Mualliflar

  • Robiya Fozilova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74243

Kalit so‘zlar:

Pedagogika psixologiya ilk o‘spirinlik o‘spirinlik intellektual rivojlanish

Annotasiya

Ushbu maqolada o ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o‘spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan
ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko ‘nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga to’xtalinadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

509

O‘SPIRINLIK YOSHIDA KECHADIGAN O‘ZIGA XOS O‘ZGARISHLAR.

ADPI “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”

yo‘nalishi 102-guruh talabasi Fozilova Robiya

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va

emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi,
o ‘spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan
ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko ‘nikma-malakalarini rivojlantirish masalalariga to
’xtalinadi.

Kalit so‘zlar:

Pedagogika, psixologiya, ilk o‘spirinlik, o‘spirinlik, intellektual rivojlanish,

yetakchi faoliyat, muloqot, emotsional rivojlanish, yangi psixologik tuzilma.

Ilk o‘spirinlik davri “kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik,

psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini
kompleks o‘rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati
bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi.
“Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha
ikki-uch yil avval yetilmoqda. 15-16 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik 15-18
yosh, o‘spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichiga oladi”.[3.273B] Demak, o‘spirinlik ham
oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan
bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir. “Ilk o‘spirinlik
yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lganlardir. O‘spirinlik — bu odamning fuqaro
sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda
faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan
davrdir”[3.273b].

Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda

dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning
turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rus psixologi
L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi:
o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va
uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi. Ilk o‘spirinlar
mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo‘lar ekanlar, o‘zlarining hayot yo‘llarini belgilab
olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o‘zlarining
kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib
topadi va yanada barqarorroq boiib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari haqida jiddiyroq o‘ylay
boshlaydilar. Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xtalib o‘tamiz, bu narsa quyidagi
sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining
ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot
faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash
nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi
xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda
jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. O‘zining jismoniy kuchini va
jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik,
tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ilk o‘spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga yetadiki, kattalar bajaradigan barcha

aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan tayyor bo‘ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va
egiluvchan bo‘lib boradi. Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlarga ko‘p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam
olish va o‘yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari, jumladan, xayol,
xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilarning bilish jarayonlari turli
nuqtayi nazarlarni tahlil etishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera
oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishning o‘sishi bilish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

510

jarayonlarining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi. Bu
yosh davrining oxiriga borib, o‘quvchilar o‘zlarining bilish jarayonlarini to‘la-to‘kis egallab oladilar,
ularni hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo‘ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa
mavzular bo‘yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o‘spirinlarga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga
xulosa chiqarish, ya’ni induksiya va deduksiya xosdir. Ilk o‘spirinlar ko‘pchilik ilmiy tushunchalarni
o‘zlashtiradilar, turli masalalarni yechish jarayonida ulardan foydalanishni o‘rganadilar. Bu esa
ularda nazariy yoki so‘z- mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi. Kuzatish aniq maqsadga
qaratilgan va yanada sistemali bo‘lib boradi.

Shunday qilib, xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, ilk o‘spirinlik yoshi emotsional holatlarni

ifodalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashishini hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish
va o‘z-o‘zini boshqarishning ortishini kuzatish mumkin. Ilk o‘spirinlarning kayfiyati o‘smirlarga
nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sharoitning keng doirasiga mos bo‘ladi. Doimo
hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning
rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Axloqiy norma va tamoyillarning ma’lum tizimini o‘zlashtirish
jamiyat va boshqa odamlar oldida mas’uliyat hissi, hamdardlik qobiliyati, do‘stlik va muhabbat
ehtiyoji, o‘rtoqlik hissi va axloqiy-siyosiy hislar kabi yuksak axloqiy hislarga aylanadi. Ilk o‘spirin
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalarining buzilishi unda aybdorlik hissini vujudga keltiradi.
Shu bilan birga unda estetik hislar doirasi ham kengayadi. Ilk o‘spirinlarda intellektning rivojlanishi
bilan birga hazil-mutoyiba hissining ham rivojlanishini ta’kidlash joiz. Intellektual va praksis hislar
ham sezilarli rivojlanadi. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik tafakkur jarayonidan ongli zavqlanish,
qiyinchiliklarni yengishdan quvonish, ijodga ongli intilish va boshqalarga aylanadi. Shunga ko‘ra har
kim qobiliyatiga yarasha kasb- hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy
turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan bo‘ladi. O‘spirinlar u yoki bu kasbni o‘z ixtiyorlari bilan
ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik,
sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo‘lishlari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish
istagi, maqsadning aniqligi, hunar o‘rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘spirinlar aqliy rivojlanishida tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki
inson biron-bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak.
Tasavvursiz hech qanday ishni to‘g‘ri rejalashtirish mumkin emas.

Adabiyotlar ro‘yhati.
1.

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O‘zbekiston, 2020.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -

T.:O‘zbekiston, 2017.

3.

Rivojlanish psixologiyasi Pedagogik Psixologiya Nishonova Z. Kamilova

Abdullayeva Xoliqnazarova 2019 y

4.

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». —

Т

.:

TDPU. 2009.

5.

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. —

Т

.: Sharq.

2000.

6.

Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. —

Т

.: Fan. 2003.

7.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Bibliografik manbalar

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O‘zbekiston, 2020.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -

T.:O‘zbekiston, 2017.

Rivojlanish psixologiyasi Pedagogik Psixologiya Nishonova Z. Kamilova

Abdullayeva Xoliqnazarova 2019 y

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.:

TDPU. 2009.

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq.

Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари