Mualliflar

  • Dilafruz Yoqubalieva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Irodaxon Abdulxayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74235

Kalit so‘zlar:

o‘rta yetuklik yetuklik bosqichlari gerontopsixologiya yetuklik davri inqirozi olimlar fikrlari

Annotasiya

Ushbu maqolada yetukli va keksalik davrining psixologik xususiyatlari haqida
mulohaza yuritilgan. Yetuklik davrining psixologik, fiziologik xususiyatlari o‘rganilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

527

YETUKLIK VA KEKSALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instititi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi Yoqubalieva Dilafruz

1-kurs talabasi Irodaxon Abdulxayeva

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yetukli va keksalik davrining psixologik xususiyatlari haqida

mulohaza yuritilgan. Yetuklik davrining psixologik, fiziologik xususiyatlari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘rta yetuklik, yetuklik bosqichlari, gerontopsixologiya, yetuklik davri inqirozi,

olimlar fikrlari, yetuklik davri yoshlari, yetuklik davri psixologiyasi.

Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda

yetuklikning uch bosqichi ajdatiladi: -ilk yetuklik(yoshlik); -o‘rta yetuklik;

-yetuklik(qarilik va kesayish). Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari.

Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko‘pgina belgilarini
ajratish mumkin: -jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko‘proq kognitiv takomillashish bilan bog‘langan
rivojlanishning yangi xarakteri; -yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va
qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish; -xarakterning ayrim xislatlari(qat'iylik, umidvorlik, vijdonlilik,
hamdardlik bildirish). "Kattalik" va "yetuklik " tushunchalari aynan bir xil emas. Yetuklik hayot
faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va
intellekt riviojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Gumanistik psixologiyada (A.Maslou,
G.Olport, K.Rodjers) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan.
G. Olportning ta'kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyaning funksional avtonomligi bilan
belgilanadi. G. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega
bo‘ladi;

A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan;
B) boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik;
D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish;
E) borliqni real idrok qilish, harakatlardagi faollik;
F) o‘z-o‘zini tushunish, tajribani tajribaga soladi, tizimlashtiradi va individual individual hatti-

harakatlarga ma'no beradi. Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud kattalar
hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davrlashtirishini misol sifatida keltiradi.

A) 21-28 yosh - hayotiy bazisni egallash;
B) 28-35 yosh- topilgan hayot asoslarini tasdiqlash ;
D) 35-42 yosh- ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga yo‘nalganligi;
E) 42-49 yosh- maniakal- depressiv davr;
F) 49-56 yosh- shaxsiy qartayish bilan kurashish;
G) 56-63 yosh- donolik;
H) 63-70 yosh- o‘z hayotida yana muvaffaqiyatga erishish mumkinligini anglash, “ikkinchi

yoshlik” imkoniyati.

Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi xarakterga ega bo‘lib,

jiddiy empirik asoslarga ega emas. Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi
chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21yoshdan (D.B. Bromley), 20 yoshdan ayollar, 21 yoshdan
erkaklar (xalqaro klasifikatsiya bo‘yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblagan. O‘rta
yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha
(D.Veksler), 25 yoshdan 40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren), 36-60
yoshgacha ( yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha).

Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi haqida ham turlicha qarashlar

mavjud: 55yoshdan (W.Bunak, W.Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va
ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D. Birren). Ilk yetuklik bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish,
to‘liq huquq va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug‘ullanish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

528

imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta'lim olish
tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma'lum muloqot doirasi shakllanadi.

G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi

rivijlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y
beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28-34), 40-45,
55-60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi davomiyligi
shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liq. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi
o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Psixik funksiyalar rivojlanish
mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi: Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali
xarakterga ega. Birinchi bosqich- funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo‘lib, tug‘ilgandan ilk
yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich- psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvi
26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo‘la boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning
egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi. Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik
rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab strukturag ega, bilish qobiliyati va alohida fuksiyalar,
funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashinishini
(birgalikda kelishini) kuzatish mumkin.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2015-yilni “Keksalarni e`zozlash yili” deb

e`lon qilganligi keksalarimizga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom nishonasi desak mubolag`a
bo‘lmaydi. Shu o‘rinda aytish kerakki, keksalar qalbimizning munavvar shamchirog`i, uyimizning
ko‘rki, beminnat duogo‘yimiz, maslahatlari bilan to‘g`ri yo‘l ko‘rsatuvchi porloq yulduzimiz.

Qarisi bor uyda tinchlik, fayzu-barokat, izzat- hurmat, mehr oqibat yo‘qolmaydi.
Keksalarni qadrlaylik!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Do‘stmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.YU., Ziyavitdinova G.Z.,
2 . Ivanov I ., Zufarova M . “umumiy psixologigiya ”. O‘z.FMJ.,2008.
3. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”

T.TDPU, 2009.

4. Safayev N. S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va

amaliyoti ” :-T: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

Bibliografik manbalar

Do‘stmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.YU., Ziyavitdinova G.Z.,

. Ivanov I ., Zufarova M . “umumiy psixologigiya ”. O‘z.FMJ.,2008.

Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”

T.TDPU, 2009.

Safayev N. S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va

amaliyoti ” :-T: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

Jahongir o’g’li, B. J., & Vaxidovna, X. M. (2024). BOSHQARUVDA RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MASALASI. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari, 3(1), 20-24.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари