10
BOʻLAJAK MUSIQA OʻQITUVCHISIGA XOS METODIK
KOMPETENSIYALAR VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
BOSQICHLARI
Sobirova Oygul Alimovna
Qoʻqon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 04.07.2024
Qayta qabul: 08.07.2024
Saytda mavjud: 10.06.2024
Muallif (lar)
O.A.Sobirova
10.69891/3060-4540.2024.4.1.001
Muallif bilan aloqa
https://orcid.org/0009-0002-9654-8531
© O.A.Sobirova
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boʻlajak musiqa
oʻqituvchisiga xos metodik
kompetensiyalar va ularni rivojlantirish bosqichlari
hususida
ayrim
fikr-mulohazalar
bayon
etilgan.
Shuningdek
maqolada
kompetensiya
va
kasbiy
kompetensiya hususida ham fikrlar bayon etilgan.
Oʻqituvchi tomonidan tashkil qilinayotgan har bir amaliy
harakat pedagogik faoliyatning samarali yoki samarasiz,
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz boʻlishiga olib kelishi
hususida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar.
Kompetensiya, metodik kompetensiya,
rivojlantirish,
muvaffaqiyat,
musiqa
o‘qituvchisi,
mutahassislik fanlari, o‘quv mashg‘ulotlari.
Аннотация:
В данной статье представлена
методика, специфичная для будущего учителя музыки.
Представлены
некоторые
комментарии
компетенциям и этапам их развития. Также в статье
содержатся
мнения
о
компетентности
профессиональной
компетентности.
Каждое
практическое действие, организованное учителем,
считается
эффективным
или
неэффективным,
успешным или неуспешным.
Ключевые
слова.
Компетентность,
методическая компетентность, развитие, успех,
учитель музыки, профильные предметы, обучение.
Ключевые слова:
фонопоэтика, тон, интонация,
стоп, стихотворный текст.
Annotation:
In this article, there is a methodology
specific to the future music teacher some comments on
competencies and stages of their development are
presented. Also, the article contains opinions on
competence and professional competence. Each practical
action organized by the teacher is considered to be
effective or ineffective, successful or unsuccessful.
Keywords.
Competence, methodical competence,
development, success, music teacher, specialist subjects,
training.
0. Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
11
UNIVERSAL international scientific journal
Kirish.
Jahon oliy taʼlim tizimida o‘zining
munosib o‘rniga ega akademik musiqani
o‘qitish ko‘p asrlik tajribaga ega. Shunga
qaramay, global axborotlashuv fokusida musiqa
taʼlimini o‘qitishning yangi strategiyalarini
ishlab chiqish, ularni amalga oshirishning puxta
asoslangan,
takomillashgan
mexanizmini
yaratish bilan birga, sohaning evolyutsion
hamda transformatsion rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan didaktik sharoitni shakllantirish talab
qilinmoqda.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning
aksariyatida
musiqa
taʼlimi
maxsus
kengashlarning rahbariy ko‘rsatmalari asosida
faoliyat olib boradi. Germaniyada Musiqa
kengashi,
Angliyada
ushbu
kengashning
muqobili bo‘lgan – Sanʼat Kengashi uzluksiz
taʼlim tizimining turli bosqichlarida tashkil
etiladigan musiqa taʼlimi uchun dasturlar,
metodik
loyihalarni
tayyorlash,
tegishli
yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchi va talabalar
o‘rtasida kontsert, festival, “Mahorat darslari”ni
uyushtirish, musiqa va sanʼat tadbirlarini
moliyalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash
masalalarining hal qilinishini taʼminlaydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Dunyo miqyosida The Juilliard School (Julyard
maktabi; Nyu-York, AQSh), Berklee College of
Music (Berkli musiqa maktabi; Boston, AQSh),
UCLA Herb Alpert School of Music
(Kaliforniya
universitetining
Xerb
Alper
musiqa maktabi; Los-Andjeles, AQSh), Royal
College of Music (Qirollik musiqa maktabi;
London, Angliya), Guildhall School of Music
and Drama (Gildxoll musiqa va drama maktabi;
London, Angliya), Conservatoire de Paris (Parij
konservatoriyasi;
Parij,
Frantsiya),
Seoul
Institute of the Arts (Seul sanʼat instituti; Seul,
Janubiy Koreya), University of Music and
Performing Arts Vienna (Vena musiqa ijro
sanʼati universtiteti; Vena, Avstriya),
Curtis Institute of Music (Kartis musiqa
instituti; Filadelfiya, AQSh), The Harris
Institute (Xarris instituti; Toronto, Italiya),
Hochschule für Musik Franz Liszt Weimar
(Ferents List nomidagi Veymar musiqa
universiteti; Veymar, Germaniya) kabi
taʼlim mussasasalari musiqa sohasida
yetakchi bo‘lib, tegishli sohaning turli
yo‘nalishlarida kasbiy, xususan, metodik
kompetentlikka
ega
malakali
mutaxassislarni tayyorlashda boy tajriba
to‘plangan.
