Andijon davlat universiteti
universaljurnal.uz
407
CHIZMACHILIK FANI
QITUVCHILARINING KASBIY PEDAGOGIK
MAHORATINI INNOVATSION METODLAR YORDAMIDA
TAKOMILLASHTIRISH
Choriyev Olmosbek Baxriddin
li
Andijon davlat universiteti 1-bosqich doktoranti.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada chizmachilik fani
qituvchilarining kasbiy
pedagogik mahoratlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metoodlar
yordamida rivojlantirishga oid zarur tavsiya va k rsatmalar berib
tilgan.B lajak
qituvchining t lim-tarbiya jarayonida uchrashi mumkin b lgan qiyinchiliklarni
pedagogik metod va vositalar yordamida tahlil qilish va t lim-tarbiyaning
maqsadi,vazifalari,shakl va metodlarini amaliyotga keng tatbiq qilish masalalari batafsil
yoritilgan.
Kalit
s zlar:
Pedagogik
mahorat,k rgazmali
vositalar,metod,fazoviy
tasavvur,grafik chizmalar, quv faoliyati.
Annotation:
In this article, the necessary recommendations and instructions are
given for the development of professional pedagogical skills of drawing teachers with the
help of modern pedagogical technologies and innovative methods. and analysis with the
help of tools and the issues of wide implementation of the goals, tasks, forms and methods
of education are covered in detail.
Keywords:
Pedagogical skill, visual aids, method, spatial imagination, graphic
drawings, educational activity.
O qituvchilik kasbi sharafli va shu o rinda mashaqqatli kasb turlaridan biri
hisoblanadi.Bu kasbda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir bo lajak o qituvchi
pedagogik mahoratni egallagan bo lishi zarur.O qituvchining barkamol insonni
tarbiyalash,unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng
oliyjanob,yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir.Har bir pedagog ta lim-tarbiya
jarayonida ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan
foydalanadi.Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarflab katta natijalarga erishishi,o z
ishining natijasi bilan mo jizalar yaratishi,ijodkorlik xususiyatlariga ega bo lishi talab
etiladi.Jamiyatimizning ma naviy yangilanishi ijtimoiy yo naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish,demokratik huquqiy davlat qurish,kadrlar tayyorlash milliy masalasi ustuvor
mezon sifatida muhim rol o ynaydi Inson uning har tomonlama kamol topishi va
farovonligi,shaxs manfaatlarini ro yobga chiqarishning sharoitlarini va ta sirchan
mexanizmlarini yaratish,eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini
o zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va
harakatlantiruvchi kuchidir -deb aytgan edi I.A.Karimov.
Andijon davlat universiteti
universaljurnal.uz
408
Pedagogik faoliyatining mazmuni asosan yosh avlodni hayotga,mehnatga
tayyorlash uchun layoqatli,barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo lgan,maxsus
tayyorgarlikdan o tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi.Xo sh pedagogik mahorat
nima va uning chizmachilik fanlarini o qitishda qanday foydasi tegadi?
Ushbu fanni o qitishda qanday innovatsion pedagogik metodlardan foydalanamiz va
bu bizga qanday natijalar beradi?Ushbu maqolada bu savollarga tarlicha javob topishga
harakat
qilamiz.Ma lumki
pedagogik
mahorat-izlanish,ijodiy
mehnat
mahsulidir.Chizmachilik fani ham murakkab fan bo lib,bo lajak o qituvchidan
ziyraklik,zukkolik va ilimiy bilimlarni chuqur o zlashtirganlik,pedagogik texnika va
pedagogik etikadan xabardor bo lishni taqazo etadi.V.A.Suxomlinskiy o zining
Chin
insonni qanday tarbiyalash kerak degan asarida O qituvchining mehnatini biror narsa
bilan qiyoslab ham,taqqoslab ham bo lmaydi.To quvchi bir soatdan keyin o z ishining
hosilini ko radi,po lat erituvchi bir necha soatdan so ng olovdagi metall oqimidan
shodlanadi-bu uning orzusining yuksak cho qqisi;yer haydovchi,don sepuvchi g allakor bir
necha oydan keyin dalada o stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi.O qituvchi
esa o z ijodining mahsulini ko rishi uchun yillab mehnat qilishi kerak degan fikrlarni
bayon etadi.Pedagogik mahorat bir qator kompetentlardan tarkib topadi.U pedagogika va
psixologiya bo yicha ilmiy bilimlarni,ya ni kasbiy bilimlar,kasbiy faoliyat,pedagogik etika
va pedagogik texnikani o z ichiga oladi[3,18].Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu-
kasbga
oid
bilimlarni
puxta
o zlashtirishdan
iboratdir.Chizmachilik
darslarida
o quvchilarning grafik savodxonligini oshirish maqsadida innovatsion metod sifatida dars
jarayonida ko rgazmali qurollardan foydalanish metodini ko rib chiqamiz.Chizmalarni
o quvchiga qo lda to g ri bajarishga o rgatib,ularning chuqur bilim olishlari uchun zarur
bo lgan ijobiy sifatlarni shakllantirib,rivojlantirgan holda grafik savodxonlikka ilk qadam
qo yish imkoniyatini yaratishimiz zarur.Mana shu tarzda o quvchilarda bugungi kun talabi
darajasida sifatli bilim berish va ularning grafik tayyorgarligini oshirish kabi dolzarb
vazifani bajarishga erishamiz.
