Mualliflar

  • Odina Tursunova
    University of economics and pedagogy Filologiya kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74943

Kalit so‘zlar:

fonopoetika ton intonasiya toʻxtam poetik matn

Annotasiya

Ushbu maqola fonopoetikaning ayrim masalalarini yoritishga bagʻishlanadi.

Matnning turiga va uslubiga qarab, funksiyalari belgilanadi. Va mana shu funksiyalari ma'lum intonasiya (xayajon, hayrat, muhabbat, nafrat, savol, faxr va boshqa tuygʻular, munosabatlar ifodasi ) orqali namoyon boʻladi.


background image

U

N

IVE

RS

A

L

int

ernat

io

nal

sc

ient

ifi

c

jou

rnal

www.universaljurnal.uz

7

MATN TAHLILIDA GERMENEVTIKA

Tursunova Odina Azimjonovna

University of economics and pedagogy Filologiya kafedrasi dotsenti

Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 02.07.2024
Qayta qabul: 05.07.2024
Saytda mavjud: 08.06.2024



Muallif (lar)
O.A.Tursunova

Muallif bilan aloqa

odinaxontursunova82@gmail.com

https://orcid.org/0000-0002-9904-6721

© O.A.Tursunova

UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal

Ochiq ma’lumotlar:

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal

Maxfiylik bayonoti

Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.

Anotatsiya:

Ushbu maqola fonopoetikaning

ayrim masalalarini yoritishga bagʻishlanadi.

Matnning

turiga

va

uslubiga

qarab,

funksiyalari

belgilanadi.

Va

mana

shu

funksiyalari ma'lum intonasiya (xayajon, hayrat,
muhabbat, nafrat, savol, faxr va boshqa
tuygʻular, munosabatlar ifodasi ) orqali namoyon
boʻladi.

Kalit so’zlar:

fonopoetika, ton, intonasiya,

toʻxtam, poetik matn.

Аннотация:

Данная статья посвящена

освещению

некоторых

вопросов

фонопоэтики.

Функции определяются в зависимости от

типа и стиля текста. И эти функции
проявляются через определенную интонацию
(выражение волнения, удивления, любви,
ненависти, вопроса, гордости и других
эмоций, отношений).

Ключевые слова:

фонопоэтика, тон,

интонация, стоп, стихотворный текст.

Annotation:

This article is devoted to

elucidating some issues of phonopoetics.

Functions are determined depending on the

type and style of the text. And these functions are
manifested

through

certain

intonation

(expression of excitement, surprise, love, hatred,
question,

pride

and

other

emotions,

relationships).

Keywords:

phonetic units, stress, tone, stop,

differential signs, poetic text.

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

8

UNIVERSAL international scientific journal

Til

hodisalarini

tavsiflashga

antroponimik

yondashuv

rivojlanishi

munosabati bilan tilning fonetik qurilishini
tadqiq etish faollashdi. Shu bois ham matnning
tovush qurilishi til uslubi bilan bogʻliq holda
turli uslublardagi matnlar tarkibida tovush
miqdori va sifati tavsifi, tovushlarning tasviriy-
ifodaviy roli, poetik nutq evfoniyasi, tovushning
poetik matn emosiyasiga ta'siri kabilar
lingvopoetikaning bugungi kundagi dolzarb
muammolaridan hisoblanadi. Soʻzning atash,
emosional-ekspressiv, aksiologik, kogofenik
singari

funksiyalari

nutqda

voqelanadi.

Soʻzning ana shunday funksiyalari voqelangan
matn badiiy matn sanaladi. Matnning turiga va
uslubiga qarab, funksiyalari belgilanadi. Va
mana shu funksiyalari ma'lum intonasiya
(xayajon, hayrat, muhabbat, nafrat, savol, faxr
va boshqa tuygʻular, munosabatlar ifodasi )
orqali namoyon boʻladi.

