bilan
tavsiflanadi. O‘smir asosan bu davrda salbiy fikrlashda va tanqidiy baholashda boshqa yosh
davrlaridan farq qiladi. Ular ota onasi va oqituvchilarining nutqidan kamchiliklariga tez-tez e'tibor
berishadi.
O‘smirlik davrida psixologik jihatdan voyaga yetishi yoki kattalik hissini paydo bo‘lishining
ahamiyati katta. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy soxada,aqliy faoliyatda,ijtimoiy munosabatlarda,xulq
atvorni ko‘rsatishda o‘z aksini topadi. O‘smir o‘zini aqliy jihatdan o‘sayotganini anglaydi va
kattalarning g‘amxo‘rligi,uning uchun qayg‘urishini xohlamaydi va kattalar bilan munosabatda bir
qator muammolar kelib chiqadi. Ularning tashabbuskorligi,mustaqil bo‘lishga intilishini hisobga
olgan holda o‘smir bn do‘stona muloqot qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi va ijobiy natija beradi.
O‘smirlik davri xususiyatlarini o‘rgangan psixolog D.B.ELKONIN va T.V .DRAGUNOVning
ta'kidlashicha “Bu yoshda o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning o‘rtoqlari bilan munosabatlarga
intilishi,tengdoshlari,jamoasining hayotiga qiziqishida yorqin namoyon bo‘ladi” [1.152b].
Endilikda o‘smir uchun o‘rtoqlari bilan ko‘proq muloqot shakllanadi, endi ular Kichik maktab
yosh davridagidek kattalar bilan bo‘lgan muloqot yoqimsezdek tuyila boshlaydi va do‘stlik
munosabatlariga urg‘u bera boshlaydi.
Munosabatlar murakkablashgan bu davrda o‘smir bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish
,yaxshi tarbiya berish uchun qulay sharoit bu umumiy mehnat bilan shugillantirish.
V.A.KURETSKIY va N.S.LUKINning fikricha “Haqiqiy o‘rtoqlik va chinakkam do‘stlik-
mardonavor o‘rtoqlik va talabchan do‘stlikdir” [2.153b] Endilikda do‘stlik munosabatlarini o‘zaro
shakllantirib unga urg‘u berishni nazarda tutadi.
O‘smir davrining o‘qish faoliyatida uning o‘z o‘zini anglashi oshadi. O‘quv fanlarining
ko‘payishi,axborot hajmini oshishi fikr yuritishiga sabab bo‘ladi.Kichik maktab yosh davrida olgan
bilimlar bu davrga kelib yuqoriga ko‘tariladi va o‘smirning tafàkkur shakllari rivojlanadi.
M.N.SHARDAKOVning fikricha “Tafakkurning o‘sishi o‘qitiladigan fanning ta'siriga bog‘liq
ekanligi
takidlanadi.
Ya’ni
ta'lim
fanlarini
o‘zlashtirilishi
o‘qituvchining
mahoratiga
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
558
bog‘liq”.[3.160b.]O‘qituvchi qay darajada oquvchilarni darsga qiziqtirib turli metodlar bilan darsni
olib borsa darsning ritmikligi bir xilda zerikarli emas yorqin o‘tishini ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytganda o‘smir yoshdagi bolalardagi psixologik fiziologik o‘zgarishlar bu
davrning inqiroziga,shaxs bo‘lib shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu muammoli davrda o‘qtuvchi va ota
ona o‘smir bilan indvidual shug‘ullanishi,unda yuzaga kelgan muammolarini do‘stona, ortiqcha
g‘amxo‘rliklarsiz, harakter xususiyatlarga e'tibor bergan holda unga yechim topishi,hattoki bu
inqirozdan oqilona foydalangan holda bolani to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Agar bu davrdagi
inqirozdan o‘smir yaxshi tarafga yo‘naltirilsa o‘spirinlik davriga ijobiy xarakter xususiyatlar bilan
o‘tishi mumkin. Bevosita bu kelajakda uning shaxs bo‘lib shakllanishi, "men"ini to‘gri baholashi va
o‘zining pozitsyasini to‘g‘ri qo‘ya olishiga asos bo‘ladi.
Adabiyotlar ro‘yhat.
1.
E G‘oziyev ,,Ontogenez psixologiyasi" o‘quv qo‘llanma TOSHKENT "NIF MSH"
2020
2.E.G
ʻ
oziyev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997 yil.
3.M. Voshidov. «Bolalar psixologiyasi». Toshkent. 1982 yil.
4.G`oziyev E.G`. Psixologiya(Yosh xatti psixologiyasi). T., O‘qituvchi, 1994 yil.
5.Davletshin M.G., Do‘stmuxamedova Sh.A., To‘ychiyeva S.M., Mavlonov M. Yosh davrlari
va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.
6.Muxina V.S. "Shestiletnoy rebenok v shkole". M: 1986 yil
