“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
531
ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHIDA PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI
Andijon davlat pedagogika instititi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi Yoqubalieva Dilafruz
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi
Artikova Odinaxon
Annotatsiya:
Ushbu maqolada E.Eriksonning sakkiz bosqichlik psixoijtimoiy nazariyasiga
ta`rif berilgan hamda ushbu nazariya bo‘yicha xulosa va qarashlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
shaxs rivojlanishi, muvaffaqqiyat, muvaffaqiyatsizlik, qo‘llab-quvvatlash,
avtonomiya, g`amxo‘rlik, tashabbus, shubha, ro‘l chalkashligi, izolyatsiya, umidsizlik.
Eriksonning shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy nazariyasini o‘rganishim doirasidagi
tushunchalarin shundan iborat bo‘ldiki, ontogenez odam bo‘lib yaralar ekan unda hayoti davomida
avval shaxs keyn insoniylik fazilatlari bosqichma bosqich rivojlanib boradi, buda uning yaqinlarining
atrof-muhitning ta`siri juda katta ahamiyat kasb etadi. Erikson bu bosqichlarni o‘z nazariyasida
“rivojlanishning psixoijtimoiy nazariyasi” deb nomladi va u 8 bosqichdan iborat bo‘ldi. U o‘z
nazariyasini bosqichlarga ajratar ekan har bir shaxs xar bir bosqichni “muvaffaqqiyat” yoki
“muvaffaqiyatsiz” lik bilan yakunlaydi deb izoh beradi. Erikson nazariyasining har bir boschichidan
Odamlarning muvaffaqiyatli o‘tishi juda muhim deb hisoblaydi, har bir bosqich bir biri bilan
chambarchas bog`liq bo‘lib, bosqichlar ijobiy yakunlangandagina keyngi bosqichga o‘tish
rivojlanish ijobiy tus olayotganidan dalolat beradi. Muvaffaqiyarli o‘tish odatda, inson o‘z
rivojlanishining oldingi bosqichlarini qanchalik yaxshi bosib o‘tganligini, turmush tarzi farovonligini
ko‘rsatadi. Bularning aksi urushlar, psixologik bosimlar, qo‘llab-quvvatlanmaslik natijasida esa
bosqichlar salbiy yakunlanadi.
1-bosqich: ISHONCH VA ISHONCHSIZLIK bosqichi bo‘lib, bu bosqich tug`ilishdan bir
yilgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bunda ishonch va ishonchsizlik o‘rtasidagi kurash
jarayoni sodir bo‘ladi. Chaqaloq dunyoga kelishi bilan u ilk inqirozni boshdan kechirishini hisobga
olsak unda uni ota-onasi (qarovchilar) uning barcha extiyojlarini qondirishiga bolada ishonch tuyg`usi
shakllanishi va shu bilan birga unda bu dunyo haqidagi ijobiy ta`surotlariga unga qilingan g`mxo‘rlik,
mexr-muhabbat orqali erishiladi. Agar yuqoridagilarning aks holatlari kuzatilsa, chaqaloqda bu
dunyoda va unga g`amxo‘rlik qilayotga shaxslarga ishonchsizlik hissi yuzaga keladi.
2-bosqich: AVTONOMIYA VA SHUBHA bosqichi bolalarning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan
davrlardagi bolaning rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Bu davrda bolalar mustaqillikga intiladilar.
Ular nafaqat mustaqil yurishni boshlaydilar, balki bir qator harakatlarni bajarish jarayonlarini ham
o‘zlashtiradilar. Bolalar ko
ʻ
pincha ularning hayotiga ta
ʼ
sir qiladigan ba
ʼ
zi oziq-ovqat va kiyim-
kechaklar haqida ko
ʻ
proq tanlov qilishni xohlashadi. Va bu uning mustaqil shaxs bo‘lishida muhim
ro‘l o‘ynaydi va bolalarda avtonomiya tuyg`usi paydo boladi. Bu bosqichda tarbiyachilarning ham
ahamiyati katta ular bollalarning tanlovini rag`batlantirish, qaror qabul qilishlariga imkon berish va
mustaqillikni oshirish orqali ushbu bosqichda muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Haddan
tashqari tanqidiy munosabatda bo‘lgan, farzandlariga tanlov qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan yoki haddan
tashqari nazorat qiluvchi ota-onalar bolalarlarning bu bosqichdan o‘z-o‘zini hurmat qilmasdan va
o‘ziga ishonchsiz chiqib ketishlariga, o‘z qobiliyatlaridan uyalishiga va boshqalarga haddan tashqari
qaram bo‘lib qolishlariga sabab bo‘ladi va bu bosqich muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan dalolat
beradi.
3-bosqich: TASHABBUS VA AYBDORLIK bosqichi bo‘lib, bu yosh davrlari 3 yoshdan 5
yoshgacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Bu yoshdagi bolalarda o‘yinqaroqlik va o‘z tengdoshlari
davrasida vaqt o‘tkazishga xohish kuchayishi holatlari kuzatiladi, bu davrdagi bolalar uchun ota-
onalarning vazifasi farzandlarini izlanishga tegishli qarorlarni qabul qilishga undashligi kerak bo‘ladi
bu ulardagi tashabbuskorlik qobiliyatlarini yanada rivojlanishiga aybdorlik hissini yo‘qolishiga
yordam beradi bu esa bosqich muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beradi. Bosqichda
muvaffaqiyatsiz o‘tish esa bolada aybdorlik hissini shakllantiradi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
532
4-bosqich: SANOAT VA PASTLIK bosqichi bolaning 6 yoshdan 11 yosh oralig`ida sodir bo‘lib,
bolalarling o‘qish, yozish chizish kabi qobiliyatlari namoyon bo‘la boshlaydi, ularga har bir yangi
o‘rgangan narsalariga ota-ona hamda ustozlar tomonidan e`tirof etilib, qo‘llab quvvatlanishi kerak
bo‘ladi bu yoshdagi qo‘llab quvatlash va rag`batlantirish bolada KOMPETENTLIK qobilyatini
uyg`otadi bu qobiliyatini uyg`ota olgan bolada o‘z oldiga qo‘yilga vazifalarni hal qila olishiga
ishonchi kuchli bo‘ladi. Bu bosqichni o‘zlashtira olmaslik esa pastlik hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni
yo‘qolishiga olib keladi oqibatda bolaning qobiliyatlari uyg`onmay qolib ketadi.
