Mualliflar

  • U.T.Shobduraximova U.T.Shobduraximova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74432

Kalit so‘zlar:

totalizator internet onlayn qimor o‘yinlari g‘arazli jinoyatlar bukmekerlik faoliyati

Annotasiya

Ushbu maqolada totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan
o‘yinlarning salbiy omillari bayon etilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

667

TOTALIZATOR O‘YINI QIMOR VA TAVAKKALCHILIKKA

ASOSLANGAN O‘YINLARNING SALBIY OMILLARI

ADPI. Pedagogika va psixologiya

kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD.

U.T.Shobduraximova

Annotatsiya:

ushbu maqolada totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan

o‘yinlarning salbiy omillari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

totalizator, internet, onlayn qimor o‘yinlari, g‘arazli jinoyatlar,

bukmekerlik faoliyati, totalizator kompaniyalari, zamonaviy qimor, progressiv giyohvandlik.

Bugungi galaballashuv jarayonida onlayn qimor o‘yinlari ayrim toifadagi

insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bunday o‘yinlar natijasida nafaqat
moliyaviy ta’sirga, balki qaramlikni keltirib chiqaruvchi hissiy ta’sirga ham tushib qolish
holatlari ko‘p uchramoqda. Hozirgi paytda internetsiz kunimizni tasavvur qilish qiyin. Bu
tabiiy, bir kun internet ishlatmang, o‘zingizni zamondan orqada qolganday his etasiz.
Ayniqsa, yoshlar internetda soatlab o‘yin o‘ynamoqda. Aholi orasida aynan internetdagi
totalizator o‘yiniga qiziqish ortayotganini gap-so‘zlardan ham anglash oson.

Onlayn qimor ruhiy kasallikka olib keladi, uning nomi – ludomaniya. Qimorga

qaramlik – bu ko‘plab salbiy psixologik, jismoniy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan progressiv “giyohvandlik” hisoblanadi. Totalizator qurboni topgan pulini
o‘yinlarda isrof qiladi, oilasiga moddiy zarar yetkazadi, birovlardan qarz, bankdan kredit
olib, tubi ko‘rinmas jarlikka qulay boshlaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha
yil ichida global miqyosda totalizator o‘ynash darajasi oshgan. Bu illat tufayli bir necha
salbiy oqibatlar yuzaga keladi[2].

Totalizator o‘zi nima? U fransuzcha «totalisateur» so‘zidan olingan bo‘lib,

hisoblash, yakunlash ma’nolarni birdiradi. Oddiy aytganda, totalizator bu – mo‘maygina pul
yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Ya’ni biror-bir
bukmeykerlik kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tasiz. O‘yin stavkalarini tashkil qiluvchi
platforma hisob raqamiga pul tashlaysiz. Unda istagan odam biror-bir sport o‘yini voqealari,
natijalarini oldindan taxmin qiladi va shu taxmin uchun pul tikadi. Yutuq miqdori taxmin
bilan natijaning qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq. Sizning taxminingiz to‘g‘ri chiqsa, sizga
yutuq chiqadi. Ustama pul ham berilishi mumkin. Agar taxminingiz o‘zini oqlamasa, siz
tikkan pul kuyadi[1].

Tarixga nazar tashlasak, Yevropada dastlab otlar poygasiga pul tikish

boshlangan. Lekin bugungi kunga kelib, deyarli barcha sport turlarida totalizator o‘ynaladi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar
tarkibiga kiradi. Dastlab qo‘shimcha daromad topish, keyinchalik “jazava” sirtmog‘iga
tushib, yutqazilgan pulning o‘rnini qoplash maqsadida kunlab, haftalab, oylab va hatto yillab
ketgan vaqt natijasida inson o‘z shaxsiy taraqqi¬yoti uchun investitsiya qilishi kerak bo‘lgan
bebaho ne’matini yo‘qotadi[1].

Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar insonda umidsizlik va nochorlik hissini

keltirib chiqaradi. Ular depressiya, migren, ichak kasalliklari va stress bilan bog‘liq boshqa
muammolarga duch keladi. Yirik summani yutqazish inson huzur-halovatini yo‘qotadi.
O‘yinga berilib ketganlar yotganida ham, turganida ham, har doim pul tikib, yutish haqida
o‘ylaydi. Zararli oqibatlari tufayli ko‘plab mamlakatlarda qimor o‘yinlariga qaramlik
sog‘liqni saqlash sohasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Inson o‘ziga,
yaqinlariga va xayrli ishlarga ajratishi kerak bo‘lgan mablag‘larni asossiz tarzda yo‘qotadi.
Moliyaviy qiyinchiliklar sabab odamlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlar ko‘payadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

668

Milliy urf-odatlarimiz va mentalitetimizga, shuningdek, diniy qarashlarimizga

yot bo‘lgan qimor o‘yinlarini noqonuniy ravishda tashkil etish holatlari, ayniqsa, onlayn
tarzda ommalashib, o‘smir va yoshlarni o‘z domiga tortayotgani achinarli holatlardan biridir.
Hattoki, bunday o‘yinlarda ko‘p miqdoridagi pulini yutqazib qo‘yib, oxir-oqibat o‘z joniga
qasd qilish yoki yutqazib qo‘ygan pulini to‘lash uchun jinoyat sodir qilish holatlari ham yuz
bermoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda respublikada totalizator va bukmekerlik
faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy
hisoblanadi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki
o‘tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, internet jahon axborot
tarmog‘i provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa
ko‘paytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan
jazolanadi”. Bu borada xorij tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Germaniyada qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar bilan bog‘liq jinoyatlar Jinoyat kodeksining
“G‘arazli jinoyatlar” bo‘limidan joy olgan hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan
boshqa o‘yinlarda ishtirok etgan shaxs uchun belgilangan jazo esa 6 oygacha etib
belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda qimor va tavakkalchilikka asoslangan

boshqa o‘yinlarning qonunga xilof ravishda tashkil etilishi va o‘tkazilishi fuqarolarga nafaqat
ruhiy ta’sir o‘tkazadi, balki moliyaviy qaramlikka duchor etib, oilaviy nizolarga ham sabab
bo‘ladi. Shuningdek, ushbu faoliyat naqd pullarning bankdan tashqari muomalasi
ko‘payishiga, soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanishiga yo‘l ochadi
hamda shu orqali mamlakatimizning iqtisodiy ravnaqiga putur yetkazadi. Shunga ko‘ra, ota-
onalar tomonidan o‘z farzandlarining bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi ustidan
muntazam nazorat olib borilishi yuqoridagi kabi salbiy illatlarning oldini olishga xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Иванова

О

.

А

.

Азартные

игры

как

угроза

общественной

нравственности

//

Молодой

ученый

. – 2013. –

9. –

С

. 299-302.

2.

Иванова

О

.

А

.

Общественная

опасность

нелегального

игорного

бизнеса

/

О

.

А

.

Иванова

//

Научная

дискуссия

:

вопросы

юриспруденции

: 35

сб

.

ст

.

по

матер

. XL

междунар

.

заоч

.

науч

.-

практ

.

конф

.

М

.:

Изд

-

во

«

Интернаука

», 2015.

8 (36).

С

. 75-80

3.Xosilbekovna, S. F. (2024). PSIXOLOGIK HOLATLARGA TUSHISHNI

OLDINGI OLISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

,

39

(4), 56-58.

4. Xosilbekovna, S. F. (2024). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS

OF INCREASING WOMEN'S LABOR EFFICIENCY ARE RELATED TO THE
TOPIC.

TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

4

(2), 440-443.

Bibliografik manbalar

Иванова О. А. Азартные игры как угроза общественной

нравственности//Молодой ученый. – 2013. – №9. – С. 299-302.

Иванова О.А. Общественная опасность нелегального игорного

бизнеса/О.А. Иванова//Научная дискуссия: вопросы юриспруденции: 35 сб. ст.по

матер. XL междунар. заоч. науч.-практ. конф. М.: Изд-во «Интернаука», 2015. № 8 (36).

С. 75-80

Xosilbekovna, S. F. (2024). PSIXOLOGIK HOLATLARGA TUSHISHNI

OLDINGI OLISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 39(4), 56-58.

Xosilbekovna, S. F. (2024). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS

OF INCREASING WOMEN'S LABOR EFFICIENCY ARE RELATED TO THE

TOPIC. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 440-443.