“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
465
TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNING RO‘LI
Samatova Nilufar Numonjon qizi
Alfraganus Universiteti 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalar va
ularning samaradorligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
texnologiya, ta’lim-tarbiya, texnologik jarayon, texnologik xarita,
frontal, yo‘naltirilgan (individual), verbal, estetik, evristik, amaliy texnologiya
Texnologiya tushunchasi – ishlab chiqarish jarayonini tizimli, bir ma’romda tashkil
etish va sifatli maxsulot yaratishni nazarda tutadi. Ma’lum maxsulotni olishning tejamli va
samarali yo‘l va usullarni ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish masalalalarini tadqiq
etadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi – texnologik jarayon, texnologik operatsiya, texnologik
rejim, texnologik xarita kabilardan tashkil topadi. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, “texne”
– mahorat, san’at hamda “logos” -ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘plab yondashuvlar
mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga
qaramasdan ko‘pgina pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va
vositalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash
xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.
Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga ko‘ra ular uch guruhga ajratiladi:
1.
Umumiy pedagogik texnologiyalar.
2. Xususiy pedagogik texnologiyalar.
3. Kichik modullli universal texnologiyalar
Falsafiy dunyoqarash o‘z navbatida ta’lim – tarbiya tizimiga yondoshuvda ham o‘z
aksini topadi. Diniy dunyoqarash o‘ziga xos ravishda ta’lim-tarbiya jarayonini talqin etadi,
idealistik dunyoqarash o‘ziga xos ravishda ta’lim-tarbiyaning mazmun mohiyatini ochib
beradi. Materialistik dunyoqarash ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishda materialistik nuqtai
nazardan yondoshadi. Ilmiy dunyoqarash esa ilmiy kashfiyotlarga asoslangan holda ta’lim
va tarbiya jarayonini tahlil etishga qaratiladi. Demak, har bir jamiyatning qabul qilgan
dunyoqarashi ana shu jamiyatda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishga bevosita ta’sir
o‘tkazadi.
2. Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha
klassifikatsiya. Tashkil etish va boshqarish jihatidan pedagogik texnologiyalarni quyidagi
turlarini ajratish mumkin:
a. Sust boshqariluvchi o‘quvchilar faoliyati boshqarilmaydi, stixiyalilik ustun
turadi.
b. Siklli tekshirish – o‘z-o‘zini va o‘zaro tekshirish ustun turadi.
v. Frontal (yalpi),
g. Yo‘naltirilgan (individual),
d. Verbal –o‘qituvchi ishtirokida,
e. Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda.
Amaliyotda bu ta’lim texnologiyalari kombinatsiyalashgan holda qo‘llaniladi.
Ta’lim texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab quyidagi texnologiyalar ajratiladi:
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
466
1.
Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini
rivojlantiruvchi texnologiyalar xisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga
moslashgan bo‘ladi.
2.
Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar.
3.
Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.
4.
Evristik – ijodiy yondoshuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan
ijodiy yondoshgan holda masalani echimini topishni talab etadi.
5.
Amaliy texnologiyalar – amaliy xatti-harakatlarni shakllantiruvchi
texnologiyalar.
Pedagogik jarayonni tashkil etishda o‘quvchining va o‘qituvchining munosabati ham
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu munosabatni quyidagi turlarini ajratish mumkin:
- Avtoritar texnologiyalar.
- Didaktik markazlashgan texnologiya.
- Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar
׃
a) Insoniy texnologiyalar.
b) Hamkorlik texnologiyasi.
v) Erkin tarbiya texnologiyasi.
g) Ezoterik texnologiya.
Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha: Assotsiatsiya-refleks, Geshtalt texnologiya,
Bixeiveristik, Rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari:
- o
ʻ
quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
- bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
- talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
- talabalarga o
ʻ
zlarining o
ʻ
quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
- ta
ʼ
lim jarayonida mustaqil ta
ʼ
lim olishning ulushini oshirish;
- ta
ʼ
lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo
ʻ
yilgan talabdan
kelib chiqib o
ʻ
zgartirish mumkin.
Demak ta’lim texnologiyalari turlari juda ko‘p bo‘lib, ular talabalarning intelektual
saloxiyatini oshirishga hamda ta’lim sifati va samaradorligini o‘sishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar – Qarshi.: Nasaf, 2000.
2. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. –
T.: 2005.
3. Sayidahmedov N. YAngi pedagogik texnologiyalar – T.: Moliya, 2003.
4. Ishmuhammmedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU, 2005.
5. Kolechenko A. K. Ensiklopediya pedagogicheskix texnologiy – SPb.: KARO,
2005.
6. Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar – T.: 1999.
7. Internet ma’lumotlari (https://uz.wikipedia.org/wiki/Kredit-modul_tizimi)