Poeziya qadimda dastlab eshitishga

asoslanib yaratilgan, shuning uchun badiiy asar
tilining qabul qilinishi vizual emas, jonli
intonasion jarangi bilan eshitilishi kerak. Bu esa
axborotning estetik jihatini kuchaytiradi, xabar
beruvchining hissiy munosabatini aks ettiradi,
tinglovchiga shu hissiy ta'sir etkaziladi.

Munosabat bildiruvchi barcha ifoda

vositalari matn bilan bogʻliq ekan, matnning
poetik vositalar bilan boyitilishi va talqini
masalasini germenevtikaga bogʻlab e'tirof etish
mumkin. Umuman olganda, har qanday yozma
manba (matn) ikkiyoqlama tabiatga ega: bir
tomondan, u til tizimiga nisbatan qism, ikkinchi
tomondan, muayyan bir individning ijod
mahsulidir. Shuning uchun germenevtika oldida
bir-biriga bogʻliq ikkita vazifa turadi: birinchisi-
matndagi lisoniy ifodani muayyan til tizimining
uzvi sifatida oʻrganish (“grammatik”talqin),
ikkinchisi-uning ortida turgan betakror ma'noni
anglash (“psixologik” talqin)1.

Germenevtika

falsafasi

matnni

oʻrganishning ahamiyatini inson va jamiyat
hayotini tadqiq etishda muhimligiga urgʻu
beradi. Ijtimoiy tadqiqot sohasida matn bilan

ishlash asosiy oʻrin tutadi. Zero, matn turli
fan sohalarining ifoda qurolidir.

Filologik fan tizimida esa matnning

emosionalligini ta'minlovchi vositalar va
ular ifodalayotgan semantik, pragmatik
ma'nolar,

intonasion

ottenkalar

germenevtik metod asosida lingvopoetik
tahlilni talab qiladi.

Matn muallifning ijodiga nisbatan

qism hisoblanadi. Unda butunga xos
boʻlgan barcha xususiyatlar u yoki bu
ma'noda aks etadi. Demak, sub'ekt
(tadqiqotchi) matnni sharhlashdan avval,
matnning mazmuni toʻgʻrisida qandaydir
ma'lumotga ega boʻladi. Bunday ma'lumot
turlicha – optimistik (koʻtarinkilik), ba'zan
esa pessimistik (tushkunlik) ruhda boʻlishi
mumkin.

Shu

sababli

ham

sub'ekt

matnning

mazmuni

va

mohiyatidan

koʻproq oʻzining tasavvuriga mos keluvchi
narsani kutadi. Masalan, diniy muqaddas
kitoblarning matnini oʻrganishda sub'ekt
uni tushunishga kirishishdan avval ushbu
kitoblarda

yozilgan

ma'lumotlarning

muqaddas va haqiqat ekanligiga ishongan
holda

yondashadi.

Hozirgi

zamon

germenevtikasi nuqtai nazaridan matnning
mazmunini tushunishdan avval sub'ektning
ongida doim «tushunishdan avvalgi
tasavvur» mavjud.

Buni matnni sharhlash, talqin etish

jarayonidagi tahlilni birlamchi tushunish,
deb aytish mumkin. Ushbu birlamchi tahlil
matnni oʻrganish va uni talqin etishda
alohida ahamiyatga ega. Bunday talqin
sub'ektning yondashuvi, matnning tahlili
va u haqidagi fikriga, albatta, ta'sir
koʻrsatadi. Tahlil natijalarining qanday
boʻlishi ba'zan ana shu birlamchi
tushunishga bogʻliq boʻladi. Uning ta'siri
shu qadar kuchli boʻlishi mumkinki, u
ba'zan fikrni butunlay qarama-qarshi
tomoniga olib ketishi va unga, umuman,
boshqacha

mohiyat

bergan

tarzda

yoʻnaltirishi mumkin.

Hali yorilmagan


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(4)

9

UNIVERSAL international scientific journal

Yangi peshonam,
Jim turgin
Devorlar uraversin doʻq.
Qancha peshonamni, axir, yorganman,
Ammo
Biror devor qulagani yoʻq.
(Usmon

Azim. Qismat.)

