Universal International Scientific Journal
12
Ulug’bekova Dilroza Ulug’bek qizi
O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2-kurs tinglovchisi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada biznes jarayonlarini tashkil etish dolzarb masalalari, loyiha
boshqaruvida biznes jarayonlarining o‘rni, biznes jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularning
bosqichlari hamda loyiha boshqaruvining bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini haqida to‘xtalib
o‘tgan.
Kalit so‘zlar:
biznes, loyiha, boshqaruv, jarayon, faoliyat, tizim, bosqich, ishlab chiqarish, resurs,
tahlil, loyihalashtirish, rivojlatirish.
Аннотация:
В данной стате рассматриваются актуалные вопросы организатсии бизнес-
протсессов, рол бизнес-протсессов в управлении проектами, особенности бизнес-протсессов и их
стадий, а также особенности стадий управления проектами.
Ключевые слова:
бизнес, проект, управление, процесс, деятельность, система, фаза,
производство, ресурс, анализ, проектирование, разработка.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
BIZNES JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHA BOSHQARUVINING
RO‘LI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 05.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
1
3
Abstract:
This article examines current issues of business process organization, the role of business
processes in project management, the features of business processes and their stages, as well as the features
of project management stages.
Keywords:
business, project, management, process, activity, system, phase, production, resource,
analysis, design, development.
Language:
English
Citation:
Ulugbekova , D. (2025). THE ROLE OF PROJECT MANAGEMENT IN BUSINESS
PROCESS IMPROVEMENT. Universal International Scientific Journal, 2(4), 12–21. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1483
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15174895
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish
Xalqaro
amaliyotda
loyihalarni
boshqarishdan
foydalanish
tez
rivojlanayotgan
tizimlarda
innovatsion
g‘oyalar va yuqori samarali boshqaruv
texnologiyalarini amalga oshirish vositasi
hisoblanadi. Bu birinchi navbatda moliya,
soliq,
qonunchilik,
resurs
tizimlariga
taalluqlidir. Bunday boshqaruv tizimini
qo‘llash orqali ishlab chiqarish, ilmiy va
ijtimoiy
xarakterdagi
murakkab
muammolarni hal qilish mumkin.
Biznes jarayonlarini rivojlanishning
hozirgi bosqichida loyihalarni boshqarish
dunyoda biznes yuritishning eng samarali
vositasi sifatida tan olingan. Biznes
jarayonlarini
takomillashtirishda
loyiha
boshqaruvi muhim ahamiyatga ega. Loyiha
boshqaruvi tashkilotlarda maqsadli va
samarali ishlashni ta’minlash uchun juda
muhim mexanizmlardan biridir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Mavzuga oid iqtisodchi olimlarning
fikrlarini muhokama qilsak, biznes jarayoni
juda ko‘p va turli hil, ayni paytda juda
o‘xshash
ta’riflarga
ega.
Masalan,
A.V.Sheerning
ta’kidlashicha
biznes
jarayonini “Oldindan belgilangan qoidalarga
muvofiq dastlabki hom-ashyo, material yoki
ma’lumotni yakuniy mahsulotga (xizmatga)
aylantiruvchi takrorlanadigan harakatlarning
va
funksiyalarning
bog‘langan
to‘plamidir”[5].
V.Repin,
V.Yeliferovlarning
ta’kidlashicha “Biznes jarayonlari shunday
tuzilganki, har bir jarayon manfaatdor
tomonlar uchun xizmat qilishi kerak. Biznes
jarayonini aniqlashda keraksiz harakatlar
chiqarib tashlanadi[7]. Bizningcha, biznes-
jarayoni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lgan xodimlarning eng minimal
sonini o‘z ichiga olishi kerak. Sababi bu
tartib mahsulot yoki xizmat tannarxini
(biznes jarayonining natijasida) kamaytirish
Universal International Scientific Journal
1
4
uchun zarurdir. Biznes jarayonlari va
jarayon yondashuvini rivojlanishi sifat
menejmenti
tizimlariga
qo‘yiladigan
talablarni tavsiflovchi bir qator standartlarini
ishlab chiqdi.
