Mualliflar

  • Jasurbek Foziljonov
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74226

Kalit so‘zlar:

kasb tanlash faoliyat kasbiy motiv kasb tasavvurlari kasbiy yo‘nalganlik

Annotasiya

Maqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki
psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

545

O‘SPIRINLARNI KATTA HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY

PSIXOLOGIK USULLARI

Andijon davlat pedagogika instititi

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi

3-bosqich talabasi Foziljonov Jasurbek

Annotatsiya:

Maqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki

psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib kelishligi,
shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit sozlar:

kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy muhit, psixologik ta’sir, “Men” tabiati, kasb tanlash,

faoliyat, kasbiy motiv, kasb tasavvurlari, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy qobiliyat.

Respublikamizda

amalga

oshirilayotgan

tub

islohatlarning

yaratuvchisi

sifatida

shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi,
shaxs sifatida kamol topishi, kasb – hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal
etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonining asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo
hamdir. Bugungi kunda kasb tanlashga turli nuqtai nazarlar asosida qarash mumkin bo‘lgan
jarayondir. Birinchidan, yoshlarning biror-bir kasbga yo‘naltirishda ijtimoiy muhitning roli asosiy
omil sifatida qaralsa, ikkinchidan esa, individning o‘z qiziqishlari va layoqatlari asosiy imkoniyat
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to‘ldirib keladi. Aynan ilk
o‘spirinlik davri hayotiy kelajagi, rejalarini tuzadigan, o‘z kelajagini yaratishga qadam qo‘ygan
asosiy yosh bosqichi hisoblanadi.

Endigina o‘sib kelayotgan o‘spirin o‘quvchilar kasbga qanday yondashadilar? Bu muammo

ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan, turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik
yoshidagi o‘g‘il – qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga
qiynaladilar. Shu sababli, kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni bilmay dovdirab yoki
tavakkaliga ish tutadilar.O‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar.
Natijada, noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. Yuqori sinf
o‘quvchilarining ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar
va o‘zlarida biror bir maqsadga yo‘nalgan g‘oyalar mavjud emas. Aynan atrofdagi xatti –
harakatlarning xuddi shunday ta’siri ularda biror bir kasbni tanlab, shu borada o‘quv faoliyatini
amalga oshirayotgan davrda o‘zi tanlagan kasbkorlikka nisbatan ikkilanishlar, umidsizliklarning kelib
chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham yoshlarni kasb tanlashda pedagog va ota – onalardan
ularning qobiliyatlari, layoqatiga qarab, ya’ni individual xususiyatlaridan kelib chiqib kasbga
yo‘naltira olishni talab qiladi. Bugungi fan texnika va ijtimoiy taraqqiyot davrida yoshlarni jamiyatni
barpo etishda ishtirokini ta’minlash bugungi kun maktabini har qachongidan ham muhim vazifasidir.

Ma’lumki, kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini,

shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta’minlash zarurligini inobatga olgan
holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to‘g‘ri yonaltirish shaxsning hayotida to‘g‘ri yo‘lni to‘ishga
imkon beradi. O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni
o‘zlarining qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab o‘qituivchilarining
pedagogik mahorati, bilim saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori
bo‘lishi, kasblar bilan bog‘liq fan to‘garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb – hunar
to‘g‘risidagi ma’ruzalarni tashkillash o‘z natijasini beradi, shuningdek, maktablarda “Kasbim
faxrim”, “Kasbim kelajagim dasturi” kabi mavzularda seminar-trening mashg‘ulotlari, suhbatlar va
munozaralar o‘tkazilishi, uchrashuvlar, kasb – hunarga oid ko‘rgazmalar tashkil etilishi,
o‘quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini uyg‘otadi. Umumta’lim maktablarida
o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish ishlari maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy
psixologi, kasbga yo‘naltiruvchi mutaxassislar va o‘qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Kasbga yo‘naltirish borasida asosan maktab psixologi faoliyat olib borib, o‘quvchilarning

avvalo, qaysi kasbga nisbatan qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash maqsadida diagnostikani o‘tkazish
va uning statistik tahlilini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqotlarimiz davomida yoshlarning


