16
BO‘LAJAK XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINING INFORMATSION-
ANALITIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
(“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani misolida)
Tojiboyeva Shohistaxon Komiljonovna
Qoʻqon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 04.07.2024
Qayta qabul: 08.07.2024
Saytda mavjud: 10.06.2024
Muallif (lar)
Sh.K.Tojiboyeva
Muallif bilan aloqa
https://orcid.org/0009-0004-4179-6452
© Sh.K.Tojiboyeva
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Mazkur maqola mediasavodxonlik va
axborot madaniyati fani misolida bo‘lajak xorijiy til
o‘qituvchilarining informatsion-analitik kompetentligini
rivojlantirish hususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Shuningdek maqolada, kompetentlik, information-analitik
kompetentlik hususida ham ayrim fikrlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
xorijiy til o‘qituvchisi, kompetentlik,
information-analitik
kompetentlik,
rivojlanish,
texnologiya,
globallashuv,
mediasavodxonlik,
foydalanish.
Аннотация:
В данной статье представлены
взгляды на развитие информационно-аналитической
компетентности будущих учителей иностранного
языка
на
примере
медиаграмотности
информационной
культуры.
Также
в
статье
упоминаются некоторые моменты о компетентности,
информационно-аналитической компетентности.
Ключевые слова:
учитель иностранного языка,
компетентность,
информационно-аналитическая
компетентность, развитие, технологии, глобализация,
медиаграмотность, использование.
Annotation:
This article presents opinions on the
development of informational and analytical competence
of future foreign language teachers on the example of
media literacy and information culture. Also, some points
are mentioned in the article about competence,
information-analytical competence.
Key words:
foreign language teacher, competence,
information-analytical
competence,
development,
technology, globalization, media literacy, use.
0. Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
17
UNIVERSAL international scientific journal
Kirish.
Jahonda global axborot makonining
yuzaga kelishi bilan ishlab chiqarishning turli
sohalari mutaxassislarini mediasavodxonlikka
bo‘lgan ehtiyoji oshib bormoqda. So‘nggi
yillarda xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, o‘quv
jarayoniga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish masalalariga
ustuvor
ahamiyat
berilmoqda.
Xorijiy
mamlakatlarning yetakchi ilmiy markazlari,
oliy o‘quv yurtlarida mediata’limning o‘ziga
xos
xususiyatlari,
mediasavodxonlikni
shakllantirish vositalari va usullarini o‘rganish
ta’lim
jarayonida
mediatexnologiyalar,
mediamatnlardan foydalanish o‘ta muhim ilmiy
hamda amaliy ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Shuning
uchun
ham
mediasavodxonlik va axborot madaniyati
ta’limi
vositasida
bo‘lajak
xorijiy
til
o‘qituvchilarining
informatsion-analitik
kompetentligini rivojlantirish, ularni zararli
axborotlar
ta’siridan
himoya
qilish,
informatsion tahdidlar va ularni bartaraf etish
layoqatini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Dunyoning
ilg‘or
ilmiy
tadqiqot
institutlari va xalqaro markazlarida ham chet tili
darslarida mediasavodxonlikni shakllantirish
metodologiyasi, shuningdek, o‘rganilayotgan
chet tilda ishlatiladigan ommaviy axborot
vositalarining
metodik
imkoniyatlarini
takomillashtirish, mediasavodxonlik vositasida
axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga
doir ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Xususan, raqamli ta’lim muhitida
bo‘lajak
xorijiy
til
o‘qituvchilarning
informatsion tahdidlarga qarshi o‘z-o‘zini
himoyalashning diagnostik-profilaktik tizimini
yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot
bosqichida chet tillarni o‘qitish tizimi
sifatini xalqaro standartlarga muvofiq
tarzda takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilayotgani
mazkur
tadqiqot
muammosining
dolzarbligini
belgilab
beradi. Shuning uchun ham, “ommaviy
axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda
xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib borish
orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining
oldini
olish,
axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish madaniyatini
oshirish”[1] vazifalari dolzarblik kasb
etmoqda.
Buning
uchun
esa
mediasavodxonlik va axborot madaniyati
vositasida
bo‘lajak
xorijiy
til
o‘qituvchilarining
informatsion-analitik
kompetentligini rivojlantirishning samarali
tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini ishlab
chiqish talab etiladi.
Adabiyotlar tahlili va
metododlogiya.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
«2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni, 2018-
yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalari sohasini yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5349-son, 2017-yil 30-
iyundagi
“Respublikada
axborot
texnologiyalari
sohasini
rivojlantirish
uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son
Farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ-2909-son
Universal International Scientific Journal
18
UNIVERSAL international scientific journal
Qarorilari mazkur masalaning dolzarbligini
belgilab beradi.
