Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74940

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot xizmatlar sohasi transformasiya yalpi ichki mahsulot xizmatlar sohasini rivojlantirish muammolari

Annotasiya

Mazkur maqolada xizmat koʻrsatish sohasini intensiv rivojlantirish va raqamlashtirish natijasida kelib chiqadigan xatarlarni oʻrganish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish masalalaridagi ilmiy ishlarning olib borilishi, muammonining oldini olishga, davlat boshqaruvi organlariga esa, raqamli xizmatlar iste'moli jarayonlaridagi va platformalardan foydalanishdagi barcha turdagi xavflarini barqaror kamaytirishga qaratilgan normalar va mexanizmlar tizimini yaratishga imkon berishi ta'kidlangan. Xizmat koʻrsatish sohasi milliy va jahon iqtisodiy tizimlarining oʻsishini ta'minlashda ham, aholining turli guruhlarining hayot sifatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi va iqtisodiy hamda statistik tahlillari asosida xizmat koʻrsatish sohasining YaIMdagi ulushi va rivojlanish darajasi oʻrtasida yaqin va toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjudligiga xulosa qilishimiz mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.


background image

U

N

IVE

RS

A

L

int

ernat

io

nal

sc

ient

ifi

c

jou

rnal

www.universaljurnal.uz

22

ZAMONAVIY IQTISODIYOTNI TRANSFORMATSIYALASH

JARAYONLARIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH

MUAMMOLARI

Xusanov Murodjon Sunnatullayevich

Qoʻqon universiteti Exam Control departamenti boshligʻi, Toshkent davlat iqtisodiyot

universiteti mustaqil izlanuvchisi

Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 04.07.2024
Qayta qabul: 07.07.2024
Saytda mavjud: 15.06.2024



Muallif (lar)
M.S.Xusanov

10.69891/3060-4540.2024.1.1.004

Muallif bilan aloqa

murodjon_0202@mail.ru

https://orcid.org/0009-0005-4304-5801

© M.S.Xusanov

UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal

Ochiq ma’lumotlar:

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal

Maxfiylik bayonoti

Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.

Annotasiya:

Mazkur maqolada xizmat koʻrsatish

sohasini

intensiv

rivojlantirish va raqamlashtirish

natijasida kelib chiqadigan xatarlarni oʻrganish va ularning
salbiy oqibatlarini kamaytirish masalalaridagi ilmiy
ishlarning olib borilishi, muammonining oldini olishga,
davlat boshqaruvi organlariga esa, raqamli xizmatlar
iste'moli

jarayonlaridagi

va

platformalardan

foydalanishdagi barcha turdagi xavflarini barqaror
kamaytirishga qaratilgan normalar va mexanizmlar
tizimini yaratishga imkon berishi ta'kidlangan. Xizmat
koʻrsatish sohasi milliy va jahon iqtisodiy tizimlarining
oʻsishini ta'minlashda ham, aholining turli guruhlarining
hayot sifatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi
va iqtisodiy hamda statistik tahlillari asosida xizmat
koʻrsatish sohasining YaIMdagi ulushi va rivojlanish
darajasi oʻrtasida yaqin va toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik
mavjudligiga xulosa qilishimiz mumkinligi koʻrsatib
oʻtilgan.

Kalit so‘zlari:

milliy iqtisodiyot, xizmatlar sohasi,

transformasiya, yalpi ichki mahsulot, xizmatlar sohasini
rivojlantirish muammolari.

Аннотация:

В данной статье проводится

научная работа по изучению рисков, возникающих в
результате интенсивного развития и цифровизации
сферы услуг, и снижения их негативных последствий,
норм и механизмов, направленных на предотвращение
проблемы, а также для органов государственного
управления. устойчиво снизить все виды рисков в
процессах

потребления

цифровых

услуг

и

использования платформ отмечается, что это
позволяет создать систему. Показано, что сфера услуг
играет

важную

роль

в

обеспечении

роста

национальных и мировых экономических систем и в
повышении качества жизни различных групп
населения, а на основе экономико-статистического
анализа показано, что существует тесная и прямая
связь между долей сектора услуг в ВВП и уровнем
развития.

Ключевые слова:

национальная экономика,

сектор услуг, трансформация, валовой внутренний
продукт, проблемы развития сферы услуг.

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

23

UNIVERSAL international scientific journal

Abstract: This article conducts scientific

work to study the risks arising from the
intensive development and digitalization of the
service sector, and reducing their negative
consequences, norms and mechanisms aimed
at preventing the problem, as well as for
government authorities. to sustainably reduce
all types of risks in the processes of consuming
digital services and using platforms, it is noted
that this makes it possible to create a system. It
is shown that the service sector plays an
important role in ensuring the growth of
national and global economic systems and in
improving the quality of life of various
population groups, and based on economic and
statistical analysis it is shown that there is a
close and direct connection between the share
of the service sector in GDP and the level of
development.

Key words: national economy, service

sector,

transformation,

gross

domestic

product, problems of development of the
service sector.

Kirish
Bugungi

taraqqiy

etgan

zamon

iqtisodiyotining

rivojlanishi

turli

makroiqtisodiy

va

moliyaviy

omillar

ta'siridagi oʻsishlar va pasayishlar, xar xil
inqirozli vaziyatlarning tarmoqlarga ta'siri
bilan kuzatiladi. Shunga koʻra, mulkchilikning
turli shakllari va iqtisodiy faoliyat turlari, shu
jumladan xizmat koʻrsatish sohasi bilan
bogʻliq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub'yektlar
faoliyatining

samaradorligini

ta'minlash

inqirozli vaziyatlarning har xil turlariga
munosabat bildirishning ilmiy asoslanganligi,
oqilonaligi

va

samaradorligiga

bevosita

bogʻliqdir.

