Mualliflar

  • Muslima Turg’unova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Muhsina Rustambekova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Jayrona Kelsinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74398

Kalit so‘zlar:

qobiliyat inqiroz ijtimoiy faoliyat biologik qarish ko‘rish chegarasi

Annotasiya

Maqolada shaxsning ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan
yetuklikning umumpsixologik tavsifi, bu davrdagi inqiroz, mas’uliyat va ijtimoiy faollik
hamda keksalik davrida emotsional sohaning xususiyati, ijtimoiy faoliyat tizimini o‘zgarishi to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

743

YETUKLIK DAVRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo yo‘nalishi 1-bosqich talabalari,

Turg’unova Muslima Bozorboy qizi,

Rustambekova Muhsina Jo‘rabek qizi,

Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

Kelsinova Jayrona Nosirjon qizi

Annotatsiya

: Maqolada shaxsning ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan

yetuklikning umumpsixologik tavsifi, bu davrdagi inqiroz, mas’uliyat va ijtimoiy faollik
hamda keksalik davrida emotsional sohaning xususiyati, ijtimoiy faoliyat tizimini o‘zgarishi
to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

qobiliyat, inqiroz, ijtimoiy faoliyat, biologik qarish, ko‘rish chegarasi,

aktiv reaksiyalar.

Kirish

: Yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch quvvaqti, qobiliyati, aql-

zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la
safarbar qila oladi. Erakak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatida muayyan
tajribaga egaligi ularni istiqlol sari yetaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati,
ularni baholash, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi.
Yetuklikning turli davrilarda kamol topish jabhalarining o‘zaro munosabatini tadqiq qilgan
B.G Anan’yev labaratoriyasi xodimlari 29-32 yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2
barqarorlashuvi 15,8 funksional darajaning pasayishi 38,0, 33-35 yoshlarda mos ravishda
11,2; 33,3 va 55,5% ni tashkil qilishini aniqlashgan.

Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish

ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Y Kulytkin tadqiqotning natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda
diqqat 102,8 xotira 99,5 tafakkur 102,3 birlikka baravardir. Yetuklik davri faoliyatining
mahsuldorligini o’rgangan G. Leman uning cho’qqisi kimyogarlarda 30 yosh,
matematiklarda 30-34,geologlarda va astronomlarda 30-35 yosh ekanligini va o’rtacha
mahsulot cho’qqisi 37 yoshda bo’lishini qayd qilgan.

Amerikalik psixolog S.Xool Keksayish monografiyasida amaliy va metodologik

ahamiyatiga moillik qator g’oyalarni ilgari surgan.

I.V. Davidovskiy Keksayish nima? Nomli asarida ta’lidlaganidek, inson 50-60

yoshga to’lganda yoki undan oshgan chog’ida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi.
Shu yoshdagi odamlarning o’limini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning
yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda
nafaqani belgilash haqiqiy biologik qarish yoshidan 15-20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy
mehnat bilan shug’ullangan ziyoli odamlarda yaqqol tashlanadi. I.V. Davidovskiyning
fikricha, uzoq umr ko’ruvchilar asosan ozg’in, faol, harakatchan odamlar bo’lib, havodan
erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, tinka quritar kasalligidan holi bo’ladilar.

[1]

Yetuklik yosh davridagi odamlarning ko’rish maydonini o’rgangan L.N.Kulenova va
M.D.Aleksandrovalar 36-65 yoshli erkaklarda ko’rish chegarasi quyidagicha ekanini
aniqlaganlar: Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. Yu.N.Kulyutkin
36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8, 93,7,
99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G. Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni
idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo’llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga
kelishini aytadi.

