“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
714
BOLALARNING KOGNITIV JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA ERTAK
VA PROEKTIV TESTLARNING AHAMIYATI
Andijon davlat pedagogika
instituti Maktabgacha ta’lim
fakulteti
Sirtqi ta’lim 102-guruh talabasi
Ergasheva Maftuna
Annotatsiya:
Tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bola psixikasini o‘rganish va
rivojlantirishda proektiv testlarning ahamiyati va qo‘llash yo‘llari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
proektiv, psixik, terapevtik, xarakter, ruhiy bezovtalanish.
Bola ruhiyatini o‘rganish va tahlil qilish psixologik xizmatning ahamiyatli
jarayonlaridan biridir. Bu esa bola shaxsini o‘rganishga qaratilgan yangi yo‘l va vositalarni
ishlab chiqish zaruratini keltiradi. O‘tgan davr mobaynida bola shaxsini o‘rganish uchun turli
xil psixologik tadqiqot usullari va metodikalardan foydalanib kelinmoqda. Ularning bola
shaxsini o‘rganishdagi o‘rni va vazifalari bir-biridan tafovutlanadigan va o‘rganish
yo‘nalishi hamda predmetidan ko‘ra farqlanishi mutaxassislarga ma’lum. Shunday bo‘lsa-
da, bola shaxsini o‘rganishga qaratilgan metodikalardan foydalanishda bolaning yosh
psixologik xususiyatlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Proektiv testlar inson psixikasini o‘rganishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Masalan,
maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv va shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda proektiv
metodikalardan samarali foydalanish mumkin. Quyida bola ruhiyatini o‘stirishda ertak va
proektiv metodikalardan foydalanishning ahamiyatli jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ertaklar
insoniyat tarixiy va hayotiy tajribasining natijasida vujudga kelgan ijod maxsulidir. SHu
sababli ertaklar kundalik turmushimizda bolalar tarbiyasi uchun keng qo‘llaniladi. Hattoki
bolalarning o‘zlari ham ertak bilan faoliyatlarini uyg‘unlashtirishga doimo shay turadilar.
Bugungi kun psixodiagnostik tajribalari esa aynan shu jihatlarni hisobga olib, bolalarning
psixologiyasini o‘rganishda ertaklardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Bizga
ma’lumki, “Qizil shapkacha”, “Uyqudagi parizod”, “Bo‘ri bilan echki bolalari”, “Qor
malikasi”, “Dono qiz”, “Donishmand yigit” va boshqa shu singari ertaklarni bolalar yaxshi
bilishadi. Umuman olganda ertaklar 17- asrdan boshlab kitob sifatida nashr etila boshlandi.
Frantsiyada SH. Perro, 19 sarda Germaniyada aka-uka Grimmlar ko‘plab ertak yozganlar.
A. S. Pushkinning mashhur 5ta ertagi, O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan “Zumrad va Qimmat”,
“No‘xotpolvon”, “Kenja botir” va boshqa turli xalqlarning milliy ertaklari bolajonlarning
qalblaridan chuqur o‘rin olgan. Ertaklar proektiv xarakterga ega bo‘lib o‘zlarida obrazli va
simvolli xususiyatni ifodalaydi. Bolalar bu ertaklarni sevib o‘qishlari pedagogik-psixologik
tadqiqotlarda ham qayd etilgan.
Psixologik jihatdan proektiv testlar bolalarni kognitiv jarayonlari yetilganligini,
psixologik tayyorgarligini yashirin jihatlarini ochib beradi. Ertaklar nafaqat rivojlantiruvchi
ahamiyatga ega, balki bolalarning salomatligi uchun terapevtik jihatdan ham foydalidir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi psixologlari va maktab amaliyotchi psixologlari ertaklardan
bolalarning maktabga tayyorligini tadqiq etish chog‘ida foydalanishlari mumkin, albatta.
G‘arbda ertaklar diagnostik xarakterga ko‘ra insonning ongsizligini yoritishda tatbiq
etilgan. Bu holatni Z.Freyd va K.Gustav Yung ishlarida uchratamiz. Tadqiqotchilar proektiv
testlarni spetsifik xarakterini o‘rganadilar. Ertaklarning “Bir bor ekan bir yo‘q ekan...” kabi
kirish so‘zi bilan boshlanishi bolalarni ikkinchi olamga yetaklovchi sifatida tushuntiriladi.
Ertaklardagi takrorlanuvchanlik bolalarni idrok ko‘lamini kengayishiga olib borishini
tadqiqotlar isbotladi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
715
Xarakter- ertaklarda doimo bir xil o‘zgarmasdir. Tugallanish esa qahramonlarning
baxtli hayot kechirishi bilan tugaydi. Yalmog‘iz obrazi doimo salbiylik timsoli sifatida
gavdalanadi. Freyd o‘z ishlarida ertaklarning simvolik xarakteriga alohida e’tibor qaratdi va
u orqali inson ruhiyatining yangi qirralarini ochishga erishdi. Freyd ertaklarni tahlil qilar
ekan, ularni shaxs psixikasini dastlabki qismiga qaratilganligiga urg‘u beradi.