Shuni

ta'kidlash

kerakki,

milliy

iqtisodiyotdagi

xoʻjalik

yurituvchi

sub'yektlarning

moliyaviy-iqtisodiy

samaradorlik

faoliyatini

pasayishiga

ta'siri nuqtai nazaridan eng xavflilari
boʻlib makroiqtisodiy inqirozlarning
kombinatsiyalashgan

xarakterdagilari,

ya'ni bir nechta toifa inqirozlarning
elementlarini birlashtirgan ancha uzoq
muddatli inqirozlar hisoblanadi.

Masalan,

1929-1933-yillarda

AQShda shunday kombinatsiyalangan,
oʻta xavfli inqiroz yuz berdiki, uning
oqibatlari kamida oʻn yil davomida ta'sir
etdi ("Buyuk depressiya" deb atalgan). U
oʻzida

ortiqcha

ishlab

chiqarish,

moliyaviy

bozorlar

inqirozi

va

iqtisodiyotda texnologik tuzilishidagi
oʻzgarishi

bilan

bogʻliq

inqiroz

elementlarini mujassamlashtirgan.

2020-2021-yillardagi jahon inqirozi

ham

koronavirus

pandemiyasi

va

moliyaviy

bozorlar

inqirozi

sabab

boʻlgan

inqiroz

elementlarini

birlashtirgan xarakterga ega. Bundan
tashqari,

global

virtual

raqamli

iqtisodiyotning jadal rivojlanish sur'atlari
ham

zamonaviy

inqirozning

rivojlanishiga

turli

ma'noda

ta'sir

oʻtkazadi.

Umuman olganda, makroiqtisodiy

inqiroz turiga qarab xizmat koʻrsatish
sohasini rivojlantirishni toʻgʻri tashkil
etilishini, ya'ni uzoq muddatli inqiroz
sharoitida cheklangan moliyaviy, kadrlar
va

tashkiliy

resurslardan

oqilona

foydalanishni taqozo etadi. Bu esa,
xizmat bozorlari tarmogʻida talab etilgan
ishlab

chiqarish

va

taqdim

etish

hajmlarining

nisbiy

barqarorligini

ta'minlashga imkon beradi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

24

UNIVERSAL international scientific journal

2020-2021-yillardagi

inqiroz

xizmat

koʻrsatish sohasining yangi yoʻnalishlarini
rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi inqiroz ta'siri
ostida

shakllangan

jahon

iqtisodiyotida

aholiga xizmatlarning asosiy turlarini taqdim
etish

hajmining

oʻzgarishi

1-rasmda

keltirilgan.

Umuman olganda, ushbu inqiroz turizm,

mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish
tashkilotlari

kabi

xizmat

koʻrsatish

sohalarining faoliyatiga koʻproq salbiy ta'sir
koʻrsatdi. Chunki 2020-yildagi vaziyatdan
kelib chiqib, pandemiyaning birinchi va
ikkinchi toʻlqinlari paytida jahon boʻylab,
aksariyat

mamlakatlarda

ushbu

biznes

yoʻnalishidagi sub'yektlarning vaqtincha toʻliq
yopilishi, aholi muhim guruhlari harakatining
past darajada saqlanishi hamda real pul
daromadlarining kamayishi natijasida iste'mol
talabining tushib ketishi fonida pasayish
tendensiyalari kuzatildi.

Koʻrinib

turibdiki,

Kovid-19

pandemiyasi davrida kiritilgan cheklovlar
natijasida yuzaga kelgan inqiroz ta'siri
ayrim xizmat turlarida ham kuzatiladi.
Jumladan,

2020-yilda

2019-yilga

nisbatan turistik xizmatlar 65,8 %ga,
mehmonxona xizmatlari 41,3 %ga, kafe
va restoran xizmatlari 17,8 %ga, transport
xizmatlari 16,9 %ga va maishiy xizmatlar
14,4 %ga kamaygan.

Albatta, pandemiyaning ilk davrida

bu xizmat turlari oʻz faoliyatini toʻliq
toʻxtatgan va ehtiyojdan kelib chiqib,
keyinchalik xizmatni muqobil etkazib
berish usullariga oʻtilgan. Ya'ni, kafe va
restoranlar taomlarni etkazib berish,
transportlar esa shu (kafe va restoranlar
taomlari) va boshqa aholi ehtiyoji uchun
zarur boʻlgan tovarlarni (kundalik
maishiy mollar, dori-darmon, oziq-ovqat
va hk.) etkazib berish orqali oʻz
xizmatlarini koʻrsata boshlaganlar.

1-rasm. Jahon bozorida asosiy xizmat turlarining oʻsish (pasayish) sur'atlari

1

1

World Annual Report. NY., 2021. P.273.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

25

UNIVERSAL international scientific journal

Oʻz

navbatida,

tahlillarda

tibbiy

xizatlarning 2,7 %ga, moliyaviy xizmatlarning
10,6 %ga, ta'lim xizmatlarining 21,7 %ga, AKT
xizmatlarining 67,3 %ga va masofaviy etkazib
berish xizmatlarining 2,3 barobarga oshganini
kuzatishimiz mumkin.

Ta'lim xizmatlarining oʻsib borishiga

masofaviy ta'limga oʻtilishi va buning
afzalliklarini inobatga olgan holda, shuningdek,
insonlarning boʻsh vaqtlarida qoʻshimcha ta'lim
olishga ehtiyojiniing oshib borishi natijasida
xususiy ta'limning (qisqa muddatli kurslar,
masalan til oʻqitish, dasturlash, buxgalteriya
asoslari va hk.) ham ommaviy ravishda
masofaviy yoʻlga qoʻyilishi sabab boʻlgan.

Tabiiy ravishda pandemiya davrida AKT

xizmatlariga ehtiyoj keskin ortdi va bu xizmat
turining rivojlanishiga olib keldi. Shu bilan
birga, AKT xizmatlari masofaviy tarzda
koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmat turlaridan
biri boʻlib, pandemiyadan soʻng ham bu xizmat
turini masofaviy koʻrsatish tobora ommalashib
bormoqda.

