Mualliflar

  • Shirinjon Sayilova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74419

Kalit so‘zlar:

O’spirinlik sevgi tuyg’usi emotsiya kasb tanlash o’zini o’zi anglash

Annotasiya

Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari
borasida, shuningdek his tuyg’u, rivojlanish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib
o‘tildi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

695

O’SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISHNINGNAZARIY TAHLILI

ADPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

103-guruh talabasi Sayilova Shirinjon

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari

borasida, shuningdek his tuyg’u, rivojlanish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib
o‘tildi.

Kalit so’zlar:

O’spirinlik, sevgi tuyg’usi, emotsiya, kasb tanlash, o’zini o’zi anglash,

shaxs, sifat, taraqqiyot.

O’spirinlik davrida shaxs sifatlarini shakillanishi, o’zini o’zi anglash, baholash,

tarbiyalash, axloqiy tushunchalarni shakillanishiga doir bilimlarga ega bo’ladi. O’spirinlik
davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu albatta o’smirlik
davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko’pincha maktabdan tashqariga chiqadi
va haqiqiy katta hayotga qadam bosishi boshlanadi. O’spirinlik davri 15-18 yoshgacha
bo’lgan bolalarni qamrab olib, 8-10 sinf o’quvchilarini tashkil qiladi. O’spirinlik davrida
yoshlarda ruhiy va jismoniy o’zgarishlar hosil bo’la boshlaydi. Bo’y o’sishi o’spirin qizlarda
15-16 yoshgacha, o’g’il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. O’spirinlik yoshida
jismoniy sifatlar (bo’y, og’irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo’ladi. Shuningdek
muskul kuchi va ishchanlik sezilarli darajada ortgan bo’ladi. Ko’krak qafasining hajmi
kengayadi, skelet, aysimon suyaklar qattiqlashadi, to’qimalar va a’zolarning shakllanishi va
funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak vaqon tomirlarining
rivojlanishida o’smirlarga xos bo’lgan notekisliklar endi tekislanadi, qon bosimi
baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining,
xususan, miya rivojlanishidagi o’zgarishlar ma’lum bo’lib qoladi. Lekin, bu o’zgarishlar
miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining
murakkablashuvi hisobiga ro’y beradi. (1.371)

O’spirinlik davrida ichki his tuyg’ular rivojlanib qarama-qarshi jins vakillari o’rtasida

bir biriga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi. Bu do’stlikdan tashqari bo’lgan sevgi hissiyoti.
Sevgi- bu shunday tuyg’uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxsga nisbatan sof, pokiza, beg’ubor
tuyg’usi hisoblanadi. Yigit va qizlarimizning sevgini boshdan kechirishida bir birlarini
hurmat qilish, do’slik, o’zaro yordam, bir-birini tushunish kabi xislatlarni o’zlarida namoyon
qiladilar. O’spirinlik davrida yigit va qizlar o’rtasidagi munosabatlar juda faollashgan
bo’ladi. O’spirin qizlarda aralash do’stlik ehtiyojlari kengayadi. Ular dugonalari bilan ham
o’zaro teng bo’lgan boshqa jins vakillari bilan ham bemalol do’stlik aloqalarini bir tekisda
olib boradilar. O’spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog’liq;

Jinsiy yetilish.
Ishonadigan, suyanadigan har qanday nozik masalalar bo’yicha gaplashish mumkin

bo’lgan do’stga ehtiyoj.

Bu tabbiy insoniy ehtiyoj hisoblanib,inson ko’pincha o’zini yolg’iz his qilganida

kuchli emotsional bog’liqlikka intiladi.

Tadqiqotlarning ko’rsatishich bunday tuyg’u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk

o’spirinlik davrida vujudga keladi. O’spirinlar yolg’iz bo’lishni istamaganligi uchun o’zlari
faolravishda o’zaro yaqin muloqat, bir- birlari bilan intim munosabatni izlaydilar. Ba’zan
o’spirinlar bu hislarga shunday berilib ketadilarki, boshqa narsalar mavjudligi haqida
mutloqo unitib qo’yadilar.(2)

O’spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan bir qatorda kattalaning unga munosabatlari

ham o’zgaradi. Kattalar o’smirga ko’proq bola deb qarasalar, ilk o’spirin yoshdagilarga katta
odamdek munosabatda bo’ladilar. Ilk o’spirinlar hayotda o’z o’rnini topishga intilish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

696

anglagan holatida bo’la boshlaydilar. Ular hayotiy rejalarni amalga oshirish uchun harakat
qila boshlaydi va muhim bir kasbni egallay boshlaydilar.
Kasb tanlash haqida o’ylay boshlaydilar. Lekin shunga qaramay o’spirinlarda kattalarga
qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.

