Mualliflar

  • Nigora Abdujabborova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Gulmira Xasanova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74236

Kalit so‘zlar:

Psixologiya psixologik metodlar tafakkur pedagogik psixologiya psixologik xizmat

Annotasiya

Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, uning
inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

524

PSIXOLOGIYANING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Abdujabborova Nigora Ikromjon qizi

Xasanova Gulmira Muxtorjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika instituti “

“Maktabgacha ta’lim pedagogikava psixologiyasi”

yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, uning

inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Psixologiya, psixologik metodlar, tafakkur, pedagogik psixologiya, psixologik

xizmat.

Hozirgi vaqtda ko‘pchilik insonlar psixologiyani bilishi va shu bilan birga ma’lum darajada

psixologik bilimlardan va psixologik o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishalari mumkin. Masalan,
ijtimoiy muhitdagi har bir inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan, gazeta va jurnallardan,
psixologik kitoblardan olishi mumkin. Shu o‘rinda psixologiya so‘ziga tarif berib o‘tsak, psixologiya
so‘zining lug‘aviy ma’nosi grekcha “psyuxe”- jon, ruh; “logos”- fan degan ma’noni bildiradi.
Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga kora psixikani yuzaga keltiruvchi
asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xayol, xotira va tafakkur;
Bilish faoliyatlari: diqqat, nutq jarayonlari.
Shaxsning hissiy, irodaviy sohasi: hissiyot, iroda;
Shaxsning individual psixologik xususiyatlari:temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixologiya haqidagi dastlabki fikrlar bundan ikki yarim ming yil ilgari paydo bo‘ldi.

Psixologiya fan sifatida X1X asrning ikkinchi yarmigacha falsafa fanining tarkibida rivojlangan.
Ilmiy psixologiyagacha bo‘lgan davrda psixologiya dastlabki og‘zaki fan sifatida, keyin esa yozma
fan sifatida mavjud bo‘ldi. Shunga qaramasdan insonlarning jamiyatga, tabiatga va tirik
mavjudotlarga va ijtimoiy muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlari ma’lum funktsiya va mexanizmlar
yordamida qanday amalga oshirilishi, bu mexanizmlar asosini nima tashkil qilishi savol tariqasida
namoyon bo‘ladi.

Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks

etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar to

ʻ

g

ʻ

risidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot

predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik
jarayonlar kategoriyalari kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson
ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir.
Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan,
jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq
hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos
shakli bo

ʻ

lmish ong va o

ʻ

zini o

ʻ

zi anglashni tadqiq etadi.

Psixologiya sohasi bizning hayotimizda muhim rol o‘ynaydi, bizning fikrlarimiz, xatti-

harakatlarimiz va his-tuyg‘ularimizga ta’sir qiladi. Bolalikdagi tajribamizdan, ta’limdagi
yutuqlarimizdan, ishdagi, hayotimizdagi va shaxsiy munosabatlarimizdagi psixologiya biz qilayotgan
hamma narsaga ta'sir qiladi.

Bugungi psixologiya fani ijtimoiy taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning amaliy

psixologiyasini,uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi.Shu nuqtai
nazardan,inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish
jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqarrarligini talab qiladi. Bu
borada iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro
mustahkam hamkorligi natiijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.
Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko‘proq birinichi yo‘nalish ,,psixologik ijtimoy
psixologiya’’asoslari zaminida tarkib toptiriladi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

525

Bolalikda psixologiya bolalarning qanday rivojlanishi va o‘rganishini tushuntirishga yordam

beradi, rivojlanishdagi nuqsonlar yoki o‘rganishdagi buzilishlar kabi muammoli sohalar haqida
muhim tushunchalar beradi. Bola rivojlanishi va xulq-atvorini tushunish ota-onalarga farzandlarini
ishonch bilan tarbiyalashda va hayotlarida yaxshiroq qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Biz o‘sib
ulg‘ayganimizda, psixologiya maqsadlarimiz, ehtiroslarimiz va orzularimizni qanday qilib eng yaxshi
tarzda amalga oshirishimiz mumkinligi haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Masalan, bu odamlarga
o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini tushunishga, real va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni
belgilashga imkon beradi. Shuningdek, u eng yaxshi kasb tanlashni tushunishga yordam beradi va
yanada foydali va qoniqarli martaba olib kelishi mumkin bo‘lgan strategiyalarni taklif qiladi. Ish
joyida psixologiya tashkilotlarga qiziqarli, hamkorlikka asoslangan va samarali ish muhitini
yaratishda yordam berishda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, psixologiya
menejerlarga odamlarning fikrlash va o‘zini tutish usullarini tushunishga yordam beradi va
xodimlarni samarali boshqarish, ijodkorlik va innovatsiyalarni ilhomlantirish, motivatsiyani oshirish
va muloqotni yaxshilash strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi. Psixologiya har bir insonga
ma’lum darajada ta'sir qiladigan ruhiy salomatlik muammolarini tushunish va hal qilishga qaratilgan.
Biror kishi ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch keladimi yoki do‘sti yoki oila a’zosi
bo‘ladimi, psixologiya ruhiy farovonlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi hollarda, bu
terapevtni shaxsning muammolariga nima sabab bo‘lishi mumkinligini tahlil qilishni va ularni
engishga yordam beradigan davolash rejasini ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi mumkin. Boshqa
hollarda, bu stress, tashvish, depressiya yoki boshqa ruhiy salomatlik muammolarini yaxshiroq
boshqarish uchun ruhiy salomatlik haqida xabardorlik va strategiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Psixologiya sog‘lom shaxsiy munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi, u sog‘lom

munosabatlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muhim muloqot qobiliyatlarini ta’kidlaydi.
Ishqiy munosabatlar, do‘stlik yoki professional hamkorlik bo‘ladimi, psixologiya qanday qilib
muloqot qilish, ishonchni mustahkamlash va nizolarni hal qilish bo‘yicha qimmatli fikrlarni taqdim
etadi. Bunda psixologiya hayotning umumiy sifatini va sog‘lom yaqin munosabatlardan kelib
chiqadigan baxtni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.

