Universal International Scientific Journal
54
Nazarova Muslima Nazarovna
TDIU “Bank ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d.PhD
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari,
ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda bugungi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan nobank
kredit tashkilotlarining statistik ma’lumotlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
nobank kredit tashkilotlari, samaradorlik, mikromoliya tashkilotlari, aktiv, kapital,
rentabellik, likvidlilik.
Аннотация:
В данной статье анализируются небанковские кредитные организации,
действующие в Узбекистане, их характеристика, а также статистические данные о небанковских
кредитных организациях, действующих сегодня в нашей республике.
Ключевые слова:
небанковские кредитные организации, эффективность, микрофинансовые
организации, актив, капитал, рентабельность, ликвидность.
Abstract:
This article analyzes non-bank credit organizations operating in Uzbekistan, their
characteristics, as well as statistical data on non-bank credit organizations operating today in our republic.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI FAOLIYATI
VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 14.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
55
Keywords:
non-bank credit organizations, efficiency, microfinance organizations, asset, capital,
profitability, liquidity.
Language:
Uzbek
Citation:
Nazarova , M. (2025). ACTIVITIES OF NON-BANK CREDIT ORGANIZATIONS IN
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THEIR CHARACTERISTICS. Universal International
Scientific
Journal,
2(4),
54–63.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1492
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15209449
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
KIRISH
Bugungi kunda “Kambag‘allikdan
farovonlik sari” dasturini amalga oshirish
bo‘yicha respublikamizda bir qator ishlar
amalga
oshirilmoqda.
Davlatimiz
tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash
hamda
ular
daromadini
oshirishga qaratilgan xarajatlarni chuqur
tahlil qilgan holda aholini turmush
darajasini yanada yaxshilash uchun chora-
tadbirlar qilinmoqda.
Aholi turmush darajasining keskin
tabaqalanishini oldini olish koʻp jihatdan
davlatlarda moliya bozorining, xususan
nobank
kredit
tashkilotlari
faoliyati
rivojlanganligi bilan bogʻliq ekanligi
namoyon boʻlmoqda. Oxirgi oʻn yilda
dunyo davlatlarida qambagʻallik darajasi
pasayib borgan boʻlsada, ammo pandemiya
holati bu tendensiyani oʻzgartirib yubordi.
2020-yildagi Covid-19 pandemiyasi Jahon
banki tomonidan hisobi olib boriladigan
koʻp oʻlchovli qashshoqlik indeksini
(Multidimensional Poverty Index (MPI))
oshirib yuborgan. Xususan, 2020-yildagi
global qashshoqlikda 621,1 million kishi
prognoz qilingan boʻlsa, aslida bu
koʻrsatkich 713,8 million kishini tashkil
qilgan,
hamda
2022-yildagi
global
qashshoqlikda 581,3 million kishi prognoz
qilingan boʻlsa, aslida bu koʻrsatkich 656,7
million kishini tashkil qilgan . Bu esa
davlatlarda nobank kredit tashkilotlari
faoliyatini yanada takomillashtirishning
dolzarbligini koʻrsatadi.
Universal International Scientific Journal
5
6
Nobank moliyaviy korxonalarning
yana bir hususiyati shundan iboratki, ushbu
kompaniyalar bankning maʼlum bir
xizmatini oʻzida mujassam etadi. Misol
uchun, mikromoliyaviy tashkilotlar faqat
mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing
berish operatsiyalari bilan shugʻullanadi.
Ammo ushbu turdagi operatsiyalardan
tijorat banklari ham foydalanadi. Yana bir
misol, faktoring kompaniyalaridir. Ushbu
kompaniyalar
mijozlarining
muddatli
oʻtmagan debitorlik qarzlarini sotib olish
orqali
ularni
moliyalashtirish
bilan
shugʻullanadi. Shu bilan birga tijorat
banklari ham faktoring xizmatlari mavjud.
Shunday ekan, nobank moliya tashkilotlari
bankning maʼlum bir funksiyasini oʻzida
birlashtiradi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR
TAHLILI
Nobank
moliya
tashkilotlarining
iqtisodiyotda tutgan oʻrni, mamlakatda
kambagʻallikni
qisqartirishdagi
oʻrni,
ushbu tashkilotlar faoliyatiga taʼsir
qiluvchi omillar yuzasidan mahalliy va
xorijiy adabiyotlarda koʻplab ilmiy
tadqiqotlar
olib
borgan.