O’spirinlarda intellektning rivojlanishi - bilan birga hazil- mutoyiba hissining ham

rivojlanishini ta’kidlash joiz. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik, tafakkur jarayonidan ongli
ravishda zavqlanish ham uchraydi. Shunga ko’ra har kim qobilyatiga yarasha kasb hunar
tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa yuqori yutuqlaga erishadi va o’z yurtiga katta
hissa qo’shgan hisoblanadi. O’spirinlar u yoki bu kasbni o’z ixtiyorlari bilan ongli ravishda
tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat
kabi irodaviy xislatlarga ega bo’lishlari kerak.
Yuqori sinfga o’tgan o’spirinlar psixologiyasining o’ziga xosligi shundaki, ular hozirgi vaqti,
buguni va ertasini rejalar asosida yashaydilar. Ana shu davrga kelib o’spirinlar turli kasblarga
qiziqa boshlaydilar. O’g’il bolalar erkaklarga xos bo’lgan kasblarni, qiz bolalar ayollarga xos
bo’lgan kasb vanarlarni egallashni reja qiladilar. Bunda faqat maktabda ustozlari qanday kasb
tanlashlari uchun etiborliroq bo’lgan holda ularga maslahat berishlari zarur. Ular tanlagan
kasb va hunarning yaxshi va yomon taraflarini aytib berishlari zarur. Oilada esa albatta ota
ona katta ro’l o’ynaydi. Chunki o’spirin biron kasbni egallashda tanlagan kasblariga juda
katta e’tibor qaratadilar shu sohada o’zlarini tasavvur qiladilar.
Hunar va texnika malakalari 15 yoshdan boshlab juda yaxshi o’zlashtirila boshlaydi. Buning
sababi shuki, bunday malakalarni hosil qilish uchun yetarli darajada o’sgantafakkur va
tajribadan tashqari yana organizm va muskul sistemasining chiniqqan va yetarli darajada
o’sgan bo’lishi shart. Kishi ulg’aygan sari unda malakalarning hamma turlari hosil bo’lishi
mumkin. (3. 349)

O’spirinlik davridagi o’g’il bolalarga ota onalar tamonidan o’g’il bolalar yig’lamaydi

degan gapni ishlatish noto’g’ri. O’zi bunday qonun yo’q. Farzandingizni kuchli qilaman deb
o’ylayabsiz, lekin bu harakat bilan uni hamma yamon emotsiyalarini chiqarib yubormasdan,
ichiga yutib yuborishga sabab
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. E.G'.G'oziyev ''Psixologiya",–Toshkent.1994 y.

2. P.Ivanov,M,Zufarova "Umumiy psixologiya"– Toshkent.2008 y.
3. P.Kelder ''Yosharish sirlari'',–Toshkent.2011 y.
4. J.Majidov va G.Majidova(2020)Shaxs ijtimoiy taraqqiyotida oila muhitining

o'rni.Arxiv.

Научных

Публикации

.JSPI.

5. ''Sog'lom avlod"gazetasi.2010 y.
6.

O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY
NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.

Современное

образование

(

Узбекистан

), (11 (132)), 15-22.

Bibliografik manbalar

E.G'.G'oziyev ''Psixologiya",–Toshkent.1994 y.

P.Ivanov,M,Zufarova "Umumiy psixologiya"– Toshkent.2008 y.

P.Kelder ''Yosharish sirlari'',–Toshkent.2011 y.

J.Majidov va G.Majidova(2020)Shaxs ijtimoiy taraqqiyotida oila muhitining

o'rni.Arxiv.Научных Публикации.JSPI.

''Sog'lom avlod"gazetasi.2010 y.

O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY

NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK

JIHATLARI. Современное образование (Узбекистан), (11 (132)), 15-22.