Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74939

Kalit so‘zlar:

Mafkuraviy kurshtarixiy va ma’naviy ideallar jamiyat ijobiy natija fuqarolik jamiyati ongli munosabat ijtimoiy-ma’naviy muhit

Annotasiya

Mazkur maqolada tarixiy va ma’naviy ideallar hamda ularga aksiologik munosabatini  rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada jamiyatning ma’naviy-axloqiy qiyofasi va jamiyat a’zolarining manaviy qiyofasini yuksaltirishda tarixiy va ma’naviy ideallarning o‘rni hususida hamda ma’naviy ideal va reallikning mazmunini tashkil etuvchi tushunchalarni aniqlash, ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish asosida aniq bir tizimni  yaratish, alohida olingan tushunchalar evolyutsiyasini ko'rib chiqish, milliy idealni harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning tabiatini tahlil etish kabi masalalar bayon etilgan.


background image

U

N

IVE

RS

A

L

int

ernat

io

nal

sc

ient

ifi

c

jou

rnal

www.universaljurnal.uz

34

BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARDA

TARIXIY VA MA’NAVIY IDEALLARGA AKSIOLOGIK

MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (TARIX FANLARI

MISOLIDA)"

Tursunova Dilnoza Adhamjon qizi

Qoʻqon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti


Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 04.07.2024
Qayta qabul: 07.07.2024
Saytda mavjud: 15.06.2024


Muallif (lar)
D.A.Tursunova

10.69891/3060-4540.2024.1.1.004

Muallif bilan aloqa

tursunovad006@gmail.com

https://orcid.org/0009-0009-0887-6887

© D.A.Tursunova

UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal

Ochiq ma’lumotlar:

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal

Maxfiylik bayonoti

Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.


Annotatsiya.

Mazkur maqolada tarixiy va

ma’naviy ideallar hamda ularga aksiologik
munosabatini rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik
zaruriyat hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon
etilgan.

Shuningdek,

maqolada

jamiyatning

ma’naviy-axloqiy qiyofasi va jamiyat a’zolarining
manaviy

qiyofasini

yuksaltirishda

tarixiy

va

ma’naviy ideallarning o‘rni hususida hamda
ma’naviy ideal va reallikning mazmunini tashkil
etuvchi tushunchalarni aniqlash, ular o'rtasidagi
munosabatlarni tartibga solish asosida aniq bir
tizimni yaratish, alohida olingan tushunchalar
evolyutsiyasini

ko'rib

chiqish,

milliy

idealni

harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning tabiatini tahlil
etish kabi masalalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar.

Mafkuraviy kursh, tarixiy va

ma’naviy ideallar, jamiyat, ijobiy natija, fuqarolik
jamiyati, ongli munosabat, ijtimoiy-ma’naviy muhit.

Аннотация:

В данной статье представлены

некоторые мнения о социально-педагогической
необходимости разработки историко-духовных
идеалов и ценностного отношения к ним. Также в
статье рассматривается роль историко-духовных
идеалов в повышении духовно-нравственного
образа общества и духовного образа членов
общества, а также определение понятий,
составляющих содержание духовного идеала и
реальности. и регулирования отношений между
ними описаны такие вопросы, как создание
системы, рассмотрение эволюции отдельных
понятий, сил, движущих национальный идеал, и
анализ их природы.

Ключевые слова.

Идеологический курс,

историко-духовные

идеалы,

общество,

положительный

результат,

гражданское

общество, сознательное отношение, социально-
духовная среда.

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

35

UNIVERSAL international scientific journal

Abstract. This article presents some

opinions on the socio-pedagogical necessity of
developing historical and spiritual ideals and
axiological relation to them. Also, in the article,
the role of historical and spiritual ideals in
raising the spiritual and moral image of society
and the spiritual image of society members, as
well as the definition of the concepts that make
up the content of the spiritual ideal and reality,
and the regulation of the relationship between
them issues such as creation of a system,
consideration of the evolution of separate
concepts, forces that move the national ideal,
and analysis of their nature are described.

Keywords. Ideological course, historical

and spiritual ideals, society, positive result, civil
society, conscious attitude, socio-spiritual
environment.


Kirish.

