“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
699
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
ADPI MT 103- guruh talabasi Nazarova Dilfuza
Annotatsiya
: Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning
psixologik xususiyatlari, ularning psixologik rivojlanishida ijtimoiy muhitning o’rni haqida
fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so`zlar
: oila, muhit, tarbiya, psixologiya, maktabgacha yosh, ta`lim
muassasida, “men’’ tushunchasi, ijtimoiy muhit.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng jamiyatning a’zosi bo`lgan har bir inson
shaxsiga alohida etibor qaratildi. Ayniqsa ta`lim va tarbiya sohasiga juda ko`plab
o`zgarishlar kiritildi. Muxtaram prezidentimiz SH.M Mirziyoyev takidlaganidek, yurtni,
mamlakatni buyuk qiladigan kuch ilm-fan,ta`lim va tarbiyadir. Shunday ekan, ma`sul
shaxslar kelajak avlodlarni har tomonlama ilmli va bilimli, tarbiyali qilib ta`lim va tarbiya
berishi darkor.
Kelajagi buyuk davlatni qurush uchun inson, avvalo oilada, so`ng maktabgacha ta`lim
muassasida mukammal tarbiyalanshi, shaxs sifatida barcha imkoniyatlarga ega bo`lishi
zarur.
Oila-bu bolaning ‘’men’’ ni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy muhit hisoblanadi. Bola
oilada ijtimoyillashib ilk bor maktabgacha ta`lim muassasiga qadam qo`yadi. Maktabgacha
ta`lim muassasi ta`lim maskanlarining poydevori hisoblanadi. Inson shaxsining psixalogik
tomonlarini shakllantiruvchi va uning emotsianal-hissiy rivojlanish bosqichlari
ontagenosning dastlabki bosqichlariga to`gri keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
psixalogiyasi ilmida bolalar rivojlanishi o`zgarishi tezlashib borishi sababli bu davrni 3-
bosqichga davrlab tarbiyalash joiz.
Kichik maktabgacha davr – (3-4) yosh
O`rta maktabgacha davr - (4-5) yosh
Katta martabgacha yosh - (6-7) yosh
Asosan mana shu davrlardan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bolaning faoliyatdagi mustaqilligi tafakkur qilishga, yani tafakkurini mustaxkamlanishiga
olib keladi, bundan tashqari maktabgacha yoshdagi bosqichlarda bolaning mukammal
harakatlari takomillashib , gigiyena qoidalarini bilishi, madaniy va jismoniy mehnat
malakalarini anglashi, nutqining o`sishi hamda ijtimoiy, ma`naviy, estetik tafakkurlar o`sa
boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati asosan o`yin hisoblanadi. O`yin
orqali ta`lim olish bolalarni ta`lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O`yin-
bu bolani o`zini va atrofdagi dunyoni anglashida yordam beruvchi usuldir. O`yinda
bolalarning tengdoshlari va pedagogi bilan o`zaro munosabati nutq va ijtimoiy
ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi matorikasi ham takomillashib boradi.O`yin
boshqa bolalar bilan birgalikda ta`lim olish imkoniyatini ham yaratadi, ularga tavakkal qilish
va qiyinchiliklarni engish imkonini beradi, bolalar tasavvurini ijdkorligini rivojlantiradi.
O`yin har hil bo`lishi mumkin- ta`limiy o`yin, qoidali o`yin, didaktik o`yin, harakatli
o`yin, syujetli-rolli ya’ni ijodiy o`yin, erkin faoliyatli o`yin.
O`yin doimo o`zgarib turganligi sababli bola o`ynab charchamaydi va zerikmaydi. O`yin
jarayonida bolaning faol ishtiroki psixik rivojlanishi uchun ahamiyati shundaki, bolaning
turli sifat va hislatlari o`yin jarayonida namoyon bo`ladi, bunda bolaning sifat va hislatlari
mustahkamlanib rivojlanib boradi. SHuning uchun o`yin faoliyati psixalogik jihatdan to`gri
tashkil qilingan. O`yin bola shaxsini har tomonlama o`stiradi va bolaning barcha psixik
jarayonlarida yani- sezish, idrok qilish, diqqat, xotira,xayol,tafakkur va irodani ham
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
700
rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar syujetli – rolli o`yinda ko`proq kattalarga taqlid qilib
ijtimoiy hayotdagi rollarga kirishib kattalar qilgan borayotgan munosabatlarni shakllantirib
boradi. Bola bunda hayoti va ko`z o`ngida ro`y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatuvchisi
va ishtirokchisiga aylanib faol qiziquvchanligi sababli anglab o`zlashtirib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o`z o`yinlarida aks ettira
oladilar. O`yin bolaning har bir bosqich yoshida atrofdagi voqealarni , kishilar o`rtasidagi
munosabatlarini dunyoni anglashi va bilishini ifodalaydi. Bolaning nutqini, kishilarga va o`z
o`ziga munosabatlarini o`zgarishini o`yin jarayonida o`z aksini topadi.
Bolalarga ta`lim tarbiya olish jarayonida, o`yin o`ynash imkoniyatini taminlash
uchun rivojlantiruvchi va havfsizliklarini ta`minlovchi muhit, yetarli joy, vaqt va o`yin
resurslari to`laqonli shart sharoitlar va albatta etuk tajribali malakali pedagoglar
Maktabgacha ta`lim muassasalarining o`rni juda kata ahamiyatga ega.
Shuni aytish mumkinki, bolalar tarbiyasida doimo har bir shaxs ma`suliyatli bo`lib,
bola tarbiyasi eng og’ir ijtimoiy vazifa ekanligini his qilishi, anglashi zarur. Kattalar
na’muna bo`lib, yosh avlodni kelajakda yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazishda ta`lim
muassasalari bilan o’zaro hamkorlikda yondashish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Goziyev E. Tafakkur psixalogiyasi. T.”O`qituvchi” 1990
2. Uruntayeva G.A. Detiskaya psixalogiya – M : “Akademiya”,2010-c36 3.Davletshin
M.G. Mavlonov M.M, To`ychiyeva S.M. ”Yosh va pedagogik
psixalogiya”T.TDPU,2009
4. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixalogiya” E-HUQUQSHUNOS
тизими
.html
5.
O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY
NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.
Современное
образование
(
Узбекистан
), (11 (132)), 15-22.