Demak,

pandemiya

davrida

aholi

ehtiyojini

qondirish

va

ta'qiqlar

tufayli

masofaviy xizmat koʻrsatish turi jadal rivojlanib

borgani, shu bilan birga, ushbu xizmat
turining afzalliklari va qulayliklari bois
aholi oʻrtasida keng ommalashganini
e'tirof etish mumkin.

Xizmatlarda qoʻshilgan qiymatning

yalpi ichki mahsulotdagi ulushini tahlil
qiladigan boʻlsak (2-rasm), rivojlangan
davlatlarda xizmatlarning yalpi ichki
mahsulotidagi ulushini (67,8 %) oʻrta
rivojlangan (52,8 %) va past rivojlangan
(34,4 %) davlatlardan yuqori ekanligini
koʻrishimiz

mumkin.

Shuningdek,

xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi, mintaqalar boʻyicha, Evropa ittifoqi
mintaqasida

64,7

%ga,

Evropa

va

Markaziy Osiyo (rivojlangan davlatlardan
tashqari) mintaqasida 63,4 %ga, Sharqiy
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida
56,6 %ga, Markaziy Osiyo davlatlari
boʻyicha, Qozogʻiston Respublikasida
52,6

%ga,

Qirgʻiz

Respublikasida

52,4 %ga, Turkmanistonda 51,2 %ga,
Oʻzbekiston Respublikasida 41,6 %ga va
Tojikiston Respublikasida 32,3 %ga toʻgʻri
kelmoqda.

2-rasm. Xizmatlarda qoʻshilgan qiymatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

2

2

Жаҳон банкининг ахборот тизими: https://databank.worldbank.org/source/world-development-indicators.

64,1

53,4

53,0

39,8

36,7

44,1

55,5

49,8

53,4

64,7

54,1

54,0

39,6

37,1

46,8

55,5

50,3

54,2

65,3

54,1

54,8

39,7

35,3

51,1

56,1

50,7

56,4

64,0

53,0

53,0

39,6

33,4

51,1

53,9

51,0

54,1

62,6

52,4

52,8

41,6

32,3

51,2

52,6

52,4

54,0

Дунё

Ўрта даромадли давлатлар

Европа ва Марказий Осиё

Ўзбекистон Республикаси

Тожикистон Республикаси

Туркманистон Республикаси

Қозоғистон Республикаси

Қирғиз Республикаси

Россия Федерацияси

2018

2019

2020

2021

2022


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

26

UNIVERSAL international scientific journal

Umuman

olganda,

zamonaviy

inqirozning xizmat koʻrsatish sohasidagi
tadbirkorlik

sub'yektlari

faoliyati

samaradorligiga ta'sirini quyidagi asosiy
yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin:

1.

Raqobatbardoshlikni

ta'minlash

yoʻnalishida:

- aksariyat sanoat bozorlari, ayniqsa

aholiga maishiy va boshqa pullik xizmatlar
koʻrsatish ulushi (milliy va xalqaro turizm
sohasidagi xizmatlar, mehmonxonalar hamda
restoranlar va b.) hajmining sezilarli va
nisbatan keskin qisqarishi;

- xizmatlar va tovarlar uchun virtual

bozorlarning

jadal

oʻsishi,

bunday

bozorlarning

izchil

rivojlanishini

ta'minlaydigan

turli

vositachilik

tuzilmalarining

faol

rivojlanishi

(kompaniyalar va savdo tarmoqlarining mobil
ilovalari bozorlari, etkazib berishning turli
tijorat va koʻngilli shakllari va b.);

-

inqirozli

vaziyatlar

doirasida

tadbirkorlik

sub'yektlarining

raqobatbardoshligini

ta'minlash

uchun

integratsiya va kooperatsiya jarayonlari rolini
izchil oshishi (bu kabi nisbatan noaniq inqiroz
ta'siri I. Adizes va M.M. Gamburg [6, 10] kabi
zamonaviy

iqtisodchilar

tomonidan

oʻrganilgan).

2. Xizmat koʻrsatuvchilarning moliyaviy

rivojlanishini ta'minlash yoʻnalishida:

-

bank

xizmatlari

(kreditlari)ning

kamayishi yoki ma'lum darajada qisqarishi
(masalan,

loyihalarga

uzoq

muddatli

kreditlarni ajratish);

- xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari

faoliyatining oʻrtacha likvidligi va toʻlov
qobiliyatining sezilarli darajada pasayishi;

- tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining

moliyaviy barqarorligi darajasining pasayishi;

-

aksiyalar

va

korporativ

obligatsiyalarni

chiqarish

nuqtai

nazaridan fond bozorlari salohiyatidan
foydalanish imkoniyatlarining qisqarishi
(2020-yilda jahon fond bozorining global
indeksining umumiy pasayishi 15,1% ni
tashkil etdi );

- virtual bozorlar salohiyatining

oshib borishi (Internet-banklar, virtual
investitsiya kompaniyalari va fondlari,
kriptovalyuta bozorlari, startaplar va b.).

3. Inqirozli vaziyat doirasida har xil

turdagi

moddiy

ishlab

chiqarish

resurslarini boshqarish nuqtai nazaridan:

-

xizmat

koʻrsatish

sohasi

kompaniyalarining

asosiy

fondlarini

takror ishlab chiqarish parametrlarining
yomonlashishi, birinchi navbatda, inqiroz
sharoitida moliyaviy va investitsiya
resurslarining

etishmasligi

natijasida

unumdorlikning pasayishi;

- yoqilgʻi-energetika sohasidagi

koʻzda tutilmagan holatlar natijasida,
tejamkorlik

dasturlarini

amalga

oshirishning murakkabligi.