Ushbu
tadqiqotlarning ayrimlari bilan yaqindan
tanishib chiqamiz.
B.Gutierrez-Nieto
va
boshqalar
mikromoliyaviy
tashkilotlar
samaradorligini tahlil qilishgan. Ularning
fikricha,
mikromoliyaviy
tashkilotlar
nafaqat ijtimoiy tashkilotdir, balki foyda
olishga ixtisoslashgan moliyaviy tashkilot
hisoblanadi. Yuqoridagi iqtisodchilar Lotin
Amerikasida
joylashgan
30
ta
mikromoliyaviy
tashkilotlarning
samaradorligini maʼlumot-larning nisbiy
tahlili (Data Envelopment Analysis (DEA))
modelidan foydalangan. Tahlil natijalariga
koʻra,
mikromoliyaviy
tashkilotlar
samaradorliga toʻrtta koʻrsatkich taʼsir
koʻrsatib, ularning ichida davlat tomonidan
olib borilayotgan islohotlar taʼsiri, shu
bilan
birga
mikromoliyaviy
tashkilotlarning nodavlat tijorat tashkilot
hamda nodavlat va notijorat tashkiloti kabi
tashkiliy
maqomining
taʼsiri yuqori
ekanligini aniqlashgan.
R.Mersland va R.Strøm kabi olimlar
mikromoliyaviy
tashkilotlar
faoliyat
samaradorligi bilan undagi korporativ
boshqaruv
oʻrtasidagi
bogʻliqlikni
oʻrganishgan.
Ular
mikromoliyaviy
Universal International Scientific Journal
5
7
tashkilotda
boshqaruv
kengashining
xususiyatlari, mulkchilik turi, raqobat va
tartibga solish usullarining mikromoliyaviy
tashkilotlarning
kambagʻal
mijozlar
qatlami
bilan
ishlashi
va
uning
samaradorlikka taʼsirini tahlil qilishgan.
Tahlillar
shuni
koʻrsatganki,
mikromoliyaviy tashkilotlarida kengash
raisi va va boshqaruv raisi vazifalarining
bir-biridan aniq ajratilganligi, boshqaruv
raisida ayol kishining boʻlishi hamda
mamlakatdagi
raqobat
muhiti
mikromoliyaviy
tashkilotlarining
samaradorligiga
va
mamlakatdagi
kambagʻallarning sharoitini keng taʼsir
qilishi
aniqlangan.
Xususan,
mikromoliyaviy
tashkilotida
kengash
aʼzolari koʻpchilikdan tashkil topgan
boʻlsa, ushbu tashkilotda kreditlash
hajmini
kamaytirgan.
Shuningdek,
mikromoliyaviy
tashkilotlarning
mulkchilik shakli, yaʼni uning nodavlat
tashkiloti yoki aksionerlik jamiyatidan
tashkil
topishi
samaradorlik
koʻrsatkichlarigi taʼsiri sezilmagan.
N.Hermes, R.Lensink, va A.Meesters
kabi
iqtisodchilar
mikromoliyaviy
tashkilotlarining
kambagʻallikni
qisqartirish yoʻlida kreditlar ajratishi bilan
uning samaradorligi oʻrtasidigi bogʻliqlikni
tahlil
qilishgan.
Tahlilda
435
ta
mikromoliya tashkilotlining 1997-2007-
yillardagi
statistik
maʼlumotlaridan
foydalangan holda stoxastik chegara tahlil
(stochastic
frontier
analysis
(SFA))
modelini qoʻllashgan. Tahlil natijalariga
koʻra, 1300 dan ortiq kuzatuvlardan
aholining kambagʻal qatlamini kreditlash
va
mikromoliyaviy
tashkilotlari
samaradoriligi
oʻrtasida
teskari
proporsionallik mavjudligi aniqlangan.
Darxaqiqat, mikromoliyaviy tashkilotlar
tomonidan aholining kambagʻal qatlamini
kreditlar birinchidan, katta xarajat tursa,
ikkinchidan katta risk bilan bogʻliqdir.
Chunki,
ushbu
mijozlar
moliyaviy
nobarqaror mijozlar hisoblanadi.