Tahlil va natiijalar.
Ta’limga kompetent yondashuv bo‘lajak
kadrlarda hosil bo‘lgan kompetensiyalardan
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotda uchraydigan
turli
vaziyatlarda
samarali
foydalanishga
o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bunda kutilmagan
noaniq, yangi, muammoli vaziyatlarga duch
kelinganda
tegishli
bilim,
ko‘nikma,
malakalardan foydalana olishga alohida e’tibor
qaratiladi. Shu bois har bir fanni o‘qitish
jarayonida
uning
mazmuni
hamda
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unga doir
kompetensiyalar shakllantiriladi.
Buning uchun, avvalo, “kompetensiya”,
“kompetentlik”,
“analitik
komptentlik”,
“informatsion kompetentlik”, “integratsiya”,
“integratsion ta’lim”, “informatsion-analitik
kompetentlik” tushunchalarining mazmun-
mohiyati, konseptual asoslarini ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.
“Kompetensiya” atamasi fanda ilk bor XX
asrning 50–60-yillarida qo‘llangan. Inglizcha
“competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan
bevositachuqur bilimga asoslangan qobiliyat,
layoqatlilik
darajasini
anglatadi.[2.B.114]
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy
malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta
olish”ni bildiradi. Ko‘plab olimlar tomonidan
“kompetensiya”
va
“kompetentlilik”
tushunchalariga
berilgan
ta’riflarda
kompetensiya
muayyan
faoliyatda
talab
qilinadigan
xulq-atvor,
o‘zini
tutish,
kompetentlilik esa ushbu talabga moslik
darajasi, ya’ni kompetensiyani namoyish
qilishning pirovard natijasi deb talqin qilinadi.
“Kompetentlilik” tushunchasi ta’lim
sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari
natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtayi
nazardan kompetentlilik “noan’anaviy
vaziyatlar,
kutilmagan
hollarda
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi,
muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la
ma’lumotlardan
foydalanishda
izchil
rivojlanib
boruvchi
va
murakkab
jarayonlarda
harakatlanish
rejasiga
egalik”ni anglatadi.[3.B.6-9] Shuningdek,
kompetensiyalar bilimlarni doimo boyitib
borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni,
yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni
qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay
bilishni taqozo etadi.
Bo‘lajak kadrlarda kompetensiyaviy
yondashuvni
shakllantirish
va
rivojlantirish
muammosini
professor
A.Abduqodirov
shunday
ta’kidlaydi,
kompetentlilikni
rivojlantirish
– bu
insonning
butun
umri
davomida
to‘xtamaydigan
jarayondir.[4.B.10]
Pedagog olimlarimizning tadqiqotlarida
kasbiy
va
pedagogga
xos
kompetentlilikning o‘ziga xos jihatlari
yoritib berilgan. Jumladan, N.A.Muslimov
o‘zining
tadqiqot
ishlarida
kasbiy
kompetentlilikni oltita sifat ko‘rinishida
keltirib o‘tganlar:
1) motivatsion xislatlar (insonning
butun
hayoti
davomida
shakllanib,
rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga
bo‘lgan
ehtiyojlari,
motivlari
va
maqsadlarni qamrab oladi);
2) intellektual salohiyat (barcha
rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi axborot
Universal International Scientific Journal
19
UNIVERSAL international scientific journal
va ma’lumotlarni uzatishga, bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishga intiladi);
3)
irodaviy
sifatlar
(maqsadga
intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni,
jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni yenga olishlik,
o‘zini tuta bilish va tashabbuskorlik xislatlari);
4) amaliy ko‘nikmalar (psixologik,
pedagogik, metodik va texnik-texnologik
qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va
muloqotning turli sohalaridagi ko‘nikmalari);
5) hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini
boshqarishning
zaruriy
malakalarini
shakllantirilishi (qahr, g‘azab, bezovtalik,
arazlash,
hasad,
hamdardlik,
uyalish,
mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat
va boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy
holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablarni tushunishi);
6) o‘z-o‘zini boshqara olish (maqsadlarni
va ularga erishish vositalarini tanlashdagi
erkinlik, vijdoniylik, o‘z faoliyatiga tanqidiy
yondashuv, harakatlarning keng qamrovliligi va
anglanganligi, o‘z xulqini boshqalarniki bilan
qiyoslab borishi, kelajakka ishonch, o‘z
jismoniy va psixologik holatini talab darajasida
tutib turishi va boshqara olishi).[5.B.118]
Demak,
kompetentlik
chuqur
bilimga
asoslangan qobiliyat, layoqatlilik darajasini
anglatadi va bo‘lajak kasbiy faoliyatdagi bilim
va ko‘nikmalarning rivojlangan darajasi va
malakaning yuksak ko‘rinishi hisoblanadi.