4. Xizmat koʻrsatish sohasidagi

xoʻjalik

yurituvchi

sub'yektlarning

mehnat

resurslariga

ta'siri

nuqtai

nazaridan:

-

xizmat

koʻrsatish

sohasi

sub'yektlarning oʻz xodimlarining katta
qismini masofadan ish bilan ta'minlash
formatiga

oʻtkazilishi

(Kovid-19

pandemiyasi davridagi cheklovlar sabab);

- autsorsing imkoniyatlaridan faol

foydalanilishi;

- moliyaviy-iqtisodiy reslarning

cheklanganligi (qisqarib borishi) sababli
korporativ ta'lim dasturlarini sezilarli
darajada qisqartirib borilishi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

27

UNIVERSAL international scientific journal

5. Tashkiliy va rivojlanishni boshqarish

masalalarida:

- kadrlar oqimining keskin oshishi,

mehnat

jamoalarida

kadrlarni

rivojlantirishdagi

barqarorlik

darajasining

pasayishi;

-aholining muhim guruhlarini umumiy

ijtimoiy-psixologik holatining yomonlashishi
(postkovid sindromi, qoʻrquv, vahima va
izolyasiyalanish oqibatlari);

-

inqirozli

vaziyatda

tashkiliy

rivojlanishga

innovatsion

yondashuvlarni

shakllantirish va amalga oshirish uchun
talabning ortishi [14] (masalan, F. Lalu
tomonidan asoslangan "Feruza tashkilotlar"
deb nomlangan konseptsiya tamoyillarini
qoʻllash).

6. Iqtisodiy hamkorlik va integratsiya

masalalarida:

-davlat-xususiy

sheriklik

munosabatlarining

iqtisodiy

integratsion

salohiyatidan foydalanish intensivligining
ma'lum darajada oshishi;

-iqtisodiyotning korporativ sektoridagi

integratsiya

jarayonlarining

(birlashish/qoʻshilish) koʻpayishi yohud bu
yoʻnalishda faollikning oshishi (odatda, oʻzaro
manfaatli va doʻstona boʻlmagan xarakterdagi
qoʻshilish va/yoki sotib olish jarayonlari
makroiqtisodiy

noaniqlik

sharoitida

faollashadi, an'anaviy ravishda uzoq muddatli
va global inqirozli vaziyat tufayli yuzaga
keladi);

- xizmat koʻrsatish sohasidagi kichik va

oʻrta toifadagi kompaniyalarning inqiroz
sharoitida kuchayib borayotgan moliyaviy va
iqtisodiy

xavf-xatarlarga

chidamliligi

darajasining

oshishi

(hududiy

sanoat

klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish

nuqtai

nazaridan

kooperatsiya

va

integratsiya jarayonlarini jadallashtirish
natijasida);

- raqamli iqtisodiyotning virtual

segmentining (Internet fondlari, kripto
aktivlari

birjalari,

virtual

strategik

investorlar va b.) kundalik hayotga kirib
kelishi.

7. Iqtisodiyotni raqamlashtirish va

xizmat koʻrsatish sohasiga raqamli
texnologiyalarni

kirib

kelishi

masalalarida:

-xizmat

koʻrsatish

sohasi

tashkilotlariga

aloqador

raqamli

platformalarni joriy etish jarayonlarining
jadal rivojlanishi;

-

xizmat

koʻrsatish

sohasi

tashkilotlari

faoliyatida

Internet-

marketing vositalaridan, shu jumladan
ITM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi)
mexanizmlaridan foydalanilishi;

- xizmat koʻrsatish sohasidagi

tadbirkorlik

sub'yektlarining

virtual

kapital bozorlari, axborotlar, xizmatlar va
boshqalar bilan oʻzaro hamkorligining
faollashishi;

-asosiy faoliyatining moliyaviy-

iqtisodiy

samaradorligini

oshirish

shakllaridan biri sifatida kompaniyalar
tomonidan biznes-jarayonlarda virtual
autsorsing aloqalarini rivojlantirilishi va
takomillashtirilishi,

ayniqsa

uzoq

muddatli

makroiqtisodiy

inqiroz

sharoitida dolzarbdir.

Shunday qilib, xizmat koʻrsatish

sohasidagi

tadbirkorlik

sub'ektlari

faoliyatining

moliyaviy-iqtisodiy

samaradorligini ta'minlash uchun 2020 –
2021-yillardagi

inqiroz

ta'sirining


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

28

UNIVERSAL international scientific journal

oqibatlari doirasi asosan salbiy ahamiyat kasb
etadi.

Shunday boʻlsada, uzoq muddatli

inqirozli vaziyat xizmat koʻrsatish sohasini
diversifikatsiyalash, yangi xizmat turlarini
yoʻlga qoʻyish, raqamli iqtisodiyot, xususan
raqamli texnologiyalar salohiyatidan keng
foydalanishni ragʻbatlantirish masalalarida
ijobiy ta'sir koʻrsatadi.

Umuman xizmat koʻrsatish sohasini

jadal rivojlantirish, undagi iqtisodiy
salohiyat va imkoniyatlarni kengaytirish,
ayniqsa

soha

tashkilotlarining

turli

inqirozlarga

bardoshliligiga

erishish

masalalari doimo ham ilmiy, ham amaliy
qiziqish uygʻotadi.