B.Gutiérrez-Nieto, C.Serrano-Cinca,
va C.Mar Molinero kabi iqtisodchilar
fikricha
mikromoliya
tashkilotlari
moliyaviy dunyoda alohida holatdir. Ular
ikki tomonlama, yaʼni ham moliyaviy ham
ijtimoiy rolga ega va ikkalasida ham
samarali boʻlishi kerak. Mikromoliya
tashkilotlar
moliyaviy
samaradorligini
tahlil qilish uchun ular anʼanaviy moliya
Universal International Scientific Journal
5
8
institutlari uchun mavjud adabiyotlarga
tayangan. Bunga ular ijtimoiy faoliyatning
ikkita koʻrsatkichini qoʻshgan, yaʼni
ayollarga taʼsir va qashshoqlik indeklaridir.
Ijtimoiy
va
moliyaviy
samaradorlik,
samaradorlik va rentabellik kabi boshqa
koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlikka
tayangan mikromoliya tashkilotlari haqida
bir qator
farazlar
ishlab
chiqilgan.
mikromoliya
tashkilotlarining
ijtimoiy
samaradorligi
va
ularning
turlari
oʻrtasidagi bogʻliqlik - nodavlat tashkilot,
nodavlat notijorat tashkiloti va faoliyatning
geografik mintaqasining ahamiyati kabi
koʻrstakichlar asosida tahlil qilgan.
Natijalar
ijtimoiy
samaradorlikni
baholashning ahamiyatini ochib bergan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda
induksiya,
deduksiya,
sintez
kabi
usullardan foydalanilgan. Shuningdek,
mikromoliya tashkilotlar faoliyatini tahlil
qilishda
Oʻzbekiston
Respublikasi
Markaziy banki va Statistika qoʻmitasining
hamda
mikromoliya
tashkilotlarining
rasmiy
statistik
maʼlumotlaridan
foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Nobank kredit tashkilotlar moliya
bozorining ajralmas elementlaridan biriga
aylangan. Nobank kredit tashkilotlari
tarkibiga
kiruvchi
mikromoliya
tashkilotlari toʻgʻrisidagi dastlabki qonun
2006-yil 28-iyunda qabul qilingan boʻlib
(xozirda ushbu qonun oʻz kuchini
yoʻqotgan),
bunda
mikromoliya
tashkilotlariga “Mikrokredit, mikroqarz,
mikrolizing berish sohasida xizmatlar
koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga
oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq
boshqa
mikromoliyaviy
xizmatlar
koʻrsatuvchi yuridik shaxs mikromoliya
tashkilotidir” degan tavsif berilgan.
2017-yildan keyin mamlakatimizda
moliya-kredit sohasida muhim oʻzgarishlar
yuz berdi. Chunki, yuqorida qayt etilgan
qonun zamon talablariga javob bermay
qoldi. Shuni inobatga olgan holda, 2022-yil
20-aprelda “Nobank kredit tashkilotlari va
mikromoliyalashtirish
faoliyati
toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-765-son
qonun
kuchga kirdi va ushbu qonunning maqsadi
nobank kredit tashkilotlari faoliyati va
mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi
Universal International Scientific Journal
5
9
munosabatlarni
tartibga
solishdan
iboratligi alohida belgilab qoʻyildi.
Iqtisodiy
adabiyotlardan
shuni
aniqladikki, nobank kredit tashkilotlari
samaradorligi boʻyicha koʻlam kengligi
uning
ijtimoiy
faoliyatining
samaradorligini
anglatadi.
Biz
ilmiy
ishimizning birinchi bosiqichida nobank
kredit tashkilotlari tarkibiga kiruvchi
mikromoliya tashkilotlar faoliyatini tahlil
qilganmiz. Mikromoliya tashkilotlarining
samaradorlik boʻyicha koʻlam kengligini
tahlil qilishda bir qancha koʻrsatkichlardan
foydalanganmiz. Xususan, mikromoliya
tashkilotlari
sonining
oʻzgarishi,
mikromoliya tashkilotlari kreditlarining
yillik
oʻsishi,
mikromoliya
tashkilotlarining
aktivlariga
nistaban
rivojlanganlik darajasi, 10 mlrd. soʻm va
undan ortiq summadagi mikromoliya
tashkilotlari
aktivlari
oʻzgarishi,
mikromoliyaviy tashkilotlar aktivlarining
YAIM va tijorat banklari aktivlariga
nisbati,
mikromoliyaviy
tashkilotlar
kreditlarining YAIM va tijorat banklari
kreditlariga nisbati va mikromoliyaviy
tashkilotlar aktivlari va kreditlari real
hajmining bazis yildagi (2016-yildagi)
YAIMga nisbati kabi koʻrsatkichlar orqali
samaradorlik boʻyicha koʻlam kengligini
aniqlashimiz mumkin.