Mafkuraviy,

g'oyaviy

va

informatsion kurashlar kuchayib borayotgan
hozirgi murakkab va tahlikali davrda ijtimoiy-
ma’naviy muhit holatini sog'lomlashtirish,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga
ko'tarish, aholini turli mafkuraviy xurujlardan
himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga
ongli munosabatini shakllantirish dolzarb
ahamiyat

kasb

etmoqda.

Biz

hozir

globallashuvning inson hayotini deyarli hamma
jihatlariga daxl qilayotgan, jamiyat hayotini
tubdan o'zgartirayotgan, o'zining barcha ijobiy
yutuqlari bilan birgalikda milliy ongdagi
evrilishlarga,

ma’naviy-axloqiy

qadriyatlarimizning

muayyan

jihatdan

emirilishiga kuchli ta’sir o'tkazayotgan tahlikali
sharoitda yashamoqdamiz. Shunday ekan
jarayoning faqat ijobiy natijalariga mahliyo
bo'lib, salbiy natijalariga e’tiborsizlik bilan
qarash millat kelajagi, yurt ravnaqi uchun xavf-
xatardir. Achinarlisi, shuki joylarda jamiyatimiz

ijtimoiy-ma’naviy

muhitining

beqarorlashuviga

sabab

bo'layotgan,

millat, Vatan, inson sha’ni uchun tamg'a
bo'layotgan “ommaviy madaniyat”ning
ko'rinishlari, muayyan axloqsizlik, milliy
qadriyatlarga

nisbatan

bepisandik,

mas’uliyatsizlik

holatlarning

uchrab

turganligining guvohi bo'lib turibmiz.
Vaholanki, “Ommaviy madaniyat”ning
millatlar va xalqlar ma’naviyatining
yemiruvchi omili sifatida namoyon bo'lishi
insoniyatning milliy zamini va o'zligidan
begonalashuviga olib kelmoqda. Ushbu
jarayonda fuqarolar tahlil qobiliyatini
shakllantirish, mavjud xavflarga qarshi
ma’rifiy kurashchanlikni kuchaytirish,
yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni
oldini olish, profilaktika ishlarini samarali
tizimini yo'lga qo'yish, ogohlik va
hushyorlikni oshirish kabi tizimli ishlarni
talab qiladi. Agar mazkur tizimga e’tibor
qaratilmasa, unda, milliy qiyofasi va
milliyma’naviy qadriyatlaridan mahrum
bo'lgan, olomonning shakllanishiga olib
keladi. Shunday ekan, hozirda milliy
axloqimizga nisbatan mavjud tahdidlarni
bartaraf

etish

ulardan

himoyalanish

borasida ichki imkoniyatlarimizni ishga
solishning samarali mexanizmlarini ishlab
chiqish

bunda

eng

ta’sirchan usul

vositalaridan samarali foydalanish kerak
bo'ladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

O'zbekistonda demokratik jihatlarning
yanada

chuqurlashib,

fuqarolik

jamiyatining

esa

tobora

rivojlanib

borayotganligi real imkoniyat, shaffof
ideal garmoniyasining nechog'lik qudratga
ega ekanligini ko'rsatib turibdi. Real
imkoniyat va shaffof ideal garmoniyasi har


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

36

UNIVERSAL international scientific journal

bir millat, davlat taqdirida tarixan aniq namoyon
bo'ladi va davr talablaridan kelib chiqqan holda
yangi innovatsiyalar bilan boyib boraveradi.

Shu o'rinda biz yuqoridagi muhitlarda

qaror

toptirilishi

maqsad

qilib

olingan

“Jamiyatning

ma’naviy-axloqiy

muhiti”

tushunchasiga ham to'xtalib o'tsak. Jamiyatning
ma’naviy-axloqiy muhiti murakkab ijtimoiy
voqelikdir. Ushbu voqelik negizida shaxs –
guruh (jamoa) – jamiyat o'rtasidagi iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy va ma’naviy axloqiy
munosabatlar yotadi. Mazkur muhit o'ziga xos
xususiyatlarga

ega.