“Informatsion-analitik
kompetentlik”
integratsiyalashgan
kompetensiya
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi
kunda bir kompetensiyani shakllantirishdan
ko‘ra, bir nechta kompetensiyani uyg‘unlikda
shakllantirish
va
rivojlantirish
muhim
vazifalardan
biri
bo‘lib
qolmoqda.
“Informatsion-analitik
kompetentlik”
informatsion madaniyat va analitik tafakkur
asosida
shakllantiriluvchi
bilim
va
ko‘nikmalarning
yuksak
ko‘rinishi
hisoblanadi. Demak, informatsion-analitik
kompetensiya – informatsion madaniyat va
analitik fikrlash tarzini integratsiyalash
asosida yuzaga keladigan kompetentlik
hisoblanadi.
“Falsafa
qomusiy
lug‘ati”da
“analitika”
atamasi
“tahlil
qilish,
muhokama, isbotlash san’ati sifatida
izohlanadi”.[6.B.25] Analitika atamasi ilk
bor “Aristotel tomonidan mantiqiy tahlil
texnikasiga
berilgan
nom
sifatida
qo‘llangan. Uning “Analitika” nomli
asarida fikrlashning bu yo‘siniga taalluqli
ikki jihat: murakkab butunlikka ega
bo‘lgan obyektni dastlab oddiy qismlarga
ajratish va ularni tekshirish asnosida
tafakkur
yuritishning
murakkablashib
borishiga e’tibor qaratiladi”.[7.B.479]
Demak, analitik fikrlash tarzi murakkab va
chuqur tahlillarga asoslangan fikrlash usuli
hisobalandi.
Tadqiqotchi Sh.Hasanov fikricha,
“analitik fikrlash tarzi – tahliliy fikr
yuritish san’ati, biror muammo, masala,
axborot, voqea-hodisani o‘rganish
jarayonida u haqida atroflicha, aniq, teran,
chuqur, mazmundor, mustahkam
to‘xtamga kelish qobiliyati. Analitik
tafakkur egasi tahlil qilinayotgan obyektni
har tomonlama sinchiklab o‘rganadi:
murakkab axborotlarni qismlarga ajratadi,
har bir so‘z, jumla, detal, narsa ustida
jiddiy fikr yuritadi, qismlarni o‘zaro
mantiqiy bog‘laydi, maqbul xulosaga
keladi va kerakli qarorlar qabul qiladi.
Analitik qobiliyat egasi har qanday hodisa
ustida fikr yuritganda narsa-hodisaning
tashqi ma’nosini uqish bilangina
Universal International Scientific Journal
20
UNIVERSAL international scientific journal
cheklanmay, uning ichki – botiniy ma’no
qatlamlarini ham aniqlashga urinadi. Natijada
tahlil etilayotgan obyekt yuzasidan atroflicha
tushuncha yuzaga keladi. Analitik tafakkur
muammo yoki masalaning oson va tez, to‘g‘ri
va aniq hal etilishini ta’minlashga xizmat
qiladi”.[8.B.11] Mazkur tarif asosida
tadqiqotchi analitik fikrlash tarzining namoyon
bo‘lishini quyidagicha asoslaydi: “analitik
tafakkur fikrlashning mantiq bilan qat’iy
bog‘langan, predmetni aniq, to‘g‘ri, obyektiv,
har tomonlama tahlil etishga qaratilgan aqliy
faoliyat turidir; analitik tafakkur – ijtimoiy
hayotning hamma sohalari bo‘yicha tahlil
qilish, munosabat bildirish, o‘tmishni anglash,
bugunni idrok etish, kelajakni bashorat qilish,
taraqqiyotning istiqbolli yo‘llarini belgilash
imkonini beradigan sermahsul fikrlash yo‘sini;
analitik tafakkur insonni innovatsion g‘oyalarni
ilgari surish, yangi texnologiyalarni yaratish,
amaliyotga tatbiq etishga undaydigan
yaratuvchan fikrlash tarzidir; ta’lim tizimida
talabalarda analitik tafakkur qobiliyatini
rivojlantirish – bu mustaqil fikrlaydigan, har
qanday muammoga tezlik bilan oqilona yechim
topa biladigan, fikriy qaramlikdan yiroq
barkamol avlod tarbiyalash imkonini beradi.
