“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
723
SHAXS RIVOJLANISHIDA ONGLILIK DARAJASI.
ADPI 1-kurs talabasi
Mirzakarimova O’g’iloy
Annotatsiya:
Ushbu maqolada individning shaxs bo’lib shakllanishi va bunda
onglilik darajasi nechog’lik muhum axamiyat kasb etishi, jahon olimlarining bu haqidagi
nazaryalaridan misollar ketirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
individ, shaxs, individuallik, ong, ontogenez, filogenez, psixik jarayon,
ongli shaxs, irsiyat.
Shaxs bo’lish uchun shunchaki odam bo’lishni o’zi kifoya emas. Shaxs bu jamiyatda o’z
o’rniga ega, qilayotgan ishini anglab, o’ziga javob bera oladigan, atrofdagilar bilan yaxshi
muomila qilib, ham aqlan ham jismonan mehnat faoliyati bilan shug’illana oladigan individ
hisoblanadi. Individ bu — bo’linmaydigan, alohida mustaqil holda mavjud bo’lgan
organizimdir.Individ yillar davomida rivojlanib shaxs sifatida shakillanadi.Inson dunyoga
individ bo’lib keladi, individning tana tuzilishi to’g’ri rivojlansa, jismonan sog’lom sog’lkm
bo’lib ulg’aysa, yillar davomida mehnat faoliyati tufayli shaxsga aylanadi va fazilatlar
shakillanib individual shaxsga aylanadi. Individuallik bu o’ziga xoslilik, yani shaxsiy
pisixika hisoblanadi. Individual shaxs boshqa kishilardan o’z fazilatlari bilan ajralib turadi.
Bunga kishining harakteri, irodaviy kuchi, qobiliyat, iqtidori, temperamenti, dunyoqarash va
shunga o’xshash fazilatlari kiradi. Dunyoda barcha inson o’z individulliligi bilan boshqa
insonlardan ajralib turadi va har bir shaxs betakrordir.
Shaxs haqida jahonning juda kòplab olimlari hozirgi kunga qadar o’z nazaryalarini
tatbiq etib kelmoqda. Eng yirik namoyondachilardan S.Xoll, E.Krechmer, Z Freyd, Perikson
E. Erikson va Pyajelarning o’ziga xos nazariyalari mavjud. Shaxs bu ongli mavjudoddir, ong
esa olamni bilish mehanizimidir va u inson hayoti davomida rivojlanib boradi. Shaxsga xos
aql farosat, o’zini o’zi anglash òzidan o’zi shakillangan emas albatta. Bu hayot davomida
odamzotning paydo bo’lishi yani ontogenezda " individ paydo bo’lishidan toki umrining
ohirigacha bo’lgan jarayon"da shakillanadi. Gekkeller va Myullerning biogenetik
qonuniyatiga ko’ra ontagenez filogenezni qisqacha taraqqiyotini takrorlaydi.Filogenez–
butun organik dunyoning taraqqiyoti hisoblanadi.
Ongli shaxsning qolgan mavjudodlardan farqi shundaki , u o’zini yashash tarizi uchun
kerak bolgan ehtiyojlarni, moddiy manaviy boyliklarni yarata oladi, tashqi muhit tasiriga
moslashadi. Boshqa jonzotlar ham tashqi muhitga moslashadiz lekin Ongli shaxs
hayvonlardan farqli ravishda, o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashqi muhitni o’zgartira
oladi. Odamni dunyoga kelishi va uning shaxs sifatida rivojlanishi atrof muhitga va
boshqalarning munosabatiga ham bog’liqdir. Bunga misol qilib keltirsak Mavguli o’zi odam
bo’la turib hayvonlar orasida, yovvoyi muhitda yashagani uchun u shaxs bo’la olmaydi.
Odam ko’rinishidagi hayvonga aylanib qolishiga yashab turgan atrof muhiti o’z tasirini
ko’rsatdi. Olimlar hozirgi kunga qadar mana shu vaziyat ustida ish olib borishadi. Bazi
olimlar shaxs bo’lib irsiyatga bo
ģ
liq desa, yana bir gurux olimlar shaxs bo’lish uchun ijtimoiy
muhit muhum ahamyatga ega ekanligini takidlaydi. Lekin ongli shaxs bo’lish uchun ikkala
nazarya ham juda zarur.
Dunyoning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri bo’lgan Avstryalik psixiyator
Zigmund Freyd inson psihikasini uch bosqichga, ong ong osti va ongsizlikka bo’lgan.
Onsizlik bu onglilikni aksi bo’lib aynan u jamiyatga qarshi turadi. Z Freyd yomonidan fanga
kiritilgan " himoya mehanizimi" (insonining salbiy kechinmalaridan, o’zini o’zi
himoyalashga qaratilgan anglanmagan psixik jarayonidir. Zigmund Freyd nazaryasiga ko’ra;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
724
inson havotirli vaziyatlarda o’zi anglamagan holda himoyalanish uchun ongsizlik holatiga
tushib qoladi. Bunday holat hammada kuzatilib turiladi.
Ong -- bu jonli tabiatning oliy shakli bo’lgan, yashab turgan tevarak atrofni anglab,
sezib, ko’rib, taffakur qilib yashaydigan miyyamizning maxsulidir. Mana shu pisixik
jarayonni buzulishi ongsizlikga olib keladi. Ongni rivojlanishi, shakllanishi bu insonning
mehnatiga harakatiga bog’liqdir. Yoshligida ikki bahoga o’qigan bola kelajakda biror bir
mavqega ega bo’laolmaydi deb hech kim aniq aytaolmaydi, sababi ong doimo rivojlanadi,
yani mehnat faolligiga qarab. Hayoti davomida ko’p kitob o’qigan, bilim salohiyati kuchli
bo’lgan,doimo izlanishda bo’lgan shaxs bilan doimo bir xillikda yashaydigan, òz tafakkurini
bekorchi narsalarga sarf qiladigan shaxsni dunyo qarashida, yani ongida farq juda katta
bo’ladi. Demak hamma odamda ong bor lekin, uni rivojlantirish o’z mehnat faolligimizga
bo
ģ
liqdir. Ongni anglash miyyani fikrlashga yonaltirish bu shaxsga koinotni anglashga yol
ochadi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs bo’lib yetishish uchun odam bo’lishning o’zi yetarli emas
. Individlikdan shaxslikga o’tish uchun esa inson ongi juda muhum ahamyatga ega. Ongning
shakillanishi esa, insonning o’z ustida ishlashi, ham ma’naviy, ham jismoniy mehnat qilishi,
hayotiy tajribalari, faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Fodalanilgan adabiyorlar:
1. Umumiy psixologiya. Davletshin M.G T- 2002
2. Umumiy pisihalogiya.
Ğ
oziyev. E.
Ğ
. 1-2 bet 2002
3.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138
