“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
555
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATI
VA MUAMMOSI
Andijon davlat pedagogika instititi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi Yoqubalieva Dilafruz
Filologiya fakulteti 1-bosqich
talabasi Kaxramonova Maxzunaxon
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixik rivojlanishi
haqida va hamda maktab yoshidagi bolalarni psixik muammolarni ularni psixikasi haqida.
Kalit so‘zlar:
Bola, jarayon, til, faoliyat, rivojlanish, nutq maktabgacha, muloqot, harakat,
o‘yin, faol, qiziqish.
Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri deb hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida bola insoniyat qo‘lga kiritgan barchga yutuqlarni faol
ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda pretmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan
xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining
rivojlanishi, qobilyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga
oshirilib borilmog‘i kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarga beriladigan beriladigan tarbiya, ularning
murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mexnat malakalarini
shakllantirish, nutqini rivojlantirish, hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini
hosil qilishga qaratilishi lozim. Mashxur rus pedagogi Lestgafning fikricha, insonning maktabgacha
yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrdsa bolalar xarakter hislatlarining namunalarini
shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning
harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bolatabiatiningasosiy qonunini shunday ifodalsh mumkin: bola
uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir
xilligi va surunkalliligidan toliqadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va xaddan tashqari
xarakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan
munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan qiziqishning roli kattadir,
qiziqishg xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatiga undovchi omillardan biridir. Ushbu 5-6 yoshli
bolaning muammosi nutq faoliyati bilan bog‘liq. Odatda katta farzand yoki yakka, bitta farzandli
oilalarda ushbu yoshda nutqida harflarni noto‘g‘ri aytish muammosi ko‘p uchraydi hayot
jarayonimkizda. Misol uchun “R” harfini “y” harfi tarzida “K” harfini “T” harfi tarzida aytish
holatlari mavjud. Ushbu holastni maktab yoshidagi bolada yuz bermasligi uchun erkalanib gapirish
nutq faoliyati jarayonida ota-onalarini tarbiyaviy o‘rni katta. Ushbu harflarni noto‘g‘ri talaffuz qilish
jarayniga befarq bo‘lmagan holda vaqtida bola bilan shug‘ullanish u bilan do‘sti kabi muloqotni
yo‘lga qo‘yish kerak.
Maktab yoshidagi bolalarning o‘sish jarayonida o‘yinlar ham yetakchi ahamiyat kasb etadi.
O‘yin mazmuning rivojlanishi bolaning kattalar hayotida va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib
borishida, atrofdagi voqealarga munosabatini o‘zgartirishida, shuningdek, o‘rin mazmuni hamda
syujeti ijtimoiy shart-sharoiti va jamiyat a’zolari turmushining tobora to‘g‘ri aks ettirishida ko‘rinadi.
Shuning uchun bolalarda rolli o‘yinlar qobilyatining o‘sishi o‘z-o‘zicha yuzaga kelmaydi, balki
kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi, atrof-muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish,
shaxslararo munosabatlarning mohiyatini tushunish va hakazolar natijasida amalga oshadi.
Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish orqali o‘yin syujetlarining
ko‘lamini rejali kengaytirish mumkin. Ontogenez psixologiyasi fanida qat'iy ifodalanganidek, bola
bog‘chaga kelganda uning o‘yin syujeti faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, sayrlarga
olib borish, tabiat kuzatish natijasida o‘yinning turlari ko‘payib boradi bog‘cha, hayvonot bog‘i,
oshxona, poyezd, paroxod, sartarosh, sotuvchi kabi o‘yinlar qo‘shiladi. Bolaning yoshi ulg‘aya
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
556
borishi bilan o‘yinning, muddati ham uzaymagan. Mazkur jarayonni tadqiq qilgan AP.Usovaning
dagligasti bold yoshli bolalarning faoliyati 10-15 daqiqada yoshi: bolalarning o‘yin faoliyati 40
daqiqa, katta maktabgacha yoshidagilarning o‘yin faoliyati bir necha soatgacha cho‘zilishi mumkin.
Hatto, bir turdagi o‘yinlarning syujetlari butun kun bo‘yi, qolaversa, undan ham ortiq vaqt davom
etadi. Bu hol bola o‘yin faoliyati jarayonida hayot faoliyatning u yoki bu qirrasini muhim jihatini
alohida ifodalab ijro etadi, deyishga hech qanday asos bo‘la olinaydi. Chunki psixologiya fanida
hozirgacha to‘plangan ilmiy javob bera olmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta'siri haqida gap borganida
avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o
ʻ
ziyoq mazkur yoshdagi bolaning
harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan,
o‘yinning bola harakatiga ta'sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab
ko‘nikmalarini subyekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi.
Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-
sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan
bolaning faolligini ta'minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) subyekt (jonzot)
ongining dastlabki obyekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga
ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat'iy yurish-turishni ongli
ravishda ijro etishga intiladi. Shunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana
boradi va yangi shakldagi harakatlarni takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli
yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli
ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets).
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta'limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy
harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Lekin o‘yin faoliyatida bolaning aqliy o‘sishini
chuqurroq izohlab berish hali yetarli tajriba ma'lumotlari mavjud emas.
D.B.Elkonin o‘z tadqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda uning mazmuni ham mavjud
ekanligini yozadi. Uning fikricha , o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini(tomoni)ni
aniqroq aks ettirishi o‘yinnig mazmunini tashkil qiladi. [1:421 bet]
L.S.Slavina to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda maishiy turmushga aloqador bir xil syujetli
o‘yin , maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyati qarab (kichik, o‘rta,katta)turlicha yo‘sinda
amalga oshiriladi.[2:421bet]
Maktab yoshdagi bolalarni psixik rivojlanishi va hamda uning nutqiy faoliyat bilan bog‘liq
masala bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarimni bayon etdim. Bolaning o‘sishgiga, nutqiy faoliyatiga
e’tiborsizlik qilmaslik, tabriyasiga befarq bo‘lmaslik darkor. Maktab yoshidagi bolaning psixik
rivojlanishi bog‘cha yoshi davridagi o‘yinlar ularning o‘sish jarayonida uchrab turadigan nutq bilan
bog‘liq muammoli vaziyat haqida ularni no‘to‘g‘ri talaffuz qilishga yo‘l qo‘ymaslik, tarbiya jarayoni
ham bola hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toldirilgan ikkinch nashri.
- Toshkent: "O‘zbekiston" nashriyoti, 2022. - 416 bet.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni.
Toshkent sh., 2020 yil 23 sentyabr, O‘RQ-637-son. 5. Davletshin M.G., Mavlonov 3.
M.M.Tuychieva S.M. “Yoshlar va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 y.
4.M.X.Asranbayeva, D.D.Oribboyeva, D.D.Boymirzayeva “Tafakkur avlodi”,2023
5. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiyasi”. O‘z.FMJ., 2008 yil.
6. Klimov E.A. "Umumiy psixologiya". - Sankt-Peterburg, Pyotr, 2001 yil.
7. R.S. Psixologiya. M.: Vlados, 2003. 1-2 jildlar.
8. Radugina A.A. Pedagogika va psixologiya. M., 2007 yil.
9. Rubinshteyn S.L. Umumiy psixologiya asoslari. Sankt-Peterburg: Pyotr,
2007 yil.
10. G‘oziyev E.G. Mamatov M.M. va boshqalar "O‘spirin psixologiyasi" Tosh D.U. 1992