[2]

Keksalik-organizm hayotining yoshga bog’liq muayyan bir davri, muqarrar

ravishda yuz beradigan jarayon. A’zo va sistemalarda o’ziga xos o’zgarishlar ro’y berib
boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari susayishiga olib


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

744

keladi. Odamlarning qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90 yoshdan oshgan kishilar
uzoq umr ko’ruvchilardir), bu fziologik qarilikdir bunda aqliy va jismoniy quvvat, ma’lum
ish qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi.Turli noxush tashqi va ichki
ta’sirotlarga olib keladi. Qarish jarayoni, birinchi navbatda, yurak tomir va nerv sistemasiga
ta’sir qiladi; bunda bir faoliyatdan ikkinchisiga o’tish qobiliyati qiyinlashadi. Tormozlanish
jarayonining yetarli bo’lmasligi nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligining oshishiga olib keladi,
shu tufayli atrofdagi narsalarga moslanish va javob reaksiyalari sust ishlanib, sekin yo’qoladi;
emotsional barqarorlik kuchayadi.

[3]

Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o’zgarishlar xos.

Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli qo’zg’alishlar), sababsiz xafa bo’lish,
yig’lash va boshqalarda namoyon bo’ladi. Qariyalarda o’tmish qadriyat hisoblanadi.
Keksalik davrida vaqtinchalik hayotiy rejalarning umumiy o’zgarishi ro’y beradi. Hozirgi
hayot va o’tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega

.[4]

Yetuklik davrida inqirozlarnig kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga
bog’liqdir. Inqirozni kenskinlashtiradigan sharoitlar sirasiga sog’liqnig to’saddan o’zgarishi
(kutilmagan kasallik, uzoq kasallanish, garmonal o’zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar,
talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarnig shakillarda namoyon bo’lishi mumkun.

Bu davrning “inqirozliligi” haqida tasavvurga barcha tadqiqitchilar han

qoshilamaydilar. 30 yoshlar – o’rta yetkulik, “oltin yoshga” o’tish yuqori darajada ishchanlik
davri. 30 yosh – inqirozi tiolangan tajriba asosida hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari
bilan bog’liq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasinai yaratish bilan
bog’liqdir. 30 yoshdan keyin – “ildizlar va kengayish” – moddiy va yashash muammolarini
hal qilish bilan bog’liq, hizmat pog’anasida ko’tarilish, ijtimoiy aloqalarini kengayishi, o’z
kelib chiqishini tahlil qilish, ilgari rasd etilgan o’z Menini astasekin qabul qilish. 40 yosh
inqirozi – hayot o’rtasining inqirizi bo’lib, keng tarqalgandir. Bu yosh davridagi inqirozning
dastlabki belgilari ichki dunyoning o’zgarishi – ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblagan
narsalarga befarq munosabat namoyon bo’ladi. Identiklik inqirozi – o’ziga o’xshamaslik,
boshqacha bo’lib qolganini his qilishda ko’rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va
yoqimtoyligining kamayayotganini his qilish bilan bog’liqdir.

[5]

Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni

o’z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o’z ifodasini topuvchi
yangi xislat namoyon bo’ladi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib
yurganbo’lsalar endi mehnat mahsulining sifatini ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy
turmushga, ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak atrofga,
o’zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaraydilar. Umuman yetuklik davrining
ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy
faoliyatlarga bag’ishlagani bilan, ikkinchi tonondan, ijtimoiy faollikni susayib borishi bilan
farqlanadi. Chunki insonning keksayishi ham quvonchli, ham o’kinchli damlarga,
kechinmalarga his tuyg’ularga serobligi bilan ajralib turadi.

[6]

Xulosa

: Yoshlik davri insonni kuch - quvvatga, orzu - havasga ijodiy rejalarga, izlash va

izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga, boy davrdir. Yetuklik, kattalik, donishmandlik,
g’amxo’rlik, rahnamolik, homiylik davridir. Keksalik boshqa kishilarga begonalarga ham
xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer yuzidagi jamiki
inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik,
samimiylik, singari tuyg’ularning ifodalanishi boshqa yosh davridagi odamlar tuyg’usiga
aslo o’xshamaydi. Shuning uchun “qari bilganni – pari bilmas”- degan naql bor.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M. Xolnazarova “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya”
2. abiturtest.uz
3. Wikipedia


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

745

4. azkurs.org
5. Nishonova.Z.T. “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent-2018
6.E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi” Toshkent-2020

Bibliografik manbalar

M. Xolnazarova “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya”

abiturtest.uz

Wikipedia

azkurs.org

Nishonova.Z.T. “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent-2018

E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi” Toshkent-2020