Mualliflar

  • Nargiza Xasanova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74402

Kalit so‘zlar:

ilk bolalik davri go'daklik davri inqiroz faoliyat o'z - o'zini anglash

Annotasiya

Ushbu maqolada bolalik davri psixologiyasi , go'daklik davridan
boshlab rivojlanish bosqichlari va inqirozi haqida ma'lumot berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

733

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA PSIFIZIOLOGIK RIVOHLANISH

VA FAOLIYAT

ADPI MT yo’nalishi 104-guruh talabasi

Xasanova Nargiza.

Annotatsiya

Ushbu maqolada bolalik davri psixologiyasi , go'daklik davridan

boshlab rivojlanish bosqichlari va inqirozi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar

- ilk bolalik davri , go'daklik davri, inqiroz, faoliyat, o'z - o'zini anglash,

kattalik, maktabgacha yosh davri.

Go'daklik davridan so'ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik ( 1- 3 yosh) davri

boshlanadi .Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatli , uning kelgusi psixologik
rivojini belgilab beruvchi davr hisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning to'g'ri yurishini ,
muloqotga kirishishini va predmetli faoliyatni egallashi tashkil etadi .Tikka va to'g'ri yura
olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma'lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi
bola o'z xatti - harakatlari jihatdan juda faol kattalar bilan muloqotga kirishishda intiluvchan
bo'ladi. Bir - uch yosh bola shakllanishida psixik rivojlanishning nihoyatda ahamiyati
kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar( m-n R .Zazzo ) inson tug'ilgandan to
yetuklik davrigacha bo'lgan psixik rivojning taxminan o'rtalari uch yoshga to'g'ri keladi
degan mulohazani beradilar .

O'z - o'zini anglash bolaning ilk davridan boshlanadi. O'z - o'zini anglash degani -

yaxlit holda o'z ustida ishlash mazmunini , o'z - o'zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Bola
o'z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi . Ota - onalar tomonidan bolaning hatti -
harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholar ularda o'zlarining
layoqat va imkonoyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi. U o'z ota - onasiga nihoyatda
qattiq bog'langan bo'lib , intizomli va itoatkor bo'ladi.

Anashu bog'liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, havotirligi kamayadi .

Onasi yonida bo'lgan bolalar ko'proq harakat qiladilar va atrof muhitni o'rganishga intiladilar.
Kattalarning bola bilan qanday muomila qilishlariga qarab o'z "men" ini anglay boshlashi
bir muncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin uch yoshli bola masalan o'z xohish
va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo'lgan manba deb biladi va uning menga bering,
ko'taring, men ham boraman kabi talablarida ko'rinadi . Uch yoshli bolalar o'zlarini o'zgalar
bilan taqqoslay boshlaydilar. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo'lish ehtiyoji yuzaga
keladi va bu ularning o'zim qilaman so'zlarida na'moyon bo'ladi.

Uch yoshdagi inqiroz : uch yoshga kirib bola o'zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi

va kattalar qilishi mumkin bo'lgan (huquqi bo'lgan ), ular bajara oladigan harakatlarni
bajarishga intiladi. " Men katta bo'lsam mashina haydayman" " men sizga katta tort olib
kelaman " , " mening yuzta qo'g'irchog'im bo'ladi"kabi xohishlarni o'z tili bilan ifodalaydi va
u kelasi zamonda gapirsa ham o'zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga
harakat qiladi.

Ko’pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo’ladi. Bu qaysarlik

asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Bola o’zi
mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda “o’zim qilaman” boshlanadi
va bu yana qaysarlik va o’jarlik tarzida ko’rinadi. 3 yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum
bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti- harakatlarini qila olmayotganligini
anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir
qancha hususiyatlar uni shaxs bo’lib shakillanishiga tayyorlaydi.

Mashxur rus pedogogi Lesgaftning firicha insonning bog’cha yoshidagi davri shunday

bir bosqichki, bu davrda bolalarda harakter xislatlarning namunalari shakillanib, axloqiy


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

734

harakterning asoslari yuzaga keladi. Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi
xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o’yindir.Bog’cha yoshidagi

bolalar o’zini o’yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini
o’ziga jalb etib kelmoqda.Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin faoliyatida ildam
qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tamonlarini aks
ettirishga intiladilar.

3-7yoshli davrda bolalarning asosiy faoliyati quydagi ketma-ketlikda kechadi.
-predmetlarni o’rganish;
-individual predmetli o’yinlar, jamoa sujetli-rolli o’yinlar;
-individual va guruhiy ijod;
-musobaqa o’yinlari;
-muloqot o’yinlari;
-uy mehnati;

Bog’cha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatdan o’sishida qiziqishning o’rni
kattadir. Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim hislatlarni
o’stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ilk bolalik davrida bola o'zini boshqalarga taqqoslash

orqali o'zini baholaydi va “men” konsepsiyasi shakllana boshlaydi.Bu davrda o’ziga xos
pisixologik jarayonlardan o’tadi.Psixologlarning fikricha bolalar bu davrda o’zini qiziqtirgan
barcha savollarga javob olishi va qiziqishlarini so’ndirmaslikka harakat qilish kerak.Zero,
bolaning kelajakdagi yutuqlari poydervori bugundan boshlanishini unutmaslik darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .
1.N.Ismoilova, D.Abdullayeva " Ijtimoiy psixologiya" Toshkent - 2013.
2. Dustmuhammedova Sh.A. Tillashayxova .X.A. "Yosh davrlari pedagogik

psixologiya" darslik Toshkent 2021.

3.Xaydarov .F.I. Xalilova N " Umumiy psixologiya " T fan va texnologiyalar

markazining bosmaxonasi 2009.

4. Z.T.Nishonova ,N.G’.Kamilova,D.U.Abdullayeva,M.X.Xolnazarova. “Umumiy

rivojlanish”.

5.

ВАҲАБОВА

,

Ў

. (2023).

ТУРЛИ

ПСИХОДИАГНОСТИК

МЕТОДИКАЛАРНИ

ҚЎЛЛАШНИНГ

ХУСУСИЯТЛАРИ

. Journal of Pedagogical and Psychological

Studies, 1(1), 134-138.

Bibliografik manbalar

N.Ismoilova, D.Abdullayeva " Ijtimoiy psixologiya" Toshkent - 2013.

Dustmuhammedova Sh.A. Tillashayxova .X.A. "Yosh davrlari pedagogik

psixologiya" darslik Toshkent 2021.

Xaydarov .F.I. Xalilova N " Umumiy psixologiya " T fan va texnologiyalar

markazining bosmaxonasi 2009.

Z.T.Nishonova ,N.G’.Kamilova,D.U.Abdullayeva,M.X.Xolnazarova. “Umumiy

rivojlanish”.

ВАҲАБОВА, Ў. (2023). ТУРЛИ ПСИХОДИАГНОСТИК МЕТОДИКАЛАРНИ

ҚЎЛЛАШНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ. Journal of Pedagogical and Psychological

Studies, 1(1), 134-138.