Akademik musiqa modifikatsiyasi
O‘zbekiston
OTMda
amalga
oshirilayotgan taʼlimiy islohotda o‘zining
ijobiy yechimini topishi zarur bo‘lgan
muhim
pedagogik
vazifalardan
biri
sanaladi.
Mavjud
sharoitda
mazkur
vazifani hal qilish yo‘lida bir qator ijobiy
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘rinda
joriy yilda tashkil qilingan musiqashunos
yosh
tadqiqotchilarning
I
Xalqaro
tanlovining o‘tkazilgani, tanlov yakunida
“Evropa-Osiyo mamlakatlarining musiqasi
jahon kontekstidagi o‘rni” (Toshkent;
2023-y.) mavzusida ilmiy anjumanning
tashkil qilinganini eʼtirof etish mumkin.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”
Qonuni,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini
2030-yilgacha
rivojlantirish
Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
(8-oktyabr 2019-yil) va “2022-2026-
yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi
(2022-yil
28-yanvar)
Farmonlari, “Oliy taʼlim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini
Universal International Scientific Journal
12
UNIVERSAL international scientific journal
tasdiqlash to‘g‘risida”gi (8-oktyabr 2019-yil),
“Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish
to‘g‘risida”gi (2017-yil 20-
aprel), “Pedagogik taʼlim sohasini yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
(2020-yil
27-fevral)
Qarorlari
mazkur
muammoning ahamiyatini izohlashga asos
bo‘la oladi.
Tahlil
va
natijalar.
Pedagogik
faoliyatning muvaffaqiyatini taʼminlashda
respublika uzluksiz taʼlim tizimining turli
bosqichlarida
faoliyat
olib
borayotgan
oʻqituvchilarning metodik kompetentlikka
egaliklari asosiy omillardan biri sanaladi.
Agarda oʻqituvchi mutaxassislik fanlarining
asoslarini puxta oʻzlashtirgan boʻlsa-da, biroq,
metodik kompetentlik sifatlariga ega boʻlmasa,
u holda oʻqitish jarayonini samarali tashkil etish
mumkin
emas.
Binobarin,
metodik
kompetentlik amaliy xarakterga ega.
Oʻqituvchi
tomonidan
tashkil
qilinayotgan har bir amaliy harakat pedagogik
faoliyatning
samarali
yoki
samarasiz,
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz boʻlishiga
olib
keladi.
Shu
sababli
pedagogika
yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim
muassasalari (OTM)da boʻlajak oʻqituvchilar,
shu
jumladan,
musiqa
oʻqituvchilarini
tayyorlashda
talabalarning
metodik
kompetentlik sifatlariga ega boʻlishlarini
taʼminlash, uni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor
qaratish talab qilinadi.
