“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
717
TA’LIM VA TARBIYA PSIXOLOGIYASIDA O’QITUVCHI VA
O’QUVCHI MUNOSABATI
ADPI katta o’qituvchisi
Vaxabova O’g’iloy Tolibjonovna
1-kurs talabasi:Mamajonova Yulduzxon
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, ta’lim va tarbiya psixologiyasida o’qituvchi va
o’quvchi munosabatlarining ahamiyati hamda o’qitish usulining to’g’ri tanlanilishi haqida
so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Ta’lim va tarbiya psixalogiyasi, o’qitish usuli, xotira, yosh xususiyati,
pedagogik baholash, qiziqish, mexanik xotira, kichik maktab yosh davri.
Biz bilamizki, yurtning rivojlanishi va ravnaq topishida yosh avlodning o’rni
beqiyosdir, qolaversa, har bir sohaning rivojlanishi yosh avlodning kamol topishi, ilm olishi,
o’z ustida ishlab, o’z sohasi doirasida yutuqlarga erishishi uchun ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish,yangi zamon talabiga ko’tarish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ta’lim va tarbiyani yangi
zamon talabiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning porloq kelajagini garmonik
o’stirish imkoniyatini yaratish hozirgi kunning asosiy masalasidir”.
Har bir inson rivojlanar ekan uning asosini ta’lim va tarbiya tashkil qiladi. Bularning
o’chog’i maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oliy ta’lim tashkilotlaridir.
O’quvchilarga ta’lim berishda ularning psixalogik holatlarini hamda o’qitish
usullarini to’g’ri tanlay bilish ta’lim va tarbiya psixalogiyasining mohiyati hisoblanadi. Bu
haqida I.Ivanov o’zining ''Umumiy psixologiya'' darsligida ta’kidlanganidek: ''Ta'lim-
tarbiyaning muvaffaqiyati o'quv materialining mazmunigagina, ta'lim-tarbiya
metodlarigagina bog'liq emas. Bu muvaffaqiyat ko'p jihatdan o'quvchining qanday
o'qiyotganligini bilishga, ya'ni o'quvchining yosh xususiyatlariga, dastlabki aqliy
taraqqiyoti va faolligiga muvofiq bilim va malakalar o'zlashtirish jarayonining psixik
asoslarini bilishga ham bog'liqdir. O'quv materiali mazmunini tanlash, o'quv
programmalari va rejalari, darslik va o'quv qo'llanmalari tuzish, shuningdek, maktab
ta'limining har xil bosqichlarida turli o'quv predmetlari bo'yicha o'qitish metodlari
sistemasini tashkil qilish va tanlash ham ko'p jihatdan ta'limning psixologik asoslarini
bilishga va hisobga olishga bog’liqdir”. Bundan xulosa qilib aytganda, maktab ta’limida
o’quvchi yuqori bosqichlarga ko’tarilganda o’quv qo’llanmalarning ma’lumot darajalari
oshib boradi. Shu jarayonda har bir bosqichdagi o’quvchi psixalogiyasi, o’qish qobiliyati va
yosh xususiyatidan kelib chib tanlanishi zarur. Bu ta’lim samaradorligini oshiradi.
O’qitishning ikki xil usuli mavjud. Ulardan biri an’anaviy o’qitish usulidir. Bunda
o’qituvchi muammoni belgilab, vazifani aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O’quvchi
masalani yechish usulini eslab qolib, uni yana boshqa usullar bilan yechishga harakat qiladi
va ular orasida qaysi usul samarali ekanini aniqlaydi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv
tafakkur shakllanadi.
Har bir yosh davrining o’ziga hos xususiyati mavjud bo’lib, ularning eslab qolish,
o’rganish psixalogiyasi ham farqlanadi. Masalan, kichik maktab yosh davridagi bolalarda
mexanik xotira boshqa xotiralarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan bo’lib, o’qituvchi
ko’proq ko’rgazmali usullardan foydalangani maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi bola
ko’rgan narsasini o’zgarishsiz eslab qoladi. Shu bilan birgalikda o’quvchini to’g’ri baholash
undagi qiziqish va motivlarning rivojlanishida alohida omil sanaladi. Shuningdek, kichik
maktab yoshidagi o’quvchining muhim xususiyatlaridan biri – bu undagi xos ehtiyojning
mavjudligidir. Bu ehtiyoj muayyan tartibdagi bilim, ko’nikma, malakalarni egallashga
qaratilgan bo’lmay, bu ehtiyoj ularning faqatgina o’quvchi bo’lish istagidangina iborat
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
718
bo’ladi. Uning ideal shaxsi uning ustozi hisoblanib, aytganlarini bajarish, ustoziga o’xshash
o’quvchiga zavq beradi, bundan faxrlanadi. Shu davrda o’quvchi sekin shakllana boshlaydi.