Mikromoliya
tashkilotlarining
samaradorlik boʻyicha koʻlam chuqurligi
bizga ushbu tashkilotlarning iqtisodiy
samaradorligini aniqlashda yordam beradi.
Shunday
ekan,
mikromoliya
tashkilotlarining samaradorlik boʻyicha
koʻlam
chuqurligini
tahlil
qilishda
mikromoliya
tashkilotlarining
kreditlarining
aktivlardagi
ulushi,
mikromoliya
tashkilotlari
balans
passivining
taqsimoti,
mikromoliya
tashkilotlar kapital tarkibi, mikromoliya
tashkilotlari likvidliligining oʻzagirish
dinamikasi
hamda
mikromoliya
tashkilotlar rentabellik koʻrsatkichlari kabi
koʻrsatkichlarni tahlil qilishni maqsadga
muvofiq deb bilamiz.
Mikromoliya
tashkilotlari,
kichik
tadbirkorlar
va
kam
ta’minlangan
guruhlarga kichik qarz kapitali va boshqa
moliyaviy
xizmatlardan
foydalanish
imkoniyatini beruvchi tashkilotlardir. Ular
odatda mintaqaviy yoki mahalliy darajada
ishlaydi.
Universal International Scientific Journal
60
Mikromoliya
tashkilotlari
kichik
miqdordagi qisqa muddatli kreditlarni
beradi. Rasmiylashtirishning qulayligi va
minimal talablar ularni bank xizmatlariga
cheklangan kirish imkoniyati bo‘lgan
odamlar orasida mashhur qiladi.
Mikromoliya tashkilotlarining koʻlam
chuqurligini tahlil qilganda dastlab ushbu
takilotlar balans passivini, yaʼni moliyaviy
resurslar
manbalarini
tahlil
qilish
maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizni davom ettirgan holda,
mikromoliya
tashkilotlari
jamlanma
balansini tahlilini ko’rib chiqamiz.
1-jadval
Mikromoliya tashkilotlari jamlanma balansi
1
Ko‘rsatkichlar nomi
01.02.2024 y.
01.02.2025 y.
o‘zgarishi,
foizda
mlrd.
so‘m
ulushi,
foizda
mlrd.
so‘m
ulushi,
foizda
Aktivlar
Kassadagi naqd pul va boshqa
to‘lov hujjatlari
40,6
0,9%
67,5
0,8%
66,4%
Banklardagi mablag‘lar
89,7
1,9%
155,8
1,8%
73,6%
Kreditlar va mikrolizing, (sof)
4 189,5
89,4%
7 837,9
92,5%
87,1%
Asosiy vositalar, (sof)
87,5
1,9%
105,9
1,2%
21,1%
Hisoblangan foizlar
103,8
2,2%
146,4
1,7%
41,1%
Boshqa aktivlar
175,5
3,7%
163,2
1,9%
-7,0%
Jami aktivlar
4 686,6
100,0%
8 476,7
100,0%
80,9%
Majburiyatlar
To‘lanishi lozim bo‘lgan
kreditlar, qarzlar va lizinglar
2 303,2
78,7%
5 135,0
85,5%
122,9%
To‘lanishi lozim bo‘lgan
hisoblangan foizlar
43,1
1,5%
91,3
1,5%
111,9%
To‘lanishi lozim bo‘lgan
hisoblangan soliqlar
13,7
0,5%
25,0
0,4%
83,0%
Boshqa majburiyatlar
567,3
19,4%
754,3
12,6%
33,0%
Jami majburiyatlar
2 927,3
100,0%
6 005,6
100,0%
105,2%
Kapital
Ustav kapitali
821,7
46,7%
1 277,2
51,7%
55,4%
Zaxira kapitali
59,1
3,4%
101,5
4,1%
71,8%
Taqsimlanmagan foyda
811,6
46,1%
1 011,9
40,9%
24,7%
Joriy yil foydasi (zarar)
66,9
3,8%
80,5
3,3%
20,4%
Jami kapital
1 759,3
100,0%
2 471,1
100%
40,5%
1
www.cbu.uz sayti ma’lumotlaridan olindi.
