“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
452
INTERNETDAGI GLOBAL MUAMMONING TA`LIM-TARBIYAGA
TA`SIRI
Alisherova Zulfiya
ADPI tayanch doktoranti,
Ergasheva Oyqizxon
Farg`ona viloyati Qo‘shtepa tumani
Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak rahbari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari hamda uning tarbiyaga ta'sir
etayotgan salbiy oqibatlari haqida so‘z borildi. Yoshlar ma'naviyatiga qaratilga tahdidlarni
oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritildi.
Kalit so‘zlar:
global, axborot, ma'naviyat, g‘arblashgan, tahdid, mafkuraviy
immunitet, g‘oya, ommaviy ma'daniyat, tarbiya, ijtimoiy tarmoq, internet, boshlang‘ich sinf.
Zamon shiddatli sur'atda rivojlanib borar ekan, har sohada ildam zamonaviylashib
borayotgan jarayonni ko‘ramiz. Bugungi globallashuv jarayonida axborot erkinligi, internet
asri hisobidan dutun dunyo bir kaft yerdek bo‘lib qolgandek go‘yo. Yerning istalgan
burchagidan turib hohlagan yangiligingizni bilib olish uchun bir necha soniya vaqt ketadi
xolos.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili
«Garvard biznes rev`yu» jurnalida ch
о
p qilg
а
n m
а
q
о
l
а
sid
а
q
о
`ll
а
ng
а
n. T.Levitt yirik
transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv
jarayonlarini “globallashuv” deb atagan.Bugungi kun yoshlari har tomonlama teran fikrli,
salohiyatli, zamonaviy dunyoqarashga ega ekanligi hech kimga sir emas. Dunyo bo‘ylab 2
milliardan ortiq aholini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu juda katta kuchdir.
Umuman olganda yer kurrasi, uning kelajakdagi taqdiri qaysidir ma'noda mana shu yoshlar
qo‘lida ekanligi ayni haqiqatdir. Shunday ekan qaysi davlat, qaysi millat bo‘lishidan qat'iy
nazar bugungi kundagi eng oliy maqsadi yoshlarining milliy an'analariga sodiq, o‘zligini
yo‘qotmagan avlod etib tarbiyalashdir.
Yoshlar bugun hoh uyda, hoh maktabda bo‘lishsin hohlagan axborotini televidiniya,
radio, internet va boshqa OAV lardan bemalol olishlari mumkin. Ota - onalar ham bemalol
bunday axborotlarni farzandlari ko‘r-ko‘rona suiste'mol qilishlariga qo‘yib berishmoqda.
To‘g‘ri biz rivojlangan XXI asrda yashayapmiz. Bugungi kunda har qadamda axborotlar
bilan to‘la. Biz bundan himoyalanmaganmiz va buni inkor ham etaolmaymiz. Mashhur hind
dinishmandi Indira Gandi aytganidek “Men toza havo kirsin deb derazamni ochib qo‘yaman,
ammo, tashqaridan chang va g‘ubor kirishini ham inkor eta olmayman”.
Bugungi kunda hayotimizga axborotlar kirib kelishini ham aynan yuqoridagi fikrlarga
qiyos etishimiz mumkin. Biz yangilik va turli axborotlarga kunda ehtiyoj sezamiz. Sababi
bizning rivojlanib borayotgan turmush tarzimiz shuni taqazo etadi. Ammo bular orasida
milliyligimizga, qadryatlarimizga zid bo‘lgan g‘oyalar sezdirilmay singdirilishiga
urinilayotgan holatlarga ko‘zimiz tushadi.
Tarbiya har zamonda ham zaruriy ijtimoiy hodisa hisoblanib kelgan, ammo, bugungi
shiddatli zamonda har qachongidan ham zarurroqdek nazarimda. Buyuk dahomiz Abdulla
Avloniy ta'kidlaganidek “Tarbiya bizga yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat,
yo falokat masalasidir” Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ham Abdulla Avloniyning bu
hikmatga aylangan gapini mushohada qilib, bu fikr ya'ni, tarbiya, . ,o‘tgan asr boshida
millatimiz uchun qanchalar dolzarb va muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun
shunchalik, balki undan ham muhim, dolzarb ahamiyat kasb etadi”,-deydi.
Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan g‘arazli ma'lumotlar,
turli xil bu'zg‘unchilikka yo‘g‘rilgan vayronkor g‘oyalar, odob - axloqni yemiruvchi, insonni
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
453
manqurtlashtiradigan , asliyatiga yot bo‘lib umumat boshqa insonga aylantirishga
undaydigan manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi tabiiy. Internet yordamida
ishlar oson va tez bajariladi. Uning bir qancha qulay tomonlari borligi hech kimga sir emas.
Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki bunga ko‘z yuma olmaymiz. Bugun har qanday
ma'lumotni bir necha soniyalarda butun dunyoga tarqatish hech qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Butun dunyo bir kichkina shaharcha kabidir. Ijtimoiy tarmoqlarga j oylangan ma' lumot
soniyalar ichida bir necha million tomoshabinlar tomonidan kuzatiladi.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydigan g‘arazli kimsalar globall tarmoqdan
qabih maqsadda foydalanishmoqda.
