Mualliflar

  • S.Xusanova S.Xusanova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74318

Kalit so‘zlar:

Ontogenez ilk bolalik davri go‘daklik davri nutq shahs

Annotasiya

Ushbu maqolada ilk bolalik davrida nutqning paydo bo‘lishi,rivojlanishi
va uning kattalar va bola hayotidagi o‘rni va ahamiyati tushuntiriladi. So‘zlarni to‘ĝri
tanlagan holda,bolalarga fikrlarini toĝri yo‘naltirishini o‘rgatish jarayonida so‘zlarimiz bola
ongida tasvirli qiyofani paydo qiladi va undan harakatlarida ko‘rsatishi tushuntirilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

441

NUTQ RIVOJLANISHIDA ILK BOLALIK DAVRI PSIXOLOGIYASINING

O‘RNI VA AHAMIYATI.

ADPI talabasi S.Xusanova

Annotatsiya

: Ushbu maqolada ilk bolalik davrida nutqning paydo bo‘lishi,rivojlanishi

va uning kattalar va bola hayotidagi o‘rni va ahamiyati tushuntiriladi. So‘zlarni to‘

ĝ

ri

tanlagan holda,bolalarga fikrlarini to

ĝ

ri yo‘naltirishini o‘rgatish jarayonida so‘zlarimiz bola

ongida tasvirli qiyofani paydo qiladi va undan harakatlarida ko‘rsatishi tushuntirilgan.

Kalit so‘zlar

: Ontogenez,ilk bolalik davri,go‘daklik davri,nutq,shahs,tafakkur,xulq-

atvor,ong,rivojlanish,yosh davri.

§

Inson ontogenezida uning 1-3 yoshgacha bo‘lgan davri alohida ahamiyat kasb

etadi.Chunki,bu davrda inson zotiga xos,eng muhim sifatlar,xarakter xislati,atrof-muhitga
munosabat,xulq-atvor,tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari aks
etadi.Ilk bolalik davri ,Go‘daklik davridan so‘ng eng muhim bosqichi hisoblanadi.Bolaning
yurishga o‘rganishi,turli predmetlar bilan ovunishi va o‘zi mustaqil xarakatlanishi uning
imkoniyatlarini kengaytirib,uning kattalarga bo

ĝ

liqligi nisbatan kamayadi.Bu davrda

rivojlanishning asosiy xarakteri bolaning to‘

ĝ

ri yurishi,muloqotga kirishishi va predmetli

faoliyatni egallash xususiyatlarini tashkil etadi.Tikka va to‘

ĝ

ri yura olish imkoni bolani

doimiy ravishda yangi ma'lumotlarni egallashga zamin yaratadi.Go‘daklik davridan ,ilk
bolalik davriga o‘tish,uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy ol

ĝ

a siljish bilan

ajralib turadi.Ushbu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsa-predmetlarga nisbatan tabaqali
munosabatni shakllantiradi.

§

1 yoshli va undan sal oshgan bolaning harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka

uchrashi,ko‘zlagan ishni boshqarishdagi noxush kechinmalar,uning ruhiy dunyosida
dastlabki effektiv jazava tuy

ĝ

usini vujudga keltiradi.Odatda,bunday effektiv jazava,bolaning

ota-onasi bilan bo‘lgan munosabatdan qoniqmaslikdan kelib chiqadi.Ilk bolalik davrida
,bolalarda barcha psixik jarayonlar ma'lum darajada rivojlanar ekan,bu bola ongining
rivojlanishiga imkon yaratadi.Tili chiqib,idrok,ong va tafakkuri ancha rivojlangan
bola,tevarak atrofdagi har xil narsaga ongli munosabatda bo‘la boshlaydi.Bola o‘zining turli
ehtiyojlarini anglab,o‘zining shaxsini shakllantira boshlaydi.Bu yoshda bolalar ,,men" so‘zini
tez-tez ishlata boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi,ularning
faoliyati,muloqoti bilan uzviy bo

ĝ

liqdir. Bo

ĝ

cha yoshidagi bolaning nutqi,ijtimoiy aloqalarni

o‘rnatish funksiyasini bajara olmaydi. Buning uchun bolada ichki nutq tarkib
topishi,monologik hususiyat kasb etib borishi lozim. Bola nutqining rivojlanishida asosan
oilaviy va ijtimoiy muhitning o‘rni katta. Amerikalik mashhur psiholog professor Jerom
Brunerning ta'kidlashicha,yahshi ota-ona "farzandi yahshi gapirishni boshlamasdan avval
muloqotsiz aloqa o‘rnatadi va shu aloqa yordamida u bilan o‘ynab ,bolani
rivojlantiradi"degan. Nutq bola hayotining 2 chi yilida ikki bosqichda tarkib topadi.
Dastlabki bosqich,1 yosh ohiridan 1.5 yoshgacha bo‘lgan davri bo‘lib,bolada bu davrda
asosan kattalarning unga murojaat qilib gapirgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib
boradi.Uning lu

ĝ

at boyligi ayniqsa,1 yoshdan keyin ko‘p predmetlarga duch kela

boshlagandan keyin,jadallik bilan o‘sa boshlaydi. Predmet nomlarini ham,tez yodlab oladi.
Bu passiv nutq deyiladi. 3 yoshga to‘lar paytida predmetlarning vazifalarini to‘la
o‘zlashtirgan bolalar,o‘z o‘yinlarida ushbu o‘rgangan predmetdan o‘z vazifalariga ko‘ra
ishlatadi.1-3 yoshdagi bola shakllanishida psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatli ekanligini
e'tiborga olgan holda ayrim psihologlar (M,ZAZZO)"Inson tu

ĝ

ilgandan to yetuklik

davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanishning o‘rtasi 3 yoshga to‘

ĝ

ri keladi" deb mulohaza

ɓ

ildiradi.3 yoshda bolaning so‘z boyligi 250 tadan 700 tagacha yetadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

442

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Yosh davrlari va pedagogik psihologiyasi M.G Davletshin,M.Mavlonov,

S.Tuychiyeva,Sh,Do‘stmuhammedova. Nizomiy nomidagiT.D.P.U 2004-yil

2.G‘aybullayev D ,G‘aybullayeva D " Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar

tarbiyasi".Onalar va maktabgacha tarbiya muassasalari uchun uslubiy qo‘llanma
Toshkent:Ilm-ziyo 2004-yil

3.Ivanov I,Zufarova M,"Umumiy psihologiya",O‘zFMJ,2008
4.Sh.A.Do‘stmuhammedova,X.A

Tillashayxova,G.Yu.

Baykunusova,G.Z

.Ziyavutdinova ,,Yosh davrlari va pedagogik psihologiya"-Darslik.Toshkent Nizomiy
nomidagi TDPU ,2021-yil

Bibliografik manbalar

Yosh davrlari va pedagogik psihologiyasi M.G Davletshin,M.Mavlonov,

S.Tuychiyeva,Sh,Do‘stmuhammedova. Nizomiy nomidagiT.D.P.U 2004-yil

G‘aybullayev D ,G‘aybullayeva D " Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar

tarbiyasi".Onalar va maktabgacha tarbiya muassasalari uchun uslubiy qo‘llanma

Toshkent:Ilm-ziyo 2004-yil

Ivanov I,Zufarova M,"Umumiy psihologiya",O‘zFMJ,2008

Sh.A.Do‘stmuhammedova,X.A Tillashayxova,G.Yu. Baykunusova,G.Z

.Ziyavutdinova ,,Yosh davrlari va pedagogik psihologiya"-Darslik.Toshkent Nizomiy

nomidagi TDPU ,2021-yil