Mualliflar

  • Muharram Po’latova
    Oltinko’l tuman 35 - maktab

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74405

Kalit so‘zlar:

indviduallik intellekt yetuklik inqirozlar o’zgarish

Annotasiya

Bu maqolada yoshlik davri psixologiyasining oilalardagi ahamiyati,
oilaning inson va jamiyat hayotidagi o’rni haqidagi fikr va mulohazalar bayon etilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

729

YOSHLIK DAVRI PSIXOLOGIYASINING OILALARDAGI AHAMIYATI.

Oltinko’l tuman 35 - maktab o’qituvchisi

Po’latova Muharram

Annotatsiya:

Bu maqolada yoshlik davri psixologiyasining oilalardagi ahamiyati,

oilaning inson va jamiyat hayotidagi o’rni haqidagi fikr va mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar

: indviduallik ,intellekt,yetuklik,inqirozlar, o’zgarish, oila, tarbiya,

stress.
Kun sayin rivojlanib borayotgan O’zbekistonimizda har sohada ijobiy o’zgarishlarni
ko’rishimiz mumkin.Davlatimiz rahbari tomondan olib borilayotgan islohotlar, qabul
qilinayotgan qarorlar baralla aytishimiz mumkin inson qadrini ulug’lash uchun hizmat
qilmoqda.

Mavjudotlar ichida eng oliysi ,azuzu mukarram xilqati -bu inson.Davlatning kichik

jamiyat atalmish oilada yashovchi inson albatta.Insonning, jamiyatimizning ertangi kuni shu
oilada tarbiya olayotgan farzandlarimizga bog’liq ekan, oila masalasiga jiddiyroq
yondashishimizga undaydi. Kichik jamiyat atalmish oilalarda hozirgi kunda ko’zga ko’rinarli
darajada muammolar kop.
Oila ikki shaxsning kelishuvi, roziligi bilan Davlat va din tomondan asoslanib
tasdiqlab nikoh asosida quriladi.Oilaning eng muhim vazifalari inson zotini davom ettirish
,oila a"zolarining turmushdir.Oiladagi ota ona o’z farzandlarini tarbiyalab, ularga
umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang’ich ijtimoiy yo’nalish
beradi.Afsuski yosh oilalar ,ular o’rtasidagi muammolar, kelishmovchiliklar oxiri ajralish
bilan yakunlanmoqda.Bunga sabab nima? Moddiy yoki ma'naviy yetishmovchilikmi?
Oiladagi sog’lom psixologik muhit bir maromda va yoshlarga berilayotgan tarbiya o’z
o’rnida bo’lsa bunday nohush holat kelib chiqmaydi albatta.Oilada erkak va ayolning o’z
o’rni bo’lishi zarur.Bu ikki oila a'zolar o’z vazifalarini, majburiyatlarini, mas’uliyatni his
qilgan holda o’z vazifalarini bajarsa to’g’riroq bo’ladi .
Aks holda kelajakda juda katta oilaviy muammolar ko’payadi. Bizning kelajagimiz
farzandlarimizni to’g’ri tarbiyalasak, ular turmush qurishga moddiy va ma'naviy tomondan
yetuk bo’lgandagina oila qurdirsak maqsadga muvofiq bo’ladi albatta.

Yoshlar orasida erta turmish qurish ,psixologik tomondan yetuk bo’lmagan yoshlar

oilada o’z o’rnini topa olmay kop qiyinchiliklarga uchramoqda.

Yoshlik davri psixologiyasi aynan turmush qurish davriga to’g’ri keladi. 19 -20 yosh

qizlarimizning yoshlik davriga to’g’ri keladi. D.Levinsonning fikricha o’spirinlikdan
yetuklik davriga o’tish davrida inson stresslarni boshdan kechiradi. Yetuklik davrining
dastlabki inqirozi 20 -22 yoshda namoyon bo’ladi.Bu davrda yoshlikning asosiy vazifalari va
muammolari :hayotiy rejalarni aniqlashtirish,ularni amalga oshirishga kirishish,o’zligini
topish,indviduallikni ishlab chiqish o’zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson
deb anglash ,turmush o’rtoq tanlash va o’z oilasini qurishdir.
Yoshlik davri hayot faoliyatining ijtimoiy faol va mahsuldor davridir. U kattalikning
shunday davriki ,unda shaxs va intellekt rivojlanishning eng yuksak darajasiga erishiladi.
Aynan shu davrda oila qurgan yoshlarimiz o’z oilalarida milliy sharqona tarbiya olmog’i
zarirdir. Oiladagi ajralishlar jamiyatga o’z ta"sirini ko’rsatmay qo’ymaydi.Norasida
go’daklarning tirik yetim bo’lib qolishi, hayotdan alamzada ayol yoki erkak atrofdagilarga
salbiy ta'sir ko’rsatish ehtimoli kuchli bo’ladi.Oila degan muqaddas dargohdan yosh
qizlarimiz qo’rqishni boshlaydi.
Bunday yomon holatlarlarni oldini olib yosh qiz va yigitlarimizga o’zbek ayoli sifatida
tarbiya bersak to’g’ri bo’ladi.
Irodali ,sabrli o’zbek ayoli. O’zbek ayoli -bu jumlada bir olam sabrni ,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

730

irodani ,matonatni o’zida mujassam etgan ayol siymosini ko’rish mumkin. Urush yillari
turmush o’rtog’ini urushdan qaytishini sabr bilan kutgan vafodor o’zbek ayoli u. O’z halqini
yovlardan mardona himoya qilgan To’maris avlodi u.

Aynan yoshlarning yetuklikkacha bolgan davrda o’zbek ayollari mehnatsevarlik,

rostgo’ylik , shirinso’zlik, oriyatlik, sabrli vatanparvar kabi ijobiy fazilatlarni singdira
olsinsa, demak maqsadga erishgan bo’linadi. O’z hayotiy tajribasidan kelib chiqib kattalar
umidli, sabr bilan erishgan yutuqlarini ularga namuna qila olsa ,ularni to’gri yol
dan odimlab mustahkam oila qurishlariga zamin yaratib beraladi. Milliy va Sharqona
tarbiya bermoq har bir o’zbek ayolining burchidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.S.X.Jalilova.N.A Gayipova "Umumiy psihodiagnostika".2018.

2.Do’stmuhammedova Sh.A,Tillashayxova X.A, Baykunusova G.Yu “Yosh davrilari va

pedagogik psixologiya” – Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

3.Ivanov I.,Zufarova M. “Umumiy psixologiya” . O’z.FMJ.,2008.
4.Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To’ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”

T.TDPU, 2009.

5.

ВАҲАБОВА

,

Ў

. (2023).

ТУРЛИ

ПСИХОДИАГНОСТИК

МЕТОДИКАЛАРНИ

ҚЎЛЛАШНИНГ

ХУСУСИЯТЛАРИ

. Journal of Pedagogical and Psychological

Studies, 1(1), 134-138.

Bibliografik manbalar

S.X.Jalilova.N.A Gayipova "Umumiy psihodiagnostika".2018.

Do’stmuhammedova Sh.A,Tillashayxova X.A, Baykunusova G.Yu “Yosh davrilari va

pedagogik psixologiya” – Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

Ivanov I.,Zufarova M. “Umumiy psixologiya” . O’z.FMJ.,2008.

Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To’ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”

T.TDPU, 2009.

ВАҲАБОВА, Ў. (2023). ТУРЛИ ПСИХОДИАГНОСТИК МЕТОДИКАЛАРНИ

ҚЎЛЛАШНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ. Journal of Pedagogical and Psychological

Studies, 1(1), 134-138.