Bunda o’qituvchining ta’siri sezilarli darajada ahamiyatli bo’ladi. O’qituvchi boladagi
qobilyatni to’g’ri shakllantirsa, to’g’ri yo’nalish berib uning qobilyat va qiziqishlarini ochib
bera olsa,boladagi qobiliyat rivojlanib boradi. Agar, bu qobiliyat vaqtida rivojlantirilmasa,
yo’qolishi mumkin.
Bolaning qiziqishlarini o’stirishda, o’qishga bo’lgan munosabatini yuksaltirishda
baholash va o’qituvchining o’quvchiga bo’lgan munosabati katta ahamiyatga ega bo’ladi.
O’quvchini baholash uni yaxshi bilim olishga undashi kerak. Shuning uchun ham bolani
yaxshi baho ya’ni “5” baho bilan doimiy rag’batlantirish, “Yanada yaxshi bilim olishim
kerak” degan xulosani susaytirib qo’yadi. Shuning uchun pedagogik bahoning mahsuldorligi
deganda, uning bolalar ta’lim va tarbiyasidagi undovchi ro’li tushuniladi.
Baholash haqida pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy. SH.A.Amonashvili
va ularning shogirdlari quyidagi fikr mulohazani keltirishganini ko’rishimiz mumkin. Ular
kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib kelishi nuqtayi
nazarini yoqlaganlar. Ma’lumki, faqat baho uchun o’qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini
pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni tekshirishda boshqa usul va vositalarni qo’llash,
hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti uchun
ahamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, modomiki shunday ekan,
baholashdan maslahat, yo’llanma, tavsiya, ko’rsatma sifatida foydalanish ijobiy omil
vazifasini bajara oladi. [1,143-144-bet] Ya’ni bolani baholashda uni yanada ko’proq o’qishi
va o’rganishiga turtki bo’ladigan usulni tanlash kerak. Masalan: balli sistema yoki reyting
usulini qo’llash, undagi intilish va o’rganishni oshiradi, o’quvchi yanada yuqoriroq ball yoki
reytingni qayt qilishga intladi.
Bolaga berilgan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir. Professor P.I.Ivanov ''Umumiy
psixologiya'' kitobida takidlaganidek, ''Tarbiyalanayotgan bola - bu xohlagan bo'yoqni
berish mumkin bo'lgan, xohlagan naqshni solish mumkin bo'lgan toza paxta emas; bu insoniy
qalbga, tug'ma kurtaklarga, qandaydir ehtiyoj va intilishlarga, qandaydir taraqqiyot
darajasiga va nihoyat, albatta, hali o'zi anglab ololmagan, qandaydir potensial
imkoniyatlarga ega bo'lgan jonli odamdir”. (461)
Ta’lim- o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi o’quv faoliyatidan iborat bo’lib,
bilim, ko’nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o’qituvchidan
o’quvchiga uzatishdir. Ya’ni ta’lim o’qituvchi va o’quvchining bir butunligi desak
mubolag’a bo’lmaydi.
Bolaning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar:
1. Irsiyat
2. Ta’lim va tarbiya
3. Ijtimoiy muhit
Ko’rib turibmizki, bolaning shaxs sifatida shakllanishida ta’lim bilan tarbiya bir-biriga
hamohangdir. Tarbiya-bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga
tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir
ko’rsatish jarayonidir hamda bolaning ijtimoiy muhitda o’z o’rnini topishni o’rganishi va
insonning hayotiy ko’nikma, malakalarga ega bo’lishidir. Tarbiya o’qitishning bir tomoni
hisoblanadi. Shu o'rinda Abdulla Avloniyning quyidagi so'zlarini ham keltirib o'tishni joiz
deb o'ylayman: ''Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo
falokat masalasidir”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ergash G’oziev “Ontogenez psixalogiyasi” “NOSHIR” Toshkent 2010
2. Kazakov V.G. Psixalogiya M. 1989
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
719
3. P.I.Ivanov “Umumiy psixalogiya” O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti
Toshkent-2014
4. Pedagogika va psixalogiya kafedrasi “Umumiy psixalogiya” ANDIJON-2023
5. G’oziev E. Psixologiya.T.1994
6. Malikaxon Qodirova,
ЧЕЛОВЕК
И
СТРЕСС
,
Журнал
Педагогики
и
психологии
в
современном
образовании
:
№
1 (2020): Journal of Pedagogy and psychology in modern
education
7.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138.
