Mualliflar

  • M.J.Maxammatova M.J.Maxammatova
    Andijon davlat pedagogika insituti
  • Gulyora Toshmatova
    Andijon davlat pedagogika insituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74291

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizligi axborot axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kommunikatsiya tarmoqlari dasturiy mahsulotlar

Annotasiya

Ushbu maqolada XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida
axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida
fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurilish masalasini hal etish juda
dolzarb masaladir.[1.] Kelajak-yoshlar qo‘lida ekan, demak, biz urg‘uni aynan yoshlarga
qaratishimiz kerak. Ular bugun nima bilan band ekanligini, qanday saytlardan
foydalanayotganligini muntazam ravishda nazoratga olish kerakligi haqida fikrlar bayon
etilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

450

ZAMONAVIY YOSHLAR VA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI

MASALALARI

M.J.Maxammatova

ADPI, Pedagogika va psixologiya

kafedrasi katta o‘qituvchisi

Toshmatova Gulyora Muhitdin qizi

Biologiya yo‘nalishi 2- bosqich talabasi

Annotasiya :

Ushbu maqolada XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida

axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida
fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurilish masalasini hal etish juda
dolzarb masaladir.[1.] Kelajak-yoshlar qo‘lida ekan, demak, biz urg‘uni aynan yoshlarga
qaratishimiz kerak. Ular bugun nima bilan band ekanligini, qanday saytlardan
foydalanayotganligini muntazam ravishda nazoratga olish kerakligi haqida fikrlar bayon
etilgan.

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizligi, axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,

kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar

Axborot xavfsizligi (inglizcha Information Security) axborotni ruxsatsiz kirish,

foydalanish, oshkor qilish, buzish, o‘zgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yo‘q qilishning
amaliyotidir.

Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar,

faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar, to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza
etish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini
bartaraf etish chora-tadbirlari. [2.]

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bu davrda har

qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi
muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat
xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvofaqqiyatli shakllantirilishini
ta’minlaydi. Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda
milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot
xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka
biriktiradi.

O‘zbekiston Respublikasida 2015- yilning 4-fevral kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston

Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini
tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, Axborot xavfsizligini ta’minlash va
kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya
qilishning zamonaviy texnologiyalarini tadbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish,
axborot

resurslarini

himoya

qilishbo‘yicha

texnik

infratuzilmani

yanada

rivojlantirish”ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2002- yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsplari

va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb
belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik
holatini anglatadi.

Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan 3 ta asosiy tamoyil mavjud:


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

451

- Ma’lumotlar butunligi-axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan,

shuningdek, ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q
qilishdan himoya qilish;

- Axborotning konfedensialligi-axborot va axborot tashuvchining holatini belgilaydi,

va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa
olishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi;

- Foydalanish huquqlariga ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishlari

[2.]

Takidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari(bank va moliya institutlari, axborot

tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudoffa va mahsus tuzilmalar) ularda ko‘riladigan
masalalarning muhimligi va harakteriga ko‘ra ularning axborot tizimlari faoliyati
ishonchligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini
talab etadi. [3.]

Xavfsizlik siyosati – xavfsizlik obyekti va subyektining berilgan ko‘pligining

xavfsizligini ta’minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami.
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga tahdidni oldini olish va
ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va texnik choralar
kompleksini bildiradi. [4.]

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda axborotga hujumlar juda ko‘payib

ketgan. Kiberjinoyat, xakerlar, krekerlar, terroristik guruhlar, axborotlar urushi avj olib
kelmoqda. Eng achinarli tomoni aksariyati yoshlardan iborat. Ular aslida huquqbuzarlik
qilayotganligini bilmay qolishadi. Sekin astalik bilan fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi
huquqidan mahrum qilish; intelektual mulk obyektlariga tahdid; axborotlashtirilgan
jamiyatni qurishga to‘siqlar; jamiyatning ma’naviy yangilanish, uning manaviy an’analarini
rivojlantirish, milliy, madaniy merosini targ‘ib qilish; axloq me’yorlari huquqlaridan
mahrum qilish; mamlakat ilmiy va ishlab chiqarish potensialining rivojiga qarshilik qilish
kabi bir qator huquqbuzarlikka sababchi bo‘lishadi. Demak,yoshlar bilan ishlashda ularning
qiziqishlarini e’tiborga olib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, qolaversa, huquq va
tamoyillarni hozirdan o‘rgatib borish maqsadga muofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Axborot xavfsizligi asoslari” darslik. Karimov.I.M, Turgunov.N.A

Toshkent- 2016 yil.

2.

“Axborot xavfsizligi asoslari” O‘quv qo‘llanma. Tahirov B.N, Buxoro 2022-

yil.

3.

“Axborot xavfsizligi asoslari” ma’ruzalar matni. Toshkent 2013-yil.

4.

Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga

oshirish uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya
onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.

5.

Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation

of aggressive behavior in adolescence.

Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali

,

4

(2), 134-137.

Bibliografik manbalar

“Axborot xavfsizligi asoslari” darslik. Karimov.I.M, Turgunov.N.A

Toshkent- 2016 yil.

“Axborot xavfsizligi asoslari” O‘quv qo‘llanma. Tahirov B.N, Buxoro 2022-

yil.

“Axborot xavfsizligi asoslari” ma’ruzalar matni. Toshkent 2013-yil.

Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga

oshirish uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya

onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.

Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation

of aggressive behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali, 4(2), 134-137.