“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
766
SHAXSNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASASI
HAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI VA BOSQICHLARI
ADPI
Boshlang‘ich ta’lim
metodikasi kafedrasi
dotsenti
Qodirova Buzulayho Turgunovna
Annotatsiya:
Mazkur mahallada shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi
hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari xususida fikr yuritilgan. Shuningdek, shaxsni
tarbiyalashda hamkorlik ishlarining samaradorligi hamda ularni amalga oshirish jarayolari haqida
mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Shaxs, oila, mahalla , ta’lim muassasa, o’quv bilim yurti, millat, ma’naviy va
ijtimoiy shakllanishini ta’minlash,
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh
jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan
maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va
bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi:
ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi
haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin -
qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga
qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va
ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi
xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish
tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan
o’quv muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh) o’quv muassasalarida
shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va
aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti - harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini
to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql
zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash,
maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida
o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga
keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim
olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari
darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy
mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini
ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul
qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, o’quv
muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur.
O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos
pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran, qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan,
ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda, estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
767
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va toifadagi
fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo’lishi lozim. Hamkorlik
tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Ota-onangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’
tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim
posbonim", «Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va
mas’uliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch —mahalla tinch", "Mustaqil hayot
bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan baxti", "Sportchi oila",
"Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi
mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman va tantanalardan
iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga har chorakda bir
marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla
hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan
ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
–T.: O‘zbekiston, 2016.
2.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:
O‘zbekiston, 2017.
3.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”. 2008.
4. Ortiqov N.O., Jo’rayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi. T.:“O’qituvchi”,
1989.
5. Ochilov M. “Muallim – qalb me’mori” T.: “O’qituvchi” 2001.
6. Ochilov M. “O’qituvchi odobi” T.: “O’qituvchi” 1997.
7. Yo’ldoshev J.G’.O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:-2000.
8. Xo’jaev N. Tarbiya nazariyasi. va boshqalar. – T.: – 2003.
9. w.w.w. ziyonet . uz
10. w.w.w. pedagog. uz