Universal International Scientific Journal
6
1
Jadvalda mikromoliya tashkilotlari
jamlanma balansi aks ettirilgan bo’lib,
aktivlar, majburiyatlar, kapital hamda jami
kapitallarning 2024 yil 1 fevral holati 2025
yil 1 fevral holatiga nisbatan solishtirilgan.
Ko’rsatkichlardan
ko’rinib
turibtiki,
kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov
hujjatlari
solishtirilganda
oshganini
ko’zatish mumkin. Shu bilan birga,
banklardagi mablag‘lar, kreditlar va
mikrolizing, taqsimlanmagan foyda, ustav
kapitali kabi ko’rsatkichlar aks ettirilgan.
Nobank kredit tashkilotlari, odatda,
asosan
kredit
berishga
qaratilgan
cheklangan
miqdordagi
moliyaviy
xizmatlarni taqdim etadilar. Ular omonat
hisobvaraqlari, hisobvaraqlarni tekshirish
va hokazo kabi to'liq bank xizmatlarini
taqdim etmaydi. ankdan tashqari kredit
tashkilotlari ko'pincha mijozlarning kredit
kuchi va zaif kredit sharoitida mijozlarga
kredit
berish
bo'yicha
ko'proq
moslashuvchan bo'lishi mumkin. Kredit
berishning yuqori xavfi tufayli, bankdan
tashqari kreditorlar tijorat banklariga
qaraganda yuqori foiz stavkalari bilan
ishlaydilar.
Mikromoliya tashkilotlari moliyaviy
resurslar tarkibining bu kabi oʻsishi
birinchidan, majburiyatlar qismida kapital
qismiga qaraganda katta oʻsish kuzatilgan
boʻlsa,
ikkinchidan
mikromoliya
tashkilotlar
nafaqat
oʻzlari-ning
resurslariga, balki ushbu resurslarni jalb
qilishga
ham
katta
eʼtibor
qaratayotganligidan dalolat beradi.
Umuman
olganda,
mikromoliya
tashkilotlari kreditlarining foizi tijorat
banklari kreditlari foizidan ancha yuqori
yurishi hamda banklardan farqli ravishda
mikromoliya
tashkilotlari
aktiv
operatsiyalarida kreditlar salmogʻi sezilarli
darajada katta ekanligiga (90-95 foiz
atrofida) qaramasdan ushbu tashkilotlar
rentabelligi tijorat banklari rentabelligiga
yaqin
boʻlmoqda.
Bunga
asosiy
sabablardan biri sifatida mikromoliya
tashkilotlarida operatsion xarajatlarning, va
uning tarkibida ish xaqi xarajatlari katta
ekanligi va buning natijasida sof foyda
kamayib ketmoqda.
Mikromoliya
tashkilotlarida
rentabellikni oshirish sifatida ularning
mulkchilik shaklini masʼuliyati cheklangan
jamiyat shaklidan aksionerlik jamiyatiga
Universal International Scientific Journal
62
oʻtkaziy maqsadga muvofiqdir. Ushbu
yoʻlda xukumatimiz tomonidan kerakli
meʼyoriy xuddatlar qabul qilingan boʻlib,
mikromoliya
tashkilotlari
mulkchilik
shaklini oʻzgartirishga yoʻllar ochilgan.
Ushbu taklifni berishimizga sabab bu –
agar mikromoliya tashkilotlari masʼuliyati
cheklangan jamiyat shaklida egasi sanoqli
insonlardan tashkil popgan holda, ular oʻz
navbatida operatsion xarajatlarni oshirib
yuboradi. Agar mikromoliya tashkilotlarni
aksionerlik
jamiyatiga
oʻtkazilsa,
aksionerlari soni oshishi va ular ish xaqi
shaklida resursni tashkilotdan chiqarib
olmasligi mumkin.
