“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
727
MAKTABGACHA YOSH DAVRDA PSIXIK RIVOJLANISHDA O'YIN
FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
Samarqand viloyati Payariq tumani
88-maktab o'qituvchisi Nafisa Akbayeva
Zamonaviy maktabgacha ta'lim sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim
o'rin tutadi.
SH.M.Mirziyoyev
Annotatsiya.
Tezisda kichik maktab yoshidagi bolani maktab ta'lim tizimiga
tayyorlashda maktabgacha ta'lim tizimining samaradorligi juda katta ahamiyat kasb etishi
haqida so'z boradi.
Kalita so'zlar:
o'yin , xotira, rivojlanish, muassasa, mashg'ulot,xarita, tajriba,sifatli
ta’lim,faoliyat,"Ilk qadam"
Bizga ma'lumki bola ulg'ayib borgan sain mustaqil barakat qilish imkoniyati oshib
boradi. Atrofdagi narsa va hodisalarni ko'rishi,o'rganishi natijasida dunyoqarashi kengayadi.
Maktabgacha yosh davrda bolalarda asosan o'yin faoliyati ko'proq xotirani
mustahkamlashga yordam beradi. Bola eshitganidan ko'ra ko'proq ko'rganini tezroq eslab
qoladi. Ularning nutqi va tafakkurini rivojlantirishda,diqqatini jamlashda,dunyoni anglay
olishiga va jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishishiga nafaqat ertaklar o'qib berish , balki
o'qigan ertaklarini sahnalashtirish, bolalarga qayta hikoya qilib berish ,pantomimalar
o'tkazish ,rasmlar asosida kichik hikoyalar tuzish va qo'g'irchoq teatrlar tashkil qilish samaras
juda katta bo'ladi.
Hozirgi kinda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muasassalarida bolalarni
sifatli maktab ta'limiga tayyorlashga alohida e'tibor qaratildi. Bunda muasassalarga barcha
yosh guruhlarga mo'ljallangan "Beshta markaz" tashkil etilgan. Bu markazda tarbiyachilarni
bolalar bilan ishlashda juda ko'p qulayliklar yaratilgan. Markaz "Ilk qadam" davlat o'quv
dasturi asosida faoliyat olib boradi.
Bular quyidagilar:
Nutq va til markaz.Bolalarni nutqini o'stirish , atrof-muhitga va badiiy adbiyotlar
bolan bog'liq mashg'ulotlar olib boradi. Xotira va diqqatni rivojlantirish , diqqat bilan tinglash
, tezkorlik bilan javob berishga , ranglar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlashda , do'stlari
orasida o'z fikrlarini bera olishda ushbu markaz juda katta samara beradi .
Qurish-yasash, konsturuksiyalash va matematika markazi. Bolalarni ijodkorlika
o’rgatish va bir-birlari bilan do’stona muloqotga kirishga undaydi. Bolalarda sensor tarbiya
rivojlanadi . Ular o'z qo'llari bilan yasagan o'yinchoqlaridan teatr, stol va barmoq teatrini
sahnalashtirishda foydalanishlari mumkin. Bunda bola oddiy tomoshabin bo'lib qolmasdan ,
mehnat qiluvchi ijodkorga aylanadi.
San’at markazi. Markazda ishlashda bola ham miyyani, ham qo’l motorikasi ishlaydi.
Loy ishlari, rassomchilik bola nutquni yaxshi rivojlanishiga sabab bo’ladi. Aynan barmoq
uchlaridagi sezgi organlari bosh miyaning nutq shakillanishiga ta'sir etuvchi markazi bilan
bog'liq bo'lgani uchun haykaltaroshlik mashg'ulotlari bolalarda badiiy estetik mazmundagi
bilim va amaliy malakalarini shakllantirish bilan birga fikrlash, nafis differensial harakatlarni
koordinatsiya qilish imkoniyatlarini oshiradi. Raqsga tushish go'zallik va jozibadorlikni
namoyon etadi. Ashula ijro etish,ayniqsa xor bo'lib, bir-birini eshitib,tinglab kuylashga
undaydi.