Loyihani boshqarish uchun turlicha
boshqaruv tuzilmasi–modellari mavjuddir.
Loyihani masshtabi, hamiyati, muddati kabi
omillarni hisobga olgan holda ulardan birini
tanlab olinadi[2].
Shuni ta’kidlash joizki, jarayonli
yondashuvi manfaatdor tomonlar uchun
qiymat yaratish maqsadida biznesni tashkil
etish va loyiha boshqarishning samarali
usuli hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot ishini bajarishda metodologik
bazasi bo‘lib ma’lumotlarni to‘plash,
kuzatish,
me’yoriy-huquqiy
hujjatlarni
o‘rganish asosida tadqiqotning iqtisodiy
munosabatlarni va ularning rivojlanishidagi
hodisalarni hamda o‘zaro bog‘liqliklarni
o‘rganishga nisbatan yalpi va tizimli
yondashuvlarni nazarda tutuvchi umumiy
ilmiy prinsiplari xizmat qildi.
Tadqiqot
jarayonida
tadqiqotning
umumiy ilmiy va maxsus usullari – tahlil,
usullari, iqtisodiy hodisalarni baholashga
nisbatan
mantiqiy,
yalpi
va
tizimli
yondashuvlar qo‘llanildi. Tizimli yondashuv
biznes jarayoni tushunchasiga aniqlik
kiritish, biznes jarayonini shakllantirish
konsepsiyasini,
loyiha
boshqaruvini
yuritishda biznes jarayoni tizimini tahlil
qilish va baholash uchun qo‘llanildi.
Muammoga nisbatan yalpi yondashuv
biznes jarayonini tashkil etish, biznes
jarayonlarni boshqarishda hamda turli
korxonalarini boshqarish sohasida biznes
jarayonlarini
takomillashtirish
orqali
loyihalar
ishlab
chiqish,
tadqiqotlar
o‘tkazishni belgilab berdi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
Biznes jarayoni bu shunchaki harakat
emas, balki biznes strategiyasi, biznes
modellari va doimiy operasiyalar o‘rtasidagi
bog‘liqlikdir. Bu biznes model mohiyatining
moddiy
ifodasidir.
Biznes-jarayonlar
kompaniyada amalga oshiriladigan faoliyat
turlari va iste’molchilar bilan munosabatlar
o‘rtasidagi
mantiqiy
bog‘liqliklarning
mohiyatini belgilaydi. Shunday qilib, biznes
jarayoni umumlashtirilgan shaklida bu
koroxona
faoliyatining
rejalashtirilgan
natijasiga erishish va kirish va chiqishlarga
ega
bo‘lish
uchun
zarur
bo‘lgan
takrorlanadigan harakatlar ketma-ketligidir
Loyihalarni boshqarish – boshqaruv
faoliyati tizimining bir qismi hisoblanadi.
Uning vositasida loyihadagi ishlar hajmi,
resurslar (mablag‘, mehnat, materiallar,
energiya, muhit va boshqalar), vaqt, sifat va
xavf-xatarlar
o‘rtasida
mutanosiblikni
saqlagan holda loyihaning aniq maqsadlari
belgilanadi va ularga erishiladi. Loyiha
boshqaruvi
bu
resurslarni
samarali
taqsimlash va ish jarayonlarini boshqarish
orqali ma'lum bir maqsadga erishish uchun
mo'ljallangan
jarayondir.
Boshqaruv
jarayonida rejalashtirish, ijro etish, nazorat
qilish va tahlil qilish kabi bosqichlar mavjud.
