“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
463
MULOQOT JARAYONIDA MOBIL OLAMNING SHAXSLARARO
MUNOSABATDAGI O‘RNI
Andijon viloyati Buloqboshi tumani maktab
va maktabgacha ta’lim vazirligiga qarashli
13-umum ta’lim maktabi texnologiya fani
o‘qituvchisi Xonto‘rayeva Dildora Abdulhayevna.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada insonlarning bir-biriga o‘zaro ta’sir olishi
munosabatlari, bir-biriga bo‘lgan e’tibor, do‘stona, qo‘ni-qoshni, qarindoshlik rishtalarini
mustahkamlash, birgalikdagi faolyatni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni shakllantirish
uchun asos bo‘lishga xizmat qiluvchi yondashuvlari ochib berilgandir.
Muloqot inson hayoti faolyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida
insonlar bir-birini tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual ehtiyojlarini qondirish uchun
birgalikda harakat qiladi.Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obroz va
modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning munosabat jarayonida ishtirok etadi. YE.
Melibruda quyidagicha takidlagan: “Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek
ahamyatga egadir”.
Muloqot – hamkorlikda faolyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni
rivojlantirish jarayonidir.
Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar
bilan muloqatda, munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi.
Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madanyatni egallab boradi ,yangi tug‘ilgan
inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo‘lsa, u hech qachon
shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero,
inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi.
Mazmun – maqsadlari va vositalarga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish
mumkin.
Mazmuniga ko‘ra moddiy, kognitiv, konditsiv, motivatsion, faoliyatli turlarga bo‘lish
mumkin . Vositalariga ko‘ra esa maktublar, taklifnomalar va hozirgi kunda ommalashib
ketgan uyali aloqa vositalariga bo‘lish mumkin.
Men ushbu maqolamda mana shu mobil uyali aloqa haqida to‘xtalib o‘tsam
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xar bir narsani yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi uyali
aloqaning ham yaxshi va yomon tomoni bordur, ya’ni yaxshi tomoni bu insonlarni uzog‘ini
yaqin mushkullarini oson qiladi. Internet olamidan esa bilmaganini o‘rganib unumli
foydalish ham mumkin.
O‘smirlarda faollik qiziqish kuchli bo‘lganligi uchun ilm-fandagi texnika
yangiliklari ularning o‘ziga jalb qiladi. Eng oxirgi rusumdagi telefon egasi bo‘lish, eng oxirgi
yangi model mashinasini minish o‘smirlarni qiziqish ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Bu
qiziqish natijasida biror narsa yaratib ko‘rishga, biror yangi faoliyat olib borishga intiladilar.
Buning natijasida, telefonlarda shu qiziqqan faoliyatiga doir videorliklar, yangiliklarni
qiziqish bilan tomosha qilishni boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda mashina harakatlari, rusumlari,
uni minish usullariga qiziqsa, aksar qiz bolalarda ovqat qilish, turli xil shirinliklar tayyorlash,
bezak, taqinchoq buyumlarni yasash, hamda kiyinish usullariga oid videoroliklar ko‘rish
ehtiyojlari ortadi. Shu bilan birgalikda bu ehtiyoj zaminida telefon internet bilan birgalikda
undagi boshqa saytlarga kirib ko‘radi.
Ma’lumotlarga ko‘ra , 2021-yilda dunyo bo‘ylab telefonlardan foydalanuvchilarning
soni 5,3 milliardga yaqinlashdi, bu dunyo aholisini 67 foizini tashkil qiladi. Bilamizki, mobil
telefonlardan foydalanishning afzal tomonlari bilan birga, salbiy oqibatlari ham mavjud.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
464
Ayniqsa , bolalar ta’lim – tarbiyasida . Bunda telefonlarning asab tizimiga , inson sog‘ligiga
ayniqsa bolalar sog‘ligiga zarari haqida targ‘ibot tashviqotni kuchaytirib , undan foydalanish
madaniyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish kerak.
Va albatta , bu masalada ota-ona ma’suliyati birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak.
Farzandga mobil telefon olib berdimi, endi u balog‘atga yetgunga qadar “ bola telefonda
kimlar bilan gaplashyapti , qaysi internet sahifalaridan foydalanyapti , albatta nazorat qilib
turish kerak.
Maktab ta’lim beradi , tarbiyani esa oiladan oladi. O‘zidan kattaga birinchi bo‘lib
salom berishni odat va qadriyatga aylangandek , mobil telefondan to‘g‘ri va unumli
foydalanish ham ota-ona tomonidan shu darajada qadriyat sifatida shakllantirilishi kerak.
Zero kelajagimiz shu yoshlar qolidadir.
Xulosa : Men ushbu maqolani yozish davomida bir qancha kitoblarni o‘qidim ,
izlandim va o‘z ikirlarmini bayon qildim. Zero buni o‘qib ota-onalar farzandlariga e’tiborini
kuchaytirsa, yoshlarimiz esa ijobiy tomonga o‘zgarib o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishsa
nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi mening bo‘lsa boshim ko‘kka yetgunga qadar quvongan
bo‘lardim va maqsadim ham shu.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. F.I.Xaydarov , N.I. Xalilova “Umumiy psixologya ”.
2.Alisherova Z.T. “Bola shaxsida mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining
shakllanishi ”
3. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive
behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 122-125. 5.
Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive Behavior
in Teenagers during Globalization.
5. Khosilbekovna, S. F. (2024). Ethnopsychological Predictors of the Process of
Acculturation in Migrant Students.
International Journal of Formal Education
,
3
(2), 199-
203.
6. Xosilbekovna, S. F. (2024). Social and psychological determinants of increasing
women's labor efficiency are related to the topic.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy
jurnali
,
4
(2), 440-443. Xosilbekovna, S. F. (2024). Social and psychological determinants of
increasing women's labor efficiency are related to the topic.
Ta'lim va rivojlanish tahlili
onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 440-443.
