“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
737
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM–TARBIYA
PSIXOLOGIYASI
Karibaeva Nag'ima
Andijon davlat pedagogika instituti
maktabgacha ta’lim fakul’teti
maktabgacha ta’lim yo’nalishi sirtqi
1-bosqich 101-guruh talabasi
tel: +998974630082
Annotatsiya
– maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim - tarbiya berishning
ahamiyati juda katta. Bolalarga ta’lim - tarbiya berishda har xil pedagogik faoliyatlardan
foydalanish ma’quldir. Shu borada tarbiyachi bir jihatdan psixologik ta’lim - tarbiya berishda
ham asosiy o’rin egallaydi.
Kalit so’zlar
: ta’lim - tarbiya, faoliyat, maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar,
tarbiyachi, psixolog
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar bilan ishlash jarayoniga bir
qator yangi o'zgarishlar kiritilmoqda. Bog'chalarda bolalarning vaqtini mazmunli o'tkazishni
ta'minlashdan tashqari ularning psixologik holati, katta bo'lish jarayonlarida tashqi ta'sirlariga
reaksiyasini o'rganilib, ular bilan malakali psixolog mutaxassislar ishlamoqda.
Tarbiya –
tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o
ʼ
rtasida tashkil etiluvchi pedagogik
faoliyat bo
ʼ
lib, tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma
ʼ
naviy boyligi va
his-tuyg
ʼ
ulari rivojlanadi, o
ʼ
zida ijtimoiy hayotda o
ʼ
z o
ʼ
rnini topish uchun zarur bo
ʼ
lgan,
kishilar bilan o
ʼ
zaro munosabatni to
ʼ
g
ʼ
ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar
hosil bo
ʼ
ladi.
O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3
−
7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim
bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-
yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Maktabgacha yosh
3-7 yoshgacha bolalarni qamrab oladi. Har bir yosh bosqichida bolaning jismoniy, aqliy va
ruhiy jihatdan rivojlanishi o‘ziga xos bo‘ladi. Shu bilan birga ularning har biri o‘ziga xos
temperamentga ega bo‘ladi. 6-7 yoshli bolani ta’limga jalb qilish masalasi murakkab
masalalardan sanaladi. Bunda dastlab uch tomonlama aloqani mustahkamlash kerak. Ota-
ona, bola, tarbiyachi (psixolog) o‘rtasida aloqa har doimgidan ham mustahkamroq bo‘lishi
kerak. Dastlab bolada ta’limga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish kerak. Bolaning psixologik
xususiyatlarini zarur bo‘lsa psixolog bilan birgalikda aniqlab olib, o‘ziga xos yondoshuvni
topa olish, bolalarning diqqati, tafakkuri, qiziqishi, idrokini oshiruvchi psixologik
o‘yinlardan ko‘proq foydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etish zarur.
MTTda bolalarga ta’lim - tarbiya berishda, ularni intellektual, ma’naviy-madaniy,
ahloqiy yetuk, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, ularni maktabga har
tomonlama tayyorlashga, voyaga yetkazishda tarbiyachining roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarda hayvonlar, qushlar va o'simliklarni sevish zarurligi haqida tushuncha
berishi, bolani sevishga o’rgatishi, bolaning tug’ma talantini ochib berishi, bolani aqliy,
ma’naviy – ahloqiy jihatdan ham rivojlantirishi zarur.
Tarbiyachi bolani qiziqishlariga qarab besh faoliyat turida, yani beshta markazda aqliy
jihatdan san’at, sahna, didaktika va ilm-fan faoliyatlarida har jihatdan kamol topishiga
ko’mak berishi zarur.
1. Qurish, konstruktorlik va matematika markazi.
Ushbu markazda har-xil qurish
to‘plamlari-kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun didaktik o‘yinlar va
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
738
boshlang‘ich matematik tassavurlarni rivojlantirish uchun o‘quv materiallari bor. Unda
qurish va yasashga qobilyati bor bolalar jalb qilinishi kerak.
2. Syujjetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi:
teatrning barcha turlari uchun
artibutlar va o‘yin materiallari, rolli, dramatik, rejissorlik o‘yinlari, shlyapalar–maskalar,
o‘yin to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar. Masalan: “Sartarosh”,
“Kasalxona”, “Do‘kon” o‘yin artebutlari joy oladi. Shu kasbga qiziqishi bor bolalarni bu
markaz o‘ziga jalb qiladi.