3-rasm. Raqamli xizmatlar jahon bozori hajmining oʻzgarib borish tendensiyalari (2020 yilni 2012 yilga

nisbatan, %da)

3

Bugungi jadal sur'atlar bilan taraqqiy

etayotgan zamonda boshqa tarmoqlar kabi
xizmatlar sohasida ham istiqbolli rivojlanish
yoʻnalishlaridan biri bu – raqamlashtirishdir.
Shu

bilan

birga,

raqamlashtirish

imkoniyatlaridan

asosiy

faoliyatga

qoʻshimcha ravishda operasion va savdo
faoliyatiga sarflanadigan vaqtni qisqartirish,
veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali xizmat
koʻrsatuvchining xizmatlarni koʻrsatish va
iste'molchilar

orasida

keng

tarqatish

borasidagi

imkoniyatlarini

oshirish,

iste'molchilar bilan, shuningdek, raqamli
xizmatlarning shu kabi innovatsion xizmat

3

Горохина П.А. Стратегическое управление экономическими системами сферы услуг: Дисс. к.э.н. Санкт-

Петербург, 2022. C.30.

turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan
aloqani yaxshilash uchun ham keng
foydalaniladi. Ushbu fikrlardan kelib
chiqib,

raqamli

texnologiyalarni

xizmatlar sohasiga kirib kelishi va
umuman olganda sohaning raqamli
iqtisodiyotga integratsiyasi natijalarini
tahlil qilib koʻrsak. Yuqoridagi 3-rasmda
jahon iqtisodiyotidagi raqamli xizmatlar
bozorining

imkoniyatlari

dinamikasi

keltirilgan.

Koʻrsatilgandek,

2012-2020-

yillarda

global

raqamli

xizmatlar

bozorining hajmi 9,82 baravar oshdi, oʻz


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

29

UNIVERSAL international scientific journal

navbatida, buni jahon xizmatlari bozorining
har qanday an'anaviy (oflayn) segmentining
rivojlanish sur'ati bilan aslo taqqoslab
boʻlmaydi.

Shu oʻrinda, bu kabi oʻsishlar, ya'ni

yuqoridagi rasmda keltirib oʻtilgan trend
yaqinligi (approksimatsiyasi) jadal oʻsish
(eksponentsial) xarakteriga ega.

Demak, 2020 – 2021-yillardagi inqiroz

va uning oqibatida yuzaga kelgan sanitariya-
epidemiologik holat natijasidagi cheklovlar
global raqamli xizmatlar bozorining jadal
rivojlanishiga tabiiy ravishda sezilarli turtki
bergan.

Umuman olganda, inqiroz tufayli jadal

raqamlashtirishga yuz tutgan xizmat koʻrsatish
yoʻnalishlariga shaxsiy oilaviy doktorlarning
maslahatlari, onlayn ta'lim xizmatlari, bank va
sugʻurta xizmatlari, har qanday turdagi
maslahat

xizmatlari,

davlat

xizmatlari

(bevosita

tashrif

buyurish

talab

etilmadiganlari), tovarlarni masofadan etkazib

berish xizmatlarini misol qilib keltirib
oʻtishimiz mumkin.

Bundan tashqari, dasturchilar va

boshqa

ishlab

chiqarish

jarayonida

bevosita

inson

ishtiroki

talab

etilmaydigan faoliyat yoʻnalishlari ham
faol raqamlashtirishga yuz tutdi.

Aynan raqamlashtirish, pirovardida

harajatlarni (vaqt va moliyaviy nuqtai-
nazardan)

qisqartirishga,

xizmat

koʻrsatuvchi

sub'yektlar

raqobatbardoshligini oshirishga xizmat
qildi.

Shu

bilan

birga,

toʻliq

raqamlashtirishga erishib boʻlmaydigan
yoʻnalishlar ham mavjud boʻlib, ularga
inson

bilan

bevosita

fizik

aloqa

oʻrnatiladigan xizmatlar kiradi. Masalan,
sartaroshlik

xizmatlari,

maishiy

xizmatlar,

tibbiy-diagnostik

va

kasalxonadagi bemorga koʻrsatiladigan
tibbiy xizmatlar (jarrohlik, travmatolog,
shoshilinch yordam va h.k.).

1-jadval

.

Raqamlashtirish salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari

boʻyicha xizmatlar turlari toifalari

4

Toʻgʻridan-toʻgʻri raqamlashtirib

boʻlmaydigan xizmatlar

Samarali raqamlashtirilishi va virtual

nushaga ega boʻlishi mumkin

boʻlgan xizmatlar

1.

Sartaroshxona xizmatlari va boshqa
shunga oʻxshash xizmatlar.

2.

Aholiga kimyoviy-quruq tozalash
xizmatlari, kir yuvish va boshqa shunga
oʻxshash maishiy xizmatlarni taqdim etish.

3.

Bemor bilan bevosita aloqada boʻlishni
talab qiladigan tibbiy xizmatlar.

1.

Tibbiy maslahat xizmatlari.

2.

Ta'lim xizmatlari.

3.

Bank va sugʻurta xizmatlarining barcha
turlari.

4.

Maslahat xizmatlari.

5.

Axborot xizmatlari, shu jumladan
masofadan turib ma'lumotlarni qayta ishlash
bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar.

6.

Tovarlarni masofadan etkazib berish
xizmatlari.

7.

Davlat xizmatlari.

4

Қуйидаги манбалардан фойдаланиб тузилган: Гордин В.Э., Сущинская М.Д. Менеджмент в сфере услуг.

М.: Бизнес-пресса, 2007; Яшировский О.В. Проблемы пространственного развития бизнеса сферы услуг
/ О.В.Яшировский // Деловая газета. – 2018. - №23. – С. 4.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

30

UNIVERSAL international scientific journal

Yuqoridagi 1-jadvalda raqamlashtirish

salohiyatidan

foydalanish

imkoniyatlari

boʻyicha xizmatlar turlari toifalari keltirib
oʻtilgan.