Mazkur misoldan soʻzlovchining

psixologik holatini anglash mumkin, lekin
matnning talqini tinglovchi psixologiyasiga
qarab turlicha ifodalanadi. Soʻzlovchining
sharoiti va muhiti bilan bogʻliq bu misolda davr
koloriti koʻrsatilganligini kuzatish mumkin,
biroq tinglovchi ham oʻz vaziyatidan kelib
chiqib talqin qiladi.

Xullas,

har

qanday

poetik

nutq

soʻzlovchi va tinglovchini munosabatga
kiritadi, soʻzlovchi maqsadining tahlili esa
tinglovchi

tomonidan

amalga

oshirilgan

sharhga, tahlil ob'ekti boʻlgan matnning
tushunilishi hamda talqiniga borib taqaladi.
Umuman

olganda,

falsafiy

tushuncha

hisoblangan germenevtika tilshunoslik,
lingvopoetika, semantika va badiiy sharh
masalalarida muhim oʻrin tutadi. Poetik
nutqdagi

tovushlar

bilan

bogʻliq

oʻzgarishlar, urgʻu, toʻxtam, boʻgʻin va
turoq

kabi

fonopoetik

vositalarning

tadqiqida poetik nutq sharhi va tahlili
muhim amaliy bosqich vazifasini oʻtaydi.
Germenevtik

ta'limot

lingvopoetik,

xususan, fonopoetik birliklar sharhida
alohida e'tiborga molik. Chunki bu ishning
metodologik asosini belgilashda etakchi
omil vazifasini oʻtaydi. Germenevtikaning
poetik matnni tushunishdagi roli katta,
chunki biror muallif asarini qay tarzda
talqin etishi xususiylik kasb etadi, negaki
bir kishi tomonidan ifodalanadi, lekin biror
asar bir necha sharhlovchi tomonidan turli
xil talqin qilinishi mumkin. Soʻzlovchi
(yozuvchi) nazarda tutgan mohiyatning
ochilishi har qaysi talqinda ham, ma'lum
ma'noda, yuzaga kelishi mumkin, faqat
turli tahlil tamoyillari asosida boriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Abdullaev A. Oʻzbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli. –

Toshkent: Fan, 1987.

2.

Tursunova O The importance of interactive games in increasing student

speech competence. International bulletin of applied science and technologyinternational
bulletin of applied science and technology UIF = 8.2 | SJIF = 5.955
https://doi.org/10.5281/zenodo.10199685

3.

Zadornova V.Ya. Slovo v xudojestvennom tekste. Yazik, soznanie,

kommunikasiya: Sb.statey / Otv.red. V.V.Krasnix, A.I.Izotov. – Moskva, MAKS Press,
2005. – Vip. 29.

4.

Yoʻldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent:

Fan, 2007.

5.

Lipgart A.A. Osnovi lingvopoetiki. – Moskva: Knijniy dom «LIBROKOM»,

2010.

6.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lugʻati.–

Toshkent: Akademnashr, 2010.

Bibliografik manbalar

Abdullaev A. Oʻzbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli. – Toshkent: Fan, 1987.

Tursunova O The importance of interactive games in increasing student speech competence. International bulletin of applied science and technologyinternational bulletin of applied science and technology UIF = 8.2 | SJIF = 5.955 https://doi.org/10.5281/zenodo.10199685

Zadornova V.Ya. Slovo v xudojestvennom tekste. Yazik, soznanie, kommunikasiya: Sb.statey / Otv.red. V.V.Krasnix, A.I.Izotov. – Moskva, MAKS Press, 2005. – Vip. 29.

Yoʻldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.

Lipgart A.A. Osnovi lingvopoetiki. – Moskva: Knijniy dom «LIBROKOM», 2010.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lugʻati.– Toshkent: Akademnashr, 2010.