Albatta bunda ko rgazmali qo llanmalarning o rni ham katta[1,12].Ayniqsa,o qitish
vositalarining metodik tizimdagi tarkibiy qismlari,ko rgazmali qo llanmalarning o quv
faoliyatiga ta siri va ko rgazmali qurollarning ta lim jarayonidagi o rni dars jarayonini
to gri tashkil qilishdagi ahamiyati bilan bog liq.Ko rgazmali qurollarda ko rsatmalilikning
quyidagi
turlaridan
foydalaniladi:1)tabiiy
ko rgazmalilik-o quvchilarni
mavjud
ob ektlar:o simliklar,binolar,mashinalar
va
hokazolar
bilan
tanishtirishni
taqozo
etadi.2)tasvirli ko rgazmalilik-mavjud olamni va borliqdagi narsalarni aks etishi
bilan.Bu:fotosurat,rasm,animatsiyali,multimediali kinofilmlarni ko rsatishdan iborat.
3.Ovozli ko rgazmalilik-tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan
foydalanish - magnitafon, ovozli kino.4.Ramziy va grafik ko rgazmalilik-xaritalar,
rejalar,sxemalar,chizma va diagrammalar.
Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan ramziy ko rinishda aks ettirishi sababli
fazoviy tasavvurni ancha rivojlantiradi[2,43].Ammo shuni ham unutmaslik lozimki,
ko rgazmali qo llanmalarni namoyish etishda unga puxta tayyorgarlik ko rmasdan yoki
ularni noto g ri tanlash faqat zarar keltiradi. Ko rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni
o qitishdagi kabi chizmachilikni o qitish jarayonida ham asosiy va muhim vosita
hisoblanadi.Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo llanilib kelinayotgan eng samarali
o qitish tamoyillaridan biridir. O qituvchining bayoni,uning tushuntirishi aniq,ravshan
obrazlarni o z ichiga olishi, o rganilayotgan savollarning mohiyatini ko rgazmali tasvirlar
Andijon davlat universiteti
universaljurnal.uz
409
yordamida ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.Chizmani grafik tahlil
qilishda mavzuni takrorlashda, o quvchilardan so rashda, xullas, barcha hollarda to la
ko rgazmalilik bo lishi lozim.Kompyuterdagi rasmlar bilan bir qatorda o qitishda
ko rgazmalilik jadvallar,sxemalar,filmlar,multimediali videoproektorlar orqali namoyish
etiladi. Ta limning ko rgazmaliligi mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asos
hisoblanadi[4,61].Bu
rda
ko rgazmalilik
tushunchasi buyumlar (masalan, mashina
detallari va boshqalar)ning bevosita o zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan
bog liqligini qayd qilish zarur.Har qanday tasvir,chizma buyumni his qiladigan ko rish
organlarimiz orqali fahmlanadi.
Shuning uchun ko rgazmalilik inson miyasida chizmada ob ekt belgilarini
modellashtirish natijasida hosil bo ladigan ko rinish obrazi deb qabul qilinadi.Bu tamoyil
o quvchilar chizmachilik fanini yaxshi o zlashtirishlariga xizmat qiladi.Y.A.Komenskiy
ta limda barcha sezgi organlariga tayanish lozimligini ta kidlangan: ko rinadiganini
ko rish,eshitiladiganini - eshitish, hid taratayotganini
hidlash,his qilish mumkin
bo lganini - his qilish.Hozirgi sharoitda chizmachilik darslarida bu tamoyil faqatgina
jadval, plakat, dinamik qo llanmalar,modellar,detallar,uzellar kabilarning o zigina emas
balki qo shimcha ravishda ko p sonli audiovizual vositalar (turli proeksion-apparatlar,kino,
televedeniya) hamda turli xil boshqa turdagi imkoniyatlar (displeylar,grafik amallarni
chizadigan apparatlar)dan keng foydalanib kelinmoqda.Chizmachilikda ko rgazmalilikdan
foydalanish me yorida qo llanilishi asoslangan bo lib, o quvchilarda fazoviy tasavvur va
fazoviy obrazli fikrlashning rivojlanishiga zarar tkazmasligi ham kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.R.Mavlonova,D.Abdurahimova.Pedagogik mahorat (o quv qo llanma)-T;2009y.
2.E.Ro ziyev,A.O.Ashirboyev.Muhandislik grafikasini o qitish metodikasi.-T;2010 y.
3.N.Atayeva,F.Rasulova,M.Salayeva,S.Hasanov.Umumiy pedagogika.-T;2012y.
4.J.Y.Yodgorov,T.R.Sobirov,N.J.Yodgorov.Geometrik va proyeksion chizmachilik.-
T;2008y.
