“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
720
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
sirtqi ta’lim shakli 1-bosqich105-guruh talabasi
Maxammadjonova Barnoxon Murodjon qizi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik maktab yoshi davridagi bolaning psixikasida
kechayotgan o’zgarishlar, uni maktab yoshiga tayyorlash va o’quv jarayonlariga bo’lgan
qiziqishini orttirish borsida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Kichik maktab yoshi, 1-4 sinf, aqliy faollik, psixik faollik, jismoniy
faollik, psixika, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, intelektual, senzitiv, refleksiya, o’quv
faoliyati.
Abstract:
This article discusses the changes in the child's psyche during the period
of junior school age, preparing him for school age and increasing his interest in educational
processes.
Key words
: Junior school age, 1-4th grade, mental activity, mental activity, physical
activity, psyche, voluntary attention, involuntary attention, intellectual, sensitive, reflection,
educational activity.
Аннотация
:
В
данной
статье
рассматриваются
изменения
в
психике
ребенка
в
период
младшего
школьного
возраста
,
подготовка
его
к
школьному
возрасту
и
повышение
интереса
к
образовательным
процессам
.
Ключевые
слова
:
младший
школьный
возраст
, 1-4
класс
,
умственная
деятельность
,
умственная
деятельность
,
двигательная
активность
,
психика
,
произвольное
внимание
,
непроизвольное
внимание
,
интеллектуальное
,
сенситивное
,
рефлексивное
,
учебная
деятельность
.
Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf (6-7 yoshdan 10-11yoshgacha) o’quvchilarining
yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o’zgarishlar sodir
bo’lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan
unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida
bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’yishi unda o’quv faoliyatining
boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi.
O’quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql
sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo
bo’lishiga sabab bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va
ularning faoliyatida bir qator o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchilar diqqatining asosiy xususiyati sifatida uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning eng muhim xususiyatlaridan biri bu uning o’z
ehtiyojlariga ega ekanligidadir. Bu ehtiyojlarga esa, bolaning o’z portfeli, o’quv qurollari,
kitob javoni, dars stoli va shu kabi buyumlarining mavjudligi uning kattalar singari maktabga
borishga qiziqishini, istagini oshiradi.inson borki, u hayoti davomida o’zini turli ehtiyojlarga
moyilligini his etadi. Ushbu ehtiyojlarning mavjudligi ham bola shaxsining
rivojlanayotganidan dalolat. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada hayol yetarli darajada
rivoj topgan bo’ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo’ladi. O’qish
jarayonida u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki shu bilan birga
hayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o’rgatilayotgan materialni yaqqol tarzda
o’zlashtirib boradi. Bolaning hayoli tevarak atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini
yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
721
jamlanib, o’quvchilarda hayol paydo bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’ynaydigan
o’yinlarda ham ularning hayolini o’sishi davom etaveradi.
O’quvchilar o’z o’yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli yerlarga sayohat qiladilar.
Bunday o’yinlardan o’quvchi mazmundor taassurotlar oladi va unda turli tasavvurlar hosil
bo’ladi, uning ijodiy, qurish-yasash va badiiy qobiliyatlari o’sadi. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchining xayoli o’zining kengligi va mazmundorligi jihatidangina o’zgarib qolmasdan,
balki yo’nalishi jihatidan ham o’zgaradi. Kichik maktab davridagi o’quvchining ixtiyorsiz
hayoli ham, ixtiyoriy hayoli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning hayolidan o’zining
barqarorligi bilan farq qiladi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o’zini anglashi va o’z
hatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o’qituvchigina bolaga me’yorlar qo’yishi,
ularning xatti- harakatlarini baholashi, o’z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirisga
sharoit yaratishi mumkin. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan
qo’yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning qoidalariga
to’la amal qilishga harakat qiladilar. O’quvchilarning o’z xatti-harakatlarini o’qituvchi
qo’ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko’tarilgan sari kuchayib
boradi. Bu o’quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida
ko’rinadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, hatto mazmuni tushinarli bo’lgan materialni ham
ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o’rganib oladilar. E.G’.G’oziyevning fikriga
ko’ra, buning sabablari quyidagilar:
Ø
Ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani
uchun ham ma’lumotlarni aynan, o’zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi.
Ø
O’quvchilar o’qituvchi qo’ygan vazifani anglab yetmaydilar, natijada uning “to’g’ri
tushuntirib ber” degan talabini so’zma so’z takrorlash deb biladilar.
Ø
Ularning nutq boyligini yetishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi)
materialni ijodiy to’ldirish, unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni so’zma so’z
qaytarishni osonlashtiradi.
Ø
O’quvchilar matnni to’g’ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning his-tuyg’ulari ularning faoliyatida namoyon
bo’ladi va rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlarining xar-bir faoliyat
natijalariga baho bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yuzaga
keltirish mumkin bo’lib, bu hislar bolani yaxshi o’qishga ruhlantiradi. Ba’zan past baxo olish
orqali yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib, o’qituvchining noto’g’ri reaksiyasi va
kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter hislatiga aylanib qolishi
mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga
yordam beruvchi asosiy hislardan biri intelektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan hislar intelektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron
qolish hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish hislari intelektual hislar qatoriga kiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat yuqori turadi. Lekin maktabda
o’qishning birinchi yiliyoq o’quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga
kuchli tasir ko’rsatadi.
Shunday qilib, kichik maktab yoshi davrida o’qish yetakchi faoliyatga aylanadi,
o’qituvchining so’zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intelektual refleksiya bu davrda paydo
bo’lgan yangi psixologik tuzilmadir.
Xulosa qilib aytganda, kichik maktab yoshidagi bolalarda turlicha o’zgarishlar ro’y beradi.
Bu o’quv faoliyati ko’nikmalarining shakillanishi, o’z-o’zini boshqarish, dunyoni bilish
munosabati shakillanishi uchun poydevor vazifasini o’taydigan davr hisoblanadi. Bu davrdan
boshlab bola o’zining hulq atvorini boshqarishni boshlaydi. Xulq-atvor normalari o’zining
ichki talabiga aylanadi va unda uyalish hissi shakllangan bo’ladi. Lekin shunga qaramay
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
722
kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ahloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabat va
kechinmalarning doimiy emasligi, o’ziga xos xususiyatlaridan xisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.G’.G’oziyev“Ontogenez Psixologiyasi” (darslik) Toshkent: “NIF MSH” 2020-yil.
2. M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2008
3. Z.T.Nishonova, N.G’. Kamilova, D.U. Abdullayeva, M.X.Xolnazarova “Rivojlanish
Psixologiyasi pedagogik psixologiya” Toshkent-2019
4. SH.A.Do’stmuhammedova, Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, SH.K.Karimova, SH.T.Alimbaeva
“Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” Toshkent-2013
5. M.X.Xolnazarovna, M.Q.Muhliboyev “Yosh va pedagogik psixologiya” Toshkent-2014.
6.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138.
