“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
758
MOLIYAVIY RESURSLARIDAN FOYDALANIB, KICHIK
BIZNESNING SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK
OMILARI
Ketmanov Avazbek Malikovich,
Andijon viloyati Davlat moliyaviy
nazorati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik biznes moliyaviy resurslari samaradorligi
omillari va ularning o‘ziga xos jihatlari, kichik biznes sub’ektlari faoliyatini
moliyalashtirishning metodologik va amaliy jihatlari tadqiq qilingan va uni
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy qarashlarlar to’grisida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, kredit, tadbirkorlik, tijorat banki, eksport, qayta
moliyalash, inflyatsiya, kafolatlash jamg‘armasi, monetizatsiya darajasi, moliyalashtirish,
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni
hal qilish mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash nuqtai-nazaridan juda
dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirzieyov e’tirof
etganlaridek, “...har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish,
moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish, tadbirkorlarni
ishontirish va ularga amaliy yordam berish – butun makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi
kundalik qoidaga aylanishi kerak” (Mirziyoev Sh.M. 2017).
Yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, iqtisodiy o‘sish
yuqori va barqaror sur’atlarining ta’minlanishi, aholi bandligi va farovonligi darajasining
izchil ravishda o‘sib borishi ko‘p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining
taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganiga bog‘liq. Prezidentimiz tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzada: “Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
o‘zining iqtisodiyotimizdagi o‘ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib
aytganda, boshqa hech bir soha va yo‘nalish o‘rnini bosa olmaydigan katta ahamiyati bilan
davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin egallaydi. Mustaqillik yillaridagi taraqqiyotimiz
misolida shuni hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bu sohani rivojlantirmasdan, unga
tegishli ko‘mak va rag‘bat bermasdan, zarur imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar
yaratmasdan turib, biz iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz”[1] – deb berilgan
baho ushbu fikrning yaqqol dalilidir. Iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rolining oshib borishi, jumladan, uning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushini
o’sishida mazkur sohaga davlat tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, yengillik va
imtiyozlarning ahamiyati kattadir. Shu o‘rinda, kichik biznes sub’ektlariga beriladigan
imtiyoz va preferensiyalarning mazmuni, samaradorligi va miqdoriy chegaralarini
belgilashning nazariy asoslarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga
turli imtiyozlar berishning ob’ektiv zarurligini eng avvalo quyidagi ikkita sabab bilan
izohlash mumkin:
1) davlatning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri iqtisodiyotdagi barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar uchun teng iqtisodiy sharoit yaratishdan iborat ekanligi;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
759
2) xo‘jalik yuritishning muhim shakli sifatidagi kichik biznesning o‘ziga xos ijtimoiy-
iqtisodiy afzalliklarga egaligi. Ma’lumki, kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka
tadbirkorlarni o‘z ichiga oluvchi kichik biznes sub’ektlarining samarali xo‘jalik yuritish
imkoniyatlari yirik korxonalarga nisbatan cheklangan. Yirik korxona o‘zining iqtisodiy va
moliyaviy quvvatidan kelib chiqqan holda ko‘plab xo‘jalik yuritish shart-sharoitlarini o‘zi
mustaqil ta’minlash hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qila olish imkoniga ega.
Jumladan: - xo‘jalik yuritish faoliyati hamda ishlab chiqarishning texnologik
jarayonlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish uchun moddiy texnika bazasi (bino,
inshoatlar, uzatish moslamalari, asbob-uskunalar va boshqalar)ni ta’minlash;
- xom ashyo va materiallar, elektr energiyasi, suv, tabiiy gaz va boshqa resurslar bilan
ta’minlash;
- avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, omborlar va boshqa ishlab chiqarish infratuzilmasi
ob’ektlaridan foydalanish;
- moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ichki va tashqi manbalardan
foydalanish;
- iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa masalalar bo‘yicha o‘zining alohida
maslahat xizmatlarini tashkil etish yoki bu boradagi maxsus tashkilotlar xizmatlaridan
foydalanish va h.k.
Kichik biznes sub’ektlarining bu kabi tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va
boshqa shart-sharoit hamda xizmatlardan foydalanishida ko‘plab to‘siq va muammolar
uchraydi. Birinchidan, ushbu soha vakillari o‘z faoliyatini tashkil etishda aksariyat hollarda
moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar. Ko‘pincha o‘zlarining
xususiy mablag‘lari bo‘lmagani holda, boshqa moliyaviy institutlar ularga qarz berishga
doimo ham xayrixohlik bildiravermaydilar. Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi
ob’ektlari faoliyatini mustaqil yo‘lga qo‘yish katta mablag‘ talab etadi. Uchinchidan, kichik
biznes sub’ektlarida ushbu xizmatlardan muntazam ravishda foydalanish uchun ehtiyoj ham
mavjud bo‘lmaydi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyat yuritish shart-sharoitlarining boshqa yirik xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar sharoitlari tenglashtirilishining o‘zi hali ular imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanish uchun yetarli emas. Chunki, kichik biznesning iqtisodiyotda raqobat muhitini
ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining
moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab
chiqarishga safarbar etish, budjet tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi
daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi o‘ziga xos afzalliklaridan imkon qadar
kengroq foydalanish zaruriyati mazkur sohaga qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar berilishini
taqozo etadi. Shunga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga
kompensatsiyalovchi imtiyozlar bilan bir qatorda ustunlik beruvchi imtiyozlar (ppr -
preference priority)ni ham taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularning maqsadi
iqtisodiyotning ustuvor tarmoq va sohalarida ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (bu o‘rinda
kichik biznes)ning salohiyati va ijobiy samaralaridan imkon qadar kengroq foydalanishni
ta’minlashdan iborat.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning
iqtisodiy rivojlanishdagi' aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o‘sishidagi rolini
yanada kuchaytirish hamda yalpi ichki mahsuldorlik, eksport va tarmoqlar hamda
sohalarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridagi ulushini ortib borishiga xizmat qiladi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
760
ФОЙДАЛАНИЛГАН
АДАБИЁТЛАР
РЎЙХАТИ
1. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Farmoni
“O‘zbekiston
respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi
tug’risida” 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son.
2. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va
2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar,
№
11.
3. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent : O’zbekiston, 2016. - 56 b.
6. Samadov A.N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.:
Moliya-iqtisod, 2008.
4. Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik. T.: TDIU, 2010.
5. Boltaboev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjaeva SH.J., G‘oyibnazarov
B.K., Samadov A.N., Xodjaev R. Kichik biznes va tadbirkorlik: O‘quv
qo‘llanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2019. – 275 bet.
