“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
735
BOLALIK DAVRIDA 7 YOSH INQIROZI VA UNI OSON YENGIB O'TISH
UCHUN PSIXOLOGIK TAVSIYALAR
ADPI katta o'qituvchisi
O'g'ilxon Vaxabova Tolibjonovna
1- bosqich talabasi
Xaydaraliyeva Ruxshona Akbarjon qizi
Annotatsiya
: Ushbu tezisda yosh davrlar psixologiyasida 7 Yosh inqirozi davrlari
alohida e'tirof etiladi. Bu inqirozning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatib o'tiladi.
Kalit so'zlar
: 7 yosh inqirozi, xulq-atvor, aktiv faoliyat, odat, yangi davr, hissiyot,
muloqot, ijodkorlik.
Bolaning o’z irodasini tarbiyalash uchun sharoit yaratish lozim. Chunki irodaviy
xislatlar faqat doimiy ravishda mashq qilish orqali tarbiyalanadi. Kundalik tartib–qoidalarga
rioya qilish iroda, intizomlilik, uyushqoqlik va ozodalilikni tarbiyalashda g’oyat katta
ahamiyatga egadir. Kattalarning yaxshi xulqi bolalar uchun namuna bo’lishi kerak. Lekin
namunaning o’zi yetarli emas. Balki ijobiy ish va harakatlarga doimo o’rgatib turish kerak,
aktiv faoliyat jarayonidagina bolada eng zarur ko’nikma, malaka, odat, axloqiy xislatlar
paydo bo’ladi, mustahkamlanadi.Bu davrda bolada“men o’zim”kontseptsiyasining vujudga
kelishi shaxsiy fazilat shakllanishiga olib keladi va xuddi shu paytlarda bola shaxs sifatida
tarkib topa boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo’lishi o’sishning yangi davri
boshlanganini bildiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ma’naviy hislar ancha
shakllangan bo’ladi. Ayniqsa, burch hissi, mehribonlik, to’g’riso’zlik, do’stlik –o’rtoqlik
hislari va bir qator irodaga xos xususiyatlar: mustaqillik, intizomlilik, dadillik, chidamlilik
kabilar shakllana boradi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik
layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon
boladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana
boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi
bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi.
Bi-lish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini toliq egallashi asosida yotadi. Bu davrda
nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada
sodda axloq me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini
boshqaradi. Bu yoshdagi inqiroz atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy tomonidan "7 yosh
inqirozi" deb ataladi va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Bolaning xulq-atvorida bolalarcha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida
jarohatlaydigan kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qiyshanglash, qiliq
qilish, masxarabozlik qilishda namoyon bo'ladi. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini
umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda bo'la boshlaydi. Shu bilan birga bolada
quyidagi xulq-atvor namoyon etiladi:
— bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bolishi
(«o‘zini eshitmaganday tutishi», «yuz marta qaytarish kerak»);
— ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish;
— «kichkina boladay» ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyimiga qattiq
e’tibor berish;
— Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta eslatish, tanqidni
ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish;
kabi xulq - atvor shakllari ham kuzatiladi. Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilar
kiritiladi:
- kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni kiritish (siyosat, boshqa
mamlakatlar va planetalardagi hayot, maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida);
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
736
- shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda va sevimli mashg‘ulot
(xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik.
Xulq-atvorning bunday xususiyatlarining psixologik mazmuni shundaki, bolaning
o‘zi tomonidan mustaqil tashkil etilgan harakatlarning ichki qadrliligi oshiriladi, qoidalari
anglashiladi. Eng muhim tuzilmalardan biri — muhim ijtimoiy mavqeni egallash qobiliyati,
ijtimoiy harakat qilish ehtiyojidir.
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, yuqoridagi fikrlarni ko'rib chiqib 7 yosh
inqirozi davrining naqadar muhim va dolzarb mavzu ekanligini aytib o'tish o'rinlidir. 7 yosh
inqirozini yengishda bolaga ko'rsatiladigan yordamning asosiy shakllari ko'rsatiladi:
talablarning sababini asoslashga urinish; mustaqil faoliyatning yangi shakllarini amalga
oshirishga harakat qilish; berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish; bu topshiriqni
bolaning bajara olishiga ishonch bildirish. Bundan tashqari kichik maktab yoshida sodir
bo‘ladigan inqiroz ko‘proq bolaning o‘quv faoliyati jarayoni va uning kechishi bilan bog‘liq
xolda kechadi.
Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila
muhitidagi ahvolni o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va
malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat
bo‘lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo‘r berish, faollik va
maqsadga muvofiq faoliyatni talab etadi. Ixtiyorsiz hatti-harakat o‘rnini anglashilgan, rejali,
aqliy mehnat egallay boshlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar
tobora ko‘payib, murakkablashib boradi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotning
darajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning
tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqazo etadi va shu berk zanjirning
uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.7 yillik inqiroz bolaning
umumiy qabul qilingan intizom talablariga bo'ysunmasligi bilan bog'liq. 7-8 yoshli inqirozni
boshdan kechirgan bola hayotning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda, u maktab
ostonasidan o'tgandan keyin boshlanadi. Hissiy qiyinchiliklarni yengish unga yangi
muhitning to'laqonli a'zosi bo'lishga, uning qoidalarini qabul qilishga va afzalliklarini
tushunishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008
2.. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”
T. TDPU, 2009.
3. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va
amaliyoti”:–T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar”
markazining bosmaxonasi : 2009
5. Nishanova, Z.T.Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik / Z.T.
Nishanova va boshq. — Toshkent: « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti,
2018. — 600 b.