Mikrokredit
tashkilotlarini
aksionerlik jamiyatiga oʻtkazishdagi asosiy
muammolardan
biri
sifatida
mamlakatimizda aksionerlik jamiyatlari
buxgalteriya
hisobi
va
moliyaviy
hisoblarini
xalqaro
moliyaviy
hisob
standartlariga oʻtkazishga majburligini
keltirishimiz
mumkin.
Chunki
bu
mikrokredit tashkilotlariga katta xarajatni
talab qiladi.
XULOSA
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki,
mikromoliya
tashkilotlari
moliyaviy
resurslar tarkibining oʻsishi birinchidan,
majburiyatlar qismida kapital qismiga
qaraganda katta oʻsish kuzatilgan boʻlsa,
ikkinchidan
mikromoliya
tashkilotlar
nafaqat oʻzlarining resurslariga, balki
ushbu resurslarni jalb qilishga ham katta
eʼtibor qaratayotganligidan dalolat beradi.
Fikrimizcha barcha turdagi nobank
kredit tashkilotlari o'ziga xos mijozlarga
xizmat ko'rsatishga qaratilgan. Kredit
berishni ma'lum darajada soddalashtirish
nobank kredit tashkilotlariga har xil turdagi
tadbirkorlar
uchun
qo'shimcha
jozibadorlikni
berishi
kerak.
Lekin
asosiysi,
bularning
barchasi
milliy
qonunchilik tomonidan yaratilgan tegishli
huquqiy tomonlariga e’tibor qaratishlari
zarur.
Nobank
kredit
tashkilotlari
iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi, chunki
ular kichik va o‘rta biznes sub’ektlari,
shuningdek, an’anaviy bank tizimlaridan
chetda qolishi mumkin bo‘lgan aholiga
moliyaviy
xizmatlardan
foydalanish
imkoniyatini beradi. Ushbu tashkilotlar
kreditlashning turli turlarini, jumladan,
iste'mol kreditlari, mikrokreditlar va kichik
biznes kreditlarini taklif qilishadi.
Universal International Scientific Journal
63
Mikromoliya tashkilotlariga 2022-
yilda oʻzlarining hisob-raqamlarini tijorat
banklarida emas, balki Markaziy bankda
ochishga ruxsat berildi. Bu ularga tijorat
banklari kabi pul massasini oshirish
imkonini
beradi.
Shuningdek,
bu
mikromoliya tashkilotlariga talab qilib
olunguncha va muddatli depozitlarni qabul
qilishga imkoniyat berdi va ular tomonidan
boshqa moliya tashkilotlaridan kredit va
qarz jalb qilgandan koʻra muddatli
depozitlar jalb qilish afzal boʻlib qoldi.
Shundan kelib chiqqan holda, Imkon
Finans
mikromoliya
tashkiloti
majburiyatlari tahlilidan xulosa qilishimiz
mumkinki, mikromoliya tashkilotlar rusurs
jalb
qilishda
faqatgina
muddatli
depozitlarga bogʻliq boʻlib qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Gutierrez-Nieto, B., Serrano-Cinca, C., & Molinero, C. M. (2007). Microfinance institutions and
efficiency. Omega, 35(2), 131-142.
2.Mersland, R., & Strøm, R. Ø. (2009). Performance and governance in microfinance institutions.
Journal of Banking & Finance, 33(4), 662-669.
3.Hermes, N., Lensink, R., & Meesters, A. (2011). Outreach and efficiency of microfinance
institutions. World development, 39(6), 938-948.
4.Gutiérrez-Nieto, B., Serrano-Cinca, C., & Mar Molinero, C. (2009). Social efficiency in
microfinance institutions. Journal of the operational research society, 60(1), 104-119.
5.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy maʼlumotlari
6.https://www.worldbank.org maʼlumotlari.
7. Otto, M. Va Tornton, J. (2023). RIKARTNING HAQIQIY C*-ALGEBRASINING UNI O'RAB
TURGAN RIKART (KOMPLEKS) C*-ALGEBRA BILAN BOG'LANISHI. QO ‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 41-43.
8. Rahimov, A., & Rahmonova, N. (2024 Yil, Noyabr). Markaziy qiymatli kvazitralar AV*-
algebralarda. AIP konferentsiyasida (Vol. 3244, No. 1). AIP nashriyoti.
9. Raxmonova, N. (2024). OLIY MATEMATIKANI O ‘QITISHDA ZAMONAVIY
METODLARDAN FOYDALANISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(1), 9-14.
