Mualliflar

  • Sarvinoz Imomnazarova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Madina Nabijonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74224

Kalit so‘zlar:

O‘smir ta’lim tarbiyasi qiyin o‘smirlar axloqiy hislar orsizlar

Annotasiya

Ush bu maqolada o‘smirlik davri,osmirlarda yuzaga keladigan psixologik
o‘zgarishlar,o‘smirlik davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati,o‘smirlik avtanomiyalari,agressivlik
holatlari,o‘smirlarda ikkinchi menni shakillanishi kabi holatlari keng yoritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

551

O‘SMIRLIK DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYANING AHAMIYATI.

Andijon davlat pedagogika instituti

“Tabiiy” fanlar fakulteti “Kimyo”yo‘nalishi

1-bosqich talabalari:

Imomnazarova Sarvinoz Inomjon qizi

Nabijonova Madina Abduqaxxor qizi

Annotatsiya:

Ush bu maqolada o‘smirlik davri,osmirlarda yuzaga keladigan psixologik

o‘zgarishlar,o‘smirlik davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati,o‘smirlik avtanomiyalari,agressivlik
holatlari,o‘smirlarda ikkinchi menni shakillanishi kabi holatlari keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

O‘smir, ta’lim, tarbiya, tarbiyasi qiyin o‘smirlar, axloqiy hislar,

orsizlar,o‘smirlik avtanomyalari,

Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy

muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Insonning hayotiy tajribalarni bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtirishga aloqador bo‘lgan bir necha tushunchalar mavjud.
Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.

0‘smirlarning jismoniy o‘sishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin o‘zgarishlarni

vujudga keltiradi. 0‘quv fanlarining ko‘payishi, axborotlar tarmog‘ining kengayishi ularning fikr
yuritishini jadallashtiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga
ko‘tarilgan intellekt o‘smirlik davrida yanada takomillashadi. O‘smir o‘quvchilar o‘rganayotgan fan
asoslari, avvalo ularning mavhum tafakkurini o‘stirishga qaratiladi. Uning aqliy faoliyati
xususiyatlaridan biri - mavhum tafakkurning rivojlanishidir. 0‘smirning eng muhim xususiyatlaridan
biri mustaqil flkrlash, aqlning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi
o‘quvchidan farqli o‘laroq, o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Maktab
ta’limining bevosita ta’siri bilan o‘smirda o‘zini anglash jarayoni rivojlana boshlaydi. U o‘zining
fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o‘z mulohazasiga ega bo‘lishi uchun harakat
qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi yoki ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai
nazardan qaraydi. Ko‘pincha o‘qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni
topishga intilib, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga, tortishishga va
bahslashishga moyil bo‘ladi. Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida
“anglashilmovchilik g‘ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning “tanqidiyligi” o‘smirning asosiy
xususiyatlaridan biri bo‘lib, u o‘zgalar ftkrini turli bahonalar, sabablar bilan yo‘qqa chiqarishga
qaratilgan bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega. 0‘qituvchi dars
jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og‘ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan
bu xislatni qo‘llab-quvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan
chiqarmaslik lozimki, dastlabki davrda o‘smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini,
muvaffaqiyatsizliklarni yomonlash, uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish, masxaralash mutlaqo
mumkin emas, aks holda o‘smir aqlining ajoyib sifati barbod bo‘ladi va uning o ‘zi jamiyat hamda
tabiat qonunlariga, holatlariga befarq qaraydigan shaxsga aylanib qoladi.

O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu

yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada bilmasliklaridan
yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o‘quvchilariga qaraganda o‘smir
yoshdagi bolalarni tarbiyalashda juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. 0‘qituvchilar jamoasi har qancha
urinishidan qat’i nazar, ta’lim jarayonida tarbiyasi qiyin o‘smirlar ham uchrab turadi. Hozirgi davrda,
bunday o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan, fe’l-atvordagi nuqsonlarning xatti-
harakati nosog‘lomligining oldini olish va tuzatish yo‘llari ilmiy asosda ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tarbiyasi qiyin; injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining
ijtimoiy sabablaridan tashqari, pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. 0‘quvchilarda nojo‘ya
xatti-harakatlar paydo bo‘lishining sabablari va turtkilari har xildir. Qonunni buzishi yoki qoidaga
xilof ish qilishni darajasiga qarab tarbiyasi qiyin o‘smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy qoidabuzar
(tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi. Shaxsning biologik o‘sishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining
kamchiliklari, o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentdagi qusurlar tarbiyasi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

