Mualliflar

  • Muattar Fazliddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74237

Kalit so‘zlar:

Gerantologiya geteroxronlik keksalar psixologiyasi keksalik depressiya aqliy faollik

Annotasiya

Ushbu maqolada keksalar psixologiyasini o‘rganish, kishilar yoshini uzaytirish,
keksa yosh kishilar salomatligini va faolligini saqlash, jamyiatning nuroniylar qatlamini muhofaza
etish, ularning bilimlaridan va faoliyatidan jamyiat uchun manfaatli foydalanish xaqida fikrlar
keltirilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

522

KEKSALIK VA KEKSALIK PSIXOLOGIYASI

ADPI Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

Sirtqi ta’lim shakli 102-guruh Fazliddinova Muattar

Annatatsiya:

Ushbu maqolada keksalar psixologiyasini o‘rganish, kishilar yoshini uzaytirish,

keksa yosh kishilar salomatligini va faolligini saqlash, jamyiatning nuroniylar qatlamini muhofaza
etish, ularning bilimlaridan va faoliyatidan jamyiat uchun manfaatli foydalanish xaqida fikrlar
keltirilgan

Kalit so‘zlar:

Gerantologiya, geteroxronlik, keksalar psixologiyasi, keksalik, depressiya, aqliy

faollik, nuroniylar.

Bugungi sokin osmon ostida bir yoqadan bosh chiqarib yashayotgan ko‘p millatli xalqimiz

yoshi ulug‘larimizga o‘zgacha e’tibor ko‘rsatmoqda. Boisi qarisi bor uyning pari bor degandek
keksalarimiz hayot tajribalari, donoliklari orqali o‘sib kelayotgn yosh avlodni tarbiyalashda ularning
o‘rni beqiyos. Shunga qaramay keksalarimizda Yoshi ulg‘aygan sari ko‘ngillari noziklashib ularda
depressiyaga uchrash hodisasi ko‘paymoqda. Bu sohada gerantalogiya tadqiqotlari bizga yordamga
keladi. Bemorlar eng ko‘p tashxislanadigan psixiatrik kasalliklardan biri bo‘lgan depressiya butun
dunyo bo‘ylab aholining turli qatlamlarida tobora ko‘payib borayotgan tashxis qo‘yilmoqda .Birgina
Qo‘shma Shtatlardagi depressiya har yili 17,6 million amerikalik yoki har 6 kishidan 1 nafariga ta'sir
qiladi.[1] Keksalar depressiyadan saqlash ularni faolligini saqlash uchun avvalo oila a’zolari
tomonidan alohida etibor va parvarish talab etiladi

Bugungi zamonda olimlar tomonida ko‘plab jabhada ilmiy ilshlar olib borib,muammolar uchun

samarali yechim usullari va turlari haqida ko‘plab tadqiqot natijalarini qidirib topishgan. Jumladan
keksalar salomatli sohasini chuqur o‘rganuvchi soha gerogigiena, gerantalogiya, geterexronlik kabi
soha bilimlaridan o‘rganib hayotimizga tadbiq qilish keksalarimiz faolligini saqlash va umrini
uzaytirish uchun zarur bilimlar bilan boyitilgan.

Keksalari bor xonadonda quvonch, fayz-baraka, xotirjamlik hukm suradi. Yoshi ulug‘larga

ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish esa necha ming yillardan buyon yashab kelayotgan boqiy
qadriyatlarimizdan hisoblanadi.

Davlatimiz tomonidan ham keksalar e’zozlanib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod

vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga asosan joriy yilda “Keksalar haftaligi” kunlari e’lon qilindi va barcha hududlarda turli
tadbirlar tashkil etilib, nuroniylar holidan xabar olindi.Olimlar kuzatuvi natijasida keksalarda
bolalikka qaytish shakllanadi. Bunga misol qilib R.Tagorning 25 yoshida yozgan “Kelin ” she’ri bilan
70 yoshida yozgan “Sarob”asari o‘xshashligida ham naoyon bo‘ladi. Yoshi ulg‘aygan sari ko‘ngli
noziklashib, faoliyati sekinlashib boradi. Esda saqlashga, sezgi organlariga nozik ruhiyatiga yillar o‘z
ta’sirini o‘tkazadi.

Hozirgi sharoitda odamda qarilikning dastlabki belgilari yetuklik davrida, ya’ni 60-65

yoshda yuz bermoqda. Ammo tamaki chekadigan va muntazam spirtli ichimlik iste’mol
qiladiganlarda bu jarayon boshqalarga qaraganda 15-20 yil oldin boshlanadi. Bundan tashqari,
a’zolardagi to‘qimalarning qanchalik kech yoki erta atrofiyaga uchrashi irsiyat va odamlarning
qaysi sohada mehnat qilayotganiga ham bog‘liq.Asab sistemasining qarishi borasidagi tadqiqotlarda,
jumladan:

V.D.Mixaylova, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik

tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi o‘rganil

gan bo‘lib, bu xol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.

[2] Makroskopiya ma’lumotiga ko‘ra:

—keksalik davrida miyaning og‘rligi 20-30 % yengillashadi;
— bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida
dispropotsiya kuchayadi;
—keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi
kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

523

ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3-4ta yo‘l qisqaradi;
—miyaning zichligi ortadi.
Mikroskopiya natijalariga binoan:
—nerv xujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish miya
qobig‘ining III, V zonalarida aniq bilinadi;
— Purkine hujayralarining miqdori keskin kamayadi, hujayralarning
yo‘qolishi 25% ko‘p bo‘ladi;
—nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la
boshlaydi;
—nerv tolalari yo‘g‘onlashadi;
—habar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.(darslikdan)
Masalaning mohiyatiga psixologik jihatlariga yondashadigan bo‘lsak, keksalik davrida

organizmning biologik zayiflashuvipsixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini aytib
o‘tishimiz mumkin. Ruhiy keksayish alomatlari 5 ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va
ayollar o‘rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari
(sezgi,idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik), va
aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy
holatlarda o‘z aksini topadi

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki bugun mamlakatimizda keksa avlod vakillariga

qaratilayotgan yuksak e

ʼ

tibor shundoq ham ularning tilidan tushmas shukronalik hissini ming

chandon oshirdi. Shuning uchun ham sakson-to

ʻ

qsonni qoralasa-da, qaddi baland nuroniylarimizning

ruhiyati tetik, ishga chanqoq. Ayni qutlug

ʻ

kunlarda esa, barchasining duoga ochilajak qo

ʻ

llari

Yaratgandan yurtga tinchligu, mo

ʻ

l rizq so

ʻ

raydi. Bu esa kelajakda ulkan samaralar berishi mumkin.

Uning ahamiyati shundaki, yangi texnologiya, ya’ni davolashning mikrominiatyurizatsiya usuli
organizmdagi zararlanishi mumkin bo‘lgan «hudud»lar va atrofiyaga uchrash ehtimoli yuqori
bo‘lgan to‘qimalarni erta aniqlash hamda ularni bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa insoniyat
genofondida xususan keksalarning ham muayyan o‘rni borligini bildiradi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Internet sahifasidan olingan ma’lumotlar
2. Do‘stmuxamedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Yu., Ziyavitdinova G.Z.,

«Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

2. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
3. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T.

TDPU, 2009 .

Bibliografik manbalar

Internet sahifasidan olingan ma’lumotlar

Do‘stmuxamedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Yu., Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.

Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 .