Loyiha – cheklangan vaqt va resurslar
sharoitida mahsulot (tovar, ish, xizmat)
yaratishga qaratilgan, o‘zaro bog‘langan
Universal International Scientific Journal
1
5
yoki alohida olingan tadbirlar majmuasi
ekan, aynan mana shunday tadbirlar
boshqaruvi alohida tashkilot, korxona,
shuningdek,
butun
ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlar
doirasidagi
maqsadli
o‘zgarishlarning
amalga
oshishini
ta’minlaydi, negaki, u yangi mahsulot va
xizmatlarni vujudga keltiruvchi kuchli
vosita hisoblanib, ma’joziy ma’noda,
muvaffaqiyatli ixtirolarning o‘ziga xos
universal kaliti sifatida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy loyiha boshqaruvining bunday
xususiyati kasbiy faoliyatning mazkur turiga
universallik bag‘ishlaydi.
Shu o‘rinda biz loyiha boshqaruvining
bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rib chiqamiz. Bular asosan quyidagicha
bo‘ladi.
1.Boshqaruv istiqbolini belgilash. Bu
loyiha
boshqaruvi
maqsadlarni
aniq
belgilash va ularga erishish strategiyasini
ishlab chiqarishga yordam beradi.
2.Resurslarni
boshqarish.
Bunda
loyihalar uchun zarur bo‘lgan resurslarni
(moliyaviy, inson resurslari, texnologiyalar)
samarali taqsimlash va boshqarish loyiha
jarayonini soddalashtiradi.
3.Tashkilot
ichidagi
muvofoqlashtirish.
Bu
esa,
loyiha
boshqaruvi jamoa a’zolari orasida aniq
munosabatlar va moslashuvni ta’minlash
orqali biznes jarayonlarini muvaffaqiyatli
realizatsiya qilishga xizmat qiladi.
4. Tahlil va monitoring. Bu asosan
loyiha jarayonini kuzatish, ma’lumotlarni
tahlil qilish va samaradorlikni baholash
biznes jarayonlarini takomillashtirish uchun
muhimdir.
5. Xavflarni boshqarish. Bu albatta
loyiha boshqaruvi ehtimoliy xavflarni
aniqlash va ularni minimallashtirishda
yordam beradi, bu esa biznes jarayonlarini
soddalashtirishga olib keladi.
6.Samaradorlikni oshirish. Bunda
loyiha boshqaruvi samarali mexanizmlarni
joriy
etish
orqali
jarayonlarni
takomillashtirish imkonini beradi.
Loyiha
Boshqaruvining
asosiy
yelementlariga ham to‘htalib o‘tamiz. Ular
qo‘yidagilar:
1. Rejalashtirish
- Maqsadlarni belgilash
- Vaqt va resurslarni belgilash
- Risklarni baholash
2. Ijro etish
- Jamoani shakllantirish
- Vazifalarni taqsimlash
- Ishlarni kontrollash
3. Nazorat qilish
- Loyiha rivojini kuzatish
- Ishlarni baholash va tahlil qilish
- Zarurat tug'ilsa o'zgarishlar kiritish
4. Tahlil va Xulosa
- Loyiha natijalarini baholash
- Tajribani o'rganish
- Kelgusi loyihalar uchun takliflar
berish
Loyiha boshqaruvi faqatgina loyihalar
bilan cheklanmaydi, u loyihaning aniq
tavsifiga ega bo‘lmagan har qanday
ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ham
qo‘llanishi mumkin.
Loyiha boshqaruvi sohasidagi birinchi
ishlanmalar murakkab, yirik loyihalar va
Universal International Scientific Journal
1
6
dasturlarni boshqarishning aniq amaliy
muammolarini hal qilish zarurati natijasida
paydo bo‘ldi. Va bugungi kunda loyihalarni
boshqarish usullari va vositalarini ishlab
chiqish amaliy tajribaga asoslanadi. Loyiha
boshqaruvi intizomini rivojlantirishda ilg‘or
tajribalarni to‘plash, ularni umumlashtirish
va standartlashtirish jarayonlari muhim rol
o‘ynaydi. Biroq, turli sohalarda va muayyan
loyihalarda loyihalarni boshqarish usullari
va vositalarini qo‘llash uchun menejerlar
ularni takomillashtirish va moslashtirishlari
kerak, bu esa o‘z navbatida yangi usullar va
vositalarni ishlab chiqishga olib keladi.
