Mualliflar

  • Shaxnoza Asiydinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74232

Kalit so‘zlar:

pedagogik psixologiya boshlang‘ich tarbiya ruhiy holat psixik rivojlanish

Annotasiya

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari har tomonlama bir biriga bog‘liq
fan hisoblanadi.Yosh davrlari muammolari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik
xususiyatlari. Bolalarda xarakter , yoshlik davri shaxs xususiyatlari ,,meni,, rivojlanish davri
hisoblanadi. Shaxsning , bolaning dunyoqarashi , Maktab va Maktabgacha yoshdagi bolaning
psixikasi bilan jiddiy shug‘ullanish kerak. Bolada diniy e’tiqodning shakllanishi, dunyoviy bilimlarni
egallashi, saviyasi ortishi, turli noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketmasligi uchun jamiyatda Tarbiyachi,
Psixolog va o‘qituvchilar mas’ul shaxs hisoblanadi va albatta ota -onasi , bolaning bolaning olia
a’zolari ham birdek javobgardir


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

533

YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINNG TADQIQOT SOHASI VA

MUAMMOLARI.

Asiydinova Shaxnoza Shuxratbek qizi.

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maktabgacha ta’lim 1-bosqich talabasi.

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari har tomonlama bir biriga bog‘liq

fan hisoblanadi.Yosh davrlari muammolari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik
xususiyatlari. Bolalarda xarakter , yoshlik davri shaxs xususiyatlari ,,meni,, rivojlanish davri
hisoblanadi. Shaxsning , bolaning dunyoqarashi , Maktab va Maktabgacha yoshdagi bolaning
psixikasi bilan jiddiy shug‘ullanish kerak. Bolada diniy e’tiqodning shakllanishi, dunyoviy bilimlarni
egallashi, saviyasi ortishi, turli noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketmasligi uchun jamiyatda Tarbiyachi,
Psixolog va o‘qituvchilar mas’ul shaxs hisoblanadi va albatta ota -onasi , bolaning bolaning olia
a’zolari ham birdek javobgardir.Tarbiya asosan oiladan boshlanadi. Bolaga boshlang‘ich tarbiyani
uning oilasi beradi. Qush uyida ko‘rganini qiladi deganlaridek bola hali psixik rivojlanmagan yoshda
bo‘ladi uni oilasi dastlabki bilim, odob-axloq, tarbiya va ko‘chada yurish-turish odoblarini o‘rgatib
boradi.Bolaga keying bilim, tarbiyalarni tarbiyachisi va ustozidan oladi.Inson o‘zini yaqindan tanishi
va ruhiy holatining qay darajada ekanligi bilishi uchun o‘zini o‘zi hissiy tahlildan o‘tkazishi kerak
bo‘ladi. O‘zini hissiy tahlildan o‘tkazayotgan kishi eng avvalo o‘ziga ,,Ayni paytda ruhiy ahvolim
qanday?,, degan savolni berib ko‘radi. Agar bu savolga javobi salbiy bo‘lsa, u holda , ,,o‘zimni
o‘zgartirishim kerak,, deb o‘ylashni boshlaydi. ,,Xato qildim tuzatishim kerak, o‘zimni qo‘lga olishim
kerak,, degan tushunchalar kishining hissiy intellektga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maktabgacha va
maktab yoshidagi bola, bunday fikrlaydimi?.Bunday vaziyatda bolaga katta odamlar psixikasini
o‘rganishi, unga vaziyatdan chiqishiga ko‘maklashishi lozim. Jamiyatda xar hil odamlar bor , va
ularning psixikasi, xarakteri har xil. Ular har xil vaziyatda o‘zini tuta olmasligi, vaziyatni to‘g‘ri
baxolay olmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda ularda stress, zo‘riqish, kasbidan zerikish, hayotdan
ko‘ngli to‘lmaslik holatlarini kuzatish mumkin. Bolalar psixikasi juda ham murakkab. Ularda
quyidagi holatlar o‘smirlik va o‘spirinlik yoshlarida kuzatiladi. Hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni
hamda har qanday holatda o‘zi uchun ma’qul yo‘lni topishni istagan kishi nafaqat o‘zidagi,
shuningdek, suhbatdoshiga xos xususiyatlarni yaxshi tanib -bilib olishi lozim. Kishilar o‘rtasidagi
muloqot va o‘zini tanitishda og‘zaki nutqning (ya’ni so‘z) ahamiyati atigi 25 % ni ya’ni umumiy
muloqotning to‘rtdan biri qismini tashkil etadi. Bugungi kunga kelib insonlar ,, Iste’mol qilyapman ,
demak mavjudman ,, g‘oyasiga tayanib kelmoqda. Zamonaviy davrda insonlar har bir ondan
zavqlanib, o‘yin -kulguga keragidan ortiq e’tibor qaratayotganini inkor etib bo‘lmaydi . Insonlardagi
his-tuyg‘ularni e’tiborsiz qoldirayotgan yondashuv bilim aniq zavqlarni birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Rivojlanish deganda odatda hodisalarning har ikki turi tushiniladi va bu tushunchalar bir -biri bilan
uzviy bog‘liqdir . Bolaning psixik rivojlanishi harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va turlichadir.
Rivojlanishning mohiyatini ichki ziddiyatlar, bolaning psixik rivojlanishini bevosita harakatga
keltiruvchi kuchlar, ta’lim tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va
yangilik o‘rtasidagi qarama- qarshiliklardan, turli ziddiyatlar , muammolar dunyoviy bilim olishda
yuzga keladigan qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bolaning o‘sib borayotgan jismoniy va ruhiy
imkoniyatkarida o‘zaro munosabatlar, faoliyat turlari o‘rtasidagi ziddiyatlar kundan -kunga
murakkablashib borayotgan talablar, intizom qoidalari, ijtimoiy tarmoq xurujlari , insonlar bilan
munosabatlar, ishqiy munosabat, do‘stona munosabatdagi turli ziddiyatlar psixik taraqqiyoting
ziddiyat muammolariga kiradi.

