“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
539
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARNI MAKTABGA PSIXOLOGIK
TAYYORLASH
Andijon Davlat Pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” fakulteti
“Maktabgacha ta’lim pedagogikava psixologiyasi”
yo‘nalishi 101-guruh talabasi
Ergasheva O‘g‘iloy O‘ktamjon qizi
Annotatsiya:
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o‘rganilganlik holati
va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
va ularning o‘rganilganlik sabablari o‘rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo‘llari haqida
ma'lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
shaxs, psixologiya, maktabgacha yosh, muhit, oila, mahalla, shaxslararo
munosabat, motiv, tarbiya.Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bo‘lgan
munosabat keskin o‘zgardi. Jamiyatning a'zosi bo‘lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e'tibor qaratila
boshlandi. Ayniqsa, inson hayotining kelajagiga tamal toshi qo‘yiladigan maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta'lim-tarbiya berish, pedagogika va psixologiya, ijtimoiy psixologiya va maktabgacha
yoshdagi bolalar psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi
shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi
dastlab oilada va so‘ngra maktabgacha ta'lim muassasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida
to‘laqonli shakllanishi imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi.Qolaversa, kadrlar tayyorlash
sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy
bog‘liq bo‘lgan, uzluksiz ta'lim tizimi orqali, har tomonlama barkamol shaxs -fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida
uzluksiz ta'limning boshlang‘ich va joiz bo‘lsa, asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan maktabgacha
ta'lim muassasasi muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, O‘zbekistonda ko‘plab yangi sohalar qatori aholiga
psixologik maslahatlar berish hamda maktabgacha eshdagi bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan
tadqiqotlarga bo‘lgan muayyan ehtiyoj tobora ko‘proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj
bir tomondan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi
tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy rivojlanishiga ota-onalar tomonidan
ko‘rsatiladigan e'tiborning samarasini belgilaydi. Bolaning psixik jihatdan o‘sishiga o‘zlikni
anglash, o‘zini-o‘zi baholash va o‘zaro munosabatlar xususiyatlari muhim hisoblanadi.Bu eng avvalo
inson shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional-hissiy, intellektual,
ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga
taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatning
mohiyati, o‘zaro shaxslararo muloqot katta rol o‘ynaydi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar
xarakteriga ko‘ra er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalarning o‘z farzandlari bilan shaxslararo
munosabatlariga bo‘linadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bizni maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat e'tiborimizni
qaratdikki, ular aynan shu davrda o‘z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo‘lgan syujetli-rolli o‘yinlardagi
harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o‘zaro
munosabatlarga e'tiborli bo‘lib, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o‘zlashtirishga kirishadilar. Bola
bunda uning oldida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib, bu
jarayonlar qanchalik dinamik bo‘lsa, shunchalik faol va qiziquvchan bo‘ladi, ota-ona va bola
o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko‘proq, to‘laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o‘zlashtiradi
va fikrlaydi.Bunda "Oila" bola "men"ini shakllantiruvchi muhim sotsium -ijtimoiy muhitga aylanib,
o‘zining ushbu muhitga aloqadorligini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda shuni qayd etib
o‘tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha, oiladagi shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota -
ona -bola munosabatlari evolyutsion jihatdan nisbatan kechki va mazmunan aniqroq hisoblanadi,
chunki ular shakllanib bo‘lgan er-xotin munosabatlari asnosidavujudga keladi.Biz shunga ishonch
hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
540
bilvosita ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo‘lib, shu
sababli bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan o‘zgarishlarga zamin
bo‘ladi. Masalan, onalar va otalarda ota-ona munosabatining umumiy ko‘rsatkichlari mos kelish
darajasi 0 dan 5 gacha bo‘lgan bir paytda oilaviy qadriyatlar iyerarxiyasida umumiy
ko‘rsatkichlarning mos kelmaslik darajasi 1 dan 11 gacha, ya'ni ota-ona munosabatlarining xuddi
shunday ko‘
г
satkichiga nisbatan 2 baravaT katta bo‘ldi. Oiladagi ichkimunosabatlar va ota-onaning
bolaga
munosabati
ta'siri
ostida
shakllanuvchi
biriamchi
o‘ziga
munosabat,
o‘zini
identifikatsiyalashning barcha ko‘
г
inis
Ы
a
г
ida va kommunikativ faoliyat sub'yekti sifatida bolaning
biriamchi kichik ijtimoiy guruh sifatida oilada o‘zini anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omili
hisoblanadi.Bunda nafaqat er-xotin-ota-ona o‘rtasidagi munosabatlar va ularning bolaga bo‘lgan
munosbati, balki aynan shu munosabatlaming bevosita u bilan muloqotda aks ettirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistan
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
maktabgacha
ta'lim
muassasalarimuammolariga bag‘ishlangan tadbi
г
da: "Mutaxassis va pedagoglaming ilmiy
xulosalariga ko‘
г
a, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5
yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs
bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘reatib
turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q.Bog‘cha tarbiyasini olgan bola
bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda,ularning fikrlash darajasi o‘
г
tasida yer bilan
osmoncha farq borligini sezish qiyin emas" degan edi. Maktabgacha yoshdagi bola psixologiyasi
ilmida bu yoshdagi bolalaráa sifat o‘zgarishlari tezlashganligini inobatga olgan holda bu davrni uch
bosqichga taqsimlab o‘
г
ganish maqsadga muvofiq deb topilgan: kichik maktabgacha davr (3-4 yosh);
o‘rta maktabgacha davr (4-5 yosh); katta maktabgacha yosh (5-6 yoshgacha); maktabga tayyorlov
yoshi (6-7 yoshgacha). Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish jarayonida ajdodlari tomonidan
yaratilgan narsa va hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. U
insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni faol o‘zlashtirib, egallab boradi.Bolada narsa-
hodisalar olami, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, ona tili va odamlar orasidagi
munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib
borishi kattalarning bevosita yordami asosida amalga oshadi. Bu oilada ota-ona, maktabgacha ta'lim
muassasalarida esa ta^iyachi^ ko‘magida yuz beradi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning
mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Faoliyatdagi mustaqillik, o‘z-o‘zidan tafakkurdagi
mustakillikka asos bo‘ladi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bosqich ularda murakkab
harakatlarni takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini hosil qilish,
nutqini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davri
hamdir. Hozirgi zamon psixologiyasining erishgan natijalari shuni ko‘rsatdiki, bolaning tafakkurini
ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali-obrazli va so‘z-mantiqiy yo‘li bilan shakllantirish kerak. Bunda
so‘z orqali bolalarni avvalo ko‘ra oladigan, seza oladigan buyumlar bilan tanishtirib, keyinchilik
tasavvur shakllariga o‘tish mumkin. Metod va usul tanlashda ham yuqoridagilarga rioya qilish zarur.
