“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
731
TA’LIM JARAYONIDA TARBIYANING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
ADPI katta o’qituvchisi O‘.Vaxabova
Sirtqi bo’lim MT yo’nalishi 105- guruh talabasi
Sohobova Oyshabonu.
Annotatsiya:
Maqolada tarbiya haqida tushuncha , tarbiyaning asosiy turlari , shaxs
shakllanishida tarbiyaning o’rni va oilada mehnat tarbiyasi, kichik yoshdagi bolalarda
tarbiyaning o’ziga xosliklari, tarbiya tog’risida fikrlar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
tarbiya, tarbiyali bo’lish, metod, kognitiv tarbiya, psixoterapiya,
psixokorreksiya, psixoanaliz, xulq atvorli bo’lish, tarbiya ehtiyojlari.
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot ,yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat
masalasidir” (Abdulla Avloniy).
Ta’lim jarayonida tarbiya –ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va
ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga
qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotdir. Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya
jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi, ya’ni pedagog tomonidan rejalashtiriladi va
tartibga solinadi.
Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasi –shaxs ongini muayyan jamiyatning
maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni,
kishilarning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar
majmui. Tarbiya bu alohida jarayon emas, balki o’qitishning bir tomoni bo’lib, u bilan
umumiy va farqli tomonlarga ega. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy
ko’nikma olish mexanizmining o’ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya
jarayonining ilmiy asoslari bilan psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va
pedagogika fanlari shug’ullanadi.
Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Tarbiya ijtimoiy
hayotning muhim funksiyasidir.Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy,
jismoniy kamolotida yetakchi rol o’ynaydi.
Oila tarbiyasi –oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni
tarbiyalash. Oila qanchalik tartibli bo’lsa bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’lishiga
asos bo’ladi.
Ma’lumki , shaxsning rivojlanganlik darajasini ta’minlovchi asoslar dastlab oilada
yaratiladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek ‘’Bola tug’ilgan kunidan
boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola
zuvalasini shakllantiradi’’.
Oilada mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb etishdan boshlanadi. Bolaning
ilk mehnat tajribasi kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo’lishiga asos
bo’ladi.Tarbiyaning bosh vazifasi- jamiyat hayotida zarur bo’lgan kerakli sifatlarni
o’zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Tarbiya jarayonida doimiy va o’zgarmas maqsad qo’yilmaydi, chunki o’zgarmas
maqsad har qanday jamiyatga ham mos bo’lavermaydi.Tarbiyali bo’lish—bu xulq- atvorini
nazorat qilishdan iborat.Bunday nazorat insonga yomon xatti- harakatlarni bajarmaslik
imkoniyatini beradi.Agar shaxs xulq- atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u
ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va etilmagan ta’sirlar tushuniladi.Ular
yordamida bir guruh insonlar—tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga –
tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
732
ta’sir o’tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi
tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini o’zgartirish uchun qo’llanilgan harakatlar
tushuniladi. Tarbiya vositalari sifatida o’ziga xos o’rinni kompleks, global va har
taraflama o’tkaziladigan ta’sirlar egallaydi.Ular qatoriga , masalan, psixoterapiyani,
ijtimoiy- psixologik treningni va boshqa psixokorreksiya turlarini ko’rsatish mumkin.
So’ngi paytlarda shaxsga psixoterapevtik va psixokorreksion ta’sir vositalarini,
uslublarini qo’llash keng tarqalgan.Psixoterapiya pedagogik psixologiyaning bir bo’limi
emas, balki to’la psixogen tabiatga ega bo’lgan , insonning psixologik holatiga bog’liq
kasalliklarni davolash yoki ularni oldini olish vositasi deb tushunilgan.Psixokorreksion
uslublarni qo’llash deb, psixolog-psixoterapevt va mijoz muloqotiga aytiladi. Kognitiv
tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo’naltirilgan bo’lib uni o’zgartirish
mukammallashtirishni maqsad qilib qo’yadi.“Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi:
iste’dodga ilmga va mashqqa” - degan edi ulug’ olim Arastu. Ana shu g’oyalarga
asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozim;
-
tarbiyada ulg’ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish;
-
milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg’or
tajribalariga asoslanish;
-
ulg’ayayotgan inson faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish;
-
qiziqarli, to’laqonli ulg’ayayotgan inson yosh jihatlariga mos hayot iqlimini
yaratish.
Bolaning oiladagi tarbiyasida ota-onaning obro’si muhim ahamiyatga ega. Ota –onalar
farzandlarining o’zlariga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari zarur. Kichik
yoshdagi bolalar maktab ostonasiga oyoq bosishlari bilan o’yin faoliyati o’sib o’tadi.
O’qituvchi bilan notanish bolalar bilan muomila qilish ular uchun noqulay vaziyatni
vujudga keltiradi. Bolalarga oilada talab bir xil bo’lishi yaxshi natija beradi.Ularga
noto’g’ri yoki qalbaki ma’lumotlar berishdan saqlanish ma’qul. Bolaga yolg’on javob
berish orqali ota –onaning farzand oldida obro’si pasayadi.Bolalar tasavvurida
boshlang’ich boshlang’ich sinf o’qituvchisi donishmand, bilimdon sifatida namoyon
bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan hamda kishilarga ishonuvchan
bo’ladilar. Ota-onalar ularning bu xususiyatlarini e’tiborga olgan holda munosabatta
bo’lsalar oilada totuvlik qaror topadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, yoshlar tarbiyasi - eng muhim
masalalardan biridir. Ota-onalar va biz tarbiyachilar kelajakda tarbiyali yosh avlodni
tarbiya qilishda asosiy rol o’ynaymiz. Shunday ekan barchamiz tarbiya masalasiga
mas’uliyat bilan yondashmog’imiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Barkamol avlod orzusi;Toshkent,1999,127-147-betlar.
2.Ivanov.I.,Zufarova M.,’’Umumiy psixologiya ‘’.O’z.FMJ.,2008.
3.Safayev N.S, Mirashirova N.A, Odilova N.G,’’Umumiy psixologiya nazariyasi va
amaliyoti’’.-T;Nizomiy nomidagi TDPU,2013.
4.Xaydarov F.I, Xalilova N.’’Umumiy psixologiya’’.T.;’’Fan va texnologiyalar ‘’
markazining bosmaxonasi; 2009.
5. V.A.Kruteskiy Pedagogik psixologiya asoslari.Toshkent, 1976, 223-240-betlar.
6.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138.
