“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
661
SHAXSLARDA TAVAKKALCHILIK BILAN BOG‘LIQ VIRTUAL
O‘YINLARGA MOYILLIKNINNG PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
А
DPI pedagogika va psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi SH.R. Abduraximova
Mirzayeva Durdonaxon Ilhomjon qizi
ADPI filologiya fakulteti O‘zbek tili
va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotasiya;
ushbu maqolada bugungi kunda yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib
borayotgan oyinlardan biri bo‘lgan
virtual o‘yinlar va ularga tobelik, shaxslarda
tavakkalchilik bilan bog‘liq virtual o‘yinlarga moyillikni, yoshlar ongiga ta’sirini psixologik
xususiyatlari kuchli depressiya, xulq-atvorning yomonligi, diqqatning pasayishi, aqliy
jihatdan o‘ylamay, fikrlamay qolishi, muloqotning yo‘qligi, kuchli stress, irodaning sustligi
borasida fikrlar bildirilgan
Kalit so‘zlar
: virtual o‘yinlar, virtual olam, global integratsiya jarayoni, internet,
depressiya, diqqat, stress
Bugungi kunda shaxslarda tavakkalchilik bilan bog‘liq virtual o‘yinlarga
moyilligi tez suratlarda o‘sib bormoqda.
Buning asosiy sababi ham virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri hisoblanadi.
Biz xohlaymizmi yoki xohlamaymizmi axborot texnologiyalaridan voz kecha olmaymiz va
buning imkoni ham yo‘q. Chunki, zamon shiddat bilan rivojlanib, yuksalib yangiliklar
olamiga aylanib bormoqda. XXI asrda dunyoda mafkuraviy manzarasi tubdan o‘zgarib ketdi,
global integratsiya jarayonlarining jadallashib, ommaviy bo‘lib yangicha tafakkur uslubini
yaratib bermoqda.
Virtual o‘yinlar- butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar muntazam ravishda
o‘ynaydigan bugungi jamiyatda tobora ommalashib borayotgan o‘yin turi tushuniladi.
Hozirgi kunga kelib, juda ko‘p yoshlarda tavakkalchilik bilan turli xil o‘yinlar
o‘ynab ko‘radi. Salbiy ko‘rinishdagi juda ham qo‘rqinchli bo‘lgan kinolar tomosha qiladi.
Bu albatta, bolaning ongiga ta’sir o‘tkazmasdan qo‘ymaydi. Keyin esa o‘zlari bilmagan
holatda virtual o‘yinlarga kirib o‘ynashni boshlaydilar.
Dunyoda bugungi kunga kelib, yer sharida yashovchi 58,8% aholi Internet tarmog‘idan
foydalansa, buning qanchadir qismi ham virtual o‘yinlarni o‘ynash uchun kiradi. Bu achinarli
holat hisoblanadi. Biz bugungi kunda beshinchi olamimizni ham yaratib ulgurdik, bu tom
ma’noda virtual olam deganidir. Biz dastlab,
O‘simliklar olami
Hayvonot olami
Inson olami
Texnika olami
Virtual olami- bu hozirda keng tarqalgan virtual olamda, virtual o‘yinlar o‘zining
juda katta salbiy tomonlarini o‘tkizib bormoqda. Shu sababli ham, virtual o‘yinlarga
moyilligi yuqori bo‘lganligi uchun bolalarda, yoshlarda psixologik xususiyatlari anchagina
yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Chunki, bunday holatlarda kuchli depressiya, xulq-
atvorning yomonligi, diqqatning pasayishi, aqliy jihatdan o‘ylamay, fikrlamay qolishi,
muloqotning yo‘qligi, kuchli stress, irodaning sustligi, xattoki, “Abuliya”-(nerv
sistemasining kasalligi, irodaning haddan tashqari sustlashishi) kabi holatlarining ham
yuzaga kelishi va xarakter aksentuatsiyasini buzilishi “introvert”-(ichki dunyosiga yo‘nalgan
yopiq odamlar), “ambrovert”-(boshqarib bo‘lmaydigan oraliq tip)dagi insonlarga aylanib
qolishi ham hech gap emas, aslida.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
662
Internet- bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir bo‘lagiga
aylangan. Internet- bizlar uchun juda ham yengiliklar va qulayliklarga egadir. Uzog‘imizni
bizga yaqin qiladi va o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni internet orqali izlab
topmoqdamiz. Internetdan qanday foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning
o‘ziga yarasha foydasi bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor. Hozirda internetdan
hamma ham yaxshi maqsadda foydalangani yo‘q. Internetdagi virtual video o‘yinlar
yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga ta’sir o‘tkazadi.
Bu virtual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi video o‘yinlarga berilib ketishni rasman
aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik
kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu
internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli hisoblanadi. Kompyuter
o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri
tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir
dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik
xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar mavjud.
Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli virtual mukofotlarni, yutuqlarni
“qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday
ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid ham qilinadi. Bunday ishga esa
pullarini ayamasdan sarflashadi. Masalan, “Rgojest Yentropia” o‘yiniga mukkasidan
ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSH dollari evaziga virtual orol
sotib oladi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun
maxsus joylar bor bo‘ladi. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina xolos
edi.
“Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, Illat izlaganga illatdir dunyo” – hozir virtual
o‘yinlar keltirib chiqarayotgan illatlar, yoshlarni halokatga giriftor etayotgani va nobud
qilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda axborot
vositalaridan ko‘p foydalanish holatlarida yoshlarga nima demoqchiman, hamma narsa ham
“me’yor” degan tushuncha bo‘ladi. Men bitta narsaga ba’zida o‘ylanib qolaman, bugungi
kundagi yoshlarni ongi, aqli shunchalik pastmi..? Hayotining teng yarmidan ko‘p qismini
virtual o‘yinlarga sarflasa, undan ko‘ra “kitob” mutolaa qilgani yaxshi emasmi. Ijtimoiy
tarmoqlardagi virtual o‘yinlar insonlarni shu qadar o‘ziga jalb qiladiki, unga o‘zi qanday qilib
kirib qolganini bilmay qolishmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.Ablazov. Media savodxonlik va axborot madaniyati fanidan o‘quv-uslubiy
majmua. And.2023 y
2.
А
.I. Xaydarov. N.I. Xalilova Umumiy psixologiya darslik. T. 2009.
3.
E. G‘oziev- Tafakkur psixologiyasi T.1990.
