“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
535
O
ʻ
SMIRLIK DAVRIDA XULQ-ATVOR XUSUSIYATLARI
ADPI talabalari
Mo‘ydinjonova Mubina, Karimova Dildora
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O
ʻ
smirlik davrida xulq –atvor xususiyatlari , o
ʻ
smir shaxsnin
shakillanib kamolotga erishish yo‘llari ,ijtimoiylashuv jarayoni tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
O‘smir, alkogol, serzarda, ruhiyat, fiziologik, psixologik, balog‘at, xarakter,
ijtimoiylashuv jarayoni, munosabat.
Bugungi kunda dunyo aholisining 30% yoshlar tashkil etmoqda. Bizning yurtimizda ham
yoshlarni qo‘llab quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.O
ʻ
smirlik davri 10-11 yoshlardan 14- 15
yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi.Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlarga nisbatan aqliy va
siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. O
ʻ
smirlik bolalikdan kattalikka o
ʻ
tish davri bo‘lib,
fiziologik va psixologik jismoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda
bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi,
yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakillanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.
O
ʻ
smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal
masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta'sirida o
ʻ
smirning xarakteri, atrofdagi
kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi.
Ba'zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto
ʻ
g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u
muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z billan qaraydi.Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning
boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va
o
ʻ
sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi
o
ʻ
zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O
ʻ
smirlik yoshida
bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi.
Bular, avvalo, ta'lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma'lumotlarni bayon qilish shakli,
uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati
kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi
haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar
ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik
qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi.
O
ʻ
smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O
ʻ
smir
bolalarni butun a'zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak, jigar, taloq,
buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir
yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit bu- mehnat bilan
shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o
ʻ
smirlar,
ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda
ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga
yetishishi jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. O
ʻ
smirlik yoshida qizlar va o‘mg‘il bolalarning
jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga
nisbatan tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga
bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. 9-10 sinfga
o‘tganlarida bu bosqich o‘g‘il bolalarda yuqorilab ketadi. Qizlar 14 yoshda, o‘g‘il bolalar 15 yoshda
balog‘atga yetadilar. O
ʻ
smirlik davrida o‘g‘il bolalarning bo‘yi 25-30 sm, qiz bolalarniki 18-20 sm
o‘sadi. O
ʻ
smirlik yoshining 2- davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning o‘rta qismi (burun, yuqori jag‘,
yonoq ) juda tez shakillana boshlaydiMaktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi
bir necha o‘qituvchi o‘qitadi. O
ʻ
smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga
moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi o‘smir ko‘pgina
yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. O
ʻ
smirning bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati
ham murakkablashadi. O
ʻ
smirga o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas'uliyat bilan
qarash jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali
ravishda ko‘tarila borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. O
ʻ
smirning oiladagi
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
536
mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab
munosabat-lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun
psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va
malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun
o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o
ʻ
sishini ta'minlash uchun o‘smirlik
yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e'tiborga olingan ta'lim-tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi
zarur.
O
ʻ
smirlarda boshqalarda bo‘lgani kabi bir xislat bor — taqiqlangan narsaga qiziqishadi. Aslida,
bu inson psixologiyasiga xos jihat hisoblanadi. Shu boisdan ruhiy tarbiyaning boshqacharoq usulini
qo‘llash lozim. Masalan, alkogol mahsulotlari. Spirtli ichimliklar zarar deb, boladan ularni
yashirgandan ko‘ra biror bir spirtli ichimlikni olib, ko‘rsatib, “Buni ichsang, mana bunaqa yoki mana
bunday kasalliklarga chalinasan”, deb erinmay tushuntirish, birorta hayotiy misol bilan fikrni
dalillash lozim.
Xulosa: Shuni xulosa qilib aytish mumkinki o‘smirlik davrida asosiy e’tiborni bolaga qaratish
lozim. Uning o‘ziga bo‘lgan motivatsion sohasi rivojlanitirilsa,bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi
osonlashadi. Bu davrdagi inqirozga uchragan o‘smirlarga ota onasi yordam berishi kerak. Shundagina
bu o‘smirlar inqirozni ijobiy boshdan kechirib,hayotini yaxshi tarafga o‘zgartirishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.G‘oziyev E Umumiy psixologiya TO‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 2010._548-b
2. Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T., 2004.
3.Rivojlanish
psixologiyasi.Pedagogik
psixologiya
Z.T.Nishonova,
N.G‘.Kamilova
D.U.Abdullayeva.T-2019_240-b