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

546

iqtidorining yo‘nalganligini, faoliyat va kasb – hunar sohalarini aniqlash maqsadida rus psixologi E.
A. Klimovning “ Professional – diagnostik so‘rovnomasini” 8-9 –sinf o‘quvchilardan iborat 60 ta
sinaluvchilarda otkazdik. Sinaluvchilar guruhida o‘tkazilgan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil
qilindi. Metodika bo‘yicha natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasblarga nisbatan yo‘nalganlik
shkalasi ko‘proq bizning sinaluvchilarimiz o‘g‘il bolalarni tashkil etganligi sababli texnika va belgili
simvollar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarda nisbatan yuqori natijani ko‘rsatdi. O‘quvchilarning
ma’lum bir kasbni tanlashida ularning individual xususiyatlari ham asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan,
o‘quvchilarning xarakter va temperament tiplariga xos xususiyatlari kelejakda ular tanlagan
kasbkorliklarida o‘zini namoyon qilishlarida muhum rolni taqozo etadi.

Zero, atrofdagi yaqinlarini ko‘magida tanlangan kasbga intilish davomida, o‘quv faoliyati

jarayonida ko‘pchilik yoshlarda tanlangan kasbdan qoniqmaslik xissi paydo bo‘ladi. Kasbga
yo‘naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash – hayot
mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy “Men” tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Katta yoshdagi maktab o‘quvchilarida biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga
qiziqish vujudga keladi. Tanlagan kasbni o‘zlashtirish bilan bog‘liq fanga qiziqish ham ortadi.
Natijada qiziqqan faniga oid ma’lumotlarni o‘qish, to‘garak mashg‘ulotlarida qatnashish tug‘iladi.
Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu esa pedagog va ota –
onalardan ham mas’uliyatlik bilan yondashish, teranlikni talab qiladi. O‘spirinlarda kasblar haqida
yaqqol tasavvurlar bo‘lmasligi sababli, ular xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan va tanlanishi zarur
bo‘lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. Biroq, bunday
ko‘ngilsizliklarni oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bu omillarni quyidagicha
keltirish mumkin:

-kasblarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va ifoda etish;
-psixologlarning kasblar bo‘yicha tashviqot ishlari olib borishi, o‘quvchilarga kasblar

yuzasidan maslahatlar berishi;

-psixolog va ota – onalar bilan birga kasbga yo‘naltirish tadbirlirini ko‘rib chiqishi; -

o‘spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish;

-mehnat ta’limi darslarida yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg‘otish;
-kasb tanlash usullarini amaliyotga tadbiq qilingan psixodiagnostik usullarini ishlab chiqish;
-kasbga yo‘naltirish yuzasidan o‘spirinlar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va

psixologik tayyorlash kabi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘spirinlarni yangi hayotga qadam bosayotgan, kelajagini

yaratayotgan davrda ularga alohida e’tibor berishlikni, ularning individual xususiyatlaridan kelib
chiqib, kasbga yo‘naltirishni talab etadi. Zero, o‘spirinlar tanlagan kasblaridan kelajakda qoniqish
hissini hosil qilishsin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Klimov E. A. Puti v professionalizm. – M.: Filinta, 2003.
2. Karimova V. M. Psixologiya.- T. : 2000.
3. Nishonova Z. T. , Alimbaeva M. V. Psixologik xizmat. –T.: Fan va texnologiya markazi,

2014.

4. G‘oziev E.E. Psixologiya. Toshkent, 2008

Bibliografik manbalar

Klimov E. A. Puti v professionalizm. – M.: Filinta, 2003.

Karimova V. M. Psixologiya.- T. : 2000.

Nishonova Z. T. , Alimbaeva M. V. Psixologik xizmat. –T.: Fan va texnologiya markazi,

G‘oziev E.E. Psixologiya. Toshkent, 2008

Xalimova, M. V. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MA’SULIYaTINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. Science Promotion, 1(1), 74-76.

Xalimova, M. V. (2021). CULTURAL HISTORICAL ROOTS OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY AND PSYCHOLOGICAL RELATIONS IN SMALL BUSINESS. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.9 Psychological sciences).

Khalimova, V. (2023). SCIENTIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF PHENOMENON OF RESPONSIBILITY IN ENTREPRENEURS. Science and innovation, 2(A6), 129-132.