“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
542
FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA
Erkinov Xudoberdijon,
Andijon davlat pedagogika instituti
geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki
(psixik) va tashqi (jismoniy) faolligi haqida, motiv va uning mazmun-mohiyati, motivlarning tuzilishi
bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Faoliyat maqsadlari, faollik, ish, harakat, malaka, interiorizatsiyalash va
eksteriorizatsiyalash, motiv, faoliyat va operatsiya, aqliy harakat, ichki harakat, motiv, motivatsiya.
Agar hayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof-muhit bilan belgilansa, kishining faolligi
uning ilk yoshlaridan’q butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko‘ra yo‘naltirib boriladi.
Xatti-harakatning bu turi shu qadar o‘ziga xoslikka egaki, psixologiyada una atash uchun maxsus
termin-faoliyat termini qo‘llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi
psixologik belgilari nimalardan iborat?.
Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni tamomila uni keltirib
chiqargan ehtiyoj bilan belgilanmaydi.
Basharti motiv sifatidagi ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni rag‘batlantirar ekan, u holda
faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi.
Masalan, kishini ishlashga undagan motiv (sabab) ovqatga nisbatan ehtiyoj tug‘ilishidan ham kelib
chiqishi mumkin. Lekin odam stan’kni, masalan, uning ‘chligini bartaraf etish uchun emas, balki bu
unga toshirilgan detalni tayyorlash imkonini bergani uchun ham boshqaradi. Uning faoliyati mazmuni
shunchaki ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan -undan jamiyat talab qilayotgan muayyan
mahsulotni tayyorlash uchun belgilanadi. Kishining nima uchun, muayyai tarzda harakat qilayotgani
uning nimani ko‘zlab ish qilayotganiga mos kelmaydi. Uni faoliyatga undovchi xohish-istaklar, sabab
bilan ushbu faoliyatni yo‘naltiruvchi bevosita maqsad bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Binobarin, faoliyatning birinchi farqli belgisi shundan iboratki, u faollik manbai bo‘lgan
ehtiyoj sifatida yuzaga chiqqan holda faollikning yo‘naltiruvchyasi bo‘lgan anglanilgan maqsad bilan
bashqariladi.
Faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixika narsalarnang xususiy obyektiv xossalarini aks
ettirishi va ular bilan (‘rganizmning ehtiyojlari bilan emas) ‘ldiga qo‘yilgan lshqsadga erishish
usullarini ham belgilab berishi lozim. Va nihoyat, faoliyat kishining xulq-atvorini maqsadga
qaratilgan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, xususan olganda esa yuzaga kelgan ehtiyojlarni, o‘zina
zudlik bilan qondira olmaydiga, ya’ni bevosita madadga tayanmaydigan faollikni rag‘batlanti-rish va
qo‘llab-quvvatlash imkonina beradigan darajada boshqarishga qodir bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinib
turibdiki, faoliyat bilish va iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ularga tayanadi, bilish va
irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas.
Demak, faoliyat -kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va
tashqi (jismoniy) faolligidir.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun kishi faolligida anglanilgan
maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari uning motivlari,
bajarilish usullari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo‘lishi ham, anglanilmagan
bo‘lishi ham mumkin. Ular shuningdek, chala-yarim tarzda anglanilgan va hatto noto‘g`ri anglanilgan
bo‘lishi ham mumkin. Masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uni o‘ynashga majbur qiladigan
ehtiyojni kamdan-kam tarzda anglab etgani kabi kichik yoshdagi maktab o‘quvchisi o‘z o‘qish
faoliyatiing motivlarinn anglamagan holda ish ko‘radi. Intizomsiz o‘smir o‘z xatti-harakatlarining
haqiqiy motivlarini chala-yarim va kopincha noto‘g‘ri anglaydi. Hatto katta yoshdagi odamlar ham
o‘zlarining noto‘g‘ri va nomunosib xatti-harakatlari va qiliqlarini oqlash uchun ularga ikkinchi
darajali, «niqoblangan» motivlarni to‘g‘ri deb da`vo qilishadi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
543
Faqat motivlar emas, balki faoliyatning u yoki bu rejalarinn tanlashga olib kelgan kopgina
fikrlash jarayonlari ham kishi tomonidan to‘la-to‘kis anglanilgan bo‘lavermaydi. Faoliyatni amalga
oshirishning usullariga kelganda shuni aytish kerakki, ularning ko‘pchiligi odatda ongdan tashqari
holda yo‘naltiriladi. Bunga odatlanib qolingan har qanday harakat: gapirish, so‘zlash, xat yozish,
avtomobilni boshqarish, musiqa asbobida kuy chalish va shu kabilar misol bo‘lishi mumkin.
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar
tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo‘lgan dolzarb masalaga
aylanib bormoqda.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘pqirraliligi nuqtai
nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib
berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda
qo‘zg‘atuvchilar(qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash,
ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari
anglanmagan motivatsion tendentsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishining bosqichli kontseptsiyasini ishlab chiqarishda
quyidagi mulohazalarga tayanganlar:
a) ongni tarixiy kelib chiqishning jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab
tizimiga ega ekanligi;
b) ontogenezda bola shaxsini individual (yakkahol) shakllanish jarayoni bo‘lmish genetik
dalillarga asoslanganligi va boshqalar.
Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish natijasida uni sodda,
bir bosqichli tizimdan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli
omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq sovet
psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularni dinamik va ma’noviylik
tomonlarining birligi printsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik
holati haqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o‘ta
bo‘rttirib talqin qilinadi.
Bilish motivlari shaxsning (sub’ektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish maqsadini qaror
toptirishga, bi¬lim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh
motivlar nazariy ma’lumot¬larning ko‘rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan
toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat,
orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning barchasi bevosita o‘quv
maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar
o‘ta muhimroq boshqa, hukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini
bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ij¬timoiy yoki
shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va hokazo). Bu turdagi yoki
jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim va ko‘nikmalarni egallash (o‘zlashtirish)da
qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan,
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qish emas, balki ko‘proq o‘yin faoliyatiga
moyillikdir. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining o‘qishga ularni jalb qilish niyati o‘quvchilarning o‘yin
maqsadining ushalishiga halaqit be¬rishi mumkin, lekin izoh talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki mo¬tivlar turkumiga individual xususiyatli
motivlar kira¬diki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual maqsadni ro‘yobga
chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish
o‘qituvchining muhim vazifasi hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o‘quvchilar
xulq-atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shax¬sini shakllantirishga, ularda
maqsad qo‘ya olish, qiziqish uyg‘otish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘¬ladi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari
motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning mazmuniy jabhasini
alohida ko‘rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo‘naltiradi.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday fao¬liyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga
keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
544
jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rga¬nishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda
o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.A.Do‘stmuhammedova, X.A.Tillashayxova, G.Baykunusova, G.Ziyavidinova,
Umumiy pedagogika, (2-kitob), (yosh davrlari va pedagogik psixologiya), T:- Toshkent – 2020;
2.
P.I.Ivanov. , M.E.Zufarova, Umumiy psixologiya, T:- Toshkent – 2008;
3.
F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova, Umumiy psixologiya, T: - Toshkent- 2009.