Bugun maktab o‘quvchilarining deyarli barchasida uyali telefon bor, ularning
aksariyati internetga ulangan. Bu mitti matoh yordamida dunyoni kaftda ko‘rgandek kuzatish
mumkin. Biroq global tuzoqlardan biriga ilinib qolish xavfi juda katta. Shu tariqa har xil
ma'lumotlar bola ongini zaharlaydi. Unda zo‘ravonlikka moyillik uyg‘onadi, tajavuzkor,
berahim insonga aylana boshlaydi. Bir qaraganda bu darhol ko‘zga tashlanmaydi. Ammo
sekin sekin bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Fanda me'yordan og‘ish
tushunchasi mavjud. Ana o‘sha og‘ishlarga sabab zo‘ravonlikka undovchi axborotlar
ekanligi shubhasiz. Inson, uning joni, hayoti eng aziz tushuncha aslida. Alloh tomonidan
berilgan eng ulug‘ ne'mat tiriklik ne'mati, ammo so‘ngi vaqtlarda inson hayoti qadrsiz bir
matohdek bo‘lib bormoqda unga hech ikkilanmasdan nuqta qo‘yishga bo‘lgan urunish
bobora ortmoqda. Inson o‘z joniga suiqasd qilish barcha dinlarda ham qoralangan. Katta
gunohlar qatoriga kiritilgan. O‘z joniga qasd qilish 15 yoshdan 29 yosh oralig‘idagi bo‘lgan
yoshlar orasidagi o‘limga sabab bo‘luvchi ikkinchi yirik omildir. Mutaxassislar virtual dunyo
orqali ro‘y berayotgan tahdid - haqoratlar va ijtimoiy tarmoqlar vositasida tarqatilayotgan
buzg‘unchi g‘oyalar bu muammoni yanada ortib borishiga sabab bo‘layotganini
aytishmoqda.
O‘zbekistonda har yili ikki mingdan ortiq odam suisit qurboni bo‘lmoqda. Buning
yanada achinarli tomoni shundaki ularning aksari yoshlar ekanligi. Inson bu qarorga bir
kunda kelib qolmaydi bunga bir qancha vaqt tayyorlangan va bu eng so‘ngi qarori
hisoblanadi. Buni qarangki shu qarorga targ‘ib qiluvchi internet o‘yinlar ham bunga asosiy
sabablar qatoriga kirar ekan. Bugun axborot iste'mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har
bir inson o‘zida uni iste'mol qilish ma'daniyatini tarbiyalashi lizim. Yoshlar shaxsiy
xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi
foydalanilayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
Axborot is'temoli ma'daniyati, eng umumiy ma'noda, axborot oqimidan inson
manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qabul
qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiluvchi bilimlar qobilyat va malaka
tizimini anglatadi.
Bugungi axborotlashgan asrda bir zum ham ogohlikni qo‘ldan boy bermaslik kerak.
Zero farzandlarimiz ongiga majburan singdirishga urinayotgan tahdidchilarning g‘arazli
niyatlari tom ma'noda davlatimizga qarshi ochilgan siyosiy urushning yashirin ko‘rinishidir.
Odamzot tafakkurining yuksak va namoyoni bo‘lgan yutuqlari ayni paytda katta kuch
- quvvat va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli
niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ishlatilayotganini ham e'tibordan
chetda qoldirib bo‘lmayd. Odamlarning birinchi navbatda yoshlarning ongu tafakkurini,
ma'naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan bunday urinishlarning asl mohiyatini, ularning
uzoq va davomli, salbiy oqibatlarini anlash va bunday xavf - xatarlarning oldini olish bugungi
kunda o‘ta muhim ahamiyat kasb etib bormoqda”,- deb yozadi Muhtaram Prezidentimiz
o‘zining “Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish” kitobida.
Yoshlarning turli oqimlarning ta'siriga tushib qolmasliklari uchun internetdan
foydalanishda quyidagi zaruriy ko‘rsatmalarga ahamiyat berishi tavsiya etiladi:
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
454
-Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish bilan o‘tkazishi xatodir.
Chunki, xech narsa jonli, haqiqiy va real muloqotlar o‘rnini bosa olmaydi.;
-Internetdan foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini turli ijtimoiy tarmoqlar,
bloglarga, electron pochtalarga kiritishlari, g‘arazli maqsaddagi kishilarga ayni muddao
bo‘lib xizmat qiladi;
-“O‘rgimchak to‘ri”da aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi saytlar tobora ko‘payib
bormoqda. Bunday tahlikali zamonda yoshlarga faqat “uz” domenidagi saytlardan
foydalanish tavsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qomus.info online kutubxona \qomus.info\oz\encyclopedia\global
2.
Umarav B. Gtoballashuv ziddiyatlari. - T.: Ma'naviyat, 2006. 8-b.
3.
I. A. Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat,
2008.
4.Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive
behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 122-125.