OTMda boʻlajak musiqa oʻqituvchisi
sifatida talabalarning metodik kompetentlikka
ega
boʻlishi
ularni
kelgusida
oʻquv
mashgʻulotlarini tashkiliy jihatdan toʻgʻri
uyushtirish, taʼlim sifati va samaradorligini
taʼminlovchi omillar, xususan, oʻzining mavjud
imkoniyatlaridan
maqsadli
foydalanishga
tayyorlaydi.
Metodik kompetentlik pedagogik
kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari
(ijtimoiy, shaxsiy, texnologik hamda
ekstremal kompetentlik) sirasida kiruvchi
maxsus
(kasbiy)
kompetentlikning
ahamiyatli elementlaridan biri sanaladi.
M.H.Usmonboyevaning
koʻrsatishicha,
maxsus (kasbiy) kompetentlik quyidagi
asosiy
elementlardan
tarkib
topadi:
psixologik, metodik, axborot, kreativ,
innovatsion,
kommunikativ
va
boshqalar.[1.B.6]
Barcha pedagoglar qatori musiqa
oʻqituvchisi ham umumiy pedagogik
kompetentlik sifatlariga ega boʻlish bilan
birga maxsus kompetentlik sifatlarini
oʻzlashtira olishi zarur. Ye.L.Kisaxanova
musiqa
oʻqituvchisining
maxsus
kompetentlik
sifatlari
qatorida
quyidagilarni qayd etib oʻtadi:
musiqiy-nazariy
kompetentlik
–
garmoniya boʻyicha tahlil qila hamda
topshiriqlarni hal qila olish; musiqiy
asarlar
boʻyicha
annotatsiya
(asar
yuzasidan qisqacha maʼlumot) tayyorlay
bilish; musiqiy asarlarni badiiy tur, janr,
gʻoya nuqtai nazaridan tahlil qila olish;
musiqiy-tarixiy jarayonlarni qayta tiklay
olish tajribasiga ega boʻlish;
xor hamda vokal dirijyorligi
kompetentligi – xor jamoalariga
dirijyorlik va vokal ansambliga rahbarlik
qilish; xor partituralarini oʻqiy olish; vokal
ijrosi hamda uning ohangi toʻgʻri boʻlishini
taʼminlash tajribasiga ega boʻlish;
musiqiy ijrochilik kompetentligi –
musiqiy
materialning
badiiy-
interpretatsion hamda musiqiy asarning
hissiy-obrazli ijrosi tahlilini amalga oshira
olish; konsertmeysterlik hamda ijroning
Universal International Scientific Journal
13
UNIVERSAL international scientific journal
badiiy-ijodiy xarakterda boʻlishi (asarni biror-
bir musiqiy asbob yordamida ijro qilish;
musiqiy asarni qogʻozdan oʻqiy olish,
eshitgan holda musiqani tanlash,
musiqiy ijroni bir ohangdan ikkinchi
ohangga oʻzgartirish)ga erishish;
metodik
kompetentlik
–
musiqiy-
tarbiyaviy
jarayonni
psixologik,
musiqiy
bilimlar hamda umumpedagogik nazariyalarga
tayangan holda toʻgʻri tashkil qilish; yaxlit
holda taʼlim oluvchilarning musiqiy-estetik
madaniyatini shakllantirish tajribasiga ega
boʻlish.[2]
Ayni
oʻrinda
Ye.L.Kisaxanovaning
musiqa oʻqituvchisida namoyon boʻladigan
maxsus kompetentlik sifatlarini guruhlash
borasidagi fikrini biroz toʻgʻrilash lozim.
Muallif tomonidan koʻrsatilgan dastlabki uchta
kompetensiyaning har biri oʻzaro yondosh
holda (parallel) ravishda oʻzida metodik
kompetensiyani ham namoyon qiladi.