Loyihani boshqarish usullarini axborot
tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish,
biznesni qayta tashkil etish, marketing
kampaniyalari, xodimlarni rivojlantirish
dasturlari va boshqa ko‘plab tadbirlarda
qo‘llash ko‘plab tashkilotlarga tanish bo‘ldi.
Ushbu yondashuvlarni qo‘llashning yangi
yo‘nalishlari qatoriga yirik davlat loyiha va
dasturlari ham, kichik va o‘rta biznes
sohasidagi kichik loyihalar ham kiradi.
An’anaviy jarayonga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarish va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan
tobora ko‘proq korxonalar o‘zlarining
rivojlanish
jarayonlari
samaradorligini
oshirish uchun loyihalarni boshqarish
tizimlarini joriy qilishni boshlaydilar.
Biznes
jarayonlarini
takomillashtirishda loyiha boshqaruvining
roli statistika jadvallari bilan o‘rganish
muhimdir. Statistik ma’lumotlar loyiha
boshqaruvini samarali yo‘naltiradi va aniq
qarorlar qabul qilish uchun zarur materialni
taqdim etadi. Keling, statistika jadvallari va
ularning
biznes
jarayonlari
uchun
ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.
1-jadval
Loyiha samaradorligi
Loyiha
nomi
Maqsad
Baja-
rilish
muddati
Olingan
natija
Maqsad
Tahlil
Loyiha A
20% oshirish
6 oy
25%
Umumiy
samaradorlik
yuqori
Resurs
yetishmasligi
Loyiha V
15%
optimizatsiya
4 oy
10%
Maqsadga yetishi
kerak
Texnik muammo
Loyiha S
30%
ko‘paytirish
8 oy
20%
Xavf ko‘paytirish
nigohda
Ob’ektiv
ko‘rsatkichlar
Jadval ma’lumotlarida uchta loyiha
ya’ni A,B,C loyihalarining samaradorligi
aks
ettirilgan.
Loyihaning
maqsadi,
bajarilish maqsadi, muddati, tahlili va
olingan natija ma’lumotlari keltirilgan.
Ma’lumotlardan
ko‘rish
mumkinki,
maqsadning foizi qanchaligiga qarab resurs
yetishmovchiligi, texnik muammolari va
boshqa ko‘rsatkichlari to‘g‘risida bilish
mumkin. Bunday ko‘rsatkichlar tahlili
asosan umumiy samaradorlik yuqoriligi,
maqsadga yetishi kerakligi hamda xavf
ko‘paytirish nigohda bo‘lsa, shunga qarab
xulosaga kelish mumkinligini bildiradi.
Universal International Scientific Journal
1
7
Bozorlarda raqobatning rivojlanishi,
iste’molchilarning mahsulot va xizmatlar
sifatiga bo‘lgan talablarining ortishi va
shunga mos ravishda tashkilotlarning
mahsulot
qatori,
ishlab
chiqarish
texnologiyalari va marketingida doimiy
o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan
ehtiyoji
ortib
borayotgan
sharoitda
loyihalarni
boshqarishning
ahamiyati
sezilarli darajada ortib bormoqda.
So‘nggi
yillarda
loyihalarni
boshqarish metodologiyasini qo‘llash
sohasi sezilarli darajada kengaydi. Biznes
jarayonlarini takomillashtirishda loyiha
boshqaruvining roli muhim hisoblanadi.
Fikrimizni davom ettirgan holda shuni
ta’kidlashimiz
mumkinki,
loyiha
boshqaruvida
biznes
jarayonlarini
takomillashtirish zarur hisoblanadi. Chunki
bu orqali jarayonlarini tahlil qilish, ulardagi
kamchiliklar va muammolarni aniqlash
hamda ularning samaradorligi, tezligi va
sifatini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Biz
biznes
jarayonlarini
takomillashtirishga borasida fikr yuritar
ekanmiz,
avvalo
bu
jarayonlarini
takomillashtirish nimalarni o‘z ichiga
olishini
hamda
natijalar
to‘g‘risida
to‘htalib o‘tamiz.