3. Til va nutq markazi:
katta-kichik rasmlar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik
albomlar, topishmoqlar, albomlari magnit harflar to‘plami (rasmli alifbo).
4. Ilm fan va tabiat markazi:
atrof muhit madaniyati bo‘yicha didaktik materiallar, “tabiat
va odam” rasmlari va illustrasiyalar, valeologiya bo‘yicha
maketlar, uy hayvonlari, dengiz hayoti, hashoratlar, qushlar maketlari.
5. San’at markazi:
Tasviriy faoliyat zarur jihozlar, xalq hunarmandchilik, mahsulotlari
tasvir etilgan albomlar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, madaniyati, urf-
odati aks etgan tematik rang barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish albomlari.
Tarbiyachi-psixolog ham bo‘lishi kerak u muntazam ravishda bolalarning kayfiyatini,
xarakterini, uning ruhiyatidagi turli hil o‘zgarishlarni kuzatib unga mos yechimlarni topib
ishlashi kerak bo’ladi, juda muammoli vaziyatlarda psixolog va ota-onalar bilan xamkorlikda
ishlashlari kerak. Bolaga oilasida yoki bog’chada majburlab ta’lim berilmaydi. Masalan:
qiziqishi yo’q bolaga majburan biron narsani o’rgatib bo’lmaydi. Bolalar bog’chaga birinchi
kundan kelganidanoq har tomonlarga boqib, atrofni sinchiklab o’rganadilar. Birinchi
kundanoq bolalarga qo’shilmaydi, o’rtoqlarini o’rganadi. Bu borada tarbiyachi sinchkov
psixolog vazifasini bajarishi kerak. Bolani jamoaga qo’shilishi uchun har xil didaktik
o’yinlar, jismoniy mashqlar va har xil sahna ko’rinishlar faoliyatiga jalb qilishi kerak.
Ma’naviyat – moddiy hayot bilan yonma-yon yuradigan, xalq va jamiyat hayotining
ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa. Bu tushunchaga birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov shunday ta’rif beradi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasining baquvvat, iymon– e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning qarashlarining mezonidir”
Ahloq – kishining tabiati, muomala, xatti- harakati, odobi. Tarbiyachi bolaga milliy
qadriyatlarimizni sevishga, ilm tomonidan, didaktik, matematik o’yinlardan, rasm chizishni
o’rgatish, aktyorlik qobiliyatlarini shakllantirishi lozim.
Xulosa
: Bolalarning har biri bir olam, ularning har qaysining biron bir qiziqishi bo’ladi.
Tarbiyachi esa har bir bola biln alohida shug’ullanib bolaning nimaga qiziqishini topa bilishi
va to‘g‘ri yo’naltira olishi kerak. Bolani mehnatga, o’yinchoqlarini yig’ishtirishga, guruhda
bolalar bilan o’ynashga, o’rtoqlariga g’amxo’rlik qilishga, o’zidan kattalarga hurmatda
bo’lishga o’rgatish zarur. Bolani yaxshiroq o’rganishi uchun pedagog tez-tez suhbat metodini
qo’llab
turishi
zarur.
Maktabgacha
yoshdagi bolalarning
psixologik-pedagogik
xususiyatlarini o'rganib chiqib, uch yoshdan to'rt yoshgacha bo'lgan yosh aqliy va jismoniy
rivojlanishning yuqori intensivligi bilan ajralib turadi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Bolalar oddiy o'yinlarni o'ynash, rahbarlik ostida oddiy ijodiy ishlarni bajarish kabi
ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
Bu davrda bolalarda xotira va e'tibor faol rivojlanadi, sabab va oqibatni tushunish,
tasavvur paydo bo'ladi, ijtimoiy hayot ko'nikmalari shakllanadi, o'z-o'zini hurmat qilish
rivojlanadi, jinsni bilish paydo bo'ladi va nutq faol rivojlanadi. Bu davrda ixtiyoriy xulq-
atvorning shakllanishi sodir bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 2019/ Nazirjonov Orifxo’Ja, Nuryog’diyeva Mushtariy, Ubaydullayev Rustam
Latipovich, Latifa Zarifovna Qorayeva “
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta’lim
tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” T.2013 y.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
739
2. N.M Qayumova “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti T. 2013 y
3. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” S.X.Jalilova, S.M.Aripova Toshkent-2017
4.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138.