Birinchidan,

jamiyat

ma’naviy - axloqiy muhiti shaxs, guruh va
jamoaning axloqiy faoliyatini belgilovchi
mezonlarning

makonda

tarkib

topishi;

Ikkinchidan shaxs va jamiyat munosabatlarini
tartibga soluvchi va yo'naltiruvchi omil
hisoblanadi; Uchinchidan, har bir jamiyat o'z
ma’naviy-axloqiy muhitini yaratadi. Ijtimoiy
tuzum o'zgarishi bilan ma’naviy-axloqiy muhit
ham o'zgaradi. O'zgarayotgan ijtimoiy muhitga
insonning adaptatsiya (moslashish, ko'nikish)
qobiliyati muvofiq bo'lmog'i lozim. Inson
o'zgargan muhitning talab va ehtiyojlariga o'zini
moslamasa bir qator muammolar kelib chiqadi.
Demak, hozirda yangilanayotgan O'zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlarga nafaqat
moslashish balki, unda faol ishtirok etish,
shaxsiy tashabuskorlik ko'rsatish davr talabi.

Tahlil va natijalar. Jamiyatning ma’naviy

muhiti uning adolatli ravishda rivojlanish
xususiyatlarini, uning axloqiy muhiti unda
qadriyatlarning tarkib topish yo'nalishlarini
ifodalaydi. Demak, jamiyat ma’naviy-axloqiy
muhiti yangi normalar, printsiplar, qoidalar va
qarashlarni taqazo etadi. Jamiyat ma’naviy-
axloqiy muhitining asosiy meъyori jamiyatni
ma’naviy-axloqiy

jihatdan

sog'lom

rivojlantirishdan iborat. Uning printsipi esa
axloqiy meъyor va mezonga amal qilishdir.

Ma’naviy ideal qanchalik aniq va etti

marta o'lchab bir kesish tamoyiliga
asoslangan holda yaratilsa, u shunchalik
hayotiy bo'lishligini mustaqillik yillari
tarixi ko'rsatib turibdi. Mamlakatda ushbu
sohada nafaqat biz, balki ko'plab xorij
mamlakatlari uchun ahamiyatga molik
tajriba to'plandi. Ushbu tajribani nazariy va
amaliy jihatdan tahlil qilish hozirgi kunda
milliy ijtimoiy falsafamizning muhim
muammolaridan

biri

hisoblanadi.

Shuningdek, ma’naviy ideal va ijtimoiy
reallik o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, o'zaro
ta’sirning meъyori, Ma’naviy ideal va
reallikdagi mutanosiblikning mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy,

ma’naviy

hayoti ravnaqidagi o'rnini o'rganish va
undan metodologik xulosalar chiqarish
muhim ahamiyatga ega.

Tarixiy va ma’naviy ideallar hamda

ularga

aksiologik

munosabatini

rivojlantirishning dolzarbligi quyidagilar
bilan belgilanadi:

Birinchidan, umuminsoniy ma’naviy

idealning muhim tarkibiy qismi bo'lgan,
milliy idealning umuminsoniy idealdan
oziqlanishi va umuminsoniy idealning
shakllanishi,

takomillashuvida

milliy

idealning o'rni va rolini mustaqillik
sharoitida, milliy idealni tiklash, uni yangi
mazmun bilan boyitish, uning gumanistik
qadrini xalqlaro miqyosda transformatsiya
qilish amaliyoti orqali, tahlil etishga
nisbatan zaruriyatning kun sayin ortib
borayotganligi.

Ikkinchidan, ma’naviy idealning

mazmuni va uni harakatga keltiruvchi
kuchlarni ochib berish ijtimoiy falsafada


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

37

UNIVERSAL international scientific journal

muhim muammo hisoblanadi. Ma’naviy ideal
va reallikning mazmunini tashkil etuvchi
tushunchalarni

aniqlash,

ular

o'rtasidagi

munosabatlarni tartibga solish asosida aniq bir
tizimni yaratish, alohida olingan tushunchalar
evolyutsiyasini ko'rib chiqish, milliy idealni
harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning tabiatini
tahlil

etish

ahamiyatlidir.

Milliy

ideal

millatning tarixiy takomili bilan barobar
rivojlanuvchi hodisa. Bugun o'zbek milliy ideali
o'zbek millati yaratgan ijtimoiy ideallar
sintezidir.

Uchinchidan,

mustaqillikni

mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish
va yangilash, modernizatsiya va isloh etish
sharoitida millatning asriy orzu umidlari
bo'lgan milliy yuksalish kabi ijtimoiy idealga
talab bir necha barobar ortib bormoqda. Bu
mamlakatimiz

mustaqilligini

yanada

mustahkamlash yo'lidagi islohotlar jarayonida
o'z ifodasini topmoqda. Jamiyat taraqqiyoti
Ma’naviy

idealva

reallikning

o'zaro

aloqadorligini nazariy va amaliy nuqtai
nazardan yangilashni talab qiladi.