Biznes
jarayonlarini
takomillashtirish - bu kompaniyaning
mavjud ish jarayonlarini tahlil qilish,
ulardagi kamchiliklar va muammolarni
aniqlash hamda ularning samaradorligi,
tezligi va sifatini oshirishga qaratilgan
faoliyatlar
majmuidir.
Bu
jarayon
kompaniyaning
raqobatbardoshligini
oshirish, xarajatlarni kamaytirish, mijozlar
qoniqishini ta’minlash va umumiy ish
natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda dunyo olimlari
fikricha
loyiha
boshqaruvi
mustaqil
boshqaruv intizomi sifatida tan olingan.
Loyiha boshqaruvi rivojlangan yillar
davomida nafaqat uning qo‘llanilishi
doirasi sezilarli darajada kengaydi, balki
loyiha menejerlariga yordam berish uchun
izchil usul va vositalar doirasi ishlab
chiqildi. Bu borada birqancha olimlar,
iqtisodchilar
va
ilmiy
izlanuvchilar
o‘zlarining tadqiqotlarida asosli fikrlar
berib kelmoqdalar.
Biznes
jarayonlarini
takomillashtirishning asosiy bosqichlari
mavjud bo‘lib, ular asosan jarayonlarni
tahlil
qilish,
takomillashtirish
imkoniyatlarini aniqlash va rejasini ishlab
chiqish hamda natijalarni monitoring qilish
va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu
bosqichlarni
batafsil
ko‘rib
chiqamiz.
Mavjud
jarayon
larni
tahlil
qilish
Tako-
millash
tirish
imkoni-
yatla-
rini
aniq-
lash
Tako-
millash
tirish
rejasini
ishlab
chiqish
Tako-
millasht
irish
rejasini
amalga
oshirish
Natija-
larni
moni-
toring
qilish va
baholas
h
Universal International Scientific Journal
1
8
1-rasm. Biznes jarayonlarini takomillashtirishning asosiy bosqichlari.
Ushbu rasmda biznes jarayonlarini
takomillashtirishning asosiy bosqichlari
aks ettirilgan bo‘lib, takomillashtirishda
mavjud jarayonlarni tahlil qilish, reja ishlab
chiqish,
rejani
amalga
oshirish
va
natijalarni
monitaring
qilish
hamda
baholash
bosqichlari
ketma-ketligi
ko‘rsatilgan.
Biznes
jarayonlarini
takomillashtirishning asosiy bosqichlari:
1. Mavjud jarayonlarni tahlil
qilish:
Jarayonlarni batafsil o‘rganish
va hujjatlashtirish (jarayonlar xaritalari,
diagrammalar
va
boshqa
vizual
vositalardan foydalanish).
Jarayonlardagi kamchiliklar,
takrorlanishlar, kechikishlar va boshqa
muammolarni aniqlash.
Jarayonlarning
samaradorligini o‘lchash va baholash
uchun ko‘rsatkichlarni (KPI) belgilash.
2. Takomillashtirish
imkoniyatlarini aniqlash:
Muammolarning
asosiy
sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish
yo‘llarini topish.
Yangi texnologiyalar, usullar
va
yondashuvlarni
qo‘llash
orqali
jarayonlarni
optimallashtirish
imkoniyatlarini o‘rganish.
Xodimlarning
fikr-
mulohazalari va takliflarini yig‘ish va
ularni hisobga olish.
3. Takomillashtirish
rejasini
ishlab chiqish:
Aniqlangan muammolarni hal
qilish va imkoniyatlardan foydalanish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.
Har bir chora-tadbir uchun
mas’ullarni
tayinlash,
muddatlarni
belgilash va resurslarni ajratish.
