“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
704
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARNING PSIXIK VA
PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
ADPI “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi
1-bosqich talabasi Ibroximjonova Gulnoza Nuriddin qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixik
rivojlanish xususiyatlari, ijtimoy muhit va undagi shaxslarning bola rivojlanishiga ta’siri
haqigi fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha yosh, psixik rivojlanish, psixofiziologik rivojlanish,
yetakchi faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv topshiriqlari.
Kirish:
Ma‘lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati
oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning
o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin: 1) predmetli o‘yinlar(15-20 minut o‘ynaladi); 2)sujetli-
rolli o‘yinlar(30-60 minut o‘ynaladi); 3)qoidali o‘yinlar(1 soatdan 2 kungacha davom etishi
mumkin). Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda
ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining
o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning
hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy
tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan ta‘lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga
ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun
odam, avvalo, yetarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma‘lum malakalar, uquvlar va sodda
tushunchalarga ega bo‘lishi kerak.
Maktabgacha yosh davrida o‘qishning motivatsion asoslarini – bilishga qiziqish
(qiziquvchanlikni) rivojlantirish muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlarni bilish, o‘quv
faoliyatini shakllantiradigan o‘yinning maxsus shaklidir. Mehnat va o‘quv topshiriqlari
tufayli bajarilgan mahsuldor faoliyat turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining
rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq – atvorni boshqarish va
rejalashtirish, o‘z-o‘zini baholash, yangi motivlar, mehnatsevarlik kabilarni shakllantiradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki
yoshligiga to‘g‘ri keladi. Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning
jismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi
notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha
bo‘yining o‘sishi tezlashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a‘zolarining
ishida ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining normal
ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p jihatdan ta‘sir etadi. Chunki,
o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchanligiga)
bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas olish uchun qulay emas. Bolalarda
diafragmaning bir qadar tik joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib
qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasining doirasi ham
kattalarnikiga qaraganda juda tor bo‘ladi.
Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas
ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olish o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar.
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘rak qafasining o‘sishi ham
biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom
etaveradi. Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1-2 sm dan kengayib borib, 13-14 yoshga
yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan katta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining miqdori deyarli
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
705
o‘zgarmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning nerv
sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv
sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi.
Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi 380-400 g keladi. Bola
bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko‘payadi.
Demak, bog‘cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og‘irligi 1100-1200 g ga yetadi. Rus
fiziologlari N.I. Krasnogorskiy va A.G. Ivanov-Smolenskiylar tomonidan ko‘plab
o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha. MMT yoshidagi bolalarning nerv sistemalari o‘z
faoliyati jihatdan hali qat‘iy bir izga tushmagan, o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Markaziy nerv
sistemasi faoliyatining o‘zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko‘rinadi. Masalan, bu
yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi. Mana
shuning uchun ham bu yoshdagi bolalar juda serharakat va o‘ta hayajonlanuvchan bo‘ladilar.
Nerv sistemasining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma bolalarda bir xil temp bilan davom
etmaydi. Bu murakkab taraqqiyot bolalarning individual xususiyatlariga va xususan, yashash
sharoitlariga, ya‘ni oilada hamda bog‘chada qanday tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Bolaning
tarbiyasi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning nerv sistemasi shunchalik normal
taraqqiy etadi.
Xulosa:
Maktabgacha yosh davrida bolalarning aqliy rivojlanishi jadal sur‘atlarda
o‘sib boradi. Bu yoshdagi bolalarni ota-onalari va o‘qituvchilari tomonidan to‘g‘ri
shakllantirib borilsa, bolalar kelajakda yetuk shaxs, aqliy tomonlama va jismonan barqaror
bo‘lib yetishadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z. FMJ., 2008.
2.
Safayev N.S., Mirashirova M.M., To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya”
T.TDPU, 2009.
3.
Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”.T. “Fan va texnologiyalar” markazining
bosmaxonasi: 2009.
4.
O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY
NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.
Современное
образование
(
Узбекистан
), (11 (132)), 15-22.