5-bosqich: SHAXS VA RO‘L CHALKASHLIGI bosqichi 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan
davr bo‘lib, bu bosqich o‘zligini aniqlash uchun muhim hisobladadi. Bolada o‘zi nima xoxlashi, kim
bo‘lishni istashi uchun javob topadigan bosqich ham aynan shu bosqich hisoblanadi. Bu bosqichni
muvaffaqiyatli yakunlash uchun ota-onadan farzandini ko‘proq qo‘llab quvvatlashi, sevgi bilan
tarbiya qilishni talab qilinadi. Muvaffaqiyatli yakunning belgisi bu sodiqlik xissining paydo
bo‘lishidir. Muvaffaqiyatsizlik ozligini anglay olmaslik, nima xoxlashini bilmaslik kabi hislarni
yuzaga keltiradi.
6-bosqich: INTIM VA IZOLYATSIYA bosqichi 21 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib,
bunda asosan boshqa odamlar bilan sevgi, uzoq muddatli va barqaror munosabatlarni shakllantirish
kerak bo‘ladi o‘zbekcha qilib aytganda, oila qurish oilani mustahkamlash bosqichi desak ham bo‘ladi.
Bu bosqishning muvaffaqiyatli yakuni mustahkam aloqalarda namoyon bo‘lsa, muvafaqqiyatsizligi-
yolg`izlik va yolg`izlik hissi orqali namoyon bo‘ladi.
7-bosqich: UNUMDORLIK VA TURG`UNLIK 40 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan bosqich
bo‘lib, bu yoshdagi odamlar dunyoga qandaydir iz qoldirish haqida o‘ylaydilar bunga: bolalarni
tarbiyalash, g`amxo‘rlik qilish, dunyoda qandaydir iz qoldirish harakatlari boshlanadi. Ushbu
bosqichni muvaffaqiyatli yakunlash Kishida g`ururni xis qiladi va o‘zlarida g`amxo‘rlik tuyg`usini
rivojlantiradi. Muvaffaqiyatsiz yakun esa o‘zlarini dunyodan chetda his qilishlariga olib keladi.
8-bosqich: YAXLITLIK VA UMIDSIZLIK bosqichi 65 yoshdan umrning oxirigacha bo‘lgan
davr bo‘lib, odamlar o‘zlarining hayot yo‘llarini qanday bosib o‘tganlari haqida o‘ylay boshlaydilar,
ularning aksariyati o‘zlariga: "Men yaxshi hayot kechirdimmi?" degan savolni berishadi, Muhim
voqealarni g‘urur va qadr-qimmat bilan eslaydigan odamlar o‘zlarini his qilishadi o‘zida qoniqish
hosil qiladi, orqasiga afsus bilan qaraganlar esa achchiqlanish yoki hatto umidsizlikka tushishadi.
Umrning so
ʻ
nggi bosqichidan muvaffaqiyatli o
ʻ
tgan insonlar o
ʻ
zlarini donolik tuyg
ʻ
usi bilan
ko
ʻ
rsatib, o
ʻ
limga to
ʻ
g
ʻ
ri kelishiga qaramay, munosib va mazmunli hayot kechirganliklarini
tushunadilar. Muvaffaqiyatsiz o‘tganlar esa, yillarni behuda o‘tkazganliklaridan afsuslanish, qayg`u
va g`azabni boshdan kechiradilar .
Eriksonning shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy nazariyasidan xolosa qilib aytish mumkinki,
shaxsning barkamol rivojlanishida Erikson nazariyasining har bir bosqichini muvaffaqiyatli
yakunlanishi juda muhim hisoblanadi. Eriksonning ushbu nazariyasi uning o‘zini qiziqtirgan
shaxsiyat inqirozi muammosi uning hayotiy tajribasi bilan bevosita bog‘liq edi. O‘z asarida u
Freydning shaxsning psixologik rivojlanishi besh bosqichga bo
ʻ
lingan nazariyasiga qarshi chiqqan
xolda sakkiz bosqichli nazariyani ishlab chiqdi va bunda Erikson balog
ʻ
at yoshining uch bosqichini
qo
ʻ
shgan. Freydning shaxsning psixologik rivojlanish nazariyasida asosan tug`ilish va o‘smirlik
davriga qaratilgan bolsa, Eriksonning psixoijtimoiy nazariyasi inson tug`ilgandan to o‘lgungacha
bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga olgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Schaffer, doktor & Kipp, K. Rivojlanish psixologiyasi: bolalik va o‘smirlik. Belmont, KA:
Wadsworth; 2010 yil.
2.Newman, BM va Newman, PR. Hayot orqali rivojlanish: Psikososyal yondashuv. Boston,
MA: Cengage Learning; 2017.
3. Kreyg.G «
психология
развития
»
питер
-2000