Takomillashtirish natijalarini
o‘lchash va baholash uchun yangi
ko‘rsatkichlarni (KPI) joriy etish.
4. Takomillashtirish
rejasini
amalga oshirish:
Rejaga
muvofiq
chora-
tadbirlarni amalga oshirish.
Xodimlarni yangi jarayonlar
va texnologiyalarga o‘rgatish.
O‘zgarishlarni
amalga
oshirishda yuzaga keladigan qarshiliklarni
bartaraf etish va xodimlarni qo‘llab-
quvvatlash.
5. Natijalarni monitoring qilish
va baholash:
Takomillashtirish natijalarini
yangi joriy etilgan ko‘rsatkichlar (KPI)
asosida o‘lchash va baholash.
Jarayonlarning
samaradorligini
oshirish
bo‘yicha
qo‘shimcha choralar ko‘rish.
Doimiy ravishda jarayonlarni
takomillashtirish va yangi imkoniyatlarni
izlash.
Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki,
biznes
jarayonlarini
takomillashtirish,
mavjud
jarayonlar,
tahlil
qilish,
samaradorlikni
oshirish,
faoliyat,
kamchiliklar, muammolar, sifat, tezlik,
raqobatbardoshlik,
xarajatlarni
kamaytirish,
mijozlar
qoniqishi,
ish
natijalari,
jarayonlar
xaritalari,
diagrammalar,
KPI,
muammolarning
sabablari, yangi texnologiyalar, usullar,
yondashuvlar, xodimlar fikr-mulohazalari,
takomillashtirish rejasi, chora-tadbirlar,
Universal International Scientific Journal
1
9
mas’ullar, muddatlar, resurslar, natijalarni
monitoring qilish, baholash kabilarni o‘z
ichiga oladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, biznes
jarayonlarini takomillashtirishning o‘ziga
xos afzalliklari ham mavjud. Buni quyida
ko‘rib chiqamiz.
Biznes
jarayonlarini
takomillashtirishning afzalliklarini ko‘rib
chiqadigan
bo‘lsak,
samaradorlikni
oshirish,
sifatini
yaxshilash,
xatarni
kamaytirish
kabi
imkoniyatlar
mavjudligini bilish mumkin.
Ular qo‘yidagilar:
• Samaradorlikni oshirish: Vaqt va
resurslarni tejash, mehnat unumdorligini
oshirish va xarajatlarni kamaytirish.
• Sifatni yaxshilash: Mahsulot yoki
xizmatlar sifatini oshirish va mijozlar
qoniqishini ta’minlash.
• Raqobatbardoshlikni
oshirish:
Bozordagi
o‘zgarishlarga
tezkor
moslashish va yangi imkoniyatlardan
foydalanish orqali raqobat ustunligiga
erishish.
• Xatarlarni
kamaytirish:
Jarayonlardagi zaiflik va kamchiliklarni
bartaraf
etish
orqali
kompaniya
faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish.
• Moliyaviy natijalarni yaxshilash:
Samaradorlikni oshirish va xarajatlarni
kamaytirish
orqali
kompaniyaning
foydasini ko‘paytirish.
Loyihani boshqarish amaliyotidagi
o‘zgarishlar loyihalarni boshqarish usullari
qo‘llaniladigan
boshqaruv
ob’ektlari
doirasini
kengaytirish
bilan
ham,
loyihalarning xususiyatlarini va ularni
amalga oshirish usullarini hisobga olgan
holda takomillashtirilgan yoki yangi
usullar va vositalardan foydalanish bilan
bog‘liq amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda
maqsadlarni
belgilash
va
loyihalar
muvaffaqiyati mezonlarini shakllantirishga
yondashuvlar sezilarli darajada o‘zgardi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish
mumkinki, biznes jarayonida loyihalar har
tomonlama puxta tuzib chiqilishi zarur.
Lekin shunga qaramay, muvaffaqiyatsiz
loyihalar soni sezilarli darajada qolmoqda.