Analitik kompetentlik kishiga odam va olamni
idrok etish quvvatini beradigan, uning fikrlash
mexanizmini ratsional harakatga keltiradigan
aql generatoridir”.[8.B.12] Demak, tafakkur
ko‘rinishlari orasida shaxs eruditsiyasi va
intellektini oshirish borasida samaradorligi
bilan alohida ajralib turuvchi turi analitik
tafakkur hisoblanadi. Chunki analitik tafakkur
o‘rganilayotgan obyektga turli tarafdan
yondashish, uning ichki va tashqi aloqalarini
kompleks holda tekshirish va to‘xtamga
kelishni taqozo etadi. Analitik tafakkur
yuritishda fikrlash sur’atining tezligi, masalaga
turli tomonda yondasha bilish,
qamrovdorlik, muammoga eng muvofiq
va samarali yechim topish singari jihatlar
ustuvorlik qiladi.
Taklif va tavsiyalar.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib
quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari urish
mumkin:
1.
Kredit-modul ta’lim tizimi
sharoitida
bo‘lajak
xorijiy
til
o‘qituvchilarining
informatsion-analitik
kompetentligini
rivojlantirishning
konseptual modellarini ishlab chiqish va
ta’lim amaliyotiga tatbiq etish zarur.
2.
Bo‘lajak
xorijiy
til
o‘qituvchilarining
informatsion-analitik
kompetentligini
rivojlantirish
uchun
fanlararo
hamkorlik
tizimini
takomillashtirish va bu bo‘yicha metodik
tavsiyalar,
ilmiy-amaliy
yondashuvlar
ishlab chiqilishi zarur.
Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining
informatsion-analitik
kompetentligini
rivojlantirishda “Mediasavodxonlik va
axborot madaniyati” fani samaradorligini
oshirishning ilg‘or xorijiy tajribalarga
asoslangan mexanizmlarini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq.
Xulosa.
Xulosa
qilib
aytganda,
“Informatsion-analitik
kompetentlik”
integratsiyalashgan
kompetensiya
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi
kunda
bir
kompetensiyani
shakllantirishdan
ko‘ra,
bir
nechta
kompetensiyani uyg‘unlikda shakllantirish
muhim vazifalardan ekanligi aniqlandi.
Analitik tafakkur yangi axborot izlab
topish,uni o‘rganib, tizimga solish,
taqqoslash, baholash, mantiqiy fikrlash,
Universal International Scientific Journal
21
UNIVERSAL international scientific journal
dalillarga
tayanish,
mavjud
axborotlarga
tanqidiy qaray olish, olingan ma’lumotlar
asosida to‘g‘ri to‘xtamga kelish imkonini
berishi xulosalandi. Axborotlarga tahliliy
munosabatini shakllantirishga doir xorijiy
tajribalar
asosida
bir
qator
rivojlangan
mamlakatlarda
nosog‘lom
axborot
oqimlarining oldini olish, bartaraf etish va
unga qarshi kurashishning o‘ziga xos
qonunchilik
tizimi
yaratilganligidan
dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги
«2022−2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида»ги ПФ-60-сон Фармони// https://lex.uz/docs/5841063
2.
Нарзиева Н. Формирование исследовательских компетенции у учащихся
на основе интегративного подхода // XV Международная научно-практическая
конференция. World science: problems and innovations. Мцнс «Наука и просвещение».
30 ноября 2017.–Пенза, 2017.Часть 3. –С. 114.
3.
Юсуфбекова Н.Р. Тенденции и законы инновационных процессов в
образовании. Новые исследования впедагогических науках.– М: Педагогика, 1991. –
№2. –С. 6-9
4.
Абдуқуддусов О. Интегратив ёндашув – чуқур билим, яхши
фазилатларни шакллантириш омили/–Т.: Халқ таълими Ж, 2000. – №5. – Б.10.
5.
Муслимов Н.А. ва б. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий
компетентлигини шакллантириш технологияси. – Т.: “Фан ва технология” 2013. –Б.
128
6.
Ғозиев Э.Тафаккур психологияси. Тошкент.: Ўқитувчи.– 1990. –Б. 25.
7.
Мирқосимова М.М. Талабаларда аналитик тафаккурни ривожлантириш
технологияси// НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 4-
сон. –Б. 479
8.
Ҳасанов Ш. Адабий таълим жараёнида талабаларда аналитик тафаккурни
ривожлантириш технологиясини такомиллаштириш. (Олий филологик таълим
мисолида). Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация
автореферати. Наманган. АДУ. –Б. 11.