Demak, 1-jadvalda koʻrsatilganidek,

aholi

va

tashkilotlarga

koʻrsatiladigan

xizmatlarning mutlaq aksariyat qismi samarali
raqamlashtirilishi va oʻzining virtual analogiga
ega boʻlishi mumkin (keyinchalik virtual
xizmatlar bozorining tegishli segmentlarida
taqdim etiladi). Shu oʻrinda, jismoniy shaxslar
bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish bilan bogʻliq
xizmatlarni

bevosita

raqamlashtirish

imkoniyatsiz, ammo ushbu xizmatlar guruhini
boshqarish nuqtai-nazaridan, yuqorida aytib
oʻtilganidek, raqamlashtirish potentsialidan
foydalanish mumkin.

Shu oʻrinda, shuni ta'kidlash oʻtish

mumkinki,

maxsus

adabiyotlarda

raqamlashtirishning

xizmat

koʻrsatuvchi

kompaniyalarni rivojlantirishdagi ustunliklari
haqida batafsil yoritilgan. Tadqiqotchilarning
fikriga koʻra, ushbu turdagi asosiy afzalliklar :

zamonaviy

raqamli

iqtisodiyotning

virtual segmenti makonida bozor hajmining
sezilarli darajada oshishi;

iste'molchilar oʻzlari uchun eng maqbul

xizmatlarni tanlash imkoniyatining tubdan
oʻsishi;

xizmat

koʻrsatish

sohasidagi

kompaniyalarning biznes-jarayonlari, xususan
oʻziga xos operatsion va tranzaktsion
xarajatlarini virtual autsorsing salohiyatidan, shu
jumladan masofadan turib ish bilan ta'minlash
imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga
oshirilishi;

ITM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi)

imkoniyatlaridan

foydalanish

jarayonlarini

faollashtirish

hisobiga,

virtual

iqtisodiy

makonda xizmat koʻrsatishni rivojlantirish
orqali xizmatlar marketingi salohiyatining
sezilarli oʻsishi.

Xizmat

koʻrsatish

sohasini

rivojlantirishga

bevosita

ta'sir

koʻrsatayotgan

zamonaviy

raqamli

iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan
sub'yektlaridan

biri

bu

raqamli

platformalardir.

Raqamli

platformalar

raqamli

iqtisodiyotning

virtual

segmentining katta miqdordagi moliyaviy
va intellektual resurslarini toʻplaydi,
kapitallashuv darajasining oshishi va
infratuzilmasini rivojlantirishga tubdan
ta'sir qiladi.

2015-2020-yillar

baholash

natijalariga koʻra, raqamli platformalarning
yalpi daromadi 7,12 baravar oshganini
koʻrish mumkin, bu esa, zamonaviy
raqamli iqtisodiyotning boshqa segmentlari
daromadlarining oʻsish sur'atlaridan yuqori
ekanligini anglatadi.

Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlarda

zamonaviy boshqaruv sharoitida raqamli
platformalarning mohiyati va ijtimoiy-
iqtisodiy funksiyalarini tushunishga doir
yagona yondashuv mavjud emas. Aslida,
ushbu masala nazariyasi shakllanish
bosqichida

boʻlib,

oʻrganilayotgan

sohaning iqtisodiy amaliyotning dinamik
oʻzgarishlaridan

ortda

qolayotganini

koʻrish mumkin.

Shu bilan bir qatorda, zamonaviy

raqamli platformalarni bir qator muhim
iqtisodiy va boshqaruv xususiyatlariga
koʻra tasniflash mumkin. Quyidagi 2-
jadvalda xizmat koʻrsatish sohasidagi
raqamli platformalarning tasnifi keltirib
oʻtilgan.

2-jadval

.

Xizmat koʻrsatish sohasidagi raqamli platformalarning tasnifi

5

Tasniflash

xususiyatlari

Xizmat koʻrsatish sohasidagi raqamli

platformalarning turlari

5

Горохова П.А. Стратегическое управление экономическими системами сферы услуг. Диссертация на

соискание ученной степени кандидата экономических наук. Санкт-Петербург. 2022.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

31

UNIVERSAL international scientific journal

1. Platformaning

koʻp qirraliligi

- tor doirada ixtisoslashgan tezkor platformalar;

- turli xil xizmatlarning keng doirasini taklif qiluvchi platformalar.

2. Ta'sischi bilan

integratsiya

- faqat ta'sischi kompaniyaning mijozlariga xizmat koʻrsatadigan

platformalar, (bank platformalari, sugʻurta kompaniyalari va b.);

- salohiyati mijozlarning cheksiz doirasiga xizmat koʻrsatishga

ega platformalar.

3. Tijorat komponenti

- xizmat koʻrsatish sohasidagi raqamli platformalar;

- shartli ravishda, notijorat raqamli platformalar (elektron hukumat

va b.).

4. Iqtisodiyotning

real sektoriga

integratsiya

- sof virtual xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan raqamli

platformalar;

- virtual va oflayn xizmatlarni taqdim etadigan raqamli platformalar;

- iqtisodiyotning real sektoriga kengayishga qaratilgan raqamli

platformalar.

5. Internet xizmatlari

bilan hamkorlik

(ijtimoiy tarmoqlar,

qidiruv tizimlari va b.)

- Internet xizmatlari bilan korporativ bogʻlangan raqamli platformalar

(Yandeks korporasiyasi platformalarining barchasi va b.);

- marketing sohasida Internet xizmatlari bilan bogʻlangan raqamli

platformalar.

6. Kripto

aktivlarining

iqtisodiy

salohiyatidan

foydalanish

- token (blokcheyn) murojaatlari qismida kripto aktivlar birjalari

bilan birlashtirilgan raqamli platformalar;

- IPOning ICO (initial coin offering)ini amalga oshiradigan

raqamli platformalar;

- shartnoma munosabatlari smart-contracting tamoyillariga asoslangan

raqamli platformalar;

- kripto aktivlarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanmaydigan

raqamli platformalar va blolkcheyn texnologiyalari.