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi. Bu markaz bolalarning eng sevimli
markazi hisoblanadi. Bunda bolalar ertak qahramonlariga aylanadi va ularga o’zlarini taqlid
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
728
qilib ko’rishadi. Eng avvalo ushbu markaz uchun kerakli jihozlar tanlab olinadi. Bolalar
kichik sahna va syujetli-rolli o'yinlar uchun arbitutlar, ertak qahramonlarini tarbiyachi
yordamida hamda birgalikda jamoa bo'lib tayyorlab yasab olishi juda maroqli va mazmunli
bo'ladi. Ular o'zlari yasagan qahramonni o'zlari jonlantira olishi, o'zlari tilga kirib rol ijro
etishni juda istaydilar va ular uchun bu eng qiziqarli hamda zavqli mashg'ulot hisoblanadi.
Ilm-fan va tabiat markazi. Bu markazda bolalar tabiat hodisalari, tabiatda ro’y
berayotgan o’zgarishlar, tajriba-sinov maydonchasida o’tkaziladigan tajribalar haqida keng
tasavvurlarga ega bo’lishadi. Markaz faoliyati to'g'ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi
bilimlarni 80- 90 foizini o'zlashtirib oladilar. Hayotimizda kerakli bo'lgan narsa- buyumlarni
qanday ishlab chiqarilganligi, nimalardan olinganligi, yasalganligi haqidagi ma'lumotlar
oladilar. Bolalar o'z qo'llari bilan urug'larni tuvaklarga ekib, unga suv qo'yishi va urug' unib
chiqishini kuzatish bola uchun qiziqarli faoliyat sanaladi.
Mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va
samaradorligini aniqlaydi. Xarita yil yakuniga kelib hisoblab chiqiladi. Masalan, boladagi:
-
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakillantirish
-
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
-
Nutq, muloqot, o’qish va yozish ko’nikmalari
-
Ijodiy rivojlanish
kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy mezonlar sanaladi.
O'yin bolalarni xotirasini, fantaziyasini va jismoniy faolligini oshiradi.
Ayniqsa,jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini musiqali tarzda tashkil qilish bolalarga
zavq bag'ishlaydi. Ular har bir harakatlarni kuy, qo'shiqlarga moslab bajarishadilar. Bundan
tashqari jismoniy tarbiya jihozlari orqali o'yinlar o'ynash qiziqarli bo'ladi. Masalan, koptok
bilan "so'z " o'yinini o'ynash. Bunda bolalar aylana bo'lib turadilar. Tarbiyachi o'rtaga turadi.
Qo'lidagi koptogni bir bolaga otadi va so'z aytadi. Masalan,uy hayvoni desa,bola koptogni
ilib olib mushuk,deydi. Ikkinchi bolaga qushlar desa, esiga kelgan qushni nomini aytadi.
To'xtab qolgan yoki so'zni takrorlagan bola o'yindan chiqib turadi. O'yin bolalardan tezkorlik
va chaqqonlikni talab qiladi.
Yana bir qancha didaktik o'yinlar tashkil qilish mumkin.Didaktik o'yinlar bolani keng
fikrlashga o'rgatadi. Shunday qilib maktabgacha yosh davrda o'yin yetakchi faoliyat sanaladi.
Bu davr nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola va kattalar o'rtasidagi
yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarni ma'lum tomonga yo'llaydi.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarni psixik rivojlantirishda, jismonan
barkamol bo’lib ulg’ayishida, ularni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashda ushbu markazlar
juda samarali yo’lga qo’yilgan deb o’ylayman va bu albatta ijobiy natija ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. ,,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son ,,2017-
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari
to’g’risida’’gi qarori
2. ,,Ilk qadam’’ davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligini 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr
etilgan dasturi
3. Maktabgacha ta’lim. Ilmiy metodik oylik jurnal. 12(289)-son 2019
4. Maktabgacha ta’lim. Ilmiy metodik oylik jurnal. 01(278)-son 2019
5.
O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY
NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.
Современное
образование
(
Узбекистан
), (11 (132)), 15-22.