To'rtinchidan, globallashuv jarayonining

kengayib va chuqurlashib borishi umuminsoniy
va milliy ideal nisbatini jiddiy tahlil etishni
taqozo

qilmoqda.

Globalizmda

umuminsoniylikdan ko'ra maъlum bir davlat va
kuchlar manfaati demokratiya niqobi ostida
birinchi o'ringa chiqmoqda, globallashuvga
subъektsiz kirib borish, “ommaviy madaniyat”
kabilar keng targ'ib qilinmoqda. Shuning uchun
bugun globalizm va u bilan bog'liq mafkuralar,
ularning zararli oqibatlarini ochib tashlash,
milliy idealni mazmunan boyitish, uning joziba
kuchini oshiruvchi omillarini yaratishni talab
qilmoqda.

Beshinchidan,

mamlakatimizda

demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish

va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Ijtimoiy
subъektlarning intellektual va ma’naviy
salohiyatini, ularning ijtimoiy idealni
o'zlashtirishi,

real

hayotda

ushbu

ideallarning qanday hajm, mazmun va
tezlikda amalga oshib borayotganini ko'ra
bilish, baholashi, unda o'z ishtirokini
obъektivlashtirish

madaniyatini

shakllantirish

masalasi

tobora

dolzarblashmoqda. Ma’naviy ideal va
ijtimoiy reallik dialektikasini tadqiq qilish
ushbu jarayonni tizimli bilishda va
shaxsning fidoiy fuqaro sifatida ijtimoiy
ideallarni

hayotiylashtirishiga,

yangi

ideallarni shakllantirishiga xizmat qiladi.

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish

sari jadal rivojlanib borar ekanmiz, aholi,
ayniqsa yoshlar ongi va dunyoqarashini
milliy qadriyatlar asosida boyitib borishda,
milliy qadriyatlarimizni ichki va tashqi
muhitning salbiy ta’siridan ommaviy
himoyalashda

“milliy,

ma’naviy,

mafkuraviy

immunitetni

uyg'unlikda

shakllantirish”

va

uni

amaliyotda

samarasiga erishishda ma’naviy ideal omili
muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat va
jamoat tashkilotlari tomonidan bu borada
muayyan ishlar amalga oshirilganiga
qaramasdan yon-atrofda yuz berayotgan
voqealarga daxldorlik hissini oshirish,
mamlakatimiz

mustaqilligi,

tinch-

osoyishta hayotimizga xavf tug'dirishi
mumkin bo'lgan tajovuzlarga qarshi izchil
kurash olib borish, ushbu jarayonga
innovatsion yondoshuvni joriy etish,
jamiyatda

ijtimoiy-ma’naviy

muhit

holatini

aniqlash

va

manzilli

sog'lomlashtirish

tizimining

metodologiyasi yaratishni taqozo etmoqda.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

38

UNIVERSAL international scientific journal

Mazkur metodoligiyani yaratilishi ijtimoiy-
ma’naviy muhit va unga nisbatan tahdidlarlarni
oldini olishda ijtimoiy-falsafiy, pedagogik
psixologik hamkorlikni talab qiladi.

O'zbek xalqi o'zining qadimiy, boy milliy

ideallariga ega. Uning ildizlari eramizdan
oldingi X asrlarga borib taqaladi. Ko'hna Sharq
og'zaki ijodining ilk namunalari bo'lmish Mitra,
Ardvisura,

Anaxita,

Vertragna

singari

maъbudalarga bag'ishlangan afsonalarda milliy
ideallarning mifologik dastlabki andozalarini
Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug'otit turk”
asari orqali esa vatanparvarlik, insoniylik,
hamjihatlik, mardlik va jasorat, ilm o'rganish,
kasb-hunar

egallashga daъvat, kattalarga

hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, poklik,
do'stlik, sadoqat, kamtarlik, fidoyilik kabi
mukammallashgan ideal va g'oyalar bilan
tanishamiz.[1.B.27]

Eramizdan avvalgi VIII asrga kelib

qadimgi

Xitoyda

quldorlikdan

feodal

jamiyatiga o'tish boshlanadi. Jamiyatdagi tub
o'zgarishlar kishilarning dunyoqarashiga ta’sir
qilmay qolmaydi. Natijada – er.avv. VIII – V
asrlarda “barcha maktablar raqobati”, yaъni
turli falsafiy, siyosiy, diniy oqimlarning o'zaro
bahsli davri boshlanadi.[2.B.39-40] Dao –
konfutsiylik ana shu davrda yuzaga kelib,
keyinchalik Xitoy xalqining ijtimoiy-axloqiy va
siyosiy-falsafiy

taъlimotiga

aylangan.