Muallifning fikriga tayangan holda aytish
mumkinki, musiqa oʻqituvchisining metodik
kompetentligi negizida uning musiqashunoslik
turkumidagi
fanlar
asoslari
boʻyicha
oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda
qoʻllay olish, musiqa taʼlim jarayonini tashkiliy
jihatdan toʻgʻri uyushtirish, oʻrganilayotgan
musiqiy asarning turi, janri hamda ustuvor
gʻoyalariga mos ravishda oʻqitishning tashkiliy
shakllari, taʼlim metodlari, vositalari va
texnologiyalarini tanlash, talabalarning oʻquv-
bilish faolligini oshirish, ularning faoliyatini
nazorat
qilish
va
oqilona
baholash,
shuningdek, talabalar musiqiy asarni
oʻzlashtirishda muayyan qiyinchiliklarga duch
kelishsa, u holda korreksiyalash ishlarini
samarali
amalga
oshirishga
qaratilgan
kompetensiyalar koʻzga tashlanadi.
Ye.I.Skafa,
A.A.Borisova
mutaxassisligidan qatʼi nazar pedagoglar
uchun xos boʻlgan “metodik kompetentlik”
tushunchasini umuman quyidagicha toʻgʻri
yoritgan: pedagogning taʼlim jarayonida
yuzaga kelib, oʻquv-metodik vaziyatlar
taʼsirida shakllanadigan kasbiy-metodik
vazifalarni hal qilishga tayyorligi va
qobiliyatini ifodalovchi kasbiy-shaxsiy
tavsif.[3]
Musiqa oʻqituvchisi taʼlim
jarayonini metodik jihatdan tashkil
qilishda anʼnaviy oʻqitishda qoʻllanib
kelinayotgan oʻquv mashgʻulotlarining
tashkiliy shakl, metod va vositalarini
tanlash bilan birga zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan ham maqsadli, oʻrinli
foydalana olishi zarur. Uning bu boradagi
harakatini tanlanadigan texnologiyalar
nuqtayi nazaridan ikki guruhga ajratish
mumkin:
1)
talabalarning
oʻquv-bilish
faolligini oshirishga yordam beradigan
pedagogik texnologiyalar: oʻqitishning
innovatsion shakllari, interfaol metodlari,
zamonaviy
vositalari
va
taʼlim
texnologiyalarini tanlash;
2) taʼlim jarayonini tashkil qilishda
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning
funksional
imkoniyatlaridan foydalanish.
Pedagog-musiqachining
kasbiy
kompetentlik darajasi quyidagilar bilan
baholanadi: taʼlim dasturiga kiritilgan
biror-bir vokal-xor asari bilan talabalarni
tanishtirish; asar boʻyicha tahlilni amalga
oshirish; asarni musiqiy-nazariy jihatdan
toʻliq tahlil qilish; asarning vokal-xor
jihatlarini toʻliq tahlil qilish;[4.B54]
musiqiy asbob joʻrligida asarni ijro qilish
Universal International Scientific Journal
14
UNIVERSAL international scientific journal
va xor asarini partiturasini amalga oshirish;
asarni xor bilan oʻrganish boʻyicha ish rejasini
tuzish
va
metodik
ishlarni
amalga
oshirish;[5.B.191] oʻz faoliyatini rejalashtirish,
tahlil qilish va shaxsan baholashni amalga
oshirish; keyingi vaziyatlarni bashoratlay olish,
boshlangʻich holat va rejalashtirilgan natijaning
oʻzaro muvofiq kelishini koʻrsatuvchi dalillar
hamda hodisa yuzasidan asosli savollarni
berish; dasturiy taʼminotning yangi turlari bilan
talabalarni
tanishtirish
orqali
musiqiy
adabiyotlarda yoritilgan axborotlar, amaliy
koʻrsatmalar bilan ishlay olish malakasiga
egalik; zamonaviy taʼlim talablariga muvofiq
(diagramma,
grafik,
taqdimotlar
asosida)
taqdim qilgan holda ish faoliyati natijalarini
rasmiylashtirish.[6]
Taklif
va
tavsiyalar.
Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib, quyidagi taklif va
tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
1.