Boshlangan loyihalarning ko‘p qismi
belgilangan
muddat
va
budjetdan
tashqarida yakunlanadi, to‘liq belgilangan
maqsadlarga erishmaydi yoki umuman
tugallanmaydi.
Bu
faktlar
shuni
ko‘rsatadiki, bir tomondan, loyihalarni
boshqarish nazariyasining rivojlanishi va
uni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida tafovut
mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, loyiha
boshqaruvini qo‘llashning yangi sohalari
usullarni
yanada
rivojlantirish
va
moslashtirishni talab qiladi.
Bunday muammolar bir qancha
me’yoriy xujjatlarda o‘z aksini topgan.
Shulardan,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi
«O‘zbekiston
Respublikasida
loyiha
boshqaruvi tizimini joriy etish chora-
tadbirlari
to‘g‘risida»gi
PF–5120-son
Farmonini aytish mumkin. Farmonga
muvofiq, loyiha boshqaruvining yagona
axborot tizimini yaratish orqali davlat va
hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari
amalga oshirilishini, moliyaviy mablag‘lar
sarflanishini boshqarish mexanizmlarining
samaradorligi va shaffofligini yanada
oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu Farmonga
ko‘ra, davlat ahamiyatiga molik
loyihalarni ishlab chiqish va amalga
oshirish jarayonini sifatli tashkil etish,
Universal International Scientific Journal
2
0
muvofiqlashtirish,
monitoring
hamda
nazorat
qilishni
ta’minlovchi loyiha
boshqaruvining yagona tizimi mavjud
emasligi, loyihalarni amalga oshirish
sur’ati va samaradorligini tezkor kuzatish
imkonini
beruvchi
ilg‘or
axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarining
boshqaruv jarayoniga yetarlicha joriy
etilmaganligi qayd etilgan va bu borada
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan[11].
Loyiha
boshqaruvi
sohasidagi
birinchi ishlanmalar murakkab, yirik
loyihalar va dasturlarni boshqarishning
aniq amaliy muammolarini hal qilish
zarurati natijasida paydo bo‘ldi. Va
bugungi kunda loyihalarni boshqarish
usullari va vositalarini ishlab chiqish
amaliy
tajribaga
asoslanadi.
Loyiha
boshqaruvi
intizomini
rivojlantirishda
ilg‘or
tajribalarni
to‘plash,
ularni
umumlashtirish
va
standartlashtirish
jarayonlari muhim rol o‘ynaydi. Biroq,
turli sohalarda va muayyan loyihalarda
loyihalarni
boshqarish
usullari
va
vositalarini qo‘llash uchun menejerlar
ularni
takomillashtirish
va
moslashtirishlari kerak, bu esa o‘z
navbatida yangi usullar va vositalarni
ishlab chiqishga olib keladi.
Loyihani
boshqarish
usullarini
axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy
etish,
biznesni
qayta
tashkil
etish,
marketing
kompaniyalari,
xodimlarni
rivojlantirish dasturlari va boshqa ko‘plab
tadbirlarda qo‘llash ko‘plab tashkilotlarga
tanish bo‘ldi. Ushbu yondashuvlarni
qo‘llashning yangi yo‘nalishlari qatoriga
yirik davlat loyiha va dasturlari ham, kichik
va o‘rta biznes sohasidagi kichik loyihalar
ham
kiradi.
An’anaviy
jarayonga
yo‘naltirilgan
ishlab
chiqarish
va
boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan tobora
ko‘proq korxonalar o‘zlarining rivojlanish
jarayonlari samaradorligini oshirish uchun
loyihalarni boshqarish tizimlarini joriy
qilishni boshlaydilar.