Shuning uchun ham ilk va bog‘cha yoshdagi sensor tarbiya aqliy tarbiyaning muhim omili
hisoblanadi. Bolada nutq paydo bo‘lishidan ancha oldin, birinchi bor gapira boshlaganda u tevarak-
atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi: Ona bolasiga
o‘yinchoqni uzatganda, bola qo‘lini cho‘zib uni oladi. Uning ko‘rib, idrok qilishi eshitish bilan
qo‘shiladi. Aynan o‘yinchoq nomi aytilganda, hissiy idrok bilan so‘z o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir
bo‘ladi. Masalan ona “mushukchani ber”, “mushukchani olib kel” deb bir necha marta takrorlasa,
bola muayyan o‘yinchoqning nomini yaxshi eslab qoladi. Pirovardida “mushukcha” degan so‘z bola
xayolida ma’lum bir buyumni hosil qiladi. Mashhur rus fiziologi Ivan Sechenov bunday deb yozgan
edi: “Bola gapirishning o‘rganib olgandan keyin unda tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqish va ularni
bilishga intilish oshib boradi, bu hol bolaning onasiga: nega stol yurmaydi-yu, quyosh esa oyoqsiz
yuradi, kechqurun u qayerga yashirinadi, nima uchun shamol g‘uvullaydi?”- kabi savollar berishga
sabab bo‘ladi”. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni rivojlantirish alohida rol o‘ynaydi.
Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi.
Nutqni egallash bolaga hikoya, badiiy asar, so‘zlovchining tushuntirishlari orqali bilimlar hosil
qilishga imkon beradi. Bolalar bog‘chasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
541
shakllantirish, bog‘lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobilyati yaxshi shakllanadi, xotira hajmi kengayadi. Xayol,
tafakkur qilish ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni bog‘cha yoshidan boshlab
rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda
tasavvur xayoli bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy
xayol kengayadi. Kichik yoshidagi bola uchun ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy va tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Bu esa hodisalarni,
voqealarni chuqur anglab olish, ulardagi muhim va nomuhim bo‘lmagan tomonlarni ajratishga
o‘rgatadi. Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak –atrofdagi voqea va hodisalarga,
narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga
keltirib ko‘rishida, qiziqtirgan narsasini diqqat bilan tomosha qilishi va kuzatishida namoyon bo‘ladi.
Bolaning savollaridan undagi qiziquvchanlik qay darajada ekanligini aniqlab olsa bo‘ladi. Aqliy
tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular
asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida bolalarning
aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi. Psixologiyada ma’lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli
egallab olish uchun shart-sharoitlar yaratadigan shaxsiy xususiyatlari qobiliyat jarayonida namoyon
bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlning ziyraklik, fahm-farosatlilik, tanqidiy ko‘z
bilan qarash, sinchkovlik, sermulohazalilik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Shunday qilib,
tarbiyachi bolalarda aqliy sifatlarni rivojlantiruvchi faoliyatlarni tashkil etib borishi kerak. Bolalarda
ziyraklikni o‘stirish uchun tez javob qaytarishni talab etadigan o‘yinlarni tashkil etish lozim.
XULOSA
Shuni aytish mumkinki, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola
tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih
va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam
qo‘yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo‘ladi. Ta'lim muassasalari
va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘nggi daqiqasigacha
ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini
shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma'naviy takomilida ham muhim
o‘rin tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://president.uz/uz-
Узбекистон
Республикаси
Прездентининг
расмий
веб
-
сайти
.
2.
Урунтаева
Г
.
А
.
Детская
психология
. -
М
.: «
Академия
», 2010. -C. 36.
3.
Поддьяков
Н
.
Н
.
Мышление
дошкольника
. -
М
.: «
Педагогика
», 1977. -C. 222.
4. F
озиев
Э
.
Тафаккур
психологияси
. -
Т
.: «
Укитувчи
», 1990.
5.
Каримова
В
.
М
.,
Суннатова
Р
.
Мустакил
фикрлаш
. -
Т
.: «
Шарк
», 2000.
6.
Нишонова
З
.
Т
.
Мустакил
ижодий
фикрлаш
. -
Т
.: «
Фан
», 2004.
7.
Тихомиров
О
.
К
.
Психология
мышления
. -
М
.:
МГУ
, 1984.
8.
Венгер
Л
.
А
.,
Венгер
А
.
Л
.
Домашняя
школа
мышления
(
для
пятилетных
детей
). -
М
.:
«
Знание
», 1984.
9.
Выготский
Л
.
С
.
Воображение
и
творчество
в
детском
возрасте
.