7. Raqamli

platformaning oʻz

toʻlov nushalarini

(surrogat)

chiqishi

- oʻzlarining toʻlov nushalaridan foydalanadigan raqamli

platformalar (Yandex Group platformalari, virtual birja

platformalari va h.k.);

- umumiy qabul qilingan real va virtual toʻlov tizimlaridan

foydalanadigan raqamli platformalar.

Bizning

fikrimizcha,

raqamli

platformaning mazmuni zamonaviy xizmat
koʻrsatish

sohasining

progressiv

rivojlanishining maxsus drayveri sifatida ikki
jihatdan koʻrib chiqilishi lozim:

1. Tor ma'noda, raqamli platforma-bu

jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga ularning
operatsion faoliyatini yoki xizmatlarni iste'mol
qilish jarayonini raqamlashtirish jarayonlari

(ushbu sohadagi tizimli ixtisoslashtirilgan
xizmatlar orqali takomillashtirish nuqtai
nazaridan

ixtisoslashtirilgan

xizmatlar

toʻplamini taqdim etishga qaratilgan
ixtisoslashtirilgan portal va/yoki mobil
dasturni oʻzida ifodalaydi).

2. Keng ma'noda, raqamli platforma

raqamli xizmat va virtual/yoki fizik
iqtisodiy makon sub'yektlarining barqaror


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

32

UNIVERSAL international scientific journal

oʻzaro manfaatli integratsiyasini boshqarish
mexanizmi boʻlib, savdo bozorlarining oʻsishini,
ularning faoliyatidagi oʻziga xos operasion yoki
tranzaksion xarajatlarning pasayishini va shu
asosda rivojlanishining moliyaviy-iqtisodiy va
ijtimoiy samaradorligini oshirishni ta'minlaydi.

Hozirgi vaqtda milliy iqtisodiyotimizda

keng tarqalgan xizmat koʻrsatish sohasidagi
raqamli platformalarga Olx, Uzum, Express24,
Bringo, My taxi, InDriver, Yandex va boshqa
savdo xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bir qator
platformalarni misol qilib keltirib oʻtishimiz
mumkin. Ularning barchasida veb-sayti bilan
birga mobil ilovasi ham mavjud boʻlib, bu
bozorga keng tarqalish hamda platforma
xizmatlaridan foydalanish sifatini oshirishni
ta'minlaydi.

Shu bilan birga, shuni ham ta'kidlash

kerakki,

xizmat

koʻrsatish

sohasida

iqtisodiyotning

turli

masalalari

va

muammolarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan
ilmiy adabiyotlarda sohani raqamlashtirishning
intensiv jarayonlari bilan bogʻliq xavf-xatarlarni
oʻrganishga etarlicha e'tibor berilmagan. Bir
qator tadqiqotlar xizmat koʻrsatish sohasi
sub'yektlarining

rivojlanish

xavfini

tahlil

qilishga bagʻishlangan (G.A. Axtamova , Dj. Li ,
R.I. Xikmatov va boshqalar), ammo aslida
ushbu tadqiqotlar doirasida iqtisodiyotning
koʻrib chiqilayotgan segmentini raqamlashtirish
xavfi deyarli tahlil qilinmagan.

Umuman olganda, xizmat koʻrsatish

sohasini

intensiv

rivojlantirish

va

raqamlashtirish natijasida kelib chiqadigan
xatarlarni oʻrganish va ularning salbiy
oqibatlarini kamaytirish masalalaridagi ilmiy
ishlarning olib borilishi, muammonining oldini
olishga, davlat boshqaruvi organlariga esa,

raqamli xizmatlar iste'moli jarayonlaridagi
va platformalardan foydalanishdagi barcha
turdagi xavflarini barqaror kamaytirishga
qaratilgan normalar va mexanizmlar
tizimini yaratishga imkon beradi.

Yuqoridagilardan

kelib

chiqib,

sarhisob qilib aytish mumkinki, xizmat
koʻrsatish sohasi milliy va jahon iqtisodiy
tizimlarining oʻsishini ta'minlashda ham,
aholining turli guruhlarining hayot sifatini
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Iqtisodiy va statistik tahlillarimiz
asosida xizmat koʻrsatish sohasining
YaIMdagi ulushi va rivojlanish darajasi
oʻrtasida yaqin va toʻgʻridan-toʻgʻri
bogʻliqlik mavjudligiga xulosa qilishimiz
mumkin. Shu oʻrinda, bu tahlillarni amalga
oshirishimiz, ya'ni xizmatlar sohasining
rivojlanish

tendensiyalarini

tahlil

qilishimiz uchun zamonaviy statistika
uslubiyoti asosida shakllantirilgan sifatli
rasmiy statistika ma'lumotlar zarur boʻladi.

Xizmatlar sohasi mezo, makro va

mikro

darajada

(dunyo,

mamlakat,

mamlakat tarkibidagi hududlar hamda
sub'yektlar

darajasida)

zamonaviy

iqtisodiyotni rivojlantirishning etakchi
draveyri ekanligini hisobga olgan holda,
fikrimizcha, milliy strategiyalar va rejalarni
tuzishda,

maqsadli

dasturlarni

shakllantirishda

sohani

rivojlantirish,

ayniqsa, qishloq joylarida koʻrsatilayotgan
xizmatlarning turini kengaytirish hamda
sifatini yaxshilash va boshqa tarmoqlar
rivojida soha salohiyatidan maksimal
darajada foydalanishni nazarda tutish
maqsadga muvofiq boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston-2030”

strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni // https://lex.uz/docs/6600413.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillarda

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni. 7 b. // https://lex.uz/docs/3107036.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi “2012-2016-yillarda

Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1754-son
qarori // https://lex.uz/docs/2011220


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

33

UNIVERSAL international scientific journal

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal

rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qarori. https://lex.uz/docs/5421233.

5.

Ахмедов T.M. “Регулирование территориальной организации производительных сил и

комплексное развитие регионов Узбекистана”. -T.: Фан, 1992 г. С.65.