Ertakshunos olim Roxeym fikricha ertaklar tush ko‘rish bilan yaqin turuvchi va
o‘zida to‘rt vazifani mujassamlashtirganligi ta’kidlanadi:
1.Bog‘lovchi. 2.Transformatsiyalash. 3.Vositachilik. 4.Himoyalovchi.
Analitiklarning fikricha, ushbu to‘rt jarayon bolalardagi nizoli ruhiy bezovtalanish
holatlarini ochib berishda qo‘l keladi. Masalan, “Qizil shapkacha” ertagida psixologik
himoya mexanizmi mavjudligi ustida so‘z boradi. Kichkina qizaloq bo‘rining yomonligini
bilmaydi va undan qo‘rqmaydi. Bu bolalarda himoya, qo‘rqmaslik mexanizmini
shakllantiradi. Bundan tashqari Rorshax testi va TAT testlari bolalarni o‘rganish uchun
qulaydir.
Oxirgi 20-yil ichida yangi proektiv testlar yaratish borasida ishlar olib borildi. Misol
uchun AQSHda ishlab chiqilgan TMST (tell me a storgy test), ya’ni menga hikoyani aytib
ber degan test shular jumlasidandir. Bolalarga rasm berilib, izohlash talab etiladi. Bu esa
bolalarning aqliy taraqqiyotidagi tafovutlarni yoritishga imkon beradi.
Aslida ertakli proektiv testlarning maqsadlari nimaga qaratilgan? Ularni quyidagi
maqsad yo‘nalishlariga ajratishimiz mumkin:
-Bolalarni kognitiv (bilish jarayonlari) rivojlanishidagi psixologik muammolarni
aniqlaydi;
-Bolalardagi bezovtalik, konflikt (nizoli) holatini, fikrlash doirasini aniqlaydi.
-Psixoterapevtik maqsadlarda bola shaxsining dinamikasini aniqlashda.
Ayrim hollarda ertak testlari etnik muhitni hisobga olishni talab etadi. Fikrlarimizni
konkretlashtirish maqsadida alohida ertak test ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Masalan, “Qizil shapkacha” ertak testi 21 ta rasmli karta va qahramonlarning 3 ta
xulosa kartasidan iborat. Ushbu test qo‘llanilayotganda psixolog quyidagi shartlarni bajaradi.
Testni tatbiq etish sharoitida savollar quyidagicha beriladi:
-Qizil shapkacha uydan chiqib ketganda, onasidan xafa bo‘ldimi, u qo‘rqdimi?
-Qizil shapqacha o‘rmonga kirganda unga qiziqish bilan boqdimi yoki qo‘rqdimi?
-Buvisining uyida bo‘rini ko‘rganda qo‘rqidimi yoki xayratlanib qoldimi?
-Buvisini o‘rnida bo‘rini ko‘rganda u o‘zini qanday tutdi?
-Ertak yakunida qizil shapkacha o‘zini yengil sezdimi yoki qayg‘uga tushdimi? kabi
savollar bilan murojaat etiladi.
Tadqiqot paytida qahramonlar rasmi aks ettirilgan kartochkalar tekshiriluvchi- bolalar
qo‘liga beriladi. Bolalarni psixologiyasini tahlil etishda ertak qahramonlari aks etgan 3 ta
kartochka yordamida tahlil etilib, bolalar xususiyatlariga chizgilar beriladi.
Masalan, qizil shapkacha testining tahlili:
1-karta orqali - shaxsning kuchsizligi, hissiyotlari, baxtsizligi, tortinchoqligi va
qo‘rqoqlik singari xususiyatlari yoritiladi.
2-karta orqali – beg‘uborlik, quvnoqlik, kamsuqumlik, psixologik sog‘lomligi
aniqlanadi.
3-karta esa boladagi xafalik, bezovtalanish, agressiv holatni ifodalaydi. Har bir ertak
qahramoni shunday tahlil etiladi. MTM psixologi faqat metodikani qo‘llash va uni tahlil etish
bo‘yicha yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim.
Proektiv metoddikalarni maktabgacha yosh bolalarda sinash ularning psixologik
xususiyatlari, hissiy holatlarni va boshqa jihatlarini tadqiq etish uchun ancha qulay.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quvdasturi. Toshkent.: 2020.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
716
2. Gaynazarova G.A. “Maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlar”. “Innovatsion
rivojlanish nashriyot- matbaa uyi”, Toshkent.-2020 y UO‘K:372.2(075). KBK 74.104, G 15
60 b
3.
ВАҲАБОВА
,
Ў
. (2023).
ТУРЛИ
ПСИХОДИАГНОСТИК
МЕТОДИКАЛАРНИ
ҚЎЛЛАШНИНГ
ХУСУСИЯТЛАРИ
. Journal of Pedagogical and Psychological
Studies, 1(1), 134-138.