Hissiy holatni boshqarish, o‘zini qobig‘ida tura olish, turli xil tahdidlarga tushib qolmaslik

insonning o‘ziga bog‘liq albatta. Bunda avvaldan , maktabgacha yoshidan boshlab psixikasini to‘g‘ri
o‘stirish, yaxshi tarbiya va kerakli bilimlarni o‘rganish lozim. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga
nisbatan jismoniy , aqliy, siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish ,
ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namayon bo‘lmoqda. O‘smir ulg‘aygan sari unda
,,Ideal Men,, , ,, Axloqiy Men ,, va ,, Haqiqiy Men,, singari shaxsga oid tizim dunyoqarash, e’tiqod
va boshqalar shakllanib boradi. Undagi o‘z tasavvurlarini ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan shu ko‘rinadiki , o‘smirlikning ko‘pchiligi qat’iyatlilik ,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

534

kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri
anglaydilar. Bolalarda psixik holatlar o‘zini anglash turli yoshlarda ma’lum bo‘ladi.Maktabgacha
yoshdagi bolalar xarakteri turli tuman bo‘ladi. Ular jamoga qo‘shlish , do‘stlar orttirish , jamiyatda
o‘z fikrini namoyon eta olish kabi xayot ustunlarini o‘rganib boradi. Tarbiyachi har tomonlama bola
bilan qanday ishlashni bilishi , uni jamoa bilan tanishtirish , maktabga boshlang‘ich bilimlar bilan
qadam qo‘yishini ta’minlash kerak. Ular bilan do‘stona munosabat qurish Bolani tarbiyasi , xarakteri
bilan jiddiy shug‘illlani kerak. Yoshlar jamiyatimizning kelajagi ular har tomonlama mukammal
bo‘lishi kerak bunda psixologiya fani bosh mezondir.

XULOSA: Psixogiya fani insoniyat uchun juda kerakli fandir. Jamiyatimizda insonlar har

tomonlama yuksaklikka erishishmoqda , bunda ular uchun mativatsiya bo‘lib turgan yurtboshimiz
ishonchi, xalqimiz tinchligi, ota -onalarimiz oldimizdaligi va ruhan sog‘lom bo‘lganimizdir.
Dunyoviy bilimlarni egallashda ,, men,, shakllanishi , shaxs xususiyatlarini o‘rganish
psixologiyanining muhim mezoni desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Tarbiya asosan oliadan
boshlanganidek , bola psixikasi ham oilada o‘sadi, rivojlanadi. Bunda ota – onalar farzandi kelajagi
uchun befarq bo‘lmasligi, uni har tomonlama psixik tomonlama ham o‘stirib borish kerak. Bola huddi
yangi o‘sayoygan novda uni qanday o‘sib borishi jamiyat, oil ava bizga bog‘liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Do‘stmuxamedova . SH. A. Baykunusova G. YU. Ziyavitdinova G.Z. ,, Yosh davrlari va

pedagogik psixologiya ,, Darslik Toshkent . Nizomiy nomidagi TDPU , 2021- YIL.

2.Nevzat Tarxan ,, Tuyg‘ular psixologiyasi,, .
3.Rivojlantirish_psixologiyasi_Pedagogik_psixologiya_Nishanova_Z_T

Bibliografik manbalar

Do‘stmuxamedova . SH. A. Baykunusova G. YU. Ziyavitdinova G.Z. ,, Yosh davrlari va

pedagogik psixologiya ,, Darslik Toshkent . Nizomiy nomidagi TDPU , 2021- YIL.

Nevzat Tarxan ,, Tuyg‘ular psixologiyasi,, .

Rivojlantirish_psixologiyasi_Pedagogik_psixologiya_Nishanova_Z_T

Xalimova, M. V. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MA’SULIYaTINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. Science Promotion, 1(1), 74-76.