6.

Гамбург М.М. Управление развитием сферы услуг волонтерского туризма на основе

образовательной деятельности: Дисс. к.э.н. – М., 2021; Российский рынок услуг: Исследование
Авито Услуг и Data Insight: самозанятые исполнители и микробизнес в различных категориях
услуг и регионах [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://business.avito.ru/services-research
(дата обращения 12.09.2021) и др.

7.

Белл

Д.

Грядущее постиндустриальное

общество.

Опыт

социального

прогнозирования// Экономика, М., 1999 г.-С. 301.

8.

Адизес, И. Управление жизненным циклом корпораций. – М.: Манн, Иванов и

Фербер, 2021 г. С.149.

9.

Хусанов, М.C. (2024). Мамлакат иқтисодиётида соғлиқни сақлаш хизматлари ролининг

иқтисодий-статистик таҳлил қилиш. Академические исследования в современной науке, 3(12),
117-121.

10.

Бегалов Б.А., Мамадалиев О.Т. Реформы в сфере статистики, результаты и

переспективы развития, Статистика и Экономика. Научно-пракатический экспертный журнал.
Москва, 2021; 18(1):4-13. https://doi.org/10.21686/2500-3925-2021-1-4-13.

11.

Горохина П.А. Стратегическое управление экономическими системами сферы

услуг. Диссертационная работа на соискание ученой степени кандидата доктора
экономических наук. Санкт-Петербург, 2022. C.30.

12.

Фиоктистов К.С. Особенности стартапов в сфере услуг / К.С. Фиоктистов //

Менеджмент и инновации. – 2021. - №1. – С. 54.

13.

Хусанов, М.C. (2024). Миллий иқтисодиётда хизматлар соҳаси ролининг

иқтисодий-статистик таҳлил қилиш. Economics and Innovative Technologies, 12(2), 209-221.

14.

Лалу Ф. Открывая организации будущего. М.: АльпинаПаблишер, 2021.

15.

Бегалов Б.A., Мамадалиев O.T., Анализ тенденций экономического роста Республики

Узбекистан,

«Рақамли

иқтисодиётни

ривожлантиришнинг

статистик

таҳлилини

такомиллаштиришнинг назарий ва услубий жиҳатлари», халқаро илмий-амалий анжуман,
Кадрлар малакасини ошириш ва статистик тадқиқотлар институти, Токшент, 27 май 2022 й., И-
том.

16.

Jahon savdo va rivojlanish tashkilotining (YuNKTAD) 2021-yil uchun global sharhi //

https://etradeforall.org/.

17.

Хикматов Р.И. Развитие сферы услуг в современных условиях. Диссертация на

соискание ученой степени кандидата экономических наук. Казань, 2006.

18.

Хусанов, М. С. (2024). Мамлакатимизда хизмат кўрсатиш соҳасини статистик таҳлил

қилиш. Kokand University Research Base, 974-978.

Bibliografik manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni // https://lex.uz/docs/6600413.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni. 7 b. // https://lex.uz/docs/3107036.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi “2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1754-son qarori // https://lex.uz/docs/2011220

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qarori. https://lex.uz/docs/5421233.

Ахмедов T.M. “Регулирование территориальной организации производительных сил и комплексное развитие регионов Узбекистана”. -T.: Фан, 1992 г. С.65.

Гамбург М.М. Управление развитием сферы услуг волонтерского туризма на основе образовательной деятельности: Дисс. к.э.н. – М., 2021; Российский рынок услуг: Исследование Авито Услуг и Data Insight: самозанятые исполнители и микробизнес в различных категориях услуг и регионах [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://business.avito.ru/services-research (дата обращения 12.09.2021) и др.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования// Экономика, М., 1999 г.-С. 301.

Адизес, И. Управление жизненным циклом корпораций. – М.: Манн, Иванов и Фербер, 2021 г. С.149.

Хусанов, М.C. (2024). Мамлакат иқтисодиётида соғлиқни сақлаш хизматлари ролининг иқтисодий-статистик таҳлил қилиш. Академические исследования в современной науке, 3(12), 117-121.

Бегалов Б.А., Мамадалиев О.Т. Реформы в сфере статистики, результаты и переспективы развития, Статистика и Экономика. Научно-пракатический экспертный журнал. Москва, 2021; 18(1):4-13. https://doi.org/10.21686/2500-3925-2021-1-4-13.

Горохина П.А. Стратегическое управление экономическими системами сферы услуг. Диссертационная работа на соискание ученой степени кандидата доктора экономических наук. Санкт-Петербург, 2022. C.30.

Фиоктистов К.С. Особенности стартапов в сфере услуг / К.С. Фиоктистов // Менеджмент и инновации. – 2021. - №1. – С. 54.

Хусанов, М.C. (2024). Миллий иқтисодиётда хизматлар соҳаси ролининг иқтисодий-статистик таҳлил қилиш. Economics and Innovative Technologies, 12(2), 209-221.

Лалу Ф. Открывая организации будущего. М.: АльпинаПаблишер, 2021.

Бегалов Б.A., Мамадалиев O.T., Анализ тенденций экономического роста Республики Узбекистан, «Рақамли иқтисодиётни ривожлантиришнинг статистик таҳлилини такомиллаштиришнинг назарий ва услубий жиҳатлари», халқаро илмий-амалий анжуман, Кадрлар малакасини ошириш ва статистик тадқиқотлар институти, Токшент, 27 май 2022 й., И-том.

Jahon savdo va rivojlanish tashkilotining (YuNKTAD) 2021-yil uchun global sharhi // https://etradeforall.org/.

Хикматов Р.И. Развитие сферы услуг в современных условиях. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. Казань, 2006.

Хусанов, М. С. (2024). Мамлакатимизда хизмат кўрсатиш соҳасини статистик таҳлил қилиш. Kokand University Research Base, 974-978.