Oddiy insonning o‘ziga bo‘lgan qiziqishidan kelib chiqib, o‘z psixologiyasini o‘rganishga

qiziqadilar. Psixologiyaning biz uchun afzalligi biz har kuni atrofdagi insonlar bilan muloqot qilamiz,
odamlar orasida bo‘lamiz,shu sababli har xil xarakterli insonlar bilan munosabatda bo‘lamiz, shu
orqali biz insonlar psixologiyasini o‘rganamiz. Psixologiya, ayniqsa, o‘sib keladigan yosh o‘smir
uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yaxshi va yomonni
anglashida qiyin davr hisoblanadi. O‘spirinning xuliqatvoridagi o‘zgarishlada, o‘ziga bo‘lgan
munosabatlarida va o‘ziga to‘g‘ri baho berishda maktab psixologi yordam berishi mumkin.Tajribali
psixolog sizqa qanday qilib qiyinchiliklarni yengib o‘tishni, muammolarni to‘g‘ri hal qilishni va
boshqalar bilan muloqatga kirisha olishda maslahatlar berishga yordamlashadi. Bunday vaziyatlarda
psixologga turli xil psixologik usullar,metodlar va test metodlari yordam beradi.

Bugungi psixologik xizmatning qulay va shaxs kamoloti uchun nihoyatda ahamiyatli tomonlari

barchaga ma’qul va manzur bo‘lgan. Lekin psixologik xizmatning keng targ‘ibot qilinishi uchun
yuqoridan maxsus rasmiy farmoyishning va amaliyotchi psixologlarning nihoyatda taqchilligi
yoppasiga barcha maktablarda xuddi shunday psixologik xizmatni tatbiq etish ishiga birmuncha
to‘sqinlik qilib kelar edi.1990-yillarga kelib mustaqillik, erk, o‘zlikni anglash hislari hukmron bo‘lgan
O‘zbekiston sharoitida inson va jamiyat kamolotini ko‘zlovchi barcha ijtimoiy sohalar singari
psiixoloogik xizmat tatbiqining keng quloch yoyishi uchun ham o‘ziga xos zamin hozirlandi. Bu esa
O‘zbekiston uchun xarakterli bo‘lgan psixologik xizmat rivojlantirilishinning navbatdagi
amaliyotchi-psixologlar tayyorlash bosqichiga o‘tishni muqarrar qilib qo‘ydi. Chunki maktabdagi
ijtimoiy-psixlogik iqlimni tahlil qila oluvchi malakali amaliyotchi-psixologlar tayyorlamay turib,
O‘zbekistonda psixologik xizmat tatbiqini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmas ekan. Shunga
muvofiq dastavval Toshkentda, so‘ngra Buxoroda, keyinchalik Navoiy, Andijon, Samarqand va
boshqa viloyatlarda umumta’lim maktablari uchun “Amaliyotchi-psixologlar” mutaxassisligi
bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari ochildi va bu kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlar
Respublikamizning talaygina maktablarida psixologik xizmat tashkilotchisi, targ‘ibotchisi va
tadqiqotchisi samarali ish olib bormoqdalar. Psixologik xizmat qanchalik yaxshi yo‘lga


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

526

qo‘yilsa,insonlarda uchraydigan turli ruhiy holatlar ham shunchalik oson korreksiya qilinadi. Insonlar
o‘z hayotida uchraydigan muammolarni bartaraf qilishni o‘rganadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Urolmaxmatovna D. M. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI,

VAZIFALARI VA ILMIY TADQIQOT METODLARI //INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND
RESEARCH IN EDUCATION. – 2023. –

Т

. 2. –

. 13. –

С

. 171-173.

2. G‘oziyev E.G‘ Umumiy psixologiya.Toshkent.2007.1-2-kitob.
3. B.M.Umarov “Psixologiya” qo‘llanma;
4. M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik;
5. Fayzullayeva S. F. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING UZVIY BOG‘LIQLIGI

//Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2022. –

Т

.

10. –

. 12. –

С

. 384-387.

6. P.I.Ivanov va M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik.

Bibliografik manbalar

Urolmaxmatovna D. M. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA ILMIY TADQIQOT METODLARI //INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 171-173.

G‘oziyev E.G‘ Umumiy psixologiya.Toshkent.2007.1-2-kitob.

B.M.Umarov “Psixologiya” qo‘llanma;

M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik;

Fayzullayeva S. F. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING UZVIY BOG‘LIQLIGI

//Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2022. – Т. 10. – №. 12. – С. 384-387.

P.I.Ivanov va M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik.