“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
748
TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY
INTELEKTDAN FOYDALANISH.
Yuldasheva Gulsanam Nodirbek qizi
ADPI ning Filologiya fakulteti O‘zbek tili
va adabiyoti yo‘nalishi 107 guruh talabasi.
Annotatsiya
: Ushbu maqola orqali ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar va sun’iy
intelektlardan foydalanish va ularni afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
Raqamli texnologiyalar, Sun’iy intelekt, Raqamli ta’lim Bulutli
texnologiyalar.
Bugungi kunda ta’lim tizimiga ko‘p o‘zgarishlar kiritildi. Ayniqsa raqamli
texnologiyalar va sun’iy intelektning kirib kelishi dars sifatini oshishiga va internet tarmog’i
orqali yangi ma’lumotlarni topishga zamin yaratib bermoqda. Raqamli texnologiyalar,
ta’lim sohasida katta o‘zgarishlarni keltirib chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonini yanada samarali va qulaylashtirishda katta ro‘l
o‘ynaydi. Ular, o‘quvchilarga interaktiv ta’lim imkoniyatlari yaratishda, o‘quv materiallarini
osonlik bilan o‘zgartirishda va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirishda yordam beradi.
Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga osonlashmoqda. Bunda esa
ta’lim tizimi vositalari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, internetga ulangan
televizorlar va smart doskalar bajarib berdi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars
mashg’ulotlar o‘tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Raqamli ta’lim tizimining
yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi. Ta’lim beruvchilarni
raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o‘stirish va internet orqali turli ochiq kurslar
tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim beruvchilarni o‘z ustida
ko‘proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Ta’lim
jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish, taxlil
qilish va amaliyotga joriy etishning muhum vazifalaridan biridi.
Raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida quyidagi imkoniyatlarni beradi;
·
O‘quvchilarning o‘zlashtiriish va tushuntirish qobiliyatini oshirish.
·
O‘quvchilarning o‘zlashtirish va tushuntirish jarayonida qiziqishlarini oshirish
·
O‘quvchilarning o‘zlashtirish va tushuntirish jarayonida ishtirok etishini oshirish
·
O‘quvchilarning o‘zlashtirish va tushuntirish jarayonida o‘quv materiallarini oson
va qulay tarzda tadbiq etish
Raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
hamda foydalanishga imkon beradi. AKT lar talabalar ongini axborot vositalarini faol joriy
etish bilan bog’liq. Ular talabalarning o‘zlashtirish va tushuntirish jarayonida faol ishtirok
etishni ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida test
tizimlaridan, grafiklaridan, audiovizual va multimediya vositalaridan foydalanishga imkon
beradi. Ular o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini va umuman ta’lim sifatini kuzatish
imkonini beruvchi yangi baxolash usullariga asoslangan. Raqamli texnologiyalar ta’lim
muassasasi rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.
Sun’iy intelekt (IS) ta’lim sohasida foydalashish, ta’lim jarayonini samarali va efektiv
qilishda muxim rol o‘ynaydi. SI, ma’lumotlarni taxlil qilish, ma’lumotlardan foydalanish,
muammolarni yechish va o‘quvchilarga maxsus ta’lim materiallarini tayyorlashda yordam
beradi. Bu o‘qituvchilarni va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ta’limning
sifatini oshiradi.
Ta’lim sohasida sun’iy intelektning foydalanishiga misollar mavjud. Misol uchun, sun’iy
intelekt tizimi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini va o‘zlashtirish usullarini taxlil
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
749
qilishda yordam beradi. Bu tizimlar, o‘quvchilarning o‘quv jarayonida qaysi mavzularda
qiyinchiliklarni tushunishga va ularning o‘zlashtirish usullarini belgilashga yordam beradi.
Sun’iy intelektning ta’lim sohasidagi foydalanishning bir qismi, o‘quvchilarga maxsus ta’lim
materiallarini taqdim etishda yashaydi. Sun’iy intelekt tizimlari, o‘qovchilarning
ma’lumotlarni oson va samarali ravishda o‘rganishlarini ta’minlash uchun maxsus ta’lim
dasturlarini tuzishda foydalaniladi. Bu o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirish va ularning
o‘quv
jarayonida
samarali
bo‘lishini
ta’minlaydi.
Sun’iy intelektning ta’limda foydalanishning bir qismini davlat xaridlarida ham ko‘rish
mumkin. Davlat xaridlari sohasida sun’iy intelektdan foydalanish, shartnomalar tuzish va
jamoatchilikka ochiqlash jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Sun’iy
intelektning ta’lim sohasida foydalanishning muxim aspektlari shu jumladan pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilar
bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirish va ta’lim
jarayonini samarali va interektiv qilishga yordam beradi.
Ta’lim sohasida sun’iy intelektdan foydalanishining maqsadi, o‘quvchilarga samarali
o‘qish, o‘rganish va taxlil qilish imkoniyatlarini yaratishdir. Sun’iy intelekt, o‘quvchilarning
o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishlarni qabul qilish, qayta ishlar va amaliyotga tatbiq etishda
yordam beradi. Bu o‘quvchilarning o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishni
talab etadi. Sun’iy intelektning ta’limda foydalanishning bir nechta usullar mavjud.
O‘qituvchilar innovatsion texnologiyalardan foydalanib , darslarni samarali tashkil etish
uchun turli texnik vositalardan ( kompyuter, proyektor, elektron doska va boshqalar)
foydalanishi mumkin. Bunday inovatsiyalar o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada
qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi.
Bundan tashqari, sun’iy intelektning ta’limda foydalanishning muxim aspektlari shu
jumladan, o‘quvchilar bilan darsdan tashqari va darsdan tashqari interfaol metodlardan
foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishlarini chuqur tahlil qilish,
o‘quvchilarning bilim va tajribalarini mustaxkamlash, maqsadga erishish jarayonida o‘z
faoliyati natijalari uchun javobgarlik hissi bilan ishlash kabi masalalar muhimdir.
·
O‘quv jarayonida sun’iy intelektdan foydalanish quyidagilarga imkon beradi;
·
O‘quvchilarning darsda va darsdan keyin bilim faolligini oshirish
·
Mavzuga doimiy qiziqishni saqlab qolish
·
Turli fanlar bo‘yicha darsdan ko‘rib chiqiladigan murakkab jarayonlar va hodisalarni
modellashtirish va tasavvur qilish
·
Talabalarni mustaqil izlash, internetda kerakli ma’lumotlarni tanlash va tahlil qilish
bilan shug’illanish.
·
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, o‘quvchilarda umumiy va axborot madaniyatini
shakllantirish.
Raqamli talim,yani raqamli texnologiyalar orqali o‘quv jarayonini amalga oshirish,
bugungi kunda talim sohasidagi muhim mavzulardan biridir. Raqamli ta‘limning asosiy
maqsadi, o‘quvchilarga interaktiv darslar, onlayn o‘quv resurslari va boshqa raqamli
vositalar orqali o‘qish va o‘rganish imkoniyatlarini yaratishdir. Raqamli ta’limning
O’zbekistonda rivojlanishi ham muhim axamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi talim
tizimida raqamli ta’limni rivojlantirishga oid markazlar faoliyat yuritadi. Misol uchun,
Raqamli Ta’limni Rivojlantirish Markazi Telegram kanalida va YouTube kanalida
o‘quvchilarga maxsus ta’lim dasturlari , o‘quv rejalari va boshqa ma’lumotlar taqdim etiladi.
Boshqa universitetlar ham raqamli ta’limni rivojlantirishga e’tibor qaratishadi, masalan ,
Toshkent davlat Transport universitetida Raqamli Ta’lim Texnologiyalari Markazi faoliyat
yuritadi.
Raqamli ta’limning rivojlanishi ta’lim sohasida yangiliklar va innovatsiyalar bilan
bog’liq. O‘zbekiston talim tizimida raqamli talimning rivojlantirishga oid konferensiyalar,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
750
trenninglar va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan. Bu tadbirlar o‘quvchilarga raqamli ta’limning
muximligini tushuntirish, o‘qish va o‘rganish jarayononi yanada samarali qilishga xizmat
qiladi. Raqamli talimni rivojlantirish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
yil 5 oktabrdagi PF-6079 son Farmonida talim jarayoniga zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda talimni boshqarishni avtomatlashtirish va
har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish ta’lim pog’onasining boshlang’ich
bosqichda o‘quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish,
kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transfformatsiya sharoitida yoshlarga
bilim va ko‘nikmalar berish, ta’limning barcha yo‘nalishlarida tatbiq etish maqsadida
yaratish va amalga oshirish belgilab qo‘yildi.
Bulutli texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil qilishning yangi usuli bo‘lib, ta’lim
jarayonini tashkil etishning an’anaviy usullariga muqobil variantni taklif qiladi, shaxsiy talim
jamoaviy o‘qitish va interfaol imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekistonda talim tizimida ,,bulut’’
texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash masalasi hali yeratlicha o‘rganilmagan bo‘lib,
adabiyotlar ham yetarli emas.
Bulutli texnologiyalarni ta’limda qo‘llash tizimlariga elektron kundalik, elektron
jurnallar, interfaol tizimlar, axborot qidiruv tizimlarini misol qilish mumkin. Bulutli
texnologiyalarni ta’limda qo‘llashda talabalarning birgalikdagi loyihasini samarali tashkil
qilish mumkin. Bulutli texnologiyalar ma’lumotlarni internet orqali saqlash va ulardan
foydalanish imkonini beradi. Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning bir necha
samaradorligi mavjud;
·
Elektron kundaliklar va jurnallar: Bulutli texnologiyalar orqali talabalarga elektron
kundaliklar va jurnallar taqdim etish mumkin. Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun
ma’lumotlarga oson va masoffadan kirish imkonini beradi.
·
Shahsiy hisoblar: Talabalar va o‘qituvchilar uchun shaxsiy hisoblar orqali ta’lim
faoliyatini boshqarish imkoniyati mavjud. Bu hisoblar orqali talabalarning o’zlarining
ma’lumotlarini saqlash, elektronik kundaliklarga kirish, interakktiv qabulxonalar va tematik
forumlarga kirish imkoniyatini beradi.
·
Interaktiv qabul qilish: Bulutli texnologiyalar, talabalarga interaktiv qabul qilish
imkonini beradi
·
Tematik formulalar: Talabalar uchun tematik formulalar orqali ma’lumot almashish
va fikrlarni almashtirish imkoniyati mavjud.
·
Ta’lim muammolarini hal qilish: O‘qituvchilar, talabalar uchun muammolarini hal
qilish uchun bulutli texnologiyalardan foydalanishadi.
·
Bulutli muammolarni hal qilish: Ta’lim jarayonida talabalar va o‘qituvchilar uchun
ma’lumotlarni bulutda saqlash imkoniyatini beradi. Bu ma’lumotlarining xavfsiz va osonlik
bilan saqlanishi va ularga istalgan vaqtda va istalgan joyda kirish imkonini beradi.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish talim sohasida bir necha yo’nalishlarni o’z ichiga
oladi. Ular orasida hujjatlar bo’yicha xodimlarning hamkorligi, ta’lim tizimini o‘zgartirish
tamoyillarini amalga oshirish va boshqalar kiritilgan. Shunday qilib, bulutli texnologiyalar
– bu ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari bo’lib, unda ko’mpyuter resurslari internet
foydalanuvchusiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishi mumkinki, bugungi kunda rivojlanayotgan sun’iy intelekt va
raqamli texnologiyalarning ijobiy taraflari bo’lgani kabi salbiy taraflari ham mavjud. Yani
bularni oqibatida kelajakda bolalar faqat internetda o‘qishga o‘rganib qolishadi, bir qancha
kasblarning yo‘q bo‘lishiga va ko‘p insonlarni ishsizligiga sabab bo‘ladi. Ta’lim tizimiga
raqamli texnologiyalarining kirib kelishi talabalarga ma’lumotlarni yanada oson olishlariga
yordam bermoqda. Sun’iy intelektlarning ommalashuvi natijasida talabalar ongining
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
751
pasayishiga olib kelmoqda. Bunga sabab esa sun’iy intelekt talabalar uchun berilgan
vazifalarni osonggina qilib beradi. Bu esa talabalarning bilim olishlariga to’sqinlik qiladi.
Lekin bu texnologiyalarning foydali taraflari ham juda ko‘p, agar bulardan kerakli vaqtda
to‘g’ri foydalansak albatta biz raqamli texnologiyalar va sun’iy intelekdan juda ham ko‘p
ma’lumotlarni olib, bilimlarimizni yanada ko‘paytirishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
3. ,, O’zbekiston Respublikasi Raqamli taxnologiyalar vazirligi’’
4. ,, Raqamli O’zbekiston – 2030’’ strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora – tadbirlari to’g’risida.
5.
Романов
И
.
Облачные
технологии
и
их
примение
//
Молодой
ученый
. – 2016. -
№
17.1.
–
С
.191 - 112