Daosizmning asoschisi Lao-tszi hisoblanadi.
Uning ijtimoiy-axloqiy va siyosiy-falsafiy
qarashlari “Dao – de – tszin” (“Ezgu amallar
yo'li yoxud kuch va harakatlar haqida Kitob”)
asarida ifoda etilgan. “Dao” turlicha talqin
qilinib tushuncha, sirli kuch sifatida barcha
mavjud narsalarning boshi, asosi, ijtimoiy hayot
va taraqqiyotning umumiy qonuni, boshqarish
printsipi sifatida qaraladi.[2.B.48] Lao-tszi
taъrifiga ko'ra “dao” borliqni yaratuvchi va

ifoda etuvchi ideya, ideal, substantsiyadir.
Bu aslida Lao-tszining “idealllashtirilgan
urug'chilik

jamiyati”

to'g'risidagi

qarashlari edi.

Taklif

va

tavsiyalar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi
taklif va tavsiyalarni ilgari surish mumkin:

1. Ma’naviy idealning mazmuni va

uni harakatga keltiruvchi kuchlarni ochib
berish ijtimoiy falsafada muhim muammo
hisoblanadi. Ma’naviy ideal va reallikning
mazmunini tashkil etuvchi tushunchalarni
aniqlash, ular o'rtasidagi munosabatlarni
tartibga solish asosida aniq bir tizimni
yaratish;

2. Alohida olingan tushunchalar

evolyutsiyasini ko'rib chiqish, milliy
idealni harakatga keltiruvchi kuchlar,
ularning tabiatini tahlil etish;

3. Tarix fanining o'qitish metodlari

tizimini tashkil etgan ko'rgazmali, og'zaki,
matnlar vositasida o'qitish va amaliy
metodlar bir-biri bilan o'zaro chambarchas
bog'langan holda dars jarayonini olib
boorish.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda olib

borilgan tadqiqotlarda ijtimoiy idealning
irratsional hamda emotsional xususiyatlari
ifodalangan. Zero, baъzi hollarda
ma’naviy ideal belgilari hayotda real
mavjud bo'lmasligi ham mumkin. Yaъni, u
hozirgi zamonda ham, kelajakda ham
bo'lmaydi, uning mavjudlik sharti – o'tgan
zamon bilan belgilanadi. Shunday qilib,
kishilarning ijtimoiy idealga bo'lgan
intilishi ularning o'z zamonasidagi odatiy
sharoitga

sig'maslik,

uni

tezroq

kengaytirish

uchun

qilingan

xatti-

harakatidan ham iborat deb qaraladi. O'z
navbatida mazkur xatti-harakat uchun


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

39

UNIVERSAL international scientific journal

namunani ular kelajakdan topolmaydilar,
chunki

bu

murakkab

voqelikdagi

ibrat

tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi. Jamiyat

miqyosida

idealning

reallashuvi

innovatsion

yondoshuvni

vujudga

keltiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит

-

турк

.

Уч жилдлик. – Тошкент: Фан, 1963.

2.

История китайской философии. -М.: Прогресс, 1989. С.39-40

3.

Murodjon

o‘g‘li,

Usmonaliyev Ikromjon.

"SOCIO-PHILOSOPHICAL

AND

PEDAGOGICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF “HISTORICAL THINKING”
AND “PROFESSIONAL COMPETENCE”."

Ethiopian International Journal of Multidisciplinary

Research

11.05 (2024): 180-183.

Bibliografik manbalar

Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит - турк. Уч жилдлик. – Тошкент: Фан, 1963.

История китайской философии. -М.: Прогресс, 1989. С.39-40

Murodjon o‘g‘li, Usmonaliyev Ikromjon. "SOCIO-PHILOSOPHICAL AND PEDAGOGICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF “HISTORICAL THINKING” AND “PROFESSIONAL COMPETENCE”." Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research 11.05 (2024): 180-183.