Kompetentli
mutaxassisga
ega
boʻlishdan iborat zamonaviy taʼlimiy ehtiyoj,
oʻqitish sifatini oshirish, raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash zaruriyatidan kelib chiqqan
holda nafaqat OTM balki uzluksiz taʼlimning
barcha bosqichlari uchun musiqa oʻqitishga oid
koʻp variantli, tenlash imkoniyatini beruvchi
xilma-xil metodik loyihalarni oʻz ichiga olgan
axborot-metodik taʼminotni yaratish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligi yetakchiligida
barcha musiqa tizimidagi fanlar misolida
talabalarni kreativ va tanqidiy fikrlashga oid
innovatsion oʻquv adabiyotlarini yaratishga
eʼtiborni qaratish.
3. Didaktik tizimga zamonaviy axborot
texnologiyalarini tatbiq qilish orqali musiqa
taʼlimini
raqamlashtirish
orqali
oʻzbek
sigmentida
boʻlajak
musiqa
oʻqituvchilarida nafaqat metodik, shu bilan
birga kommunikativ, ijtimoiy, kasbiy-
mobil
kompetentlikni
rivojlantirishga
imkon beradigan maxsus platformani
yaratish.
4. Maxsus platformada respublika va
xorijiy
mamlakatlarda
zamonaviy
sharoitda musiqa taʼlimini samarali
oʻrgatishga oid ilgʻor tajribalarning
jamlanib, doimiy, izchil boyitib borilishini
taʼminlash
Xulosa.
Ulosa
o‘rnida
aytish
mumkinki, zamonaviy taʼlim oʻqituvchi
hamda talabalardan kam kuch va kam vaqt
sarflagan
holda
oʻqitishda
yuqori
samaradorlikka erishishni taqozo qiladi.
Bu
esa
oʻz
navbatida
musiqa
oʻqituvchining
oʻqitishni
innovatsion
xarakterga ega tashkiliy shakl, metod,
vositalardan xabardor boʻlishini taqozo
qiladi.
Nazariy tahlil natijalari zamonaviy
sharoitda musiqa oʻqituvchilari ham
barcha
pedagoglar
kabi
axborot
kopetentligiga ham ega boʻlishi zarurligini
tasdiqladi.
Musiqa
oʻqituvchisining
axborot kompetentligi oʻz mohiyatiga
koʻra metodik xarakterga egadir. Zero,
musiqa
oʻqituvchisining
axborot-
kommunikatsion texnologiyalar, ularning
funksional imkoniyatlaridan xabardorligi,
taʼlim jarayonida zamonaviy gadjetlar:
mobil
qurilmalar,
kompyuter
texnologiyasi,
Internet
axborot
tarmogʻidan maqsadli, oʻrinli va samarali
foydalanishi uning oʻqitish metodikasidan
xabardorligini anglatadi.
Universal International Scientific Journal
15
12
UNIVERSAL international scientific journal
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Педагогик компетентлик ва креативлик асослари / Муслимов Н.А.,
Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б. – Т.: “Сано стандарт” нашриёти, 2015.
– 6-б
2.
Кисаханова Е.Л. Музыкально-исполнительская компетентность в
структуре профессиональной культуры учителя музыки // https://pedsovet. su/publ/71-1-
0-4035
3.
Скафа Е.И., Борисова А.А. Ведущие принципы формирования
методической компетентности будущих преподавателей высшей школы // Ж.
Дидактика математики: проблемы и исследования. – Донецк: 2021. – № 54. – С. 54
4.
Скорая музыкальная помощь. Классическая музыка // https://vk.com/wall-
99339872_20620.
5.
Рябчикова Е.П. Интерпретационная культура педагога-музыканта как
важный элемент профессионально-педагогической компетенции // Ж. Нижегородское
образование. – Нижегород: 2013. - № 3. – С. 191
6.
Куздеубаева А.Б., Таубаева Р.К., Сабирова А.С. Основные тенденции
технологии формирования профессиональной компетентности будущего учителя
музыки на дисциплине “Основной музыкальный инструмент” // Ж. Вестник
Евразийского национального университета имени Л.Н.Гумилёва. – Астана: 2023. - №
2 (14). – С. 207-208.