552

qiyinlarni keltirib chiqaradi. Shaxsning psixik o‘sishidagi kamchiliklar, chunonchi, aql-idrokning zaif
rivojlangani, irodaning bo‘shligi, hissiyotning kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlar mavjud
emasligi, o‘smirning intilishi bilan mavjud imkoniyati o‘rtasidagi nomutanosiblik va hokazolar xatti-
harakatni izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar: axloqiy hislarning
yetishmasligi, o‘qituvchi, sinf jamoalari, oila a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot, ishyoqmaslik, bo‘sh
vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik va boshqalar ham salbiy qiliqlarni vujudga keltiradi. Shaxsning bilim,
o‘quv faoliyatidagi kamchiliklari: aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik, eng muhim
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar; maktab faoliyatidagi: o‘qitishdagi nuqsonlar,
tarbiyaviy chora va tadbirlardagi xatolar ham shular jumlasiga kiradi. Maktabdan tashqari muhitning
ta’siridagi nuqsonlar, chunonchi, oilada pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi, oilaviy
nizolar, ajralish, ota-onaning ichkilikka va shahvoniy hayotga berilishi, balog‘atga yetmagan
tengqurlarining ta’siri, madaniy-ma’rifiy ishlab chiqarish o‘z jamoalari hamda jamoatchilik
qurshovidagi kamchiliklar ham tarbiyasi qiyin o‘smirlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.Tarbiyasi
qiyinlarni o‘rganishda kinolavhalar, yuridik varaqa, ishontirish, rag‘batlantirish, bo‘ysundirishdan,
qo‘rqitish, “sun’iy qiyin hollarni yaratish” singari usullardan foydalaniladi. Shulardan ayrimlarining
mohiyatiga qisqacha to‘xtalamiz. Odatda novella, voqea, hikoya, sarguzasht, ocherk kabi adabiy
asarlardan foydalanish 0‘smirlar xatti-harakatining sabablarini o‘rganishda yaxshi samara beradi.
0‘qituvchi, sinf rahbari yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan tarbiyasi qiyin o‘smirlarga tegishli
asardan parcha o‘qib beriladi, so‘ng ularda qanday qo‘zg‘alish yoki ta’sirlanish paydo bo‘layotganligi
kuzatiladi. Tajriba qoidasiga binoan, 0‘qilgan parchada o‘smirlarning sarguzashti, ajoyibot va
g‘aroyibotlar o ‘z aksini topishi shart.

0 ‘smirlarning tipologik xususiyatlariga binoan bir nechta shartli guruhga ajratish mumkin:
Tarbiyasi qiyin o‘smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsizlar deyiladi. Ular o‘z

xatolarini bilib turib qonun va qoidalarni buzadilar, noma’qul ishlarni qiladilar.

Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar yaxshi va yomonni tushunadilar, biroq

mustaqil e’tiqodga, barqaror yuksak his-tuyg‘uga ega emasliklari sababli “orqa qanoat”da turib
qoidani buzadilar.

Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‘smirlar shaxsiyatparastlik tufayli qonunbuzarlik,

tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar.

Xulosa: O‘smirlik davri insonning eng murakkab davri hisoblanib, bu davrda ular o‘z xatti-

harakatlarini to‘g‘ri baholay olmaganligi uchun, yaqinlarini ham ko‘pincha ranjitib qo‘yadilar. Bu
davrda bolaga ota-oasi bilan bir qatorda o‘qituvchi ham e’tiborliroq bo‘lishi kerak. O‘smirlik davrida
inqirozlarni boshdan kechirganligi sababli ham o‘qish jarayonlaridan chalg‘ish holatlari ham
uchraydi. O‘smirlar o‘z yaqinlaridan maqtovlar, motivlar olishga intiladi, shuning uchun ham ularni
o‘z vaqtida to‘g‘ri olqishlab ham turish kerak. Muhimi O‘smir inson kimgadir ishona olishi kerak, u
o‘z yaqinlari bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.

“Rivojlanish psixologiyasi”. Pedagogik psixologiya Z.T.Nishanova, N.G.Kamilova,

D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarova Toshkent-2018

2.

“Yosh davrlari psixologiyasi” E.G‘oziyev Toshkent ‘’NIF MSH ‘’-2020

3.

“Umumiy psixologiya” Jo‘rayeva S.N,Sharofiddinova X.G,Mamaradjabova

4.

“Ontogenez psixologiyasi” G‘oziyev E.G‘-T:Noshir 2010-yil

5.

“Umumiy psixologiya”Xaydarov F.I,Xalilova N.I-T:TDPU,2010

6.

Xosilbekovna, S. F. (2024). PSIXOLOGIK HOLATLARGA TUSHISHNI

OLDINGI OLISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

, 39(4),

56-58.

7.

Abdulmadjidova, M. (2021). Muloqot–Bola Psixik Rivojlanishining Muhim Omili.

Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 1(6), 614-617.

Bibliografik manbalar

“Rivojlanish psixologiyasi”. Pedagogik psixologiya Z.T.Nishanova, N.G.Kamilova,

D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarova Toshkent-2018

“Yosh davrlari psixologiyasi” E.G‘oziyev Toshkent ‘’NIF MSH ‘’-2020

“Umumiy psixologiya” Jo‘rayeva S.N,Sharofiddinova X.G,Mamaradjabova

“Ontogenez psixologiyasi” G‘oziyev E.G‘-T:Noshir 2010-yil

“Umumiy psixologiya”Xaydarov F.I,Xalilova N.I-T:TDPU,2010

Xosilbekovna, S. F. (2024). PSIXOLOGIK HOLATLARGA TUSHISHNI

OLDINGI OLISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 39(4),

-58.

Abdulmadjidova, M. (2021). Muloqot–Bola Psixik Rivojlanishining Muhim Omili.

Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 1(6), 614-617.