Davlat organlari tomonidan ham
loyihalarni boshqarishga qiziqish ortib
bormoqda. Loyihaga yo‘naltirilgan usullar
individual loyihalarni boshqarishda ham,
maqsadli
dasturlar
darajasida
ham
qo‘llaniladi. Davlat sektorida amalga
oshirilayotgan
loyiha
va
dasturlar
an’anaviy loyihalarni boshqarish usullarini
takomillashtirish va moslashtirishni talab
qiluvchi qator xususiyatlarga ega.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida
davlat va davlat boshqaruvi organlari
loyihalarni boshqarish metodologiyasida
davlatning
samarali
rivojlanishini
ta’minlashning muhim vositasini ko‘rdi va
loyihalarni boshqarish sohasida milliy
salohiyatni shakllantirishni e’lon qildi.
Xulosa
Biznesda
loyiha
boshqaruvi,
kompaniya
muvaffaqiyatining
muhim
qismidir. U malakali boshqaruvchilarning
yordamida tashkilotlarga maqsadlariga
tezroq va samarali ravishda erishishga
yordam
beradi.
Loyiha
boshqaruvi
jarayonida to'g'ri strategiyalar va tahlillarni
qo'llash,
biznesning
o'sishiga
va
rivojlanishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki,
biznes
jarayonlarini
rivojlanish
(takomillashtirish) jarayonlarini alohida
guruhga taqsimlash zamonaviy menejment
ehtiyojlariga
mos
keladi,
chunki
raqobatdoshlik
bilan
takomillashtirish
muvaffaqiyatli
faoliyat
uchun
zarur
shartdir. Shakllangan biznes jarayonlari
Universal International Scientific Journal
21
samaradorligi uchun muntazam ravishda
sinovdan o‘tkazilishi kerak. Jarayonlarning
samarasizligi sabablarini tahlil qilish va
bartaraf qilish kerak. Biznes-jarayonlarni
samarali
shakllantirish
kompaniyani
samarali boshqarish maqsadlardan biri
bo‘lishi kerak.
Umuman
olganda
biznes
jarayonlarini
takomillashtirishda
kompaniyaning doimiy rivojlanishi va
o‘sishi uchun muhim omil hisoblanadi. U
kompaniyaga zamonaviy bozor talablariga
moslashish,
mijozlar
ehtiyojlarini
qondirish
va
uzoq
muddatli
muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Xolmamatov D.H., Boyjigitov S.K. Marketing asoslari: Darslik – Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti. – Samarqand.: “STEP-SEL” MChJ. nashryot-matbaa bo’limi, 2022 - 314 bet.
2.M.S.Qosimov. Loyihaboshqaruvi. O‘quvqo‘llanma.‒ T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-
matbaa uyi», 2021 –160b.
3.Harvard Business Review Project Management Handbook: How to Launch, Lead, and Sponsor
Successful Projects (HBR Handbooks) Paperback – October 19, 2021.
4.Abdullayev I.S. Marketing (Darslik) – T.: “Инновацион ривожланиш нашриёти – матбаа уйи”,
2020, 324 bet
5.Шеер, А.В. Бизнес-процессы. Основные понятия. Теория. Методы / А.В.Шеер. – М.: Весть-
Метатехнология, 2008. – 182 с
6.Голубков Е.П. Маркетинг для профессионалов: практический курс : учебник и практикум
для бакалавриата и магистратуры / Е. П. Голубков. — Москва : Издательство Юрайт, 2019. — 474 с.
7.Репин В., Елиферов В. Процессный подход к управлению. Моделирование бизнес-
процессов. Манн, Иванов и Фербер, 2013.
8.Suyunov D.X., Xolbaev B.A. Loyiha boshqaruvi: uslub va standartlar. O‘quv qo‘llanma. 2021. –
208 b.
9.Harold Kerzner PMI. Project ManageMent. A Systems Approach to Planning, Scheduling, and
Controlling Published by John Wiley & Sons, Inc., Hoboken, New Jersey. Published simultaneously in
Canada, 2017, p. 840.
10.Karimova D. Ijtimoiy media marketingi: Asoslari va amaliy qo'llanmalari. Andijan. 2021.
11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5120-son Farmon. 2017 yil 24 iyul.
12. www.undp.org
13. https://cat-sa.uz
14. https://